Informatika va informatsion texnologiyalar fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu : Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Zamonaviy dasturlash tillari.
Reja:
1. Zamonaviy dasturlash tillari haqida umumiy tushuncha;
2. Axborotning tuzulishi;
3. Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash ga oid masala.
Zamonaviy dasturlash tillari haqida umumiy tushuncha
Professional matematik paketlar deganda, odatda, hozirgi zamon kompyuterlarida qo'llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga mo'ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o'xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi.
Bu paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblar-ni, oddiy arifmetik hisoblashlashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash masalalarini hal qilish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.
Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobot-larni rasmiylashtirish vositalariga ega. «Professional paket» atamasi «o'quv paketi» atamasiga muqobil ravishda tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar, professor-o'qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, hattoki, liseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablar o'quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish mumkin.
Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning ommaviylashuviga asosiy ob'yektiv sabablar quyidagilardir:
-kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o'rin olib bormoqda;
-kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanilmoqda;
-hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida Internet to'ridan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanmoqda;
-talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o'quv vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;
-fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tad-qiqotlar bilan shug'ullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda;
-professional matematik paketlar bo'yicha maxsus adabiyotlar ko'paymoqda.
Kelajakda ta'lim va ilmiy tadqiqot ishlarida professional matematik paketlardan foydalanishga bo'lgan e'tiborning yanada kuchayishi shubhasizdir. Shu nuqtai-nazardan olganda, ayniqsa, matematika, mexanika, amaliy matematika va informatika, informasion texnologiyalar, iqtisodiyot, sosiologiya va boshqa qator mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha shug'ullanuvchilarning professional matematik paketlar bilan ta'minlanish darajasini yuqoriga ko'tarish dolzarb muammolardan biridir.
Axborotning tuzulishi
Biz yashayotgan davrning xarakterli xususiyatlaridan biri inson faoliyatining barcha sohalarida kompyuter texnologiyalarining keng qo’llanilishi bo’lib, bu jarayonda informatika fani muhim o’rin tutmoqda.
" Informatika " fani XX asrining 50 yillari boshlarida paydo bo’ldi. Informasiya so’zi lotincha "information" so’zidan olingan bo’lib, " tushuntirish ", " tasvirlash “ degan ma’noni anglatadi. Biz uni axborot deb qabul qilamiz.
Informatika inson faoliyatining turli jabhalardagi axborotlarni izlash, to’plash,
saqlash, uzatish, qayta ishlash va foydalanish masalalari bilan shug’ullanadigan
fandir. U axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, hamda dasturiy vositalarga
asoslanadi.
kompyuter
Informatika fani o’rganadigan uchta asosiy tushuncha bor:
algoritm va dastur
axborot
Axborot tushunchasida axborotlar va ularni qayta ishlash masalalari o’rganiladi. Kompyuter tushunchasida esa kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotlari o’rganiladi. Algoritm va dastur tushunchasida masalalarni algoritmlashtirish va dasturlash texnologiyalari o’rganiladi.
Respublikamiz rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi uchun davlat tomonidan ta’lim tizimiga aloxida ahamiyat berilishi bejiz emas. Buning dalili sifatida 1997 yil 29 avgustida "Ta’lim" to’g’risidagi qonun Prezident tomonidan tasdiqlanishi aloxida axamiyatga ega.
Sezish a’zolari, turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa — axborotga aylanadi. Demak, ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin.
Inson o’z hayotida tug’ilgan kunidan (ta’bir joiz bo’lsa, hatto ona qornida dastlabki paydo bo’lgan kunidan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko’radi. Ularni o’zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi.
Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida qo’llaniladi.
Shu sababli axborot tyexnik-iqtisodiy, falsafiy, shuningdyek gnosyeologik
(axborot anglash vositasi sifatida), kibyernyetik kabi bir qator jihatlari bilan
farqlanadi.
Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash ga oid masala
Talaba 5 kunda mos ravishda: C1, C2, C3, C4 va C5 kg paxta tergan. Talabani 5 kunlik paxta terimini o’rtacha ko’rsatkichi miqdoridagi pul bilan mukofotlash rejalashtirilmoqda. Agar1kg paxta terimi uchun 67 so’m to’lansa talaba jami bo’lib necha so’m olishini aniqlovchi dasturini tuzing.
a) so’zli algoritmi:
1) boshlanishi;
2) C1, C2, C3, C4, C5 ni qiymatini kiriting;
3) Talabaning 5 kunlik jami paxtasi C=C1+C2+C3+C4+C5 fomulasi hisoblansin;
4) Talabani tergan paxta puli S=C*67 formula bilan hisoblansin;
5) Hisoblash natijasi C va S ni qiymati chiqarilsin;
6) Hisoblash tugatilsin. Tamom.
b) Blok-sxemali algoritmi:
c) Paskal algoritmik tilidagi dasturi;
Programma A2;
Var C1, C2, C3, C4, C5, S:real;
Begin
Readln(C1, C2, C3,C4, C5);
C=C1+C2+C3+C4+C5;
S=C*67;
Writeln(C,S);
End.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!