СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

Категория: Всем учителям

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari»

Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

REJA:

Kirish

I Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari muammo sifatida.

1.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’ziga xos hususiyatlari.

1.2. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rnini izohlash.

1.3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning samarali omillari.

II Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shart-sharoitlari.

2.1. Davlat ta`lim standartlarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishga qo’yilgan talablar.

2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shakl, metod va vositalari.

III Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining samaradorligi.

3.1. Tajriba- sinov ishlarining metodik xususiyati.

3.2. Tajriba- sinov ishlarining dinamik o’zgarishi.

3.3. Bob bo’yicha xulosa.

Хulosa va tаvsiyalar.

Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH

Mаvzuning dоlzаrbligi. O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko’zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma`naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo’lda bizga doimo mash`ala bo’ladigan, yo’limizni charog’on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari bor. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Yurtimizda buyuk rejalar va bunyodkorlik ishlari tarixiy an’ana va tajribalarga asoslanib, aql-u idrok bilan amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda yurtboshimiz I.A.Karimovning “Shuni aytishimiz lozimki, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda”1 degan fikrlarini eslatishni o’rinli deb hisoblaymiz. Har bir xalqning ta’lim –tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik fikr taraqqiyotiga xizmat qilib, bola tarbiyasi haqidagi tasavvur va qarashlarni ifodalaydi. Har bir ota-ona o’z farzandini barkamol bo’lishini istaydi. Shuning uchun ham xalqimizda “Farzandlar kamoli – ota-ona jamoli” degan naql bor. Huddi mana shu narsa, ota-onalarning orzu-umidi ham, an’ana sifatida avloddan-avlodga o’tib keladi. Dunyodagi har bir millatning, shu jumladan, o’zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti, o’ziga xos tarixiy–etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo’lgan munosabati ham turlicha bo’lishi shubhasiz. Zero, milliy o’ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar tabiiy geografik o’rnashuv, o’zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy-psixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.

Shu ma’noda hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning samaradorligi ta`lim, shaxs ma`naviyati hamda uning yuksak kasb mahoratiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ularni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tarbiyalash muhim masala sifatida olg’a surildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`lim sohasidagi islohatlarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan: “Kelajak bugundan boshlanadi, hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz! Ma`naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi. Zero, bugungi yosh avlodga o’tmishimiz kim ekanligini anglatish, biz kimning avlodi ekanligimizni yetkazish eng dolzarb masalalardan biridir”1, deb ta`kidlaydi va bugungi kunda jamiyatning yangilanishi, hayot taraqqiyoti va istiqboli barcha sohadagi islohatlar samaradorligi yuqori malakali ongli mutaxassislar tayyorlashga bog’liq ekanligini alohida uqtirib o’tadi.

Mustaqil O’zbekistonda yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirishga o’ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O’zlikni anglash va ma`naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy ma`naviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e`tirof etdi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” kitobida ulug’ ajdodlarimizning jahon fani, madaniyati, ma`naviyati ravnaqiga qo’shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida ta`kidlanganligi bejiz emas. Chunki, mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yosh avlodga vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o’z yaqinlariga mehribonlikni, tanlagan yo’li–kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.

Hozirgi kunda Respublikamizda milliy qadriyatlarni o’rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Sababi boy milliy qadriyatlarimiz tarixini o’rganmay turib, ularning bugungi holatini tahlil qilish va kelajagi haqida fikr yuritish qiyindir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko`p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy ma`naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo`lganlari qadriyat deyiladi.

Milliy qadriyat deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an`anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e`zozlanishga loyiq bo`lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro`zg`or buyumlari, ro`zg`or tutishlari aytiladi. Masalan, o`zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo`stligi xushxulqligi va muloyimligi, g`ayratli va itoatgo`yligi, turli toifadagi odamlar bilan o`zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko`rishi, tinchliksevarligi o`zbek milliy qadriyatlari bo`lib hisoblanadi.

Ma`naviy qadriyatlar kishilar ma`naviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim, qarash va malakalar samarasidir. Bu qadriyatlarni tariflash, oqibat natijada, insonning ruhiy ehtiyojlari, manfaatlari va faoliyat turlariga bog`liq. Ma`naviylik bunday hollarda moddiylik- ka qarama–qarshi qo`yilmaydi. Aksincha, ular o`zaro bog`liqdirlar. Bularga misol qilib, turli-tuman bayramlar, milliy urf-odat va an`analar, chiroyli axloq va odoblar, musiqa, mo`yqalam ustasi ijodining mahsuli bo`lgan rasmlar, badiiy adabiyot va hokazolarni keltirsa bo`ladi.

Moddiy qadriyatlar deb, kishilar moddiy ehtiyojlarini qondirib, o`ziga xos xususiyati va shakllariga ko`ra odamlarda alohida his-tuyg`u uyg`otuvchi moddiy narsalarga aytiladi. Ularga buyuk inshoatlar, bog` va hiyobonlar, antiqa uy ro`zg`or buyumlari, tarixiy buyumlar va shunga o`xshash narsalar kiradi.

Ma`naviyat – kishilarning egallagan bilimlari va bu bilimlarning hayot tarziga aylanganlik darajasi; qadriyat - ma`lum bir shaxs yoki kishilar guruhida alohida ahamiyatga ega bo`lgan ma`naviyat turi; madaniyat - inson olgan bilimlarini hayotda qo`llayotganida boshqalarni zavqlantira olish holati; san`at-avvallari bo`lib o`tgan madaniyat turlaridan birini, shu kunda, sun’iy ravishda tiklab, odamlarda zavq uyg`otuvchi faoliyat turi bo`lsa, madaniy va ma`naviy meros ajdodlar avlodlarga qoldirgan ma`naviyat hamda madaniyat ichidan millatning shu kuniga asqotib turgan qismiga aytiladi.

Ota-bobolarimizning ummonday ma`naviy va madaniy xazinasidan bizga faqat bir qismigina yetib kelgan. Ularning ko`plari tarix sahifalarida qolib ketgan sababi, ular o`z vaqtida xizmatini bajarib bo`lib, bugungi kunimizga yaramay qolgan ular faqat ma`naviy va madaniy yodgorlik sifatida xotirlanadi. Misol uchun, millatimizning ko`rki bo`lgan paranji (yopinchiq) o`z davrida zo`r qadriyat bo`lgan. Ba`zilar paranji yopinishni madaniyat darajasiga ham olib chiqqanlar. Ammo, bu bizga meros bo`lib qolmadi. U millatimizning ma`naviy yodgorligi.

Turli marosim va urf-odatlarimiz milliy asosga ega bo’lib, milliy madaniyatni tashkil etuvchi bo’laklardan biridir. Yoshlarni faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanish, ularni o’quvchilar ongiga singdirish, vatanimiz taraqqiyoti va istiqboliga zid bo’lgan yot qarashlar ta`siridan saqlash bilan jamiyatda insoniy fazilatlarni yanada kamol toptirishga xizmat qilishiga ishona olsak bo’ladi.

Yosh avlodni ma`naviy-axloqiy jihatdan barkamol inson qilib tarbiyalash bugungi mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun zaruriy vazifadir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi fikrlari ibratlidir: “... unib, o’sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo’lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o’rtasida ma`naviy-ma`rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko’tarishning ahamiyati beqiyosdir”1.

Zero, ma`naviy-axloqiy barkamollik yangi qurilayotgan huquqiy demokratik jamiyatning ravnaqiga samarali ta`sir qiladi. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” kitobida “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”2 deb ta’kidlaganlar.

Shu ma’noda ta`lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda, fanlarni o’qitish nuqtai nazaridan o’rganish zaruriyati mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Tаdqiqоtning o’rgаnilgаnlik dаrаjаsi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek xalqining мilliy ma’naviy merosini, qadriyatlarni, o’rgatish muammosini pedagog va psixolog olimlar bir qator tadqiqot ishlarida ma’lum ma’noda o’rgandilar. Ana shunday olimlarimiz sirasiga O.Musulmonova, X.Ziyoyev, T.Mahmudov, E.Yusupov, J.Tulenov, Q.Nazarov H.I.Ibrohimov, H.D.Norqulov va boshqa olimlar mustaqillikning mohiyati, uning ma`naviy asoslari, milliy qadriyatlarimiz, ilmiy merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo’llari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini tadqiq etishgan. Masalan, O.Musulmonova milliy qadriyat va an’analarni pedagogik jihatini talqin etib, uning tarbiyadagi ahamiyatini ochib bergan. Metodik tavsiyalar ishlab chiqishgan. Biroq aynan boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tizimli ravishda ochib berilmagan. Ushbu muammoning dolzarbligi, nazariy va amaliy jihatdan yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi dissertatsiya mavzuyimni “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari” deb nomlanishiga asos bo’ldi.

Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi:

Ta’lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish zaruriyati.

O’rta ta’lim boshlang’ich sinf Davlat ta’lim standarti (DTS), “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish muommolari Namangan davlat universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining ilmiy ishlar rejasiga muvofiq bajarildi.

Dissertatsiyaning maqsadi va vazifasi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini yoritish va uning amaliy samaradorligini ta`minlashga asoslangan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish.

  • tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o’rganish;

  • boshlang’ich sinf o’quvchilarini ajdodlarimizning millliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini uslubiy metodikasini ishlab chiqish va tajriba-sinov ishlari orqali samaradorligini oshirish;

  • muammoning o’ziga xos xususiyatlarini, omillarini aniqlash;

  • muammoga doir mezonlarni ishlab chiqish;

  • boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosi- dan foydalanishning pedagogik imkoniyatlariga oid tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning obyekti. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ochib berish jarayoni

Tadqiqotning predmeti. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining mazmuni, shakllari, metodlari va vositalari.

Tadqiqotning metodlari. Dissertatsiya mavzusiga oid adabiyotlarni o’rganish, tahlil etish va umumlashtirish, kuzatish, test, savol-javob, baxs-munozara, anketa so’rovnomasi, interfaol metodlar.

