СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Alisher Navoiy hayoti va ijodi

Категория: Литература

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данная разработка урока ожизни и деятельности Алишера Наваи

Просмотр содержимого документа
«Alisher Navoiy hayoti va ijodi»



Mavzu: ALISHER NAVOIY (1441-1501)

Darsning maqsadi:

1. Ta’limiy maqsad.

Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. G`azal mulkining sultoni, o`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish.

2. Tarbiyaviy maqsad.

Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

3. Rivojlantiruvchi masad.

O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

4. Kompetensiyaviylik.

O`quvchilarning mustaqil fikrlarini og`zaki nutqda qo`llay olish malakasini shakllantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: noan’anaviy

Dars vositalari va jihozi.Darslik, kompyuter,proyektor, slaydlar, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar,rasmlar...

Darsda qo`llanadigan metodlar. Hamkorlik texnologiyasi, guruhlarga bo`linib ishlash, “Zanjir”,”Klaster”

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)

Foydalaniladigan adabiyotlar.«Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.

Darsdan kutiladigan BKM natijalari. O`quvchilar g`azal mulkining sultoni, o`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan nazariy bilimga va amaliy ko`nikmaga ega bo`ladilar. Navoiy asarlarini tushunish malakasi shakllanadi.

Dars rejasi:








Darsning borishi


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism, kirish suhbati

5 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni so`rash,slayd namoyishi.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni, slayd namoyishi

10 daqiqa

4

Mustahkamlash.

15 daqiqa

5

Baholash.

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish.

2 daqiqa



Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: a) salomlashish;

b) navbatchi axboroti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish.

Dars noan’anaviy uslubda taskil etilganligai uchun sinfni guruhlarga bo`lib olamiz. Guruhlar o`zlariga nom va shior tanlaydilar.

1-guruh: “Donolar”

Shiori: Oz-oz o`rganib dono bo`lur.

2-guruh: “Bilimdonlar”

Shiori: Bilim yoshda emas, boshda.

3-guruh: “Zukkolar”

Shiori: Zukkolik-la dunyoga tanilamiz.

Kirish suhbati mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida olib boriladi. “Tezkor savol-javoblar” texnologiyasidan foydalaniladi.

1-guruh- “Donolar” guruhi uchun savollar:



2-guruh- “Bilimdonlar” guruhi uchun savollar:









3-guruh: “Zukkolar”uchun svollar:



3-guruh-“Zukkolar”guruhi uchun savollar:







Slaydlar yordamida o`quvchilar bergan javoblar xulosalab beriladi.



II. Otgan mavzuni sorash.

Uyga vazifa- Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi, bunda turli- skanvord, klaster, mevali bog` kabi interfaol metodlardan foydalaniladi. Shu asosda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilim va malakalari baholanadi.



III. Yangi mavzu:

Alisher Navoiy

(1441-1501)

Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni «shamsul millat» — millat quyoshi deb hamma davrlarda e'zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko'tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag'ishlagan bobokalonimiz bu e'tirofga to'la-to'kis munosib va haqlidir. U haqidagi biografik ma'lumotlar, yozmishlarining deyarli barchasi to'liq saqlanib qolgan. Xalq ichida bu zotning hayoti va faoliyati bilan bog'liq rivoyat va afsonalar ham talay-gina. Chunki odamlar o'zlariga va kelgusi avlodga yashash tarzi, qilmishlari ibrat, aytmish va yozmish so'zlari haqiqat bo'lgan zotlar to'g'risida ham hurmat, ham hikmat ma'nosida mana shunday og'zaki ijod namunalarini to'qib oladilar.

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Xuroson o'lkasining poytaxti Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uni «Nizomiddin Mir Alisher» deb ulug'laganlar. «Nizomiddin» — din nizomi deganidir. Ko'pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan «mir» — amir demakdir. Chunki u Husayn Boyqaro saroyida-gi eng nifuzli amir boigan. Alisher bolalikdan ma'rifatli oila muhitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni «G'iyosiddin kichkina» ham der edilar) temuriylarga yaqin amaldorlaridan boiib, o'z davrining obroii va ma'rifatli kishilaridan sanalgan. Adabiyotshunos Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, u o'gii Alisherning tarbiyasiga, kelajakda fazilatli odam bo'lib yetishmog'i uchun astoydil harakat qilgan. Onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi bo'lgan. Bo'lajak shoirning tog'alari Mir Said Kobuliy yaxshi shoir, Muhammad Ali G'aribiy shoir, sozanda va xattot edilar. Alisher oilada uchinchi yoki to'rtinchi farzand bo'lib, maktabda bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi. U erta savod chiqarib, she'r o'qish va yod olish, she'r bitishga bolalikdan havas uyg'ondi. Kichik maktab yoshida kattalar ham tushunishi qiyin bo'lgan fors shoiri Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini fors tilida o'qib ham uqib yod olgani uning yoshlik iste'dodining muqim qirralaridan edi.

