7-sinf. INFORMATIKA. 2-CHORAK UCHUN NAZORAT ISHI. YOZMA ISH.
1. Multimedia nima? 2. Animatsiya nima? 3. Kontent va formatlash deganda nimani tushunasiz? 4. Animatsiya va vaqtni moslash uskunalari: On Click, With Previous, After Previous parametrlari haqida.
1-savolga javob: Multimedia: taqdimotga qoʻshish mumkin boʻlgan elementlar, jumladan, animatsiya, audio va video.
2-savolga javob: Animatsiya: slayddagi matn va tasvirlarga qoʻshish mumkin boʻlgan turli harakatlar
3-savolga javob: Kontent: hujjatga kiritilishi kerak boʻlgan har qanday matn, rasm, audio va video. Formatlash: bu matn yoki tasvirni oʻzgartirish. Masalan, shrift turini oʻzgartirish.
4-savolga javob: On click parametri sichqoncha bilan bosilganda animatsiya boshlanishini bildiradi. • With Previous parametri animatsiya avtomatik ravishda avval oʻrnatilgan animatsiya bilan boshlanishini bildiradi. • After Previous parametri animatsiya oldingi animatsiya ijro etilganidan keyin avtomatik boshlanishini bildiradi.