Просмотр содержимого презентации
«1570784612»
1991 – 2017-yillarda janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari
11-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 18-mavzu
Janubi-Sharqiy Osiyo (JSHO) mamlakatlariga rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand, Malayziya, Bruney, Sharqiy Timor, Indoneziya va Filippin kiradi.
1991-yili bo‘lib o‘tgan Vyetnam Kommunistik partiyasining VII syezdi islohotlar kursini e’lon qildi.
Syezd erkin tadbirkorlikka ruxsat berdi, dehqonlar uzoq muddat yerga egalik qilish huquqini oldi.
Kambodjada hokimiyatni Oliy milliy kengashga berish to‘g‘risida 1991-yil oktabrda yakunlangan Parij konferensiyasida qaror qilindi.
BMT ning Kambodjadagi Muvaqqat ma’muriyati tuzildi va u umumiy saylovlarga tayyorgarlikni amalga oshirdi.
1999-yili Kambodja ASEANning teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
XXI asr boshlarida Kambodja og‘ir iqtisodiy holatda bo‘lib, xalqaro yordam hisobiga kun kechirardi.
Laosda 1991-yili konstitutsiya qabul qilindi. Parlament – Milliy assambleyaning qonunchilik faoliyati kuchaydi, Laos ASEANga a’zo bo‘ldi.
Laos bayrog’i
Sharqiy Osiyo mamlakatlari.
1980 – 1990-yillar Sharqiy Osiyo mamlakatlarining barchasida iqtisodiy
o‘sishning yuqori sur’atlari kuzatildi.
JSHO mamlakatlari
1995-yil aprelda bo‘lgan saylovlarda doctor Mahatxir Muhammad boshchiligidagi Malayya birlashgan milliy partiyasi (MBMP) ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va bu bilan islom fundamentalistlari hokimiyatga kelishining oldini oldi.
Mahatxir Muhammad
2001-yili mamlakat prezidenti etib Megavati Sukarnoputri saylanishi aholi tomonidan iliq qarshi olindi, rupiyaning kursi tezda oshib ketdi, fond bozori ham faollashdi.
Megavati Sukarnoputri
2014-yili bo‘lib o‘tgan navbatdagi saylovlarda Joko Vidodo Indoneziya prezidenti etib saylandi.
Joko Vidodo
Filippinda 1992-yilgi saylovlarda general Fidel Ramos mamlakat prezidenti etib saylandi.
U janubdagi musulmon ayirmachilarini tor-mor qilishga urindi, ammo bunga erisha olmadi.
Fidel Ramos
2016-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rodrigo Roa Duterte g‘olib chiqib, Filippin prezidenti bo‘ldi.
Rodrigo Roa Duterte
U mamlakatda 2006-yili bekor qilingan o‘lim jazosini qayta tiklash tarafdori.
Bu mamlakatlarda sanoatning kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash sohalari va yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan.
Ilmtalab yuqori texnologiyalarni joriy qilish, kompyuterlashtirish va robotlashtirish bo‘yicha yuqoridagi davlatlar dunyoda eng ilg‘orlardan hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Vyetnamda 1991-yili boshlangan iqtisodiy islohotlar qanday natijalarga olib keldi?
2. XXI asrda Kambodja va Laosda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda?
3. Sharqiy Osiyo mamlakatlari rivojlanishning qanday darajasida turibdi?
4. JSHO mintaqasidagi «yangi industrial dav latlar»da sanoatning qaysi sohalari rivojlangan?