Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “9-дарс. Матнли Функциялар” мавзусида дарс ишланма»
Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:9
MAVZU: 9-dars.Matnli Funksiyalar
DARS MAQSADI: O’quvchilarga formulalar satridan foydalanish haqida ma’lumot berish.
TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasiAxborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция
o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish
DARS USLUBI: Aralash.
DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.
DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.
| № | Dars bosqichlari | Vaqti |
| 1 | Tashkiliy qism | 2 minut |
| 2 | O`tilganlarni takrorlash | 10 minut |
| 3 | Yangi mavzu ustida ishlash | 15 minut |
| 4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 15 minut |
| 5 | Uyga vazifa | 3 minut |
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi
Yangi mavzu bayoni
MS Excel 2010 da kataklardagi matnlar funksiyalar mavjud. Bular quyidagilar:
1-mashq. Uchta katakda o‘quvchilarni familiyasi, ismi, otasining ismi yozilgan ma’lumotlarni bitta katakka birlashtirish.
Bajarish: Ushbu masalani yechishning ikki xil usuli mavjud:
Birinchi usul:
B1 katakka o‘quvchining familiyasi, C1 katakka ismi, D1 katakka otasining ismi kiritiladi;
E1 katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(B1;" ";C1;" ";D1) kiritilib, Enter tugma bosiladi;
qolgan kataklarga ushbu formula nusxa ko‘chiriladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Ikkinchi usul
Jadvalni yuqoridagi tartibda to‘ldirib olamiz;
E1 katakka ushbu formula =B1&" "&C1&" "&D1 kiritilib, Enter tugma bosiladi. Agar o‘quvchining familiyasi Лист1 varag‘ining B1 katagida, ismi Лист2 varag‘ining B1 katagida, otasini ismi Лист3 varag‘ining B1 katagida berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlarni Лист4 varag‘ida hosil qilish uchun istalgan katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(Лист1!B1;" ";Лист2!B1;" ";Лист3!B1) kiritilib, Enter tugma bosiladi.
YODDA SAQLANG !
Excel elektron jadvalida B2:C5 ifoda kataklar blokini bildiradi. 8 ta katakni blokka oladi. Agar B2;C5 ko‘rinishda bo‘lsa 2 ta katakni belgilaydi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Matnli funksiyalarning vazifalarini tushuntiring?
2. C ustunda o‘quvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi berilgan. D ustunda o‘quvchilarning tug‘ilgan yili berilgan. Ularni E ustunga birlashtiring.
UYGA VAZIFA
1. ДЛСТР funksiyasi yordamida “O‘zbekiston – mustaqil Vatan” matnida nechta belgi borligini aniqlang.