СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 11.07.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “27-дарс. MS Access 2010 да жадвалларни ўзаро боғлаш” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “27-дарс. MS Access 2010 да жадвалларни ўзаро боғлаш” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:27

MAVZU: 27-dars. MS Access 2010 da jadvallarni o‘zaro bog‘lash

DARS MAQSADI: O’quvchilarga ma`lumotlar ombori haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalarini hal qilish haqida tushuncha berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

1. MS Access 2010 ning menyu bandlarini sanab bering?

2. MS Access 2010 ning Конструктор таблиц bo‘limi qaysi menyuda joylashgan?

3. MS Access 2010 ning Режим–Конструктор bo‘limini tanlab, o‘quvchilarning familiyasi, ismi, yashash manzili to‘g‘risidagi MO yarating.


Yangi mavzu bayoni

MS Access 2010 da MOBT jadvallarni bir-biri bilan bog‘lash katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, MOBT bir nechta jadvallar hosil qilish va ulardagi kerakli ma’lumotlarni bir joyga jamlashda foydalaniladi. MS Access 2010 da jadvallarni bog‘lash uchun Работа с базами данных menyusining Схема данных bo‘limidan amalga oshiriladi. Jadvallarni bog‘lash va ushbu jadvallarni so‘rovlar yordamida bitta jadvalga birlashtirish uchun Создание menyusining Конструктор запросов bo‘limidan amalga oshiriladi.

1-mashq. Turli ma’lumotlarga ega bo‘lgan uchta jadvallarni bog‘lash masalasini ko‘rib o‘tamiz.

Bajarish:

  • Создание menyusining Конструктор таблиц bandidan uchta jadval hosil qilamiz va jadvallarni “1-jadval”, “2-jadval”, “3-jadval” nomi bilan saqlaymiz. So‘ngra Работа с базами данных menyusining Схема данных bo‘limini tanlab, Добавление таблицы oynasini hosil qilinib, undan har bir jadvalni belgilab, Добавить tugmasi tanlanadi;

  • hosil bo‘lgan jadvallarni o‘zaro bog‘lash uchun menyuda Изменить связи bo‘limi tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

  • oynadan Новое.. tugmasi tanlanib, Создание nomli yangi oyna hosil qilinadi. Oynaning Левая таблица qatoridan “1-jadval”ni, Правая таблица qatoriga “3-jadval”ni tanlaymiz. Левый столбец va Правый столбец qatoriga “Kod” tanlanib, OK tugmasi tanlanadi;

  • Изменение связей oynasidan “1-jadval”ning birinchi qatoriga“Kod”, ikkinchi qatoriga “Familiyasi”, uchunchi qatoriga “Ismi” tanlanib Создать tugmasi tanlanadi;

Ushbu bajarilgan ketma-ketlikni “1-jadval” va “3-jadval”lar uchun ham bajariladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

2-mashq. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni uchta jadvalga hosil qilish va ularni so‘rovlar yordamida bitta jadvalga birlashtirish. Bajarish:

  • birinchi jadvalga o‘quvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi haqida ma’lumotlar kiritiladi;

  • ikkinchi jadvalga o‘quvchilarning yashash manzili, telefon raqami, sinfi haqida ma’lumotlar kiritiladi;

  • uchinchi jadvalga informatika, matematika va fizika fanidan olgan baholari haqida ma’lumotlar kiritiladi;

  • birinchi jadvalni hosil qilish uchun MS Access 2010 dasturini ishga tushiramiz va Создание menyusidan Конструктор таблиц bo‘limi tanlanadi. Hosil bo‘lgan jadvalni quyidagi tartibda to‘ldiramiz:


yaratilgan jadvalni “FISH” nomi bilan saqlaymiz;

  • Ikkinchi jadvalni hosil qilish uchun Создание menyusidan Конструктор таблиц bo‘limi tanlanadi. Hosil bo‘lgan jadvalni quyidagi tartibda to‘ldiramiz:

  • jadvalni “Ma’lumot” nomi bilan saqlaymiz;

  • uchinchi jadvalni hosil qilish tartibi ham yuqoridagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi va hosil bo‘lgan jadvalni quyidagi tartibda to‘ldiramiz:

  • yaratilgan jadvalni “Fanlar” nomi bilan saqlaymiz hamda jadvallarni quyidagi tartibda ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz:






  • j advallar ma’lumotglar bilan to‘ldirigandan so‘ng, Создание menyusidan Kонструктор запросов bo‘limi tanlanadi va quyidagi ketma-ketlik bajariladi:

a) “FISH” bo‘limi tanlanib, Добавить tugmasi tanlanadi.

b) “Malumot” bo‘limi tanlanib, Добавить tugmasi tanlanadi.

c) “Fanlar” bo‘limi tanlanib, Добавить tugmasi tanlanadi va Закрыть tugmasi orqali chiqiladi.




  • hosil bo‘lgan uchta forma quyidagi tartibda bog‘laymiz (sichqoncha tugmasini bosgan holda surib tortiladi):

  • uchta jadvaldagi tegishli maydon va shartlarni tanlaymiz. Buning uchun Поле bo‘limining birinchi ustuniga sichqoncha ko‘rsatkichi keltirilib chap tugmasi bosilsa, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

  • hosil bo‘lgan jadvalga quyidagi tartibda ma’lumotlar joiylashtiriladi:

  • menyudan Выполнить buyrug‘i tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Jadvalga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uchta jadvaldagi ma’lumotlar so‘rovlar orqali bitta jadvalga birlashtirildi.

YODDA SAQLANG !

MS Access 2010 dasturida jadvallarni bog‘lash uchun Работа с базами данных menyusining Схема данных bo‘limidan foydalaniladi.

UYGA VAZIFA

1. Turli ma’lumotlarga ega bo‘lgan to‘rtta jadvalni Схема данных bo‘limi orqali bog‘lang.

2. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni to‘rtta jadvalda hosil qiling va ularni so‘rov yordamida bitta jadvalga birlashtiring.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!