Mavzu: 19. Avtobus yo‘nalishlari. Yo‘lovchilar oqimi.
Reja:
1.Yo'lovchilar oqimi.
2.Yo'lovchilar oqimi va uni o'rganish usullari.
3. Aholining transport harakatchanligi. S hahar transport tarmog'ida yo'lovchilar oqimi kattaliklariga ta'sir etuvchi omillar.
Tayanch iboralar: Yo'nalishlar tavsifi, avtobus yo'nalishlari, yo'nalish tarmog'i, transport tarmog'i, shahar ichi, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar, harakat intervali va chastotasi.
YO'LOVCHILAR OQIMI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Yo'lovchilar oqimi deyilganda bir yo'nalish bo'yicha qatnayotgan yo'lovchilar miqdori tushuniladi.
Yo'lovchilar oqimini o'rganishda barcha qatnovlar ikki guruhga bo'linadi: ishlab chiqarish bilan bog'liq va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan yo'lovchilar oqimi.
YO'LOVCHILAR OQIMINI O'RGANISH USULLARI
Yo'lovchilar oqimini o'rganish anketasining namunasi
Yo'lovchilar oqimi haqidagi statistik ma'lumotlarni anketa, talon, ko'z bilan kuzatish, jadval, so'rovnoma, chipta va avtomatlashtirilgan usullar yordamida aniqlash mumkin:
Anketa usuli. Bu usulda yo'lovchilar oqimini o'rganish uchun maxsus anketalar tayyorlanadi va aholiga tarqatiladi.
Anketada har bir aholi ma'lum davr oralig'ida necha marta va qay maqsadda transport xizmatidan foydalanishi, qaysi yo'nalishda va qancha masofaga borishi kabi savollar yozilgan bo'ladi.
Savol
Javob
Siz ishga yoki o ' qishga borishda transportga qaysi bekatdan qaysi vaqtda chiqasiz?
Тransport turi va raqami?
“ Universam ” bekatidan,
Shifr
Aвтoбус №60, 72, 93
soat 7:30 da
Uydan avtobus bekatigacha yetib borish uchun sarflaydigan vaqtingiz?
7 daqiqa
Qayerda siz boshqa (qaysi) transportga 1- marta qayta o ' tirasiz?
“ Oloy bozori ” bekatida
Metropolitenga
YO'LOVCHILAR OQIMINI O'RGANISH USULLARI
Тalon usuli. Тalon usuli yo'lovchilar oqimini o'rganishda eng ko'p qo'llaniladigan usul bo'lishi bilan bir paytda boshlang'ich ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish eng ko'p mehnat talab qiladi.
Anketa usuli transport oldidagi eng dolzarb masalalarni yechishda eng yaxshi vosita bo'lishi bilan bir paytda ba'zi bir kamchiliklarga ham egadir. Bunday kamchiliklarga quyidagilarni ko'rsatib o'tish mumkin:
Тalon usulida yo'lovchilar oqimini o'rganish quyidagicha amalga oshiriladi.
1. Anketa so'rovini o'tkazishning murakkabligi (anketalarni tayyorlash, ularni har bir xonadonga tarqatish va qayta yig'ib olish);
1. Umumiy bekatlar sonidan ko'proq tartib raqami yozilgan talon tayyorlanadi.
2. Anketa ma'lumotlarini qayta ishlashga ko'p vaqt sarflanishi;
3. Yo'nalishlardagi yo'lovchilar oqimini kunning soatlari bo'yicha “tig'iz soat” va transportlarning harakati va yo'nalishning bo'laklari bo'yicha taqsimlanishini eng katta qiymatlarini aniq ko'rsata olmaslik.
Тalonning ko'rinishi
Ko'z bilan kuzatish (chamalash) usuli . Bu usul ancha sodda, shu bilan birga taxminiy bo'lib, yo'lovchilar oqimini yo'nalishning eng ko'p yuklangan bekatlarida o'rganish uchun qo'llaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yo'lovchi borligini olti balli tizim asosida baholaydilar. Baholash tizimi quyidagicha:
- 1 ball – o'rindiqlarning yarmidan ko'p qismi bo'sh (turib ketayotgan yo'lovchilar yo'q);
- 2 ball–o'rindiqlarning hammasi band (turib ketayotgan yo'lovchilar yo'q);
- 3 ball–o'rindiqlarning hammasi, turib ketish uchun mo'ljallangan joylarning yarmi band;
- 4 ball – avtobusning sig'imidan deyarli to'liq foydalanilyapti;
- 5 ball – avtobusning sig'imidan to'liq foydalanilyapti (1 m2 bo'sh maydonga 4 yo'lovchi to'g'ri keladi);
- 6 ball – avtobus to'lib ketgan va yo'lovchilar unga chiqa olmaydi (1 m2 bo'sh maydonga 8 yo'lovchi to'g'ri keladi).
YO'LOVCHILAR OQIMINI O'RGANISH USULLARI
Jadval usuli. Jadval usuli odatda haftaning biror ish kunida (ko'pincha chorshanba va payshanba) bir vaqtda, shahar yo'lovchi transportining barcha turlarida (istisno tariqasida tanlab olingan yo'nalishalarda) yo'lovchilar oqimini o'rganish uchun qo'llaniladi.
So'rovnoma usuli. Bu usul ikkiga bo'linadi. Birinchisida aholiga savollar yozilgan varaqa aloqa bo'limlari orqali yuboriladi. So'rov usuli yordamida bekatlarning o'zaro bog'liqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi mavzelarga ko'chib ketgan aholiga transport xizmati ko'rsatishning sifatini oshirish yo'nalishlarni tashkil etish, transport turlari va sig'imini to'g'ri tanlash kabi masalalarni yechishda asos bo'lib xizmat qiladi.
YO'LOVCHILAR OQIMINI KUZATISH USULLARI
Avtomatlashtirilgan usul. Avtomatlashtirilgan usulda yo'lovchilar oqimini aniqlash yuqori aniqlikdagi natija beradi. Avtomatlashtirilgan usulning turli shakllari mavjud. Masalan, yo'lovchilar oqimini hisobga oluvchi datchiklar. Ular yo'lovchi transporti (avtobus, tramvay, trolleybus, yo'nalishli taksilar) eshigi zinasining quyi pol qismiga o'rnatiladi.
Yo'lovchilar oqimini hisobga oluvchi datchik (a) va uning o'rnatilishi (b)
AHOLINING TRANSPORT HARAKATCHANLIGI
Aholining (shahar, tuman, qishloq) transport harakatchanligi –umumiy yillik tashilgan yo'lovchilar hajmining (yoki yo'lovchi kmni) aholi (shahar, tuman, qishloq) soniga nisbatidir.
bu yerda: Ba – aholining transport harakatchanligi; N – umumiy yillik tashishgan yo'lovchilarning hajmi/yo'lovchi km.; A – (shahar, tuman, qishloq) aholi soni.
AHOLINING TRANSPORT HARAKATCHANLIGI
Shahar kattaligi bo'yicha aholining transport harakatchanligining o'zgarishi
Ko ' rsatkchlar nomi
Shahar aholisi, ming odam
Aholining transport harakatchanligi
250-500
500-1000
600-900
Maqsadi bo ' yicha harakatning solishtirma og ' irligi, (%)
700-1000
Ish bilan bog ' liq harakatchanlik
1000 dan ko ' p
1100-1300
18-20
Madaniy-maishiy harakatchanlik
18-20
34-37
Uyga qaytish bilan bog ' liq harakatchanlik
35-38
18-22
45-46
Harakatlanish maqsadida transportdan foydalanishning o ' rtacha koeffisiyenti
37-41
44-45
Ish bilan bog ' liq harakatchanlik
0,43-0,55
43-44
Madaniy-maishiy harakatchanlik
0,55-0,64
0,34-0,4
Uyga qaytish bilan bog ' liq harakatchanlik
0,67-0,74
0,35-0,39
0,35-0,45
0,42-0,5
0,34-0,5
0,47-0,49
AHOLINING TRANSPORT HARAKATCHANLIGI
Hindiston shaharlari aholisining ishga borish uchun transport turlaridan foydalanish ko'rsatkichlari
AHOLINING TRANSPORT HARAKATCHANLIGI
Ishga borish uchun jamoat transportidan foydalanuvchilarning ulushi
SHAHAR TRANSPORT TARMOG'IDA YO'LOVCHILAR OQIMI KATTALIKLARIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Yo'lovchilar harakatlanishini ikkita turga bo'lib qarash mumkin:
1) yo'nalishlardagi harakatlanish;
2) tarmoqdagi harakatlanish.
Hozirgi paytda yo'lovchi oqimlarini kuzatish va tahlil etishning ko'plab usullari mavjud bo'lsa ham ularning hammasiga quyidagi kamchiliklar xosdir:
1) yo'lovchi oqimlarini o'rganish shaharning ma'lum hududida ma'lum vaqt intervalida o'tkaziladi, ammo bunda olingan natijalar butun shaharga umumlashtiriladi va barcha vaqt intervallari uchun foydalaniladi;
2) o'rganilgan holat o'tmishga tegishli bo'ladi, ammo uning natijalaridan kelajakdagi yechimlar uchun foydalaniladi. Boshqacha aytganda o'rganilgan yo'lovchi oqimi – tashishga bo'lgan o'tmishdagi talabni amalda bajarilishi natijasi bo'lib, kelajakda kutilayotgan oqim undan farqli bo'lishi mumkin;
3) oqimlarni o'rganish va tahlil etish juda katta hajmdagi mehnatni (yuzlab odam-soat) talab etuvchi tadbir bo'lib, juda katta harajatlar talab etadi.
Yo'lovchi oqimlarini shakllanishiga sutka soatlari, haftaning kunlari va yilning mavsumlari ham ta'sir etadi. Shahar aholisiga transport xizmati ko'rsatish sifati va miqdori quyidagi to'rtta guruhga oid omillar bilan tavsiflanadi:
1) shahar aholisining transport xizmatiga bo'lgan ehtiyojlariga bog'liq ravishda shakllanuvchi yo'lovchi oqimlari parametrlari;
2) transport xizmati bozorida yo'lovchi tashuvchi kompaniyalar faoliyatini tavsiflovchi parametrlar;
3) shahar transport infratuzilmasi (avtomobil, tramvay, trolleybus, metropoliten yo'llari va transport tarmog'i, to'xtash bekatlari va stansiyalari);
4) tashqi muhit ta'siri.
SHAHAR TRANSPORT TARMOG'IDA YO'LOVCHILAR OQIMI KATTALIKLARIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Aholi harakatchanligini shakllantiruvchi omillar
Aholining transport harakatchanligini shakllantiruvchi omillar guruhlari
1-guruh: Yo'lovchilar tashish sharoitini tavsiflovchi omillar
2-guruh: Aholini tashishga bo'lgan ehtiyoji va talabini shakllantiruvchi omillar
3-guruh: Shahar yo'lovchi transporti tizimini shakllantiruvchi transport guruhlari o'rtasidagi raqobat muhiti
Birinchi guruh omillari yo'lovchi tashish sharoitini tavsiflashga imkon beradi: shahar rejasi; aholi yashash mavzelari, madaniy dam olish joylari, savdo-sotiq markazlari va sanoat korxonalari joylashuvi; yo'l tarmog'i va infratuzilmasi joylashuvi; ko'rilayotgan vaqt-mavsum, oy, hafta kunlari, sutka soatlari va h.k.
Ikkinchi guruh omillari aholini yo'lovchi tashishga bo'lgan talabini tavsiflaydi. Bu talabni guruhlarga bo'linishi shahar aholisining ijtimoiy va kasbiy tarkibiga bog'liqdir. Bu esa ko'p jihatdan ularni transportga xarajatdor bo'lish imkoniyatlariga, harakatlanish tezligi va qulayligiga, transportni ishonchliligi va xavfsizligiga bo'lgan talablariga bog'liqdir. Yo'lovchilarni shahar transportiga bo'lgan talablarini guruhlashtirish ko'rsatkichi sifatida ularni harakatlanishiga sarflayotgan vaqtini ijtimoiy-iqtisodiy bahosi bo'lishi mumkin. Agar aholini ma'lum bir guruhi o'z vaqtini yuqori baholasa va yuqori darajadagi to'lov imkoniyatlariga ega bo'lsa, unda ular yuqori tezlik va qulaylikda, ishonchli va xavfsizlikda harakatlanishga intiladilar va bunda qo'shimcha harajatdor bo'lishga ham rozi bo'ladilar.
Uchinchi guruh omillari shahar yo'lovchi transporti muhitidagi raqobat bilan izohlanadi. Shahar transport xizmati bozorida turli tashkilot va mulkchilik shakllariga ega bo'lgan tashuvchilar ishtirok etadi: aksionerlik jamiyatlari, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar yoki individual tadbirlar va h.k.lar.
SHAHAR TRANSPORT TARMOG'IDA YO'LOVCHILAR OQIMI KATTALIKLARIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
SHAHAR TRANSPORT TARMOG'IDA YO'LOVCHILAR OQIMI KATTALIKLARIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
SHAHAR TRANSPORT TARMOG'IDA YO'LOVCHILAR OQIMI KATTALIKLARIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Yo'lovchilar oqimining o'zgaruvchanligi notekislik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi va u yo'lovchilar oqimi maksimal miqdorini uning o'rtacha miqdoriga bo'lish orqali topiladi:
Yirik shaharlarda yo'lovchilar oqimining notekisligi avtobus transportida taxminan: yil davomida oylar bo'yicha – 1,1-1,2; hafta kunlari bo'yicha – 1,15-1,20; sutka soatlari bo'yicha – 1,5-2,0 va yo'nalishlar bo'yicha – 1,2-1,5 ga teng bo'ladi.