Qurilish montaj ishlari texnologiyasi va mexanizasiyasi
- 9 – laboratoriya ishi TOSH MAYDALAGICH TUZILISHI
1 Laboratoriya ishining maqsadi
Laboratoriya ishining maqsadi talabalarni yassi qismli murakkab tebranuvchi tosh maydalagich konstrukciyasi bilan tanishtirish. Laboratoriya ishini bajarish jarayonida talaba mustaqil uslubiy qo’llanma orqali, tosh maydalagichning tuzilishi, ishlash tamoyili, konstrukciyasining asosiy parametrlari, ishlashdagi xavfsizlik texnikasini va ularning qo’llanish sohasini o’rganadi. Shu qatori talabaning vazifasiga laboratoriyada mavjud tosh maydaligichning texnik pasportini tuzib, maydalash darajasiga qarab uning ish unumdorligi grafigini hisoblash asosida qurish.
Laboratoriya ishi material, xom-ashyo, asbob-uskunalari
“ Tosh maydalagich tuzilishi” mavzusidagi laboratoriya ishi mavjud laboratoriya jihozi yordamida bajariladi.
yassi qismli tosh maydalagich plakati (9.1-9.2-rasm);
o’lchash asbobi – shtangencirkul’
9.1-rasm. Yassi qismli tosh maydlagich.
9.2-rasm. O’qli tosh maydalagich.
3 Ishni bajarish tartibi
3.1 Umumiy ko’rsatmalar
Laboratoriya ishi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
Yassi qismli tosh maydalagich tuzilishi bilan tanishtirish.
Yassi qismli tosh maydalagichning ishlashini o’rganish.
Tosh maydalagichning ish unumdorligini hisoblash.
Tosh maydalagichning sxemasi 9.3-rasmda keltirilgan. Yassi qismli tosh maydalagich korpusdan iborat bo’lib, ichida 2 ta qismi (Shekasi) mavjud. Ulardan biri qo’zg’aluvchi, ikkinchisi qo’zg’almas 2, ekscentrik valga 3, maxkamlangan. ekscentrik val ikkita maxovik bilan maydlagich korpusiga o’rnatilgan podshipnika tayanadi. Maxoviklardan biri shkiv sifatida foydalanib tasmali uzatkich 8, orqali elektrdvigateldan aylantiriladi. ekscentrik valning aylanishi maydalgich qismining yaqinlshuvini ta’minlaydi. Yuqoridan maydalagichga tushirilgan tosh qismlar yaqinlashganda parchalanadi, qaytganda og’irlik kuchi ta’sirida pastga surilib tushish teshiklari orqali tushiriladi.
Sxemadan ko’rinadiki 3-rasm qo’zg’aluvchi qismi shatun hisoblanib va shuning uchun uning nuqtalari asosiy harakatlanuvchi, ya’ni aylanma va borib-qaytuvchi harakatlar yig’indisi demakdir. Shu sababdan qismlari murakkab tebranuvchi deyiladi.
Yassi qismli maydalagich konstrukciyasini asosiy parametridan biri toshning maydalanish darajasi bo’lib, u shundaki yuklanadigan toshning maksimal o’lchami D max bilan tushish teshigi kengligi nisbatidir, ya’ni maydalagichda tosh qanchalik maydalanganligini ko’rsatadi
9.3-rasm. Maydalagichning tuzilishi sxemasi.
Tushirish teshigining kengligi talab etiladigan maydalangan tosh o’lchami bilan belgilanadi. Maydalanish darajasini to’g’rilash uchun maxsus ponali mexanizm 5 mavjud. Ponalardan biri vintli uzatgich yordamida yuqoriga surilib, boshqasining gorizontal tekislikda chapga surilishini ta’minlaydi, bu esa tushish teshigining kengligini kamayishiga olib kelib, buning natijasida maydalnish darajasi ortadi.
Qo’zg’aluvchi qismi bilan pona oralig’iga tortib turuvchi plita 4 qo’yilgan bo’lib u o’z o’rnidan qo’zg’almasligi uchun, butun korpusning tashqi tomonidagi tortqich 7 bilan siqiladigan spiral’ prujina kuchi bilan tortib qo’yilgan. Bir vaqtda siqilgan prujina kuchi qo’zg’aluvchi qismini qaytishini va vertikal yo’naltiruvchidagi ponaning 5 pasayish orqali tushish teshigining kengayishini ta’minlaydi.
Maydalanish darajasi odatda 4 – 8 oralig’ida belgilanadi. Pastki ko’rsatkich maydalanish jarayonini samaradorligini, yuqorigisi ishning xavfsiz sharoitini belgilaydi.
3.2 Tosh maydalagichning texnik pasporti
Tosh maydalagich tuzilishining sxemasi chizilib sxemadagi shartli belgilar qo’yilgandan so’ng, talaba laborant yoki o’qituvchi ishtirokida laboratoriyada mavjud tosh maydalagich konstrukciyasi bilan tanishib uning texnik pasportini tuzishadi. Texnik pasportni tuzishda talaba tosh maydalagichning asosiy konstruktiv o’lchamlarini 9.4-rasmda keltirilgan sxema asosida o’lchab yozib boradi.
9.4-rasm. Maydalagich konstrukciyasi asosiy o’lchamlari
:Maydalagich konstrukciyasi turi;
- Maydalovchi kamera balandligi – N, mm;
- Maydalovchi kamera eni: tepa qismi – V, pasti – v, mm;
- Tosh maydalagich uzunligi – L, mm;
- Yuklanadigan toshning maksimal o’lchami S max =35 mm
- Qo’zg’aluvchi qismi qadami – 5mm
ekscentrik valning aylanishlari optimal soni
ayl/min,
bu erda,
- maydalagich qamrov burchagi.
ekscentrik valning aylanishlari optimal soni maydalagichning maksimal ish unumdorligini ta’minlaydi, shuningdek, uning oshishi toshning maydalagichdan pastga tushish vaqtini kamaytiradi.
;
bu erda: V – ekscentrik valning to’kishdagi bir aylanishidagi prizmaning hajmi, balandligi
, mm;
µ=0,5 – to’ldirilish koefficienti.
Maydalagichning ish unumdorligi maydalanish darajasiga bog’liq.
µ=0,5 – to’ldirilish koefficienti.
Maydalagichning ish unumdorligi maydalanish darajasiga bog’liq.