1447-yilda podshoh Shohruh Mirzo vafot etib, poytaxt Hirot notinch bo'lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko'chib ketadi. Yo'lda Taft shahrida Alisher mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi, tiyrak va aqlli bolakayning zukkoligidan mamnun boigan keksa olim uning haqqiga duolar qiladi. Xalq orasidagi «Ulugiar duosi qabul boiadi» degan naql bejiz emas.

Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Ko'p o'tmay, taxtga Abulqosim Bobur Mirzo o'tiradi. Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa, o'qishni davom ettiradi.

1453-yilda Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so'ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do'st — Husayn va Alisher yana birga bo'ldilar. Bu yillar ham yosh Alisher uchun o'qish egallash yillari bo'ldi. She'rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7—8 yoshlaridan she'r yoza bosh-ladi. O'zbekcha she'rlariga «Navoiy», forscha she'rlariga «Foniy» taxallusini qo'ydi. Deyarli Siz tengi paytlarida she'rlari bilan mamlakatga tanilib qolgan edi.

O'smirlik davrlarida Alisher o'qishda va yozishda tinim bilmas, she'r mutolaasidan charchamas edi. «Muhokamat ul-jug'atayn» asarida o'zining yoshlik chog'ida mashhur o'zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming bayt (100 ming misra!) she'rni Yod bilganini so'zlaydi. Bolalik vaqtlaridayoq o'z davrining Amir Shohiy, Lutfiy, Kamol Turbatiy kabi shoirlari bilan yaqindan aloqada bo'ldi. Otasi vafotidan so'ng taniqli ilm va adabiyot, san'at arboblaridan Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabilar otalik qildilar. Sabzavorlik olim va shoir Darvesh Mansurdan aruz bo'yicha ta'lim oldi.

1457-yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etdi. Uning o'rnini Abusaid Mirzo egalladi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho'ng'ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o'qishni davom ettirdi. 1464-yilda Hirotga qaytib kelgan shoir hayotida noxushliklar boshlandi. Abusaid Mirzo taxtga da'vogar Husayn Boyqaroning yaqin kishilarini ta'qib ostiga oladi. Alisherning ota mulkini musodara qiladi, tog'alari Kobuliy va G'aribiylarni qatl ettiradi.

Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Temurbek poytaxt qilgan bu ko'hna shahar uning hayotida o'chmas iz qoldirdi. Bu yerda o'z davrining yetuk olimlaridan, xususan, shu kungacha asarlari Islom olamida mo'tabar sanalib kelayotgan Fazlulloh Abulays Samarqandiydek allomadan saboq oldi. Keyinchalik bu shaharni o'z asarlarida «firdavsmonand» (Jannatmisol) deb ta'rif etdi. Bu yerda shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. Bir devonga yetib ortadigan asarlari bo'lishiga qaramay, kamtarlik tufayli bo'lsa kerak, o'zi tartib bermaganligi uchun 1465—1466-yillarda uning muxlislari she'rlarini to'plab, «Devon» tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda shartli ravishda «Ilk devon» deb nomlanadi.

1469-yilda Hirot taxtiga Husayn Boyqaro chiqadi va Samarqandga xat yo'llab, Alisher Navoiyni o'z yoniga chaqirib oladi. Davlat ishlariga jalb etadi, avval muhrdor1, so'ng vazir qilib tayinlaydi. 1487—1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko'rdi. Uning qarshiligiga qaramasdan, shoirni yuqori martabalarga tayinladi. Buyuk shoir «amiri kabir» (ulug' amir), «amirul muqarrab» (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo'ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab yashnagan, adolat va haqiqat tug'i baland ko'tarilgan davr bo'ldi. «Ilgimdan kelganicha, — deb yozadi «Vaqfiya» asarida Navoiy, — zulm tig'in ushotib (sindirib), mazlum jarohatig'a intiqom marhamini (qasos malhamini) qo'ydum. Va ilgimdin kelmaganni ul Hazrat (Husayn Boyqaro) arzig'a yetkurdim».

Davlat ishlari bilan bir qatorda o'zining sevimli mashg'uloti — badiiy ijodni ham to'xtatmadi. 1472—1476-yil-larda «Badoe ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»), 1476—1483-yillarda «Navodir un-nihoya» («Tuganmas nodirliklar») nomlari bilan ikki devon tuzdi.

1483-yilda turkiy tilda birinchi bo'lib «Xamsa» yozishga kirishdi va misli ko'rilmagan qisqa muddat — ikki yilda besh yirik dostondan iborat asarni yozib tugatdi. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo'r shodliklar bilan qarshi oldi. Abdurahmon Jomiy Navoiy «Xamsa»siga yuksak baho berdi. Husayn Boyqaro buyuk shoirni o'zining oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib, Hirot ko'chalarini aylantirdi. Bu insoniyat tarixida kam-dan kam uchraydigan hodisa edi: qudratli davlatning shavkatli podshohi bir shoirga jilovdorlik qilsa! Mazkur hodisa ayni paytda Husayn Boyqaroning ma'nan yuksak, ma'rifat li va haqiqatpesha hukmdor bo'lganligining dalilidir. Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida bejiz uni shoh G'oziy deya ulug'lamagan edi.



1489— 1493-yillar shoir uchun ayriliq, og'ir judolik yillari bo'ldi. Do'stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher, Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularning xotirasiga bag'ishlab uchta memuar — esdaliklardan iborat nasriy asarlar yaratdi.

Navoiy fanning bir necha sohalarida qalam tebratib zabardast olim ekanligini ham isbot etdi. O'tmish mavzusida «Tarixi muluki Ajam» («Ajam, ya'ni arab bo'lmagan mamlakatlar tarixi»), «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va do-nishmandlar tarixi») asarlarini yozgan. Turkiy adabiyot-shunoslikda ham uning alohida o'rni bor. Aruzga doir «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o'lchovi»), tazkirachilikka1 oid «MajoIis un-nafois» («Nafis majlislar») kabi asarlar yaratdi. Bular o'zbek (turk) tilida shu sohalardagi birinchi asarlar edi. Buyuk shoir tilshunoslik bilan ham qiziqdi. Lug'atshunoslikka oid «Sab'atu abhur» («Yetti dengiz») nomli kitob yozdi. Ayniqsa, «Muhokamat ul-lug'atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida turk (o'zbek) va sort (fors) tillarini solishtirib, o'z ona tilining tuganmas imkoniyatlarini ilmiy asoslab berdi.

Navoiy 1490-yillarda adabiyotimiz tarixidagi yana bir katta hodisa — «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar xazinasi») majmuasini tuzdi. To'rt devondan iborat bo'lgan bu ulkan she'riy Jo'plam shoirning turkiy tilda yozgan deyarli barcha lirik she'r¬larini qamrab olgan edi. Shuningdek, fors tilini mukammal bilgan

Muhrdor — davlat hujjatlarini rasmiylashtiruvchi amaldor.

tazkira — ijodkorlar haqida ixcham ma'lumot va ayrim asarlaridan namuna keliiriladigan

va unda ham barakali ijod qilgan shoir bu tilda yozgan she'rlarini to'plab «Devoni Foniy»ni tuzdi.

Buyuk adib umrining oxiriga qadar ilmu ijod bilan qizg'in va samarali shug'ullandi. Sharqda o'tgan mashhur shayxlar, so'fiylar hayoti haqida ma'lumot beruvchi «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarini yozib tugatdi. So'ng umr bo'yi xayolini band etgan «Lison ut-tayr»ni qog'ozga tushirdi. Boshqalar bilan olib borgan yozishmalari — xatlarini to'plab «Munshaot» («Xatlar») tuzdi. 1500-yilda buyuk mutafakkirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarash-larini o'zida ifodalagan «Mahbub ul-qulub» («Ko'ngillarning sevgani») asari maydonga keldi. Bu buyuk adibning so'nggi asari edi.

Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.

Navoiy xotirasi asrlar osha abadiydir. Dunyoning turli mamlakatlarida bobomiz ruhini shod aylamoqlik uchun unga atab haykallar o`rnatilgan.








IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa. Аlishеr Nаvоiy g'аzаllаridаn birini yod оlish, dаrslikdаgi sаvоl vа tоpshiriqlаr ustidа ishlаsh

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.






Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!