СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari haqida

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Astronomiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Ekliptika.

Просмотр содержимого документа
«Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari haqida»

Mavzu: Kirish. Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari haqida. Astronomiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Ekliptika.

Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar;

Mashg’ulot shakli

Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti

Mashg’ulot rejasi

  1. Astronomiya fani va uning kelib chiqishi.

  2. Zamonaviy astronomiya va kosmosni o’zlashtirishning ahamiyati.

  3. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, aylana va chiziqlari.

  4. Quyoshning yillik ko’rinma harakati. Ekliptika.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Astronomiya fani bo’yicha tushunchalarni shakllantirish, umumiy tasavvurlarni berish; Osmon sferasiga oid bilimlarni shakllantirish;

Pedagogik vazifalar:

  • Astronomiya fanining ahamiyati va
    vazifalari, uni o’quv fanlar tizimida tutgan o’rni bilan tanishtirish;

  • Astronomiya fanini tuzilishini va tavsiya etiladigan o’quv adabiyotlarini sharxlash;

  • Astronomiya fanining rivojlanish tarixidan ma’lumotlar berish;

  • Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, aylana va chiziqlarini yoritish;

  • Astronomiya fanining texnika va tibbiyot sohasidagi yutuqlarini yoritish;


O’quv faoliyatini natijalari:

  • Astronomiya fanining ahamiyati va vazifalarini ifodalaydilar;

  • Astronomiya fani tuzilishini va tavsiya etilayotgan o’quv adabiyotlari bilan tanishadilar;

  • Astronomiya fanining rivojlanish tarixidan ma’lumotlarga ega bo’ladilar;

  • Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, aylana va chiziqlarini yorita oladilar;

  • Astronomiya fanining texnika va tibbiyot sohasidagi yutuqlarini yoritadilar;

O’qitish usullari

Ma’ruza, pinbord, aqliy hujum, namoyish;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, axborotli ta’minot; Ko’rgazmali materiallar (slaydlar), astronomik allomalar rasmlari keltirilgan plakatlar;

O’qitish shakli

Ommaviy, jamoaviy

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov;

Yozma so’rov: Tarqatma material asosida;

Nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

( 35 minut)

    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilaytgan

natijalarni yetkazadi. Ekranga fanning tuzilmaviy-mantiqiy chizmasini (1-Ilova) chiqaradi, mavzularning o’zaro aloqasini yoritadi, ularga qisqa tavsif beradi.

1.3. Reyting-nazorat tizimi, joriy, oraliq va yakuniy nazoratni baholashni mezonlari bilan tanishtiradi; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro’yxatini aytadi. (2-Ilova)

    1. Birinchi o’quv mashg’ulotining mavzusi,

rejasi, maqsadi va natijalarini aytadi. (3-Ilova)

    1. Mavzu shiori asosida ma’naviyat saboqlarini

beradi;


Tinglaydilar,

yozib oladilar



Tushunchalarni aytadilar;



Eshitishadi; Yozishadi;

2-bosqich

Asosiy

(40 minut)

2.1 Aqliy hujum usuli yordamida ushbu mavzu bo’yicha ma’lum bo’lgan tushunchalarni aytishni taklif etadi. Aqliy hujum usuli qoidasini (4-Ilova) eslatadi. Barcha aytilayotgan takliflarni yozuv taxtasiga yozib boradi. Ushbu ish mashg’ulot yakunida tugatilishini ma’lum qiladi.

