Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:29
MAVZU: 29-dars. MS Access 2010 da ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash
DARS MAQSADI: O’quvchilarga ma`lumotlar ombori haqida ma’lumot berish.
TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalarini hal qilish haqida tushuncha berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция
o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish
DARS USLUBI: Aralash.
DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.
DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.
№ | Dars bosqichlari | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism | 2 minut |
2 | O`tilganlarni takrorlash | 10 minut |
3 | Yangi mavzu ustida ishlash | 15 minut |
4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 15 minut |
5 | Uyga vazifa | 3 minut |
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi
1. MS Access 2010 ning menyu bandlarini sanab bering?
2. MS Access 2010 ning Конструктор таблиц bo‘limi qaysi menyuda joylashgan?
3. MS Access 2010 ning Режим–Конструктор bo‘limini tanlab, o‘quvchilarning familiyasi, ismi, yashash manzili to‘g‘risidagi MO yarating.
Yangi mavzu bayoni
MS Access 2010 da ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash uchun Главная menyusidan Выделение bandidan yoki jadval ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosilib, Текстовые – фильтры – Ровнр… ketma – ketligi yordamida amalga oshirishi mumkin. Jadvaldagi ma’lumotlarni familiyasi, ismi, manzili kabi ma’lumotlari bo‘yicha izlashimiz mumkin. Izlab topilgan ma’lumotlarni bekor qilish uchun Главная menyusining Фильтр bo‘limi tanlanadi.
1-mashq. 10-sinf o‘quvchilarining (familiyasi, ismi, yashash manzili, telefon raqami, tug‘ilgan yili) ma’lumotlar omborini yaratish va ular ustida izlash va qayta ishlash.
Bajarish:
Ushbu jadvaldagi ma’lumotlardan “Ali” ismli o‘quvchilar izlash uchun “Ali” ismli yozuvni belgilab, Главная menyusidan Выделение – Равно – Ali ketma-ketligi bajariladi. Natijada dastur jadvaldagi “Ali” ismli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni qidirib topib beradi. Agar bizga jadvaldan “Ali va Vali” ismli o‘quchilarni izlash so‘ralgan bo‘lsa, o‘quvchilar ismi yozilgan katakchaga chizqonchaning o‘ng tugmasi bosilib, Текстовый фильтры – Заканчивается на.. ketma-ketligi tanlanadi va Настраиваймый фильтр qatoriga “Ali or Vali” jumla kiritilib, OK tugmasi tanlanadi.
Natijada quyidagi oynada Ali va Vali ismli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar hosil bo‘ladi:
Tartiblangan ma’lumotlarni bekor qilish uchun Главная menyusining Фильтр burug‘i tanlanadi.
Shuningdek, MS Access 2010 da ma’lumotlarni so‘rovlar yordamida ham izlash imkoniyati mavjud. Mazkur jarayonni Создание menyusining Конструктор запрос bo‘limi orqali amalga oshirish mumkin. Конструктор запрос yordamida bitta jadvaldan bir nеchta har xil so‘rovlar (jadvallar)ni tashkil qilish mumkin. Har bir so‘rovlar asosiy jadvaldan ma’lumotlarning qandaydir bir qismini ajratib oladi.
So‘rovning ishlashi natijasida asosiy jadvaldan natijaviy jadval hosil bo‘ladi. Bu jadval umumiy ma’lumotdan so‘rovga ta’lluqli qismini o‘z ichiga oladi.
So‘rovning ishlashi jarayonida bеrilganlar tartiblanishi, filtrlanishi, qo‘shilishi, bo‘linishi, o‘zgarishi mumkin va shu bilan bir qatorda jadvallardagi ma’lumotlar o‘zgarmaydi. Bu so‘rovlarning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. So‘rovlarning yana bir xossalaridan biri bu ularning natijaviy hisob-kitob ishlarini bajarishidir.
MS Access 2010 da so‘rovlarning bir nеchta turlari mavjud:
-
tanlov asosidagi so‘rov, namuna asosidagi so‘rov;
-
paramеtrli so‘rov;
-
yuqorida ko‘rsatilgan so‘rovlardan keng tarqalgani – tanlov asosidagi so‘rov.
Bu so‘rovni qo‘llashdan maqsad so‘rov sharti bo‘yicha tasvirlanadigan natijaviy jadvalni hosil qilishdan iborat.
2-mashq. Yuqorida, keltirilgan 1-mashqdagi o‘quvchilar ma’lumotlari
omboridan, biror o‘quvchining ismi bo‘yicha qidiring.
Bajarish:
-
ushbu oynadan qaysi parametr bo‘yicha qidirish kerak bo‘lsa o‘sha ustunning Условие отбора qatori belgilanib, “[ ]” qavs ichiga biror bir jumla kiritiladi. Masalan, o‘quvchilar ismi bo‘yicha izlovchi so‘rov yaratish uchun “Ismi” ustuniga “[Qidirish]” jumlasi kiritiladi, menyudan Выполнить buyrug‘i tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Bunda biz oynaga qidirmoqchi bo‘lgan o‘quvchining ismi kiritilib, OK tugmasini tanlaymiz. Natijada jadvaldagi “Ali” ismli o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumot hosil bo‘ladi:
YODDA SAQLANG !
MS Access 2010 da ma’lumotlar omboridagi berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash uchun Главная menyusidan Выделение bo‘limi tanlanadi.
UYGA VAZIFA
1. 10-sinf darsliklarining ma’lumotlar omborini hosil qiling va ularning mualliflar orqali qidiruvchi dastur yarating.
2. 10-sinf darsliklarinining ma’lumotlari jadvalini yuklang va menyudagi Найти buyrug‘i orqali (Darslik nomi, yaratilgan yili, mualliflarini) qidiring.