Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “21-дарс. Маълумотлар омборини бошқариш тизимлари” мавзусида дарс ишланма»
Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:21
MAVZU: 21-dars. MA’LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH TIZIMLARI
DARS MAQSADI: O’quvchilarga ma`lumotlar ombori haqida ma’lumot berish.
TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalarini hal qilish haqida tushuncha berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция
o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish
DARS USLUBI: Aralash.
DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.
DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.
| № | Dars bosqichlari | Vaqti |
| 1 | Tashkiliy qism | 2 minut |
| 2 | O`tilganlarni takrorlash | 10 minut |
| 3 | Yangi mavzu ustida ishlash | 15 minut |
| 4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 15 minut |
| 5 | Uyga vazifa | 3 minut |
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz?
2. MOning modeli haqida ma’lumot bering?
3. Tuzilmalashtirilgan ma’lumot deganda nimani tushunasiz?
4. Sinfingizdagi o‘quvchilarning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, telefon raqami, fanlardan olgan baholari bo‘yicha tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarni shakllantiring.
Yangi mavzu bayoni
MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi. MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi.
MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim;
ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir.
YODDA SAQLANG !
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir.
UYGA VAZIFA
1. Fanlarga oid kitoblarning nomi, chiqgan yili va mualliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiring.
2. Respublikamizning viloyatlari, ularning maydoni va aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiring.