СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

9-синфларда назорат диктанти

Нажмите, чтобы узнать подробности

9синфларда диктант матни

Просмотр содержимого документа
«9-синфларда назорат диктанти»

Ona tili

9-sinf

Kamoliddin Behzod Akademiyasi

Buyuk miniatyurachi musavvir Kamoliddin Behzod Sharq uyg`onish davrining yetuk san’atkori hisoblanadi. U XV asrda Hirot shahrida shakllangan Hirot miniatyura maktabi asoschisi hisoblanadi. Behzodning mashhur musavvir sifatida kamol topishida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning ham xizmati katta bo`lgan. Bobomiz yosh musavvirga murabbiylik qilgan.

Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o`sha davrning yetuk san’atkorlari: Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Nur kabi xattotlar ijod bilan band bo'lganlar. Behzod ushbu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan bevosita ijodiy hamkoriik qilgan. Tabiiyki, bunday muhitda ijod qilish va yashash Behzodning taniqli musavvir bo`lib yetishishiga yordam bergan.

Behzod o`sha davrdagi hukmdorlar saroyida xizmat qiladi. Masalan, musavvir sifatida tanilgach, dastlab Hirot amiri Sulton Husayn saroyiga ishga taklif etiladi. Biroz muddat o'tgandan so`ng saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlanadi. Keyinroq kutubxona badiiy akademiyaga aylantiriladi. Uni odamlar „Behzod akademiyasi“ deb ataganlar. Buyuk musavvir Hirot shahrida zamondoshlari Alisher Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning portretlarini yaratdi, bir guruh yoshlarga musavvirlik sirlarini o`rgatdi.

Yuqori tabaqalarga taniqli musavvirning ijodi ma’qul kelganligi sababli, u butun umr shohlar saroyida xizmat qildi. Lekin hukmdorlar saroyida ham o`z san’atiga yaqin ishlarni bajardi. Shu bois u ijoddan ajralib qolmadi. Shohlar va zamonasining mashhur kishilarining portretlarini chizdi, xattotlik ishlari bilan shug`ullandi, kitoblarga bezak berdi.