2.2. Slaydlarni Power point tartibida (5-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.2. Yozuv taxtasida yozilgan tushunchalarga qaytishni taklif etadi. O’quvchilar bilan birga fanga taalluqli bo’lmagan va qaytariluvchi ma’lumotlarni olib tashlaydi, muhim asosiy tushunchalarni (Pinbord) kiritadi (6-Ilova)

Fikrlarini aytishadi;

Eshitishadi; yozishadi;




Tinglaydilar;

Savollar beradilar;


Muhokama qiladilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd etadilar

3-Bosqich

Yakuniy


(5 minut)

3.1 Mavzu bo’yicha yakun yasaydi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi.

3.2 O’quvchilarning mustaqil tayyorlanishlari uchun vazifa beradi;

Uyga vazifa: Mavzu boyicha asosiy tushunchalarni yozib, o’rganib kelish; Darslik, M.Mamadazimov, I-Bob, 1-5-§; II-Bob, 1-2-§;

Savol beradilar




Topshiriqni yozadilar;





1-Ilova

Astronomiya fanining tuzulmaviy-mantiqiy chizmasi

  1. KIRISH.

  2. AMALIY ASTRONOMIYA ASOSLARI.







1-MAVZU: Kirish. Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari haqida. Astron Astronomiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Osmon sferasining asosiy nuqta, chi nuqta, chiziq va aylanalari. Ekliptika.





  1. AMALIY ASTRONOMIYA ASOSLARI.





2-MAVZU: Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasidagi bog’lanish. Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko’rinma aylanishi.



3-MAVZU: Yoritkichlarning kul’minatsiyasi va kul’minatsiya balandliklari. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Kalendarlar. Oyning harakati va fazalari. Quyosh va Oy tutilishlari.





4-MAVZU: 1-Laboratoriya ishi. Yulduzlarning surilma xaritalari bilan ishlash.





  1. QUYOSH SISTEMASINING TUZILISHI.





5-MAVZU: Quyosh sitemasining tuzilishi. Olam tuzilishi haqida geliosentrik ta’limot. Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlari.



6-MAVZU: Planetalarning konfiguratsiyalari va ko’rinish shartlari. Planetalarning siderik va sinodik davrlari. Kepler qonunlari. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofa va massalarini aniqlash.





7-MAVZU: 2-Laboratoriya ishi. Astronomik kalendarlar va lug’atlar bilan ishlash.





  1. KOSMONAVTIKA ELEMENTLARI.



8-MAVZU: Kosmanavtika va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Vaznsizlik. Tortishishning markaziy maydoni. Kosmik tezliklar. Osmon jismining ta’sir sferasi.








9-MAVZU: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari. Oyga uchish trayektoriyalari. Oyga qo’nish. O.N. 1








  1. ASTROFIZIK METODLAR VA ASBOBLAR.







10-MAVZU: Astrofizik tadqiqot metodlari. Optik va radioteleskoplar.Yer atmosferasidan tashqi astronomiya.










  1. QUYOSH-ENG YAQIN YULDUZ.





11-MAVZU: Quyosh-eng yaqin yulduz. Quyosh haqida umumiy ma’lumotlar. Fotosfera va undagi ob’ektlar. Quyosh chaqnashlari. Quyosh aktivligi haqida tushuncha.












  1. PLANETALAR VA ULARNING YO’LDOSHLARI.







12-MAVZU: Yer tipdagi planetalarning fizik tabiatlari. Gigant planetalar. Oy va planetalarning yo’ldoshlari.














13-MAVZU: Mayda planetalar. Quyosh sistemasining mayday jismlari. Quyosh sistemasining kelib chiqishidagi hozirgi zamon tasavvurlari.










  1. YULDUZLAR.







14-MAVZU: Yulduzlar. Yillik parallaks. Yulduzlargacha masofani aniqlash. Ko’rinma va absolyut yulduz kattaliklari. Yulduzlarning rangi va temperaturasi.










15-MAVZU: Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash. Gigant va mitti yulduzlar. Qo’shaloq yulduzlar. O’zgaruvchi yulduzlar. Yulduzlarning ichki tuzilishi va energiya manbalari. Pul’sarlar.














16-MAVZU: 3-laboratoriya ishi. Kuzgi, qishki, baxorgi va yozgi osmon yulduz turkumlarining ravshan yulduz turkumlarini surilma xarita yordamida topish.










IX.KOINOTNING TUZILISHI VA EVOLYUTSIYASI.









17-MAVZU: Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi. Gallaktikamizning tuzilishi: tarkibi va osmon yulduz turkumlarining ravshan yulduz turkumlarini topish.