Tadqiqotning metodologik asoslari. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish, milliy g'urur, vatanparvarlik, milliy g’oya va milliy mafkura asosida ta`limning insonparvar, demokratik tamoyillari negizida shaxs ma`naviyatini erkinlashtirish hamda uning ustivor yo’nalishlarini amalga tatbiq etishga oid nazariy yondashuvlar, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning barkamol avlod kamoloti to’g’risidagi ilmiy - nazariy qarashlari, "Ta`lim to’g’risida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, mavzuga oid Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, buyuk allomalarning ilmiy - nazariy ta`limotlari, Jahon ta’limi tizimining ilmiy-amaliy ahamiyati.

Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar:

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning nazariy - metodologik negiziga ega bo’lsa;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosi orqali o’quvchilarda vatanparvarlikni tarbiyalashning sharqona ma`naviy - tarbiyaviy asosga ega bo’lsa;

- o'quvchilarda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning ilmiy - amaliy ifodasini topgan bo’lsa;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari orqali vatanparvarlikni tarbiyalashning axloqiy va kasbiy o’z - o’zini tarbiyalash negizida qurilgan bo’lsa;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini yangicha tafakkur va pedagogik texnologiyalar mohiyatidan kelib chiqqan bo’lsa, ijobiy samarasini beradi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

- hozirgi kunda pedagogika sohasida ijtimoiy hayot va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining qanchalik muhim o’ringa ega ekanligi aniqlandi;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining ahamiyati va mavqeyi belgilandi;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining yaxlit tizimi ishlab chiqildi;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining ijtimoiy mohiyati ilmiy-amaliy asoslab berildi.

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati:

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining nazariy asoslari tadqiq etildi;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining nazariy mohiyati asoslab berildi;

- ishning bosh maqsadi komil inson tarbiyasi ekanligini inobatga olgan holda boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining samarali mezonlari ahloqiy barkamollik, milliy-ma’naviy meros orqali o’z-o’zini tarbiyalash va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish tadqiq etildi.

- muammoga doir metodik tavsiyalar va uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqildi.

Tadqiqotning amalga oshirish bosqichlari:

Birinchi bоsqich (2011 yil, sеntyabr-2012 yil, mаrt). Bu bоsqichdа аvvаl ilmiy rаhbаr tаyinlаndi hаmdа tаdqiqоt uchun muаmmо qo’yildi.

Shu ilmiy muаmmоni hаl qilishgа qаrаtilgаn tаdqiqоt mаvzusini аniqlаshdаn bоshlаndi. Kаfеdrа tоmоnidаn ko’rib chiqilgаn vа tаsdiqlаngаn ish rеjа аsоsidа ish оlib bоrildi.

Rеjа аsоsidа mаvzu dоirаsidа mаvjud аdаbiyotlаr bilаn tаnishildi. Tаdqiqоt uchun mаtеriаl to’plаndi.

To’plаngаn mаtеriаllаrni bo’limlаr bo’yichа tаrtibgа sоlib аjrаtildi, оrtiqchа dаlil vа mаtеriаllаr chiqаrib tаshlаndi, tаnlаngаn mаtеriаllаrni muаyyan ilmiy nаzаriyagа tаyangаn hоldа ilmiy-tаnqidiy o’rgаnildi vа tаhlil qilindi.

Ikkinchi bоsqich (2012yil, 2013yillаri). Bu bоsqichdа hаm аdаbiyotlаr bilаn ishlаsh dаvоm ettirildi. Shаrq mutаfаkkirlаri, g’аrb оlimlаri tоmоnidаn o’rgаnilgаn bu muаmmо to’g’risidаgi fikrlаri tаhlil qilindi. Ilmiy ishning mаzmuni qisqа ilmiy ахbоrоt shаklidа rаsmiylаshtirildi. Bundа tаdqiqоt ishining I, II bоblаri yozildi.

Uchinchi bоsqich (2013 yil, оktyabr-2014 yil, mаy оylаri). Bu bоsqichdа tаdqiqоt muаmmоsini qаnchаlik to’g’ri tаhlil qilingаnligini аniqlаsh uchun Nаmаngаn viloyati Norin tumanidagi 21-umumta’lim maktabi tаjribа sinоv mаydоni sifаtidа оlindi. Оlingаn nаtijаlаr tаhlil qilinib, dаstlаbki muhоkаmаdаn o’tkаzildi.

Kаfеdrаdа uni muhоkаmа etib, оchiq himоyagа ruхsаt bеrildi.

Dissertatsiya tuzilishi va u haqidagi umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiyaga kirish 3 bobni o’z ichiga olgan, 5 ta reja, tajriba-sinov ishlari, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.

I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari muammo sifatida.

1.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’ziga xos hususiyatlari.

XXI asrda o’zbek xalqi milliy an’analarini o’rganish borasida tarix sahifasiga yangi zarvaraqlar muhrladi. Ayniqsa mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so’ng xalqimizning etnomilliy o’zligini anglash hissini kuchayishi, milliy-ma’naviy meros, tarixiy an’analarga bo’lgan e’tiborning ortishi natijasida o’zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi muammolari dolzarb ilmiy amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonda yosh avlodning ma`naviyatini yuksaltirishga, ilmiy intellektual salohiyatga o’ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O’zlikni anglash va ma`naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy ma`naviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e`tirof etdi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” kitobida ulug’ ajdodlarimizning jahon fani, madaniyati, ma`naviyati ravnaqiga qo’shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida ta`kidlanganligi bejiz emas.

Prezidentimizning mazkur asarida ta`kidlangan ta`lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda, fanlarni o’qitishda ustoz-murabbiylarga yordam tariqasida tayyorlangan buyuk me`rosidir. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim–tarbiya jarayonida tizimli ravishda qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Milliy ilmiy merosimizning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ta`lim va tarbiyadagi hikmatlardadir. Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy singari ko’plab daholar bundan tashqari jadidchilik namoyondalaridan Behbudiy, Avloniy, Fitrat kabi allomalarimiz ham ilm-fan, adabiyot va san`at, umuman, madaniyatni rivojlantirishga beqiyos hissa qo’shganlar. Xalqimizning mard va qahramon farzandlaridan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurlarning hayoti, ularning bosib o’tgan yo’li, butun faoliyati bugungi va kelgusi avlod uchun ibrat ekanini hamisha yodda tutish lozim. Buyuk allomalarimiz va xalq qahramonlarining faoliyati har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga egaligi va xalqimizning milliy-ma’naviy merosi ekanligini anglashimiz zarur.

Xronologik tamoyil asosida yozilgan o’zbek xalqining milliy qadriyatlar sifatida “O’zbek milliy ta`lim-tarbiyasi an`analari tarixidan”, “O’zbek xalq pedagogikasi”, “O’zbek xalq pedagogikasidan namunalar” kabi ilmiy bayon qilingan materiallar boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy, ma`naviy tarbiyalashda, o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini o’rganishda qo’l keladi. Ayniqsa, boshlang’ich sinflarning o’qish, odobnoma, atrof muhitni muhofaza qilish, konstitutsiyani o’rganimiz kabi darsliklarida o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini o’rganish xususidagi bo’limlardan foydalanish imkoniyati mavjud.

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik faoliyatida ta`lim mazmunini milliylashtirish va shu asosda ma`naviy intellektual ta`lim-tarbiya natijalarini uyg’unlashtirish, o’quvchilarda faollikni oshirishning pedagogik imkoniyatlarini qo’llash o’quvchilarning o’zbek xalqi milliy qadriyatlarini anglashga yordam beradi. Demak, pedagogik ta`lim mazmunidagi milliy, ilmiy ta`lim-tarbiya yo’nalishi tamoyili yana bir bor o’z isbotini topadi.

Tamoyilning mazmun-mohiyati o’quv jarayonida u yoki bu mavzuni yoritish uchun qo’llaniladigan tushunchalar orasidan milliy-ma`naviy va ilmiy, ta`lim tarbiya nuqtai nazaridan eng ahamiyatlilarini ajratib, ularga ilmiy tus berish va izohlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ushbu tamoyil asosida mavzularning ma`naviy tarbiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo’yicha kerakli ko’nikma va malakalarga asta-sekin ega bo’la boradilar.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek xalqi milliy qadriyatlarining ma`naviy ta`lim va tarbiya berish maqsadi, vazifalaridan kelib chiqib tavsiyalar berish zarur. Boshlang’ich sinf o’quv dasturlari mavzularining ma`naviy tarbiyaviy imkoniyatlarini pedagogik tahlil qilish usuli ishlab chiqilib, amaliyotda qo’llanishi kerak. Bu borada avvalo, o’zbekistonlik fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, butun jahonga ma`lum va mashhur movarounnahrlik allomalarning intellektual salohiyati, fikrlari, g’oyalari, ta`limotlari hamda maktab hayotiga va ta`lim tizimida erishilgan ijobiy natijalar namunalari yordamida amalga oshirilib kelinmoqda.

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma`naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov qayd qilganidek, bu negizlar:

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

  • vatanparvarlikdan iboratdir.

Mazkur ma`naviy-axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligi, respublikamizning barcha fuqarolarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish, intellektuallikni anglash yotadi. Chunki, shaxs tafakkurini o’stirmasdan, uning ma`naviy dunyosini boyitmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jabhalaridagi vazifalarni bajarish, milliy istiqlol mafkurasini to’la-to’kis yaratish mumkin emas.

XXI asr tarix sahifasiga nafaqat fan-tehnika taraqqiyoti asri, balki turli-tuman majorolar va milliy-etnik nizolar davri sifatida ham kirib keldi. Shu sababga ko’ra hozirgi davrda boshlang’ich sinfdanoq o’quvchilarni faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim tarbiya jarayoniga samarali tadbiq etish zamon talabidir. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida jamiyat va davlat o’zligini anglagan, vatanparvarlik tuyg’usi bilan millat, xalq manfaatlari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun mas`uliyatli, ilmiy bilim, mehnat va kasb-kor ko’nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallagan, ruhiy sog’lom, jismonan yetuk, umuminsoniy va milliy xulq-atvor normalarini o’z ongi va faoliyatida mujassam etgan ma`naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan manfaatdor. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilganidek, “Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi”, bu g’amxo’rlikka javoban “Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar”.

Har bir millatning ma`naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning, intellektual salohiyatning birligidan tashkil topadi. Ma`naviy va intellektual meros o’tmishning yutug’i. Uni to’la odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. O’z madaniy ilmiy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma`naviyati va intellektual salohiyati yuksak darajada rivojlangan insongina mustaqillik ravnaqi uchun kurashda o’zida kuch va qudrat topa oladi.

