СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

5е4е54аапавпвапвап

Категория: География

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«5е4е54аапавпвапвап»

Mavzu: 68-DARS. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


O’tkazish sanasi: ___________________


O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___


Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga ranglar palitrasi va koptok ilovasini o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish

Kompetensiya

TK: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, mediamadaniyatga ega bo‘lish

FK: ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi

O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Abuturent” jurnali.

Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.

Ishlash bosqichlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)

    1. Darsni tashkillashtish.

    2. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)

    3. O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:

  1. Darsga tayyorlanadi.

  2. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.

  3. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.

2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa)

hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa)

Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi.

3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa)

O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.

Uyga topshiriq va savollar beriladi.


  1. Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.

  2. Vazifalarni yozib oladi.

Asosiy tushunchalar:


Mavzuni yoritish.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:



O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.

  1. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

  2. Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1. Piksellar ilovasida nechta pikselning rangi o‘zgaradi?

2. Koptok ilovasida koptokning holati qaysi o‘zgaruvchilarga qarab

aniqlanadi.

3. Koptok ilovasida koptokning harakat tezligi qanday qilib o‘zgartiriladi?

4. Koptok ilovasida koptok harakatining yo‘nalishi qaysi o‘zgaruvchida

saqlanadi?

5. Piksellar ilovasida ranglarni shakllashtirishda uchinchi asosiy rangning ham ishtirok etishini ta’minlang.

6. Koptok ilovasida koptok yo‘nalishini dx va dy o‘zgaruvchilarning boshlang‘ich qiymatlarini almashtirish bilan o‘zgartiring:

  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

1. Dasturlash usullari haqida nimalar bilasiz?

2. Delphi dasturlash muhiti interfeysining o‘ziga xos tomonlarini sanab

o‘ting.

3. Ilova oynasi obyekti: Formning xossalarini va ularning vazifalarini aytib bering.

4. Boshqarish tugmasi Buttonning asosiy xossalari haqida nima bilasiz?

5. Button tugmasi ustida sichqoncha chertilganda, nima sodir bo‘ladi?

6. ShowMessage oynasi haqida nimalar bilasiz?

7. Label obyektining vazifasini aytib bering.

8. Edit obyektining xossalari va vazifasi nimalardan iborat?

9. Obyektlarning faolligi va ko‘rinmasligi ularning qaysi xossalari orqali

o‘rnatiladi?

  1. Amaliy ish:

Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:

10. O‘zgaruvchilarning qiymatini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazadigan

funksiyalarni aytib bering.

11. Ilovaga bayroqchalar qaysi obyekt orqali kiritiladi?

12. Radiotugmalar guruhi RadioGroup ning asosiy xossalari qaysilar?

13. ListBox obyekti haqida nimalar bilasiz?

14. ComboBox obyektining qulay tomoni nimada?

15. Memo obyektining vazifasi va uning xossalari, obyektlarini aytib bering.

16. Delphida grafika bilan ishlash qanday amalga oshiriladi.

17. Qalam bilan ishlash haqida nimalar bilasiz?

18. Cho‘tkaning asosiy xossalarini aytib bering.

19. Rasmga matn qanday qilib kiritiladi?

20. To‘g‘ri chiziq kesmasi qanday qilib chiziladi?

21. To‘g‘ri to‘rtburchak chizish qanday qilib amalga oshiriladi?

22. Ellips chizish uchun nima qilish kerak?

23. Rasmda ranglar bilan ishlash haqida gapirib bering.

24. Piksellar bilan ishlash haqida nimalar bilasiz?

25. Timer obyektining vazifasi va xossalarini aytib bering.

  1. Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.

  1. Uyga vazifa berish:

10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari mavzularini qo’shimcha o’qib o’rganish.

O’IBDO’: _________________________


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!