18-MAVZU: Yakuniy ma’ruza. Ya.N.

















2-Ilova

1-Slayd

Nimalar baholanadi?

  • Nazariy bilimlar;

  • Amaliy ko’nikma va malakalar;

  • Xulq- atvor va shaxsiy fazilatlar.

2-Slayd

Qachon baholanadi?

  • Ta’lim jarayoni boshida ( B.N )

  • Ta’lim jarayoni davomida (J.N, O.N)

  • Ta’lim jarayoni yakunida ( Ya.N )


3-Slayd

A’lo” baho:

Astronomiya fanidan o’tilgan mavzu mazmunini chuqur va to’la egallab olgani, o’quv materialidagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’rganiladigan bilimlarni mazmun jihatidan ajrata bilganligi, o’qituvchi tamonidan berilgan savollarga erkin, ijodiy fikirlab javob qila olgani, aytilgan ta’rif va tushunchalarni izohlay bilgani, shuningdek, javoblarni to’g’ri usulda, ijodiy, ishonchli va bexato bo’lishi.


4-Slayd


Yaxshi” baho:

Astronomiya fanidan o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv materialining mazmunini chuqur va to’la o’zlashtirgani, o’rganilgan tushunchalar ta’riflarini to’la bayon eta olishi, berilgan topshiriqni bajarish malakasiga ega bo’lganligi, lekin topshiriqlarni bajarishda noaniqliklarga, javob mazmunida, shakli va uslubida ayrim xatolarga yo’l qo’yilganligi.


5-Slayd

Qoniqarli” baho:

Astronomiya fanidan oquv materialidagi asosiy bog’lanish va qoidalarni o’rganganligi, tushunganligi, lekin tushunshalarni, amaliy topshiriqlar mazmunini yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo’l qo’yilishi, aytadigan fikirni bayon eta olmasligi. Javobda birlik yo’qligi. Javob to’g’ri bo’lsa ham, u alohida, tarqoq fikirlardan iborat bo’lishi. Javob berishda ikkilanish borligi, ko’p hollarda ta’lim beruvchining yordami bilan javob berishi.




Astronomiya-bu uni bezab ko’rsatishga ehtiyoj sezmaydigan fandir!

(D.Dyodro)

MAVZU: Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari haqida. Astronomiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. OSMON SFERASINING ASOSIY NUQTA, CHIZIQ VA AYLANALARI. EKLIPTIKA.

3-Ilova

REJA:

  1. Astronomiya fani va uning kelib chiqishi.

  2. Zamonaviy astronomiya va kosmosni o’zlashtirishning ahamiyati.

  3. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, aylana va chiziqlari.

  4. Quyoshning yillik ko’rinma harakati. Ekliptika.


Tayanch tushunchalar:

Astronomiya, olam tuzilishi, kosmos, asmon sferasi, zenith, nadir, olam qutbi, matematik gorizont, osmon meridian, osmon ekvatori, sutkalik parallellar, ekliptika, zodiak soha;



4-Ilova

AQLIY HUJUM” usuli qoidasi

Hech qanday birga baholash va tanqidga yo`l qo`yilmaydi!

Taklif etilayotgan g`oyani baholashga shoshma, agarda u hattoki ajoyib va g`aroyib bo`lsa ham –hamma narsa mumkin.

Tanqid qilma-hamma aytilgan g`oyalar qimmatli teng kuchlidir.

O`rtaga chiquvchini bo`lma!

Turtki berishdan o`zingni ushla!

Maqsad miqdor hisoblanadi!

Qancha ko`p g`oyalar aytilsa, undan ham yaxshi: yangi va qimmatli g`oyalarni paydo bo`lishi uchun ko`p imkoniyatdir.

Agarda g`oyalar qaytarilsa, hafa bo`lma va hijolat chekma!

Tasavvuringni «jo`sh urishiga» ruxsat ber!