Asrlar davomida xalqning ilmiy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlarida olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni o’z ongida yaxlit shakllantirgan, ularning mohiyatini amaliy faoliyatida namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma`naviy rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ta`sir ko’rsatadigan shaxs ma`naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va ma`naviy me`rosdan ma`naviyat va qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli ravishda hissa qo’shmagan inson ma`naviy qashshoqdir. Ma`naviy qashshoqlik esa xalqni, millatni, umuman jamiyatni tanazzulga olib boradi.

Demak, ma`naviy ilmiy intellektual meros manbaalarini o’rganish ularda olg’a surilgan g’oyalarga amal qilish, ularni kelgusi avlodlar ongiga singdirish jamiyatning har bir a`zosining vijdoni oldidagi, o’z vatani oldidagi burchidir. Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir fuqaroning o’z burchi va majburiyati mohiyatida ilmiylik va axloqiylikni qayta tiklash; o’zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni, noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko’rish, qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san`atni bilish va rivojlantirish, o’zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda bo’lish, hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma`naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; maorif tizimining barcha bo’g’inlarida umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish yotadi. Mazkur shartlarni amalga oshirishda umumiy ta`lim maktablari asosiy bo’g’in hisoblanadi. Umumiy ta`lim oldiga qo’yilgan muhim maqsad – umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta`lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g’oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarda ma`naviy madaniyatni shakllantirishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonunida qayd qilinganidek, “...ta`limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustivorligi” ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir.

O’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganish bizningcha, quyidagicha izohlanadi:

  • ilmiy meroslar insonlarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvuri, tafakkuri, kelgusi orzu-istagi, e`tiqodi, axloq qoidalarini o’zida mujassam etgan, amaliy hayotda sayqal topgan ma`naviy boylik bo’lib, boshlang’ich sinflarga tarbiyaning tayanch vositasi hisoblanadi;

  • intellektual meroslar tarixiy taraqqiyot bosqichiga ega, hayotda sinalgan, ijtimoiy taraqqiyotda ahamiyatli, avloddan-avlodga o’tuvchi ijtimoiy hodisadir;

  • intellektual meroslar jamiyat rivojining negizi, xalqning tarixiy taraqqiyotida erishilgan barcha yutuqlarini ifodalovchi va saqlovchi qudratli omildir.

Demak, ta`lim-tarbiya jarayonida milliy-ma’naviy meroslar ustivorligiga erishish umumiy ta`lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirishda , ularning faolligini oshirishda muhim o’rin tutish bilan birga o’zbek xalqining o’zligini anglashning muhim omilidir.

O’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosini o’rganish sohasidagi o’sha bo’shliqni to’ldirish, o’quvchi yoshlarni umumjahon fan-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan, ma`naviy madaniyatli insonlar qilib tarbiyalash uchun I.A. Karimov aytganidek, “Yangi demokratik ta`lim kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an`analari, ma`naviy tajribasi ta`lim-tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur”1.

Yangi demokratik ta`lim tizimida:

  • o’quvchi shaxsining ilmiy salohiyati hozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlarga suyanishi asosida qurilmog’i;

  • intellektual merosni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustivor bo’lishi;

  • intellektual merosni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan voz kechmoq zarur;

  • milliy-ma’naviy merosdan unumli foydalanish orqali yosh avlodni keng ma’noda faollashtirishga va milliy-ma’naviy merosni asrab avaylab avlodlarga yetkazmoq lozim;

  • intellektual meros yangi moddiy ehtiyoj va talablar, yangi texnika va texnologiya, yangi qulayliklar, farovonlikka mos holda shakllanishi zarur;

  • ilmiy intellektual mohiyati o’quvchi shaxsida tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik hislatlarini shakllantirishga davlat qonunlari asosida qaratilgan bo’lishi kerak;

- ma`naviy madaniyatlilikning ushbu mezonlarini shakllantirishning birdan-bir to’g’ri yo’li milliy maktablarni mustaqillik g’oyalari bilan amaliyotga joriy etishdan iboratdir.

Demokratik ta`lim kontseptsiyasi asosida tashkil etiladigan milliy maktablar ta`lim-tarbiya mazmunini milliy asosda qaytadan ishlab chiqishni, milliy qadriyatlar, an`analar zamirida ona tilining o’rni beqiyos ekanligini inobatga olib, uning qonun-qoidalari tarixini, undan san`atkorona foydalanish usullarini chuqur bilishga e`tiborni kuchaytirishni, ta`lim-tarbiya shakllari, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirishni, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi texnika va texnologiya asosida maktabni zamonaviy jihozlashni, ona tili bilan bir qatorda, jahon madaniyati bilan aloqa qilish vositasi hisoblangan chet tillarini o’rganishga e`tiborni kuchaytirishni; o’tmishdagi maktab, madrasalarimizning tajribalarini qiyosiy o’rganishni va ularni amaliyotga joriy qilishni; xalq maorifini partiyalar siyosatidan holi qilishni; shuningdek, ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishda o’qituvchi shaxsining kasb tayyorgarligini takomillashtirishni taqozo etadi.

Mazkur talablarni ijobiy hal etish asosida yaratilgan milliy maktab o’quvchilarining o’zligini anglagan, ma`naviy barkamol kishilar bo’lib shakllanishlarida muhim markaz hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida milliy maktab yaratish negizida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish yuzasidan dastlabki ishlar qilinmoqda. Umumiy ta`lim maktablarining boshlang’ich sinflariga intellektual meros va ma`naviy qadriyatlarni o’rganish imkoniyatlari tug’ildi. Maktab dasturlariga “Odobnoma”, “Tevarak atrof bilan tanishtirish”, “O’qish” kabi o’quv fanlari dars sifatida rasman kiritildi.

Umuman olganda, O’zbekistonda mustaqillikka erishish sharofati bilan intellektual meros asosida yoshlarni tarbiyalash masalasiga e`tibor kuchaytirildi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini uning aqliy, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, estetik, badiiy, shuningdek, bugungi kun uchun dolzarb bo’lgan intellektual salohiyatliligi kabi ko’p qirrali tarkibiy qismlarini yaxlit jarayon sifatida amalga oshirishni taqozo etadi. Ta`lim-tarbiya jarayonida intellektual merosning tarkibiy qismlari o’quvchi ongiga ta`lim-tarbiya va butun faoliyati davomida o’zaro birlik va aloqadorlikda singdiriladi. Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish kerakki, intellektual meros tarkibiy qismlarining o’quvchi ongi va faoliyatiga ta`sir darajasi, ularning mazmuni, mohiyati va xarakterli xususiyatlariga bog’liqdir. Shuningdek, ayrim shaxsning intellektual salohiyati darajasi, avvalo, uning aqliy kamoloti bilan belgilanadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, aqliy salohiyat ko’p jihatdan o’quvchining faollik darajasini namoyon qilish bilan belgilanadi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarida faollikni oshirish, bu borada milliy-ma’naviy merosdan keng ko’lamda foydalanish va unung pedagogik imkoniyatlarini ta’lim tarbiya jarayoniga to’g’ri qo’llash murabbiylardan doimo izlanishni talab etadi.

O’quvchining aqliy madaniyati jamiyat va tabiat qonun-qoidalari, hodisalar, bu hodisalarning bir-birlari bilan bog’liqligi, insoniyat hayoti, turmush tarzi, jamiyat taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlarni o’zlashtirish, yaxlit idrok etish, takrorlash, tasavvur va tafakkur etish ruhiy holatlar jarayonida shakllanadi. Ilmiy bilimlar asosida kishilarning kundalik turmushida namoyon bo’ladigan ma`naviy fazilatlarning mohiyati chuqur anglab yetiladi va ongli ravishda ularga amal qilinadi. Chuqur bilim, malaka va ko’nikma ma`naviy madaniyatning barcha qirralarini o’quvchi ma`naviy ongi va faoliyatida shakllanishida asos bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy-nazariy bilim asosida o’quvchida insonparvarlik, sadoqat, qanoat, mehr-muhabbat, adolatparvarlik, nafosat, dunyoqarash, e`tiqod, mehnatga ijobiy munosabat, din va bid`atni bir- biridan farqlash, tabiatga muhabbat, burch va huquqni anglash kabi yuksak ma`naviy-axloqiy fazilatlar shakllanib boradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ilmiy bilimlar zamirida umuminsoniy va milliy madaniy merosining mohiyatini chuqur anglab yetadi, uni idrok etish, tafakkur qilish, xulosalar chiqarish asosida tabiat va jamiyat qonuniyatlariga haqqoniy munosabati paydo bo’ladi. O’quvchidagi bu munosabat ongli ravishda amalga oshiriladi. Faoliyatni ongli va ilmiy asosda tashkil etish aqliy madaniyatning yuqori ko’rsatkichidir.

O’quvchining, o’zbek xalqining, intellektual milliy-ma’naviy merosdan bahramand bo’lmog’i, o’z tarixi, adabiyoti, san`ati, ma`naviy-ruhiy qadriyatlari, dinini puxta bilish asosida o’zligini anglashi, vatan, xalq, millat manfaatlari uchun mas`ullik, milliy g’ururining shakllanishi aqliy madaniyatining sifat o’lchovlari hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy-ma’naviy madaniyati asosan o’quv fanlarini o’rganish jarayonida shakllanadi. Milliy-ma’naviy madaniyat ma`naviy madaniyatning boshqa tarkibiy qismlarini shakllanishida tayanch bo’lim hisoblanadi.

O’quvchining kamolotida axloqiy milliy-ma’naviy madaniyatning ahamiyati benihoya katta. Milliy-ma’naviy-madaniyat, axloqiy bilimlar, malaka va ko’nikmalar, axloq qoidalari yordamida o’quvchining xulq-atvori, hatti-harakatlarini boshqarish tizimidir. Milliy-ma’naviy madaniyat o’quvchining ko’p qirrali faoliyati davomida shakllanib va takomillashib boradi.

