СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

3- jaxon musiqa tarixidan mavzu

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

3- jaxon musiqa tarixidan mavzu

Просмотр содержимого документа
«3- jaxon musiqa tarixidan mavzu»

Jaxon musiqasi tarixi

3-modul. Italian romantizmining о‘ziga xos xususiyatlari

Reja:


1. Italian romantizmining о‘ziga xos xususiyatlari.

2. Dj.Rossini, ijodiyotida romantizm g‘oyalarining aks topishi.

3. Dj.Verdi ijodining tarixiy ahamiyati.

4. I.Brams ijodida neoromantik tamoyillar va ularning keyingi davrlar musiqasiga ta’siri.


Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.


Adabiyotlar: .

  1. А.Х.TrigulоvаХоrijiy musiqаadabiyoti T. Ilimziе 2009

  2. А.Х.Trigulоvа CHеt el musiqа tаriхi. Rоmаntizm dаvri T.,Nizоmiy nоmli TDPU 2008

  3. «Muzikаlnаya entsiklоpеdiya» M. Muzikа 1978

  4. «Chet el musiqasi tarixi» dasturi. Toshkent, 1966 yil.

  5. B.V.Levik. «Chet el musiqasi tarixi». Toshkent «O’qituvchi», 1984 yil.

  6. Iz istorii zarubejnoy muziki 4. «Muzika» nashriyoti, M., 1980 yil.

  7. V.S.Galatskaya. «Muzikal’naya literatura zarubejnix stran». Izd. «Muzika». M., 1967 yil.

www.tdpu.uz/////www. ziyonet.uz/////// www.dsmi.uz///////www.conservatory.uz


XIX asr Italiya musiqasining qirralari o’sha davrdagi Italiya xalqining milliy ozodlik harakatlari xususiyatlari bilan aniqlanadi. Italiyaga Ispaniya, Frantsiya va Avstriya mamlakatlarining bosqinchilik siyosati juda katta salbiy zarar yetkazib, xalq ozodlik harakatining keskin tus olishiga sabab bo’ldi. Frantsuz burjua revolyutsiyasining g’oyailari Italiya xalqini bosqinchilar (Napoleon) siyosatiga qarshi qo’zg’otdi. 1820 yillardagi dastlabki ozodlik harakatlari 1830-40-yillarga borib keskin tus oldi va 1848 yilda konli to’qnashuvlarga aylandi. Karbonariya (kumiriylar) harakati bostirilgan bo’lsada, 1871 yilda keskin harakatlar natijasida Italiya mustaqil davlat bo’ldi. Adabiyotda klassitsizm cheklashlari doirasidan romantizm oqimi kutilib, hayot bilan hamdard adabiy asarlar yaratildi. Musiqada bu jarayon bir oz kechikib amalga oshgan bo’lsada, cholg’u musiqasi yutuqlari, xususan genial musiqachi (skripkachi) N.Paganini ijodiy faoliyati Italiyada inqirozga yo’z tutgan «Seria» (jiddiy) operaning yangilanishi va unda milliy ozodlik g’oyailarining aks etishiga olib keldi. Bunday tubdan yangi bosqichga ko’tarilgan jiddiy opera spektakllarini Djoakkino Antonio Rossini va Djuzeppe Verdi yaratdi. Bu ikkala opera kompozitorlarining ijodi natijasida Italiya musiqa madaniyati jahon musiqasi madaniyati darajasiga ko’tarildi.

Rossini Djoakkino Antonio

29 fevral 1792 yil Pezaroda tugilgan. 13 noyabr Parij yaqinidagi Passi shahrida vafot qilgan. Italiyalik kompozitor, dirijyor, pianinochi, skripkachi va violenchelchi. Uning otasi orkestr ijrochisi, onasi opera ashulachisi bo’lganligi sababli uning musiqa ta`limi yoshligidan boshlangan bo’lsada o’zilishlar bilan davom etdi. O’spirin yoshida sobor xorida kuyladi. Klavesinda jo’r bo’lib yurdi. 1806-10-yillarda Boloniya musiqa litseyida violenchel sinfida o’qidi.