5-Ilova

1-Slayd

  1. Astronomiya — osmon jismlarining harakati, fizik tabiati, ularning kelib chkelib chiqishi va evolutsiyasi, Koinotning tuzilishi va unda planetamiz — Yerning Yerning o'rni haqidagi ma'lumotlar beradigan fandir. «Astronomiya» so'zi yunoncha yunonch«astron» — yulduz, «nomos» — qonun so'zlaridan tarkib topgan.







2-Slayt







2-Slayd

As Astrofizika- osmon jismlari va ular sistemalarining fizik tabiatlarini o'rganisho’rganish bilan shubilan shug'ullanadigan fan.











Osmon sferasi deb, radiusi ixtiyoriy qilib olingan va markazi kuzatuvchining ko'zi turgan nuqtada yotgan shunday sferaga aytiladiki, bu sferada ma'lum vaqtda yulduzlar, osmonda qanday ko'rinsa, shundayligicha proyeksiyalangan bo'ladi.



3-Slayd








1-Rasm. Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari.

















Osmon sferasining markazida turgan kuzatuvchidan o'tkazilgan vertikal yo'nalishning osmon sferasi bilan kesishgan ikki nuqtasidan biri (kuzatuvchining bosh tomoni yo'nalishidagisi) zenit (Z), unga diametral qarama-qarshi yotgan ikkinchisi esa nadir (Z'} deb yuritiladi



4-Slayd







Osmon sferasini, uning markazidan vertikal chiziqqa perpendikular qilib o'tkazilgan tekislik bilan kesishishidan hosil bo'lgan katta aylana — matematik gorizont deb yuritiladiy Sferaning vertikal o'q orqali o'tuvchi tekisliklar bilan kesishishi­dan hosil bo'lgan katta aylana­lari esa vertikal aylanalar deb ataladi.

5-Slayd









Yer o'qi davomlarining osmon sferasi bilan kesishgan nuq­talari olam qutblari deyiladi. Yer shimoliy qutbi davomining os­mon sferasi bilan kesishgan nuqtasi olamning shimoliy qutbi P, janubiy qutbi davomining sfera bilan kesishgan nuqtasi esa olamning janubiy qutbi P' deyiladi.



6-Slayd






7-Slayd

Osmon sferasining asosiy chiziqlari va aylanalari proyeksiya-langan tekislikda yotib, olam qutblari, zenit va nadir nuqtalaridan o'tuvchi katta aylana osmon meridiani deyiladi.










Quyoshning yulduzlar oralab g'arbdan sharqqa tomon ko'­rinma (haqiqiy emas) siljishi, eslatilganidek, juda qadimdan se-zilgan. Bu siljish har sutkada salkam 1° bo'lib, Quyosh bir yilda osmon sferasining zodiak yulduz turkumlari orqali Yer atrofida bir marta to'la aylanib chiqadi. Quyoshning yillik ko 'rinma bu yo'li katta aylana bo'lib, u ekliptika deb yuritiladi.

2-Rasm. Quyoshning yillik ko’rinma harakati. Ekliptika.

8-Slayd























“PINBORD” TEXNIKASI



6-Ilova









Pinbord (inglizchadan: pin-mahkamlash, board-yozuv taxtasi) munozara usullari yoki o’quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat.







O’qituvchi:

  • Taklif etilgan muammoni yechishga o’z nuqtai nazarini bayon qiladi.

  • Ommaviy to’g’ri aqliy hujumni tashkillashtiradi.







O’quvchilar:

  • Fikrlarni taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko’p maqbul g’oyalarni tanlaydilar va ularni qog’oz varag’iga asosiy so’zlar ko’rinishida (2 so’zdan ko’p bo’lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar










Guruh a’zolaridan 2-3 ta vakil doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:

  • Aniq xato yoki qaytariluvchi g’oyalarni saralaydilar;

  • Tortishuvlarni aniqlaydilar;

  • G’oyalarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilar bo’yicha aniqlaydilar;

  • Shu belgilar bo’yicha hamma g’oylarni yozuv taxtasida guruhlayfilar










O’qituvchi:

  • Umumlashtiradi va natijalarni baholaydi.