O’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosining ko’rinishlari, uning qirralari va namoyon bo’lish shakllari xilma-xil. Insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, erksevarlik, faollik, ijodkorlik, haqiqatgo’ylik, mas`uliyatlilik, saxiylik, kamtarlik, poklik va shu kabi qator muhim tushunchalar axloqiy madaniyat tushunchalaridir. Bundan tashqari ota boblarimiz tomonidan bizgacha yetib kelgan asor-u atiqalar, noyob kitoblar shular jumlasidan. Yuqoridagi xislatlar faoliyat jarayonida ma`naviy madaniyatning boshqa madaniyat qirralari bilan birgalikda o’quvchi ongi va xulqiga ta`sir etadi.

Milliy-ma’naviy merosning negizini axloqiy madaniyat tashkil etadi. Axloqiy ong o’quvchi ijodiy faoliyatida o’z ifodasini topadi. Uning mezoni axloqiy bilim, axloq normalari, axloqiy tafakkur hisoblanadi. O’quvchining axloqiy ongi uning xulq-atvorida mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, haqiqatgo’ylik, adolatparvarlik va boshqa yuksak ma`naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etadi. Shuning uchun milliy-ma’naviy merosni muhim vazifalaridan biri axloqiy ongni yuqori pog’onaga ko’tarishdir. Shu boisdan axloqiy ongning yetukligiga erishish uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo’lib, u insoniyat qo’lga kiritgan barcha axloqiy-ma`naviy yutuqlarni o’zlashtirish va shu bilan bir qatorda, muayyan sharoit taqozo etgan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalga oshadi.

Ma’naviyat so’ziga to’xtalsak, arab tilidan olingan bo’lib “ma’nolar majmui” ma’nosini anglatadi. Kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir. Ma’naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi. Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zaruriy shartlaridan biri – boy, ilg’or ma’naviyatga ega bo’lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg’or bo’lish jamiyat norasoligining muhim ko’rsatkichidir. Prezident I.Karimov ma’naviyat va ma’rifatni ko’tarish, targ’ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyib, har bir fuqaroning yuksak ma’naviy darajasini ta’min etishni eng dolzarb masalalardan biri deb qayd etib qayta-qayta uqtirmoqda. Milliy so’zi millat so’zini negizi hisoblanib, millat xalq degan ma’noni anglatadi. Milliy meros keng qamrovli tushuncha bo’lib, ko’p hollarda milliy ongning mahsuli hisoblanadi. Milliy ong esa bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati boshqa xalqlarning bevosita ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy–ma’naviy sohalarda faollik darajasi. Millat–kishilarning barqaror tarixiy birligi, umum iqtisodiy turmush hamda til birligi, madaniyati, ongi va ruhiyatining o’ziga hosligi zaminida qaror topgan ijtimoiy taraqqiyot shaklidir.

Milliy madaniy merosga milliy ruhiyat, milliy til, milliy o’z-o’zini anglash, milliy qadriyatlar, milliy g’urur, milliy madaniy markazlar milliy an’analar millatparvarlik kabilar kiradi.

Milliy an’analar-millat hayotining turli sohalarida namoyon bo’ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va hislatlarning avloddan–avlodga o’tishi hamda meros bo’lib qolishi tushuniladi. Milliy an’analar umuminsoniy an’analarning bir millat darajasida namoyon bo’lishidir.

Milliy istiqlol mafkurasi-xalqning o’zgalarga tobe bo’lmay erkin va ozod yashash, o’zini-o’zi idora etishga qaratilgan, uning istiqbolini belgilaydigan orzu-umidlari, qarashlari, g’oyalari majmui, jamiyat taraqqiyotining muhim ommillaridan biri. Milliy istiqlol mafkurasi-insoniyat tarixidagi eng ezgu va qadimiy g’oyalaridandir.

Milliy ong – millatnig ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, mehnati, boshqa millatlar bilan muloqat va mubohasasi jarayonida paydo bo’ladi va til bilan uzviy bog’liqdir.

Milliy ruhiyat – millatning ichki holati, kechinmalari, his-tuyg’ulari, ma’naviy dunyosi, o’y fikrlari, maqsad va maslaklari hamda kayfiyatlari bilan bog’liq mulohazalar majmui.

Milliy til – kishilarning tarixiy tashkil topgan barqaror birligi millat yoki elatning umumiy tili, ularning fikr almashish va muloqot vositasi, muhim rivojlanish omili.

Milliy o’zlikni anglash – har bir millatning o’zini xaqiqiy mavjud subyekt muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarini ifodolovchi ekanligini yagona til urf-odatlar an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushinib yetishga milliy o’z-o’zini anglash deyiladi.

Milliy qadriyatlar – millat uchun muhim va millat qadriyatining sohibidir.

Milliy g’urur – har bir millatning o’z-o’zini anglashi natijasida sodir bo’ladigan ichki ruhiy kayfiyati. Bu tuyg’u o’z ona zamini, avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma’naviy merosdan, o’z millatining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissalaridan, o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tiboridan fahrlanish hissiyotidir.

Milliy ong vijdon, burch, mas`uliyat, hayo, g’urur kabi insonning ichki ruhiy hissiyotiga asoslanadi. Axloqiy madaniyatning mag’zini tashkil qiluvchi insonparvarlik, halol mehnat, o’zaro yordam, do’stlik, hamkorlik, o’zaro hurmat, baynalminalchilik, sahovat, vatanparvarlik, burch hissi hamda kamtarlik kabi yuksak insoniy qadriyatlar axloqiy odat asosida o’quvchi ongi va faoliyatida tarkib topadi.

Milliy-ma’naviy merosga hurmat o’quvchining aniq maqsadini ko’zlab, doimiy, izchil uyushtirilgan faoliyati, jamiyat a`zolarining o’zaro madaniy munosabatlari, o’zaro ishonchlari, aloqalari zamirida maydonga keladigan holatdir. Axloqiy madaniyatning ma`naviy poydevori bo’lib, uning asosiy mezoni axloqiy bilimdir. Bilimlar ishonchga aylangan taqdirdagina xulqni tartibga solib turadi. Haqiqiy axloqiy ishonch o’quvchining axloq normalari, xulq-atvorini shakllantirishga olib keladi. Faoliyatga ishonch esa ongning uzoq muddatli faoliyati natijasida uning yuksak mahsuloti sifatida yuzaga keladi. Axloqiy madaniyatning shakllanishi axloqiy bilimning axloqiy ishonchiga, uning amaliyotiga o’tishi jarayonidan iborat bo’lib, bu jarayon uzluksiz xarakterga ega.

Milliy-ma’naviy meros faoliyatdan tashqarida munosabatlarsiz bo’lishi mumkin emas. Demak, milliy-ma’naviy madaniyatlilik o’quvchining xulqi va hatti-harakati orqali namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytganda:

  • axloqiy ong, axloqiy sifat, axloqiy odat, axloqiy faoliyat boshlang’ich sinf o’quvchisi milliy-ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muhim belgilarini tashkil etadi;

  • milliy madaniy meros o’quvchining butun hayoti va faoliyati jarayonida rivojlanadi va mazmunan boyib, shakllanib boradi;

  • milliy madaniy meros boshlang’ich sinf o’quvchisi faoliyatiga doimiy izchil, sekin-asta singdirib borilgandagina u ijobiy natija beradi.

O’quvchining axloqiy ong va tafakkuri estetik his-tuyg’ulari bilan o’zaro aloqada shakllanadi. Estetik did, kundalik hayotdagi go’zallikni his etish, undan zavqlanish, tabiatdagi nafosatni tushunish va uni idrok qilish ma`naviy madaniyatlilikning mezonlaridan hisoblanadi. O’quvchining estetik madaniyati voqea-hodisalarni nafis va nozik idrok etishdan boshlanadi. Estetik idrok etish jamiyat va tabiatdagi voqea-hodisalarni tanlab idrok etishdan iboratdir. Turli-tuman axborotlarni tanlash asosida o’quvchi ongida uning his-tuyg’ularini qo’zg’aydigan, unda huzur, quvonch, g’amginlik yoki boshqa holatlarni vujudga keltiradigan narsa va hodisalarning timsollari yaratiladi. O’quvchining estetik madaniyati yuqori bosqichga ko’tarilishidan estetik his muhim o’rinni egallaydi. Estetik his insonni o’rab turgan muhitga munosabatining asosiy shakli bo’lib, hayot haqiqatini o’zlashtirishning, ijodiy fikrlash qobiliyatini ta`minlashning asosiy bosqichidir. Estetik his o’quvchining aqliy rivojlanishiga, bilim doirasining shakllanishiga, ijodiy qobiliyatining rivojlanishiga ta`sir etadi. Estetik his orqali o’quvchida ijobiy maqsadlar paydo bo’ladi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari voqea-hodisalar, san`at va adabiyot asarlaridan estetik zavq olishi uchun u go’zallikni his eta bilishi, undan ta`sirlanishi, hayot go’zalligi, ijodiy badiiy yutuqlardan ilhomlanish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Buning uchun o’quvchi, avvalo, adabiyotni, san`atni bilishning ikkita eng muhim – adabiyot, san`at asarini bevosita idrok etish va uni baholash kabi tomonlariga alohida e`tibor berishi zarur.

Ma`naviy manbaalarni estetik bilish jarayonida o’quvchida estetik did, estetik g’oya, go’zallikdan estetik zavqlanish qobiliyati shakllanadi. Estetik his o’quvchida estetik didni paydo qiladi. Psixologik nuqtai nazardan estetik did hissiy va aqliy turmush tarzini uzviy bog’lab turuvchi shaxsning qobiliyatidir. O’quvchining estetik didi uning o’rtoqlari, jamoasi, oila a`zolari, jamoatchilikning xulq-atvori, hatti-harakatlari, muloqot madaniyati, milliy, umuminsoniy qadriyatlarga munosabatlarida namoyon bo’ladi. Estetik madaniyatning asosini tashkil qiladigan estetik idrok, estetik hissiyot, estetik did, qarashlar, ishonch, talab kabi belgilari estetik g’oya uchun manbaa bo’lib xizmat qiladi.

Estetik g’oyada go’zallik, hayotning rivoji, estetik hissiyot, qiziqish, ehtiyoj, munosabat hissiy shaklda ifodalanadi. Estetik g’oya ma`lum tarixiy sharoit, madaniy manbaa turi va janr xususiyatlaridan kelib chiqib, go’zallikni qaror toptirish, hayotni takomillashtirish orqali ifoda etiladi. Estetik g’oyani qaror toptirishda tarixiy shaxslar, badiiy asar qahramonlarining fikrlari, hissiyotlari, didlari orqali hayot haqiqati estetik baholanadi. Ashyoviy qadriyatlar esa hayot haqiqati estetik tasvirini to’ldiradilar, o’quvchi ko’z o’ngida yaxlit estetik g’oyani vujudga keltirishga xizmat qiladi.

