СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “17-дарс. MS Excell ёрдамида баъзи масалаларни eчиш” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “17-дарс. MS Excell ёрдамида баъзи масалаларни eчиш” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:17

MAVZU: 17-dars. MS EXCEL YORDAMIDA BA’ZI MASALALARNI YECHISH

DARS MAQSADI: O’quvchilarga formulalar satridan foydalanish haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

Yangi mavzu bayoni

MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik usulda yechish imkoniyati mavjud. Buning uchun tenglamalar yoki tenglamalar sistemasini funksiyalar ko‘rinishiga keltriladi. Grafikni tahlil qilish orqali tenglamalarning taqribiy yechimlari aniqlanadi.

1-mashq. x4 - 2x3 - 3x2 +1 = 0 tenglama yechimlar yotgan oralig‘ini toping.

Bajarish:

  • A1 katakka x, A2 ga f(x) kiritiladi;

  • B1:F1 da x ning qiymatlari kiritiladi;

  • B2 quyidagi formulani kiritamiz: =B1^4-2*B1^3-3*B1^2+1;

  • C2:F2 blokdagi kataklarga yuqoridagi formulaning nusxasi ko‘chiriladi. Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi:

Jadvaldan qaralayotgan tenglamaning yechimi (0;1) va (2;3) oraliqlarda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qaralayotgan oraliqni yanada maydalash hisobiga izlanayotgan yechimga yetarlicha yaqinlashishimiz mumkin.



Qaralayotgan tenglamalar sistemasi yechimini topish uchun hosil bo‘lgan funksiyalarni ordinatalari teng bo‘lgan x qiymatlari izlanadi:

Grafikdan ko‘rinmoqdaki, x=1 bo‘lganda, y=0 bo‘ladi.

YODDA SAQLANG !

MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik usulda taqribiy yechish imkoniyati mavjud.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Tenglamalarni grafik usulida yechish ketma-ketligini tushuntirib bering.

2. Inson yashagan kunni hisoblovchi jadval yarating.

3. Kvadrat tenglamani yeching.

UYGA VAZIFA

1. Sinf o‘quvchilarini “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini diagramma ko‘rinishida tasvirlang.

2. Bir yillik xarajatlaringizni hisoblovchi jadval yarating.