14 yoshida kompozitor sifatida tanila boshlandi. 18 yoshida Italiyada kompozitor sifatida mashxur bo’ldi. U 1816 yili 20 kun davomida «Seviliya Sartaroshi» (Sevil’skiy Siryo’l’nik) operasini yozib jahonga mashxur bo’ldi. 1822 yilga qadar Italiyada, keiynchalik Venada, Londonda, Parijda yashadi. Parijda Italiya operasi deb nomlangan truppani 2 yil davomida boshqardi. 1829 yilda xalq vatanparvarligi ruhida yaratilgan «Vilgelm Tell» operasidan keyin, opera ijodiga qaytmadi. 1848-53 yillarda Italiyada yashadi. 1855 yildan keyin butunlay Parijga ko’chib bordi.

Rossini musiqasi xalqchil, milliy ozodlik ruhi bilan sug’orilgan, yengil, ustalik (virtuozlik) talab etadigan, yoqimli melodiyalarga boy musiqadir.

Ijodiy merosi 40 ga yaqin operalar, ulardan Ipak zinapoya (Shelkovaya lestnitsa) (1812), «Tankred» (1813), «Seviliya sartaroshi» (Sevil’skiy Siryo’l’nik) (1816), «Vilgelm Tell» (1829) va boshqalar) Tantanali messalar va boshqa diniy asarlar, 2 ta simfoniya, fortepiano uchun sonatalar, turli asboblar uchun har xil asarlar. Bellini Vinchentso (1801 yilda tug’ilgan Katanida (Sitsiliya), 1835 yil Parij yaqingi Pyuto shaharchasida vafot etgan). Neapol konservatoriyasida ta`lim olgan. Italiyalik kompozitor. Italiyaning turli shaharlarida musiqiy faoliyat ko’rsatgan, teatrlarda har xil lavozimlarda ishlagan. 1833 yildan Parijga ko’chib keladi. Asosan opera kompozitori hisoblanadi. Musiqalari lirik, romantik, melodiyalari samimiy, yoqimli va jozibalidir. Uning musiqa asarlarida Italiya xalq qo’shiqlari ruhi yorqin seziladi.

Buyuk Rossini bilan mashxur Verdi ijodi orasida Italiya musiqa san`atida ikkita kompozitor Vinchentso Bellini va Gaetano Donitsetti faoliyat ko’rsatgan bo’lsalarda, ularning ijodiy yutuqlari o’zlaridan oldingi Rossini va o’zlaridan keyingi Verdi ijodiga tenglasha olmadi.

Bellini asosan opera kompozitori edi. Unnig asosiy operalari («Adelson va salovini», «Bianka bilan Fernando», «Pirat», «Chujestranka», «Zaira», «Kapuletti bilan Montekki», «Somnabula», «Norma», «Puritane» va boshqalar, jami 11 ta) Rossini asarlari ta`sirida yaratilgan bo’lib, ularda ko’proq lirik kayfiyat uyg’otuvchi musiqa materiali ishlatilgan.

Bellini «Izmena» nomli kantata, 5 ta simfoniya, goboy va orkestr uchun kontsert, diniy asarlar va qo’shiqlar yozgan. Ammo u hayotdan bevaqt (34 yoshda) ketishi bu talantli kompozitorning ijodiy g’oyailarining royobga chiqmay kelishiga sabab bo’ldi.

Gaetano Donitsetti taniqli kompozitor, dirijer va pedagog bo’lgan. U 1797 yili Italiyaning Bergamo shahrida tug’ilgan va 1848 yili shu shaharda vafot etgan. U Boloniya shahrida S.Mayer va S.Matte kabi ustozlardan musiqa ta`limini olgan. 1834-39 yillarda Neapol konservatoriyasining direktori va kompozitsiya boyicha professori lavozimida ishlagan. Umrining turli davrlarida Parij va Vena shaharlarida ishladi. 1842 yilda Avstriya saroy kompozitori unvonini oldi. 1844 yildan keyin ijrochilik bilan birga kompozitorlik faoliyatini ham kasalligi sababli to’xtatdi.

Donitsetti asosan opera sohasida ijod qilgan. Uning ijodi juda sermahsul bo’lib, yilida 5 tagacha opera yaratgan. Unnig operalari va ulardagi asarlari janrining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Kompozitorlik texnikasining mukammalligi, spektakllar mazmunining xilma-xilligi va teatrbopligi Donitsetti operalarining katta muvaffaqiyat qozonishiga sabab bo’ldi.

Ammo uning ayrim asarlari haddan tashqari yengil xarakterliligi, bachkanaligi, yo’nalishining aniq chegarasi bo’lmaganligi, melodrama xususiyatining ustunligi sababli tanqidchilar va keng musiqa ahlining tanqidiga duch keldi.

Donitsettining ijodiy merosi: 71 ta opera «Anna Boleyn», «Lyubovniy napitok» («Sevgi ichimligi»), «Lukretsiya Borjia», «Luchiya di Lammermur», «Doch polka» («Polk qizi»), «Favoritka», «Don Paskuale» va boshqalar, 2 ta rekviem, messalar, 5 ta kantata, 13 ta simfoniya, kvartet va kvintetlar, xor va qo’shiqlar.

Juzeppe Verdining hayoti va ijodiy faoliyati. Juzeppe Verdi 1813-yilning 10- oktyabrida Busseto shaharchasi yaqinidagi Le-Ronkole qishlog`ida dunyoga kelgan. Uning otasi traktorchi bo`lib, oilani ancha qiyinchilik bilan tebratardi. Verdi yeti yoshida qishloq cherkovida ilk marta organ tovushini eshitgan edi. Eshitganlari uni shu qadar to`lqinlantiradiki, u ota-onasidan musiqadan dars olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Baystrokkining qo`lida o`qiydi va spinet chalishni o`rganadi. O`n ikki yoshida otasi Verdini shahar maktabida o`qitish uchun Busseto shahriga jo`natadi. Yakshanba kunlari u o`z qishlog`iga borar, u yerda vafot etgan Baystrokkining o`rnida organchi bo`lib ishlardi.

1831- yilda Verdi Milanga keladi. Milan shimoliy Italiyaning eng katta shahri, Lombardiyaning poytaxti edi. Biroq, Verdini achchiq bir haqiqat kutar edi: Milan konservatoriyasining direktori Franchesko Bazili uni konservatoriyaga qabul qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqatsizlikni ko`rsatadi.

Milan konservatoriyasining eshiklari Verdining oldida bekilar ekan, uning birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o`qituvchini izlash bo`ldi. Tavsiya qilinganlar orasidan u kompozitor Vinchenso Lavinyani tanladi. U ham Verdi bilan shug`ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi. Uning dastlabki qilgan ishi “La Skala” spektakllariga bepul kirish imkoniyatini yaratib bergani bo`ldi.

Ko`plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtipokida o`tar edi. Yosh Verdining mashhur qo`shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur etish qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlarida, shuningdek, Filarmoniya jamiyatining repetitsiya va konsertlariga ham borib turardi.

Iogannes Brams

Buyuk nemis kompozitori, dirijyor, pianist Iogannes Brams 1833 yili Gamburg shahrida tugilgan. 1897 yili Venada vafot etgan. 14 yoshidan pianist sifatida kontsertlar bergan. Germaniyaning Detmold, Vena va boshqa shaharlarida dirijyor bo’lib ishlagan. Ijodi: «Nemischa rekviem», «Rinaldo» kantatasi, vokal simfonik asarlar, 4 ta simfoniya fortepiano uchun sonatalar, variatsiyalar, 4 daftardan iborat venger raqslari, xor va romanslar, 200 dan ziyodroq qo’shiqlar.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!