Estetik g’oya o’zgaruvchan bo’lib, jamiyatdagi munosabatlar bilan boyib, o’zgarib boradi. Masalan, har qanday adib yoki hunarmand o’z ishi natijasi bilan hech qachon qoniqmaydi, ma`lum bir asarni, timsollarni, mehnat mahsulini yaratgach, yana unda yangi-yangi orzular, fikr-o’ylar, rejalar paydo bo’ladi. Estetik g’oya bo’lganligi uchun yozuvchi yoki hunarmandning maqsadi, vazifalari uzluksiz o’zgarib turadi. Shuningdek, o’quvchidagi yangi-yangi orzular, nuqtai nazarlar, rejalar, orzu-o’ylarning paydo bo’lishi bilan, undagi estetik g’oya to’lishib, rivojlanib boradi.

Demak, o’quvchining estetik madaniyati va intellekti uning chuqur estetik bilim va qiziqishi, yuksak estetik didi, estetik ehtiyoji, badiiy-estetik voqea-hodisalarni tahlil etish qobiliyati, estetik hissiyoti, o’z bilimini estetik jihatdan boyitishga talabining kuchliligi bilan izohlanadi.

O’quvchi jamiyatning badiiy-estetik hayotida, uning rivojlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. U bu jarayonda insoniyat tomonidan yaratilgan badiiy-estetik manbaalarni, qadriyatlarni o’rganadi, ularning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Shu asnoda o’quvchi jamiyatning badiiy-estetik munosabatlari tizimida ma`lum o’rinni egallaydi. Shuning uchun jamiyatning badiiy-estetik rivojlanish jarayonida ishtirok etmagan, uni targ’ib qilmagan, undan ta`sirlanmagan, ilhomlanmagan, amaliy faoliyatida foydalanmagan o’quvchi shu jamiyatning yaxlit shakllangan a`zosi bo’lishi mumkin emas.

Badiiy ilmiy meros ma`naviy asosga ega bo’lib, uning moddiy asosini nashriyotlar, kinoteatrlar, kutubxonalar, kontsert zallari, teleko’rsatuv, radio va boshqalar tashkil qiladi. O’quvchining intellektual madaniyatini shakllantirishda yetakchi o’rinni egallaydigan adabiyot va san`at asarlari, badiiy-estetik an`analar, bayramlar ma`naviy asos bo’lib xizmat qiladi.

Ilmiy adabiyotlarda intellektual merosning o’ziga xos bo’lgan bir qator qonuniyatlari aniqlab va asoslab berilgan. Shular jumlasiga badiiy madaniyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzum xarakteriga bog’liq ravishda rivojlanishi, milliy xarakteri, mustaqilligi, jamiyat taraqqiyoti jarayonida mavqeining oshib borishi, shaxsning ma`naviy dunyosiga ma`naviy madaniyatlarning boshqa qirralari bilan kompleks ravishda ta`sir etishi kabilar kiradi. Badiiy madaniyatning mazmuni – uning milliyligi va umuminsoniyligi, badiiy boyliklarning hammabopligi, badiiy san`at asarlarining insonparvarligi, istiqbolliligi, g’oyaviy pishiqligi, hayotiy mushtarakligi bilan baholanadi. Badiiy madaniyat ma`naviy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sifatida o’ziga xos estetik, aqliy, axloqiy, mafkuraviy aloqa vazifalarini bajaradi.

Jamiyat, tabiat, inson hayotidagi voqea-hodisalarning badiiy tasviri vositasida o’quvchi hayotini bilish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, xalqning turmush tarzi, uning ijodiy merosi bilan tanishish, bilim doirasini kengaytirish, o’z dunyoqarashini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ma`naviy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblangan siyosiy madaniyatsiz ma`naviy qadriyatlarning mohiyatini o’quvchi to’liq anglab yetishi mumkin emas. Siyosiy madaniyat o’quvchida siyosiy tafakkurni, ijtimoiy faollikni, jamiyat oldidagi mas`uliyat, ijtimoiy va ma`naviy javobgarlikni his etishni, haqiqat uchun kurashishni, burchga sadoqatni, millatlar, elatlar o’rtasidagi do’stlik va hamkorlikni, so’z va faoliyat birligini ta`minlash, erkparvarlikni, tinchlikni, tenglikni, ozodlikni va o’zligini anglashni belgilab beruvchi mezondir.

Siyosiy bilim faqat erkinlik, ozodlik, mustaqillik sharoitidagina o’zini to’la namoyon qila oladi. O’quvchining hozirgi zamon siyosiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlarga suyanadi, shu jumladan, insonparvarlik, demokratiya, huquqiy davlat va oshkoralik, bu madaniyatning to’rt ustunidir. Har bir o’quvchi bu faoliyatida insonparvarlik qoidalariga rioya qilishi, ya`ni bu faoliyat insonni himoya qilishga, uni ulug’lashga qaratilgan bo’lishi lozim.

Insonparvarlik hozirgi zamon intellektual o’quvchisi uchun kundalik ma`naviy fazilat bo’lib qolishi, ikkinchidan, o’quvchiniig ongi va faoliyati demokratik jamiyat yaratishga qaratilgan bo’lishi, uchinchidan, huquqiy davlat yaratishga o’z hissasini qo’shishga tayyor bo’lishini taqozo etadi. To’rtinchidan esa, har bir ma`naviy-ilmiy dunyoqarashni o’quvchi o’z faoliyatida oshkoralik uchun kurash olib borishi zarur. Bunday xususiyatlarni o’z xulq-atvorida mujassam eta olgan o’quvchi o’z faoliyatida har qanday og’ir vaziyatda ham paydo bo’lgan muammolarni muzokara, munozara, mushohada yo’li bilan hal qilishga intiladi.

O’quvchilarning ma`naviy madaniyatini shakllantirishda uning aqliy, axloqiy, estetik, badiiy va boshqa qirralari yaxlit, bir-biri bilan o’zaro aloqada ta`sir ko’rsatadi. Bu ta`sirning samaradorligi esa ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchi ilmiy qiziqishi, talab va ehtiyojini hisobga olish, bu xususiyatlarning jamiyat ma`naviy taraqqiyoti talablari bilan mosligi, ma`naviy-madaniy manbaalardan o’quvchi yosh va ruhiy xususiyatlariga mos ravishda samarali foydalanish, ta`lim-tarbiya jarayonini samarali shakl, usul va vositalar asosida tashkil etish, ta`lim-tarbiya mazmunini umuminsoniy va milliy qadriyatlar negiziga qurish kabi muhim pedagogik talablarga rioya etishga bog’liq.

Shuningdek, aqliy madaniyatning – milliy bilimlarni puxta o’zlashtirish, yaxlit idrok etish, takrorlash, tasavvur va tafakkur etish, axloqiy madaniyatning – axloqiy7 bilimlar, axloqiy ong, axloqiy odob, axloqiy ishonch, axloqiy faoliyat; estetik madaniyatning – estetik his, estetik did, estetik idrok, estetik qarashlar, ishonch, talab, g’oya.

Xalq pedagogikasi (xalq og’zaki ijodi, amaliy tajribadagi an`analar, urf-odatlar, xalq amaliy san`ati, xalq tasviriy san`ati, xalq musiqasi va b.) jamoa ijodkorligining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ma`naviy birlashuvi timsoli, tub manfaatlari, orzu-armonlari umumiyligini ifodalovchi tarbiya vositasi bo’lib xizmat qiladi. Xalq pedagogikasining tarkibiy qirralari kishilarning oliy maqsadlari, tasavvurlari, his-tuyg’ularining ifodasi sifatida pedagogik madaniyatning amaliyotda sinovdan o’tgan muhim belgilari, ya`ni xalqni ezgulikka, adolatga, ilmga, mehnatsevarlikka, insonparvarlikka da`vat etishdan iboratdir.

Tarixiy zarurat tufayli dinning paydo bo’lishi bilan u targ’ib etgan axloqiy-ma`naviy qonun-qoidalar asta-sekin kishilarning hayotga, turmush tarziga, ongiga, dunyoqarashiga, jamiyatdagi o’zaro munosabatlarga va boshqa qirralarga chuqur ta`sir ko’rsatib, jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylandi. Islom ta`limoti negizida ilg’or fikrlar sifatida insonparvarlik, axloq-odob, ilmiylik, mehr-shafqat, sadoqat, mehr-oqibat, sabr-qanoat, halollik va boshqa umuminsoniy fazilatlar imon-e`tiqod doirasida targ’ib etildi va muqaddas diniy manbaalarda (Qur`on, Hadis) bunday yuksak insoniy fazilatlar axloqiy qoida tarzida belgilab berilgan. Islom g’oyalarini targ’ib etuvchi tasavvuf ilmining namoyandalari ijodida “Ruh” va “Ishq”, “Nafs” va “Axloq” tayanch nuqtalar hisoblanadi. Ollohning borligiga va yagonaligiga ishonch, unga bo’lgan botiniy muhabbat, u dunyodagi hayot nashidasi, har qanday qabihliklardan nafsni tiyish, shuningdek dil pokligi va ruh komilligiga da`vat tasavvuf mohiyatini tashkil etadi. Tasavvuf ilmida xudoga faqat toat-ibodat bilan emas, balki ma`naviy poklik, beg’uborlik, samimiylik bilan erishish mumkin degan fikr ilgari suriladi (Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshbandiy, So’fi Olloyor, Xo’ja Ahror).

Sharq ma`naviy madaniyatining xilma-xil jihatlari uyg’onish davrida juda rivojlangan bo’lib, bu davrda yashab ijod etgan al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Nosir Xisrav, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Sa`diy, Tusiy, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida insonning ma`naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy ma`naviy qadriyatlar yuksalishida muhim bosqich bo’ldi. Ular sharqona axloq-odob talablari asosida komil inson, adolatli jamiyat va davlatni shakllantirishning ma`naviy asosini yaratishga muvaffaq bo’ldilar. Shuningdek, ijtimoiy tengsizlikni jamiyat a`zolarining o’zaro kelishuvi, bir-birlariga insoniy munosabati, aql va ilm olish, xudoga sidqidildan toat-ibodat qilish, davlatni adolat bilan boshqarish bilan bartaraf qilish mumkin degan mushohadani ilgari surdilar.

Bu davr ma`naviy ilmiy dunyoqarash mazmunida insonning ichki va tashqi holati, hissiyoti, mehnatga, turmushga munosabati, mehr-oqibati, muhabbati, sadoqati, bilimga (diniy va dunyoviy) intilishi, ma`naviy kayfiyati, aql-idroki, erki, asosan insonni tabiatning eng buyuk mahsuli sifatida kuylash, tasvirlash, ulug’lashdan iborat bo’lib, muhim oliy axloq, ma`rifatli va adolatli jamoa g’oyasi olg’a surildi.

Muhammad al-Xorazmiy o’zining ta`lim-tarbiyaga oid qarashlarida insonning oliy maqsadga erishishi, adolatli jamoa qurishi uchun ilmiy meros vositasida tafakkurini shakllantirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish lozim degan g’oyani olg’a surdi. Uning fikricha, inson faoliyatida aql-idrokka, tafakkur quvvatiga tayanib ish ko’rmog’i lozim.

Abu Nasr Farobiyning ma`rifiy qarashlari o’rta asrlarda mavjud bo’lgan ma`naviy-falsafiy muammolar – tana va ruh, borliq, harakat, fazo va vaqt, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, ruhiy jarayonlar to’g’risidagi tasavvurlar bilan omuxta holda maydonga keldi. Uning fikricha, barcha muammolarni yechish kaliti oliy maqsadli jamoa, barcha ilmiy ma`naviy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan inson adolatli jamiyat, farovon turmushning garovidir.

Uyg’onish davrining yetuk mutafakkirlaridan Abu Ali ibn Sinoning umumpedagogik va didaktik g’oyalari negizini tashqi muhit va insonning jismoniy sog’lomligi orqali ma`naviy kamolotga erishishi muammosi tashkil etadi. U o’zining bir qator asarlarida fozil jamoaning har bir a`zosi ma`naviy madaniyati uning jismoniy va ruhiy intellekti orqali shakllantirilishi lozim degan fikrni ilgari surdi.

Abu Rayhon Beruniyning ta`lim-tarbiyaviy qarashlarida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga bo’lgan e`tiqod, muhabbat asosida shaxsni ma`naviy kamolga yetkazish g’oyasi nihoyatda muhimdir. Alloma barcha insoniy qadriyatlar ichida eng yuksagi insonparvarlik deb biladi.

Yusuf Xos Hojib Farobiy bilan Ibn Sinoning falsafasiga monand ravishda moddiy dunyoning yaratilishini ruhiy kuchga bog’liq ekanligini e`tirof etib, bu dunyoning taraqqiyoti ma`naviy takomilning oliy mezoni bilimlilik, aql-zakovatli insonlarga bog’liq deb, “Qayerda zakovat bo’lsa, o’sha joyda ulug’lik, farovonlik, kim bilimdon bo’lsa, o’sha inson buyuk, har qanday ezgu ishlarga moyil bo’ladi” degan g’oyani olg’a surib, barcha bilimlardan (diniy va dunyoviy) voqif bo’lgan, yuksak insoniy fazilatlarni o’zida mujassam etgan barkamol insongina jamoaga rahnamo bo’lishi mumkin, bunday jamiyatda adolat, ma`naviy yetuklik, farovonlik, ma`rifat, hukmron bo’ladi degan xulosaga keladi.

Alisher Navoiyning pedagogika falsafasida kishilarning ma`naviy dunyosini belgilovchi fazilat – insonparvarlikdir. Alloma tasnifida ma`rifatli, adolatli, har qanday noaxloqiy sifatlardan xoli, yuksak tafakkurli inson ma`naviy yetukdir.

Markaziy Osiyo mutafakkirlarining eng katta xizmatlari shundan iborat bo’ldiki, islom dini, uning qonun-qoidalari hukmronlik qilgan bir davrda, dinning axloqiy-ma`naviy aqidalarini inkor etmagan holda, tarbiyaning insonparvarlik g’oyasini yaratishga, milliy madaniyatni shakllantirishning milliy asoslarini ishlab chiqishga muyassar bo’ldilar. Shu nuqtai nazardan ham biz hozirgi kunda maorif tizimini ilmiy va milliylashtirish bosqichida ta`lim-tarbiyaning mazmunini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish asosida o’quvchi shaxsining o’zligini anglashga erishishini amalga oshirish maqsadini hal etishda xalq pedagogikasi va o’tmish mutafakkirlarimiz ishlab chiqqan insonparvarlik qarashlari tizimini metodologik asos sifatida qabul qilishni lozim topdik va shu asosda o’quvchilarning ma`naviy madaniyatini shakllantirishda quyidagi metodologik yo’nalishlarga tayanish zarur deb bildik.

1. Ilmiy merosni, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o’zbek xalqining kelib chiqishi, millat sifatida shakllanishi va rivojlanishi, uning etnik yadrosining o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan o’rganish, ayni vaqtda tarixiy bosqichlarda bu zaminda yaratilgan ijtimoiy-madaniy qadriyatlar boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham madaniy boyligi ekanligini, ular yaratgan madaniy manbaalarning ajralmas bo’lagi ekanligini unutmaslik zarur.

2. Hamma tarixiy davrlarda jamiyatning gullab-yashnashi, uning ilmiy-texnik taraqqiyoti, kelajakdagi o’rni shu jamiyat ma`naviy boylik darajasi bilan baholanib keladi. Shu boisdan ham ma`naviy madaniyatning barcha manbaalari, uning tarkibiy qismlari o’zining tarixiyligi, insonparvarlik va xalqchillik yo’nalishlari bilan ajralib turadi. Milliy qadriyatlarimizning tabiat va jamiyat qonunlaridek, o’zining yuksalishi, turg’unlikka uchrashi, ziddiyatli jarayonlari, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurashlari mavjud bo’lib, doimo ularning negizida sinovdan o’tgan yuksak insoniy fazilatlar targ’ib etilganligini nazarda tutmoq zarur.

3. Har qanday jamiyat shaxsning ma`naviy barkamol bo’lishidan manfaatdor. Shu boisdan ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchi ma`naviy madaniyatini shakllantirishda moddiy va ma`naviy talablari, ajdodlar tajribasi, hayot taqozo etgan umuminsoniy va milliy insonparvarlik xususiyatlariga bo’lgan ehtiyojni yetakchi o’ringa qo’yib munosabatda bo’lmoq lozim. Buning uchun har bir davrni o’sha davr tuzumiga chuqur kirib borgan holda jamiyat madaniyati, shaxs madaniyati, madaniyat va shaxslar, fikrlar va g’oyalarning yuksalishi jarayoni nuqtai nazaridan chuqur tahlil etib o’rganish, “Tayanch nuqta”ga asoslanish talab etiladi.

4. Markaziy Osiyo xalqlarining, shu jumladan, o’zbek xalqining boy madaniy ilmiy merosida muhim o’rinni egallagan tarixan tarkib topgan ma`naviy-ruhiy qadriyatlarni, an`analarni, urf-odatlarni pedagogik g’oyalar rivoji nuqtai nazaridan o’rganish o’quvchining ma`naviy madaniyatining shakllanishiga katta ta`sir etadi. Shu boisdan Markaziy Osiyo xalqlari yaratgan boy madaniy merosning ta`limiy va tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali ularning umumjahon madaniyati xazinasidagi ahamiyati va qimmati ochib beriladi.

5. Ilmiy meros rivoji madaniy manbaalarning o’zaro aloqasi va ta`sirisiz kechmaydi. Shuning uchun ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning ma`naviy madamiyatini shakllantirishda barcha xalqlar, millatlar ma`naviy manbaalarining o’zaro aloqasi va o’zaro ta`siriga e`tibor berish talab etiladi. Ularning bir-birini boyitishi natijasida umuminsoniy qadriyatlarning paydo bo’lishi, shakllanishi va taraqqiy etishiga asos bo’lishini nazarda tutmoq lozim.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqi milliy qadriyatlarini shakllantirishning bu ilmiy asosi to’rtta muhim ijtimoiy-ruhiy omilni hal etishga xizmat qilmog’i lozim:

  • o’quvchida o’zbek xalqining ilmiy merosini o’rganishga ehtiyojni oshirishi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy muammolarni to’g’ri anglashga yordam berish;

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish zamirida, uning jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishini ta`minlash va o’quvchilarni faollashtirish.

  • intellektual merosni shakllantirishning muhim manbai bo’lgan o’tmish madaniy merosi, ma`naviy qadriyatlarni hozirgi zamon madaniy hayot bilan o’zaro aloqada, uyg’unlikda o’rganish, amaliy faoliyatda ularda olg’a surilgan ilg’or g’oyalarga rioya etish, ularning umrboqiyligini ta`minlash, rivojlantirish zarurligini tub ma`noda anglab yetish.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari o’qituvchi uchun ham, ota-ona uchun ham ta’lim – tarbiya jarayonida keng imkoniyatlar eshigini ochib beradiki, bu o’zaro munosabatlarning samarali tizimini hosil qiladi.












1.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rnini izohlash.

Insoniyat madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari yaqin vaqtlargacha to’g’ri baholanmadi.

Mustaqillik tufayli O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishida fan sohasida yaratgan boy ilmiy merosini o’rganish va xalqimizga yetkazish borasida katta imkoniyatlar yaratildi, o’lkamizda ilm-fan, ma`rifat gullab-yashnaganligi, G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligi inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma`naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega”.1

Yangi tizimga o’tishdek murakkab jarayonda tarixga yangicha yondashish, uni haqqoniy aks ettirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalalarni hal qilishda bizning ularga munosabatimiz qanday bo’lishi kerak? Bugungi kunda ta`lim, tarbiya jarayonida ma`naviy-ma`rifiy merosimizning ta`sir doiralari, imkoniyatlari qanday bo’lishi kerak?

Mana shu savollardan kelib chiqqan holda biz o’zimizga xos, o’zimizga mos madaniy ma’naviy merosimiz ildizlarini chuqur, aniq va puxta bilib olmog’imiz kerak. Ya`ni biz xalqimiz tarixiy jarayonda orttirgan o’tmishdagi ozmi-ko’pmi tajribasini, erishgan yutuqlarining ma`naviy-ma`rifiy ildizlarining mohiyatini to’g’ri anglashimiz, ta`lim-tarbiya jarayonida uning o’rni va ta`siri katta ahamiyatga ega ekanligini chuqur bilmog’imiz, tushunib yetmog’imiz kerak.

Demak, bizning o’z tariximiz va madaniyatimiz bo’lgan. Buning uchun bizning tarixiy, ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Biz o’z hayoti, madaniyati, tarixiga ega xalqmiz.

O’rta Osiyo eng qadimgi madaniyat maskanlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi O’rta Osiyo va O’rta Sharqda turli fanlarga oid bilimlar taraqqiy etgan. O’rta Osiyo hududida O’zbekiston ilm va fanning eng taraqqiy etgan markazlaridan biri bo’lgan, jahon ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan.

Ayniqsa IX-XII asrlardagi uyg’onish davrining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.

Fikrimiz isboti sifatida allomalarimiz bosib o’tgan hayot yo’llarini tahlil qilaylik.

Jahon xalqlarining tibbiy-ilmiy tafakkuri rivojlanishiga katta hissa qo’shgan allomalardan biri Muhammad Muso Al-Xorazmiy (780-847). G’arb ilmiy adabiyotida uni Algoritmus deb ataydilar. U matematika, falakiyot, jug’rofiya kabi fanlarni mukammal egallagan bo’lib, uning ilmiy xulosalari shu fan sohasiga oid bo’lgan bilimlar rivojiga salmoqli ta`sir ko’rsatadi. U qadimgi Yunon va Hindiston matematiklari erishgan yutuqlarni tahlil qilibgina qolmay, matematikaning maxsus bo’limi – algebrani (al-jabr) yaratdi. U algebraik tenglamalar tuzish va yechish usullarini ishlab chiqdi, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni hisoblashning umumiy qonuniyatlarini uchinchi va undan ortiq darajadagi tenglamalarning ayrim xususiy hollarini ko’rsatib beradi.

Al-Xorazmiyning buyuk “Al-jabr val-muqobala” asari (“algebra” atamasi shu so’zdan olingan)ni G’arb va Sharq olimlari lotin tiliga tarjima qilganlar, asosiy qo’llanma sifatida foydalanganlar.

Hozirgi zamon kibernetika qurilmalari, kompyuterlar ish faoliyatining matematika modeli bo’lgan algoritm tuzish usuli ham al-Xorazmiyning algebrasi asosida yaratilgan. Algoritm atamasi ham buyuk alloma nomidan olingan. Matematika ilmining hozirgi kundagi taraqqiyot darajasi buyuk olimning ilmiy kashfiyotlari bilan bevosita bog’liqdir, ma`lum darajada uning natijasidir.

Al-Xorazmiy o’z davrining mukammal astronomik jadvalini tuzdi. U bu sohada hind olimlarining kamchiliklarini ko’rsatdi. Allomaning astronomik jadvali asrlar davomida dunyo olimlari tomonidan foydalanildi. U “Kitob surat al Arz” (“Yer surati”) risolasida Ptolomeyning “Geografiya” nomli kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi. Sharq mamlakatlari va xalqlari to’g’risida yangi ma`lumotlar berdi, mamlakatlar, shaharlar nomlari ko’rsatilgan xaritalar berilgan, daryolar, dengizlar, okeanlarning koordinatlari ko’rsatilgan.

Olimning bu kitobi G’arb va Sharq mamlakatlarida geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi uning tabiatshunos olimligidan dalolat beradi. U o’z davridagi tabiat fanlari sohasidagi muhim murakkab masalalarni ilmiy ravishda hal etdi.

Yаqinda jahon ahli, jumladan, O’zbekiston xalqi buyuk matematika, astronom va geograf Ahmad al-Farg’oniyning muborak yubileyini nishonladi. Uni G’arbda Al Ferganus deb ataganlar. Al-Farg’oniy “Astronomiyaga kirish” deb atalgan asarida o’zigacha astronomlarning ishlarini tartibga solgan, kamchiliklarini tuzatgan. Buyuk alloma o’zining “Al-Farg’oniy jadvali”, “Oyning yer ostida va ustida turadigan vaqtini aniqlash to’g’risida risola”, “Yetti iqlimni aniqlash”, “Quyosh soatini yasash haqida risola”, “Al-Xorazmiy zajini tushuntirish” kabi asarlarida osmon jismlarining holati, quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar harakati qonuniyatari, Quyosh, Oy tutilishi, Quyosh, Yer, Oy harakatiga bog’liq ekanligi, yer hajmi, yulduzlarga nisbatan kichik yulduzlar yerdan nihoyatda uzoqda ekanligi, kecha va kunduzning almashinishi, tabiatdagi iqlimning o’zgarish sabablariga doir tabiiy-ilmiy fikrlarni asoslab bergan. U yetuk muhandis sifatida 861 yilda Nil daryosining suvini o’lchaydigan o’lchagich asbob yasagan va Ravzo orolida o’rnatgan. Al-Farg’oniy Ptolomey fikriga asoslansa-da, unga tanqidiy va ijodiy yondashadi.

1998 yilda Farg’oniyning 30 bobdan iborat “Astronomiya ilmi asoslari” kitobi o’zbek tilida chop etildi. Bu asardagi astronomiyaga doir bilimlar matematika asosida chuqur ilmiy mazmunda bayon qilingan. Bu asar astronomiya fani rivoji uchun ilmiy manbaa bo’lib xizmat qiladi.

Ma`lumki, matematika fanining o’ziga xos xususiyati, qudrati, uning boshqa fanlarga tadbiq qilinganda ko’rinadi.

Birinchilardan bo’lib Beruniy bu fanga shunday yondashgan. Beruniy matematika faniga o’zining ilmiy tadqiqotlari bilan ijodiy yondashgan va katta yutuqlarga erishgan. Beruniy arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, sonlar nazariyasi bilan shug’ullangan, astronomiya, geografiya, geodeziya, kartografiya kabi sohalarga tegishli amaliy masalalarni yechgan.

Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida “Shoxmot taxtasi” haqidagi masalani yechib, uning natijasi 18 446 744073 709 551 615 ga teng ekanini topdi va yechimini tushuntirib berdi. “Shoxmot taxtasi” masalasi qadimgi hind afsonasi bilan bog’liq bo’lib, u quyidagicha talqin qilinadi: birinchi katakda 1 ta bug’doy donasi, ikkinchi katakda 2 ta, uchinchi katakda 4 ta va hokazo ko’payib, bug’doy donalari ikkilanib boradi, ya`ni u geometrik progressiya bilan ikkilanib boradi. Masalani yechishda Beruniy 2 ta qoida topadi. Birinchi qoidaga ko’ra, agar berilgan katakdagi donlar sonini o’ziga ko’paytirsak, natija berilgan katakdan, u bosh katakdan qancha uzoqlikda bo’lsa, shuncha uzoq joylashgan katakdagi donalar soniga teng bo’ladi.

Ikkinchi qoida shunday: “Agar qaysidir katak sonidan 1 ni ayirsak, qoldiq barcha oldingi kataklar sonlarining yig’indisiga teng, ya`ni bu qoida geometrik progressiya qoidalari yig’indisini topish qoidasidir”.

Beruniy doira ichiga chizilgan siniq chiziqlar xossalari haqida 4 ta teorema va geometriya, trigonometriya, astronomiyaga oid bo’lgan bir qancha teoremalarni isbotladi. U ko’paytirish, bo’lish, kvadrat va kubga ko’tarish, kvadrat va kub ildizidan chiqarish kabi amallar qoidalarini tushuntirib berdi.

Beruniy algebraik masalalar yechishda yangi usullar ishlab chiqdi, noma`lum va uning darajalari ta`rifini berdi, ishoralar qoidasini, algebraik amallar, Al-jabr (“to’ldirish”, ya`ni tenglamada manfiy ishorali hidni qarama-qarshi tomonga o’tkazib, har ikki tomonda musbat hadlar hosil qilish) va “al-muqobala” (“Qarama-qarshi qo’yish”, ya`ni tenglamaning o’xshash hadlarini keltirish)ni tushuntirib berdi. Shuningdek, u al-Xorazmiyning birinchi bo’lib, kiritgan kvadrat tenglamalar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi.

Beruniy matematika sohasidagi ilmiy izlanishlari uning “Qonuni Ma`sudiy” asarida bayon qilinadi. Beruniy funktsional bog’lanishlardan foydalanib funktsiya tushunchasini yaratdi. Bu hozirgi zamon matematikasida o’zgaruvchi miqdorlar matematikasining asosiy tushunchasi “funktsiyani” yaratishda muhim zamin bo’lib xizmat qildi.

Beruniyning “Qonuni Ma`sudiy” asari uni buyuk astronom sifatida dunyoga tanitdi. Bu asarda “11” sonini, 3,14174628 aniqlikda hisoblab chiqqan, doira radiusining uzunligini 1 ga teng deb qabul qildi. (radiusni 1 ga teng deb olganda 60 ga ko’paytirish va bo’lishga ehtiyoj qolmaydi). Yevropada matematiklar XIV asrdagina radiusni 1 deb qabul qilsalar-da, amalda esa XVII asrdan boshlab bu usuldan foydalana boshladilar.

Beruniy sinuslar jadvalini 10 dan 900 gacha 150 interval bilan tuzib chiqdi, “tekis soya” (katangens) “akslangan soya” (tangens) ta`riflarini berdi va 10 interval bilan ularning jadvalini tuzdi. Sinuslar va tangenslar jadvalini tuzishda u chiziqli va kvadrat interpolyatsiyalash qoidalarini tadbiq qilish mumkinligini ko’rsatdi. Shuni ta`kidlash kerakki, kvadrat interpolyatsiyalash usuli, uning qoidalari Beruniy tomonidan birinchi marta ishlab chiqilgan va ishlatilgan. Uning bu usuli hozirgi zamon parabolik interpolyatsiyalashdan uchinchi had oldidagi 2G`1 koeffitsent bilan farq qiladi.

Beruniy matematika bilan bir qatorda o’z zamonasining hamma fanlarini puxta egallagan. U o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Astronomiyadan boshlang’ich tushunchalar”, “Joylar chegarasini aniqlash uchun turar joylarning masofalarini belgilash”, “Javohirlarni bilish uchun ma`lumotlar to’plash”, “Ibn Sino bilan savol-javoblar” singari asarlarida o’zigacha bo’lgan mashhur olimlarning tabiiy-ilmiy bilimlar sohasidagi merosiga katta hissa qo’shdi, yangi-yangi sohalarga asos soldi. Beruniy matematika fani singari fizikaga ham ijodiy yondashdi. Tajriba va kuzatuv asosida yerning tortishish kuchiga ega ekanligini, yorug’lik nurining ma`lum tezlikka egaligini, tovush tezligi va uning yorug’lik tezligi bilan farq qilishini tushuntirib berdi. Buloq suvining otilib chiqishi sababi havo bosimi ekanligini e`tirof qilgan. Olim “Minerologiya” asarida qahrobo, magnit haqidagi tushunchalarni izohlab, ularning fizik xossalarini dalillar bilan izohlab berdi, mineral va metallarning solishtirma og’irligi, qattiqlik darajasi, rangi taniqligi kabi xossalarini ham yoritib berdi. U birinchilardan bo’lib metal qorishmalarining solishtirma og’irligini aniqladi. Uning bu sohada erishgan yutug’i hozirgi zamon fani erishgan natijalarga yaqin yo butunlay mos keladi. U 50 dan ortiq jismlarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Ayniqsa, bodiring, qovun suvlari, sirka, sigir suti, o’simlik moyi, asal, tovuq tuxumining oqi, inson qoni va boshqalarning solishtirma og’irligini aniqlashga doir yutuqlari faqat fizika sohasida emas, balki hozirgi tibbiyot, biologiya va texnikada ham katta ahamiyatga ega.

Beruniy jismlar harakati, ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik natijasida kengayishi, sovuqlikdan torayishi hususiyatlari, bo’shliq (vakuum), linzalarning optik xususiyatlari haqida ham o’z fikr-mulohazalarini ilgari surdi. Beruniyning o’z davrida bizning sayyoramizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi to’g’risidagi fikrlari ko’p olimlarni hayratga keltirgan. Lekin bu mulohazasini Ibn Sino tan olmagan. Beruniyning qarama-qarshi olam to’g’risidagi farazi (gipotezasi) mavhum tushuncha bo’lmay, balki tabiatda mavjud bo’lgan real hodisalar ekanligini zarracha va antizarrachalar ekanligini hozirgi zamon fizikasi isbotlab berdi. Elementar zarrachalar fizikasi antizarralar soni ortib borayotganligini yangi-yangi dalillar asosida isbotlanmoqda. Shunday aytish joizki, O’rta Osiyo mutafakkirlari tabiat hodisalarini o’rganibgina qolmay, uning yangi sifatlari haqidagi ilmiy gipoteza va muammolarni dadil o’rtaga tashlaganlar.

Jahon fani va madaniyatiga hissa qo’shgan O’rta Osiyo uyg’onish davrining olimlaridan biri Ibn Sinodir. Ibn Sino ham o’z davridagi fanlarning birortasini chetda qoldirgan emas, aksincha ularni o’rgandi, o’zining g’oyalari, tibbiy, tabiiy-ilmiy fikrlari bilan boyitdi. Tibbiyotda, astronomiya, tabiatshunoslik, matematika, musiqa, huquq, axloq, din, adabiyot, tarix singari fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi, O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini jahon madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Dunyoviy fan va ilm bu bir davlatning qudratini, madaniyatini, ma`naviyatini rivojlangan mamlakatlar qatorida saqlab turuvchi omildir”.

Mana shu buyuk allomalar o’zbek xalqini dunyoga tanitgan, jahon madaniyati sohasida o’ziga xos o’rin olishga sabab bo’lgan buyuk olimlardir.

Ibn Sino tabiat hodisalarini o’rganish orqali qonuniyatlar nazariyasini ilgari surdi. U o’zining bilimlar qomusi asari “Kitob ash-Shifo” (“Davolash kitobi”)ning to’rt bo’limini mantiq, fizika (tibbiyot fanlari), matematika va metafizika (falsafa va ilohiyot)ga bag’ishlagan. Asarning birinchi bobida tabiat falsafasiga doir masalalar yoritilgan bo’lib, materiya, shakl, harakat, vaqt va fazoga doir tashrif beriladi, ikkinchi bobi esa koinot, jism qismlari va uning harakati to’g’risidagi ta`limotini o’z ichiga oladi. Uchinchi bobida esa materiyaning vujudga kelishi va bo’linishi haqidagi turli qarashlar bayon qilinadi. Asarning o’n uch qismi fizika, kimyo, botanika, zoologiya, geologiya, minerologiya, astronomiya, matematika, musiqa, psixologiyaga doir tabiiy-ilmiy bilimlarini bayon qiladi.

Ibn Sino “Donishnoma” asarida fizika fanidagi “reallik”, “uzluklilik va uzluksizlik”, “kuch”, “harakat”, “bo’shliq” (vakuum), “yorug’lik” hodisalariga doir masalalarni yoritishga harakat qildi. Yorug’lik hodisasini tushuntirishda yorug’lik tarqatish tezligi haqidagi fundamental g’oyani ilgari surdi. Bu asarida fazoning xususiyatlari ham tushuntirib berilgan. Uning fikricha, “Fazo jismning harakat o’rni bo’lib, u bir necha xususiyatlarga ega. Birinchidan, har qanday jism bir joydan ikkinchi joyga qo’zg’aladi va ularning birida u sukunat holatida bo’ladi. Ikkinchidan, ikkita jism bir vaqtda bir joyda bo’lmaydi. Uchinchidan, fazo o’lchovga ega: past va baland. To’rtinchidan, jism haqida fikr yuritilganda, albatta uning o’rni (fazoviy joyi) bor ekanligini unutmaslik kerak”.

Ibn Sino fazo haqidagi masalani hal qilishda elektr hodisasi va u bilan bog’liq bo’lgan boshqa hodisalarni birga olib o’rgandi. Ibn Sino elektr hodisasini ilmiy asosda to’la tushuntira olmagan bo’lsa-da, u bu masalani kun tartibiga qo’ya oldi. Bu sohada o’zining fikrlarini dadil bayon qildi. Ibn Sinoning fizikaga doir hayratga soladigan farazlaridan biri fizik reallik haqidagi masala edi. Uning fikricha, fizik reallik maydon (muhit) va jism holatida, zarra yoki jism harakati esa, uzlukli va uzluksiz, bo’shliq (vakuum) holatida ham mavjud bo’lishi mumkin. Uning fizik reallikka doir fikrlari hozirgi zamon kvant nazariyasidagi fizik reallik muammolariga yaqin keladi. U uzluklilik va uzluksizlik masalasini tabiatning uzlukli va uzluksizligi haqidagi masalasi orqali tushuntirishga uringan.

Bo’shliq masalasini hal qilishda, umuman tabiatda bo’sh fazo bo’lishi mumkin emasligini, ya`ni materiya fazoda hamma yo’nalishda mavjudligi, fizik jismlar, jumladan, bo’shliq ham materiyaning ko’rinishi ekanligi, ular faqat fazo va vaqtda harakatda ekanligi masalasi bilan bog’lab tushuntirdi.

Ibn Sino fikricha: “Bo’shliqning o’zi yo’q, chunki harakatsiz tinch turgan narsaning o’zi yo’q. Agar bo’shliq bo’lsa, uning hajmi, substantsiyasi bo’lishi kerak. Demak, har qanday hajmning bo’lishi uchun substantsiya bo’lishi kerak. Hajm bo’lganligi uchun substantsiya emas, balki substantsiya bo’lganligi uchun hajm bo’lishi kerak. Demak, bo’shliq (vakuum) ham jism. Lekin jismda jism bo’lmaydi”. Ibn Sino bo’shliqni jismning maydon ko’rinishi ekanligi haqidagi g’oyani ilgari surdi.

Ibn Sinoning fizik hodisalarni ilmiy asosda tushuntirishga doir fikrlarini uning Beruniy bilan olib borgan bahslarida ham kuzatish mumkin. Ularning bahslarida jismlar harakati, ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlikdan kengayishi, yerning tortishish kuchi, elektr hodisasi, vakuum, tiniq jism, linzalarning xususiyatlari, harakat va boshqa fizik hodisalar haqida ilmiy munozaralar olib boriladi.

Bu ilmiy munozaralarda Yunon va Sharq olimlarining fizika masalasiga doir qarashlari tanqid qilinadi, yangi fikr va mulohazalar ilgari suriladi.

Ibn Sino “Tabiat durdonasi” asarida suvning hajm kengayishining o’ziga xos xususiyatini ancha to’g’ri va to’liq izohlab bergan. Ibn Sinoning fizik hodisalar haqidagi ilmiy farazlari tetik va dadil bo’lgan, lekin davr taqozosi, fan va texnikaning rivojlanmaganligi sababli bu masalalar nazariy va amaliy jihatdan yechimga ega bo’lmagan.

Ibn Sino tabiat hodisalarini o’rganishda, uni ilmiy izohlashda o’z zamonasiga nisbatan ilgarilab ketgan olimdir.

O’rta Osiyo mutafakkirlarining tabiat fanlari sohasidagi boy ilmiy merosi mustaqillik tufayli atroflicha chuqur o’rganilmoqda. Xalqimizning buyuk ma`naviy, ma`rifiy merosi ming yillar mobaynida qudratli manbaa bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

Prezidentimiz I. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida: “O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an`analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi”,1 deb ko’rsatdi.

Bizning avlodlarimiz, olim-u fuzalolarimiz dunyoviy fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, ularning ilmiy merosini o’rganishning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ularning fan sohasidagi yutuqlari va jasoratlari yoshlarimizning axloqiy tarbiyasida ibrat manbai bo’lmog’i zarur. Chunki bizning allomalarimiz “Siyosiy aql va idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar bo’lgan”.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma`naviy, ma`rifiy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qolganligining sababi shundaki, ma`naviy qadriyatlarni tiklash milliy o’zlikni anglash, xalqning ma`naviy sarchashmalarini, uning ildizlarini chuqur o’rganish tabiiy jarayon bo’lishi kerak, deb hisoblanishidir.

O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida davlatimiz va jamiyatimizning ravnaqