СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

12- modul. XVI-XVIII asrlar Rossiya musiqa madaniyati

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

12- modul. XVI-XVIII asrlar Rossiya musiqa madaniyati 

Просмотр содержимого документа
«12- modul. XVI-XVIII asrlar Rossiya musiqa madaniyati»

Jaxon musiqasi tarixi

12- modul. XVI-XVIII asrlar Rossiya musiqa madaniyati

Reja:


  1. XVI-XVII asrlarda rus musiqasining rivoji.

  2. Rus qo‘shiqchilik kantilenasining tug‘ilishi.

  3. CHo‘zib kuylanadigan rus qo‘shiqlari.

  4. Rus podshohlari saroyida musiqiy hayot.

  5. XVII asr rus madaniyatida ma’rifiy saroy tamoyillarining kuchayishi.

  6. Kant janrining rivoji.

Tayanch so‘z va iboralar: A’kapella – cholg‛u jo‛rligisiz xor yoki yakkaxon kuylash jarayoni.Ansambl – ikki va undan ortiq ijrochilarning birgalikdagi kuylashi yoki turli cholg‛urlardagi ijrosi. Arietta - kuychan ohangi va bayonning oddiyliligi bilan ajralib turuvchi ikki qismli kichik ariya.

Adabiyotlar:

  1. A.Asafev. M.I.Glinka. L.1978.

  2. Belza. Aleksandr Nikolaevich Skryabin. M.: 1985.

  3. A.P.Borodin v vospominaniyax sovremennikov. M. 1985.

  4. V.A.Vasina – Grossman. Mixail Ivanovich Glinka M.1982.

  5. Vospominaniya o Raxmaninove. I, II toma, M. 1988.

  6. Vospominaniya o Chaykovskom M. 1973.

  7. M.I.Glinka. Chelovek. Sobo`tiya. Vremya. M. 1988.

  8. ye.M.Gordeeva. Kompozitoro` moguchey kuchki. M. 1986.

  9. A.P.Zorina. Aleksandr Porfirevich Borodin. M., 1987.

  10. Yu.V.Keldo`sh, T.V.Korjenyants, ye.M.Levashev, ye.Listova, M.Sokolova. Istoriya russkoy muziki. M. 1988.

  11. A.I.Soxor A.P. Borodin, L. 1980.

  12. S.I.Savenko. Sergey Ivanovich Taneev M. 1985.

  13. A.I.Soxor A.P. Borodin, L. 1980.

  14. O.I.Sokolova Sergey Vasilevich Raxmaninov. M. 1987.

  15. E.Frid. M.P.Musorgskiy. Problemo` tvorchestva M. 1981.


XVI asr ijtimoiy-siyosiy ongning oshishi, shu yo‘nalishdagi turli publitsistik asarlarning ko‘payishi bilan alohida ajralib turadi. Bu asarlarda o‘sha davrdagi jamiyatning siyosati, madaniyati va san'ati muammolari ilgari surilgan. Diniy va ijtimoiy tanqid birlashdi. Inson shaxsi yuqori baholanib, uning ichki dunyosiga, manfaatlariga yanada qiziqish ortdi. Bu narsalar Qadimiy Rus san'atiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi.

XVI asr Kiev Rusidan qolgan barcha merosni, shu jumladan qondoshlik aloqalarini yanada mustahkamlash davri bo‘ldi, deyish mumkin. Bu davrda xalq qahramonliklari to‘g‘risida hikoya qiluvchiasarlar o‘z ko‘rinishlarini, janrlarini yo‘qotmagan holda saqlanib qoldi. O‘rta asr qonuni hamon badiiy ijodda o‘z hukmronligini yo‘qotmagandi. U ajdodlardan qolgan merosni asrab-avaylagani holda o‘z ichidan yangi qonunlarni yarata bordi.

Qadimgi Rus musiqiy cholg‘ulari faqatgina turi va tarkibibilangina emas, balki maishiy va jamiyat hayotida o‘ynagan roliga, ya'ni «sotsial rangi»ga ko‘ra farqlanar edilar. Har bir cholg‘uning qo‘llanish o‘rni bo‘lib, u aniq bir vaqtlarda o‘rnatilgan odat va an'analarga mos holda ishlatilar edi. Bunda ko‘p mamlakat va xalqlarning kapitalizmgacha bo‘lgan davr musiqiy madaniyatlariga xos bo‘lgan umumiy tarixiy qonuniyatlar o‘z ifodasini topgandir.

«Hamma yerda, zamonaviy yevropadan tashqari, – deb yozadi K.Zaks, – u ham bundan to‘liq istisno emas, cholg‘ular u yoki bu oila, sotsialqatlam bilan alohida sabablar tufayli aloqani saqlab, bu bog‘liqlikni hyech uzolmaydilar» (Sach C. Handbuch der Musikinstrumentenkunde. –Leipzig, 1930, 284 p.).





Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!