O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Namangan viloyati Namangan shahar
xalq ta’limi bo’limiga qarashli
79-umumiy o’rta ta’lim maktabning
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Xolmirzayeva Muniraningona tili fanidan
5-V sinfda “Aniqlovchi”
mavzusidagi
Sinf:5
Fan: Ona tili
Mavzu: Aniqlovchi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
o’quvchilarga aniqlovchi haqida bilim berish;
FK1:
Tarbiyaviy maqsad: kattalarga hurmatda bo‘lish, ularni qadrlashga o‘rgatish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘zidan kattalarga ,o’rtoqlariga va o’zidan kichiklarga yordam berish:TK6:kundalik faoliyatda mavzuga oid jadval o’qiy olish:
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilaming ijodiy matn yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish.FK1: o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalani o’zaro savol-javob, topshiriqlani, kichik matnlani, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia ilovalari) matnlarini tinglab tushuna olish.
Darsning turi:yangi bilimlarni shakllantiruvchi
Darsning usuli: savol-javob, chiroyli yozuv , tarqatma, rasmlar, “Aqliy hujum”, ta’limiy o’yin va guruhlarda ishlash;
Darsning jihozi:
darslik, jadval, slaydlar, rag’bat kartochkalari, “Sehrli daraxt” baholash plakati
Darsning shiori:
Nimaiki qilsang tilak,
Bariga o’qish kerak.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Bolajonlar omonmisiz,
Bugun darsga tayyormisiz?
Ustoz bizlar omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz.
Navbatchi axboroti tinglanadi .
Ma’naviyat daqiqasi:
1-o’quvchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.
2-o’quvchi: Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Bugun davramizda sizni xush ko‘rdik.
3 –o’quvchi:: Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u ro‘zim, tuzimsan
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
4-o’quvchi:: Qon qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
5-o’quvchi: Оnа tilim — оnаjоnim tili bu,
Bеshiкdаnоq singgаn jоn-u qulоqqа.
El-u yurtim, хоnumоnim tili bu,
Qаdimliкdаn o’хshаr оnа tuprоqqа.
Tug’ilgаn til -Оnа tilim
Bu dunyogа bаg’ishlаymiz nе dаhо.
Bоbоlаrdаn bizgа mеrоs ezgu til,
Аvlоdlаrgа хаzinаi bеbаhо.
Qаlbimizgа, ruhimizgа кo’zgu til,
6-o’quvchi: Dovоnlаrning chекsizligi,
Hаm sаmimiy, hаm hоvuri,
Оnаjоnlаr аllаsidаn,
Кo’z yoshidаn, оq sutidаn,
To’qаylаrning tеngsizligi,
Jilg’alаrning sho’х g’оvuri,
Yigitlаrning yallаsidаn,
Suluvlаrning suкutidаn,
Yo’g’rilgаn til - оnа tilim.
Cho’pоnlаrning qаmish bаyti,
Childirmаning dаrillаshi,
Go’ro’g’lining аlp siymоsi,
Аlpоmishning dа’vоsidаn,
Tug’ilgаn til -Оnа tilim.
7-o’quvchi:
Bobolar hikmat bilgan,
Ardoqlab lug’at qilgan .
Qolishmas hech bir tildan,
Chiroyli qizil guldan.
Yayraydi har dam dilim,
Sen sabab ona tilim.
O’quvchilar bilan ona tilimiz haqida savol-javob o’tkazamiz.
21-oktabr qanday kun?
Ona tilimizga Davlat tili maqomi qachon beriladi?
Bu yil necha yilligini nishonlaymiz?
Til haqida qanday maqollar bilasiz?
-Til bilgan - el bilur.
-Til bor,bol keltirar
-Til bor,balo keltirar.
-Tilga e’tibor-e’lga e’tibor.
Darsni oltin qoidalari eslayib o’tiladi:
Aniqlik
Ahillik
Intizom
Faollik
O’zaro hurmat
-Juda yaxshi o’quvchilar.
Dars guruhlar o’zlarini nomlash bilan boshlanadi.
II.O’tilgan darsning mustahkamlash:
Sinf o’quvchilarini uch guruhga bo’lib olamiz.
1-guruh: “Zukkolar”
2-guruh: “Donolar”
3-guruh: “Bilimdonlar”
Darsni “So’z top!” o’yini (Domino) bilan boshlanadi.
Bu metod darsning kirish qismida o’tkaziladi.
O’qituvchi ona tili faniga oid so’z aytadi.
Qaysi harf bilan tugasa, o’quvchi shu harf bilan boshlangan so’zni aytishi kerak.
Ot -
to’ldiruvchi-
istak gap -
punktatsiya -
Guruhlar jamoasi quyidagicha rag’batlantirib boriladi.
Rag’batlantirish uchun kartochkalar
4
3
2
O’quvchilarga o’tilgan mavzularini savollar orqali berib baholanadi. Har bir guruhga to’rttadan test savol javob o’tkaziladi.
“Zukkolar” guruhiga :
Gap bo’laklari nechta ?
Egani qatnashtirib gap tuzing.
Hol qanday so’roqqa javob bo’ladi?
Istak gapni qatnashtirib gap tuzing.
“Donolar ” guruhiga:
Holni qatnashtirib gap tuzing.
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turini sanang.
Gapda so’zlarning bog’lanishi necha xil bo’ladi?
Ma’nodosh so’zlarga misol keltiring.
“Bilimdonlar” guruhiga
So’roq gapga bitta gap tuzing.
Uyga vazifa – 149-mashq asosida qanday to’ldiruvchidan foydalangansiz ?
To’ldiruvchi qanday so’roqqa javob bo’ladi?
Ot-kesimni qatnashtirib gap tuzing.
Predmetning belgisiman,
Katta-yu, kichik ko’rkam,
Men borman-ki, doim buyuk,
Keng, bepoyon, obod o’lkam.
Qanday? Qanaqa?, so’rog’im
Latofatga makon qalbim .
Yodda tutgil sen o’quvchi,
Kesimman ham aniqlovchi.
Demak bugungi mavzumiz aniqlovchi
III.Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi yangi mavzuni 1-topshiriq asosida slaydlar bilan boshlaydi.
1.Rasmlar asosida so’z birikmalari tuzing.Gapdagi qanday? So’rog’iga javob bo’luvchi bo’lakni toping.
Y
oqimli hid taraldi.
2-Topshiriq
Nuqtalar o’rniga berilgan so’zlarga mos jumla qo’ying.
Chiroyli … , … muqovasi , …. xonasi
Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirib qanday? , qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagi aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchilar ma’nosiga ko’ra 2 xil bo’ladi.
Sifatlovchi aniqlovchi
Qaratqich aniqlovchi
qanday? ,
qanaqa?,
qaysi?,
qancha?,
nechta?,
kimning?,
nimaning?
“Jumboq” sharti 150-mashq orqli bajariladi.
Mashq o’quvchilar tomonidan o’qiladi.
Qanoat va qanoatsizlik haqida maqol yoki hadis keltirish:
150- mashqning 2-topshirig’i
Q
Qanoatli Ali
Bitta olma
anday ?, qancha?, nechta?, kimning? so’roqlariga javob bo’lgan otga bog’langan so’zlar va so’z birikmasi shaklida ko’chiring.
Namuna:
151-mashq Yozuv taxtasiga guruhlardan bir nafardan o’quvchi chiqib mashqni bajaradilar.
Mana,poliz o’rtasidagi supachada o’tiribmiz.O’qshom salqin.Osmonda yulduzlar kul bosgan cho’g’day miltillaydi.Qo’shni polizdagi bolalarning qiyqirig’I,itlarning vovullashi,qayerdandir yoqimli ashula tovushi eshitiladi.
152-mashq “Kuz fasli” rasmi asosida aniqlovchilarni qatnashtirib matn tuzish.
153-mashq klaster asosida bajariladi.
Namuna:
Elyor o’qiydi.
Elyor maktabda o’qiydi.
Elyor bizning maktabda o’qiydi.
HOL
ANIQLOVCHI
EGA
“Donolar” “Zukkolar” “Bilimdonlar
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Aniqlovchi mavzusini mustahkamlash uchun “Sehrli bog’” daraxtiga murojaat etamiz.
“Sehrli bog’” daraxtiga mevalardagi savollarga javob topsagina daraxtga yopishtirladi.
1-guruh-olma 2-guruh-nok 3-guruh-shaftoli
kartochkasi orqasidagi savollarga javob berib daraxtga iladilar.
“Aql charxi”da bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarga osonroq test savollari beriladi.
Sardorlar bahsida aniqlovchili so’z birikmalarini kim ko’p tuzadi? sharti asosida bajariladi.
3-topshiriq: “So’zdan –so’z yasa” o’yini o’ynaladi.
Biz qaysi davlatda yashaymiz? O’zbekistonda.Ekranda va o’quvchilar qo’lida O’zbekiston degan yozuv hosil bo’ladi.O’quvchilar O’zbekiston so’zidan foydalanib so’z tuzadilar va unli va undosh tovushlarni aytadilar.
Masalan: O’zbek, bek, beton, bo’ston, ozod .
V.Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash:
Dars so’ngida guruhlarning olgan ballari jamlanadi va g’olib guruh e’lon qilinadi. Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Darsni yakunlashda “Esse” usulidan foydalanib yakunlash mumkin. Bu usul dars yakunida o’tkaziladi. U orqali har bir o’quvchi dars haqida fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon etadi. “Esse” rasm chizish orqali bayon etilishi mumkin.
“Esse” so’z, bitta gap yoki bir nechta gap bilan ham yozilishi mumkin?
VI.Uyga vazifa: 1
54- mashq . Sabr, odat, bilim, mehr so’zlari ishtirokida gap tuzing. Ularda aniqlovchilardan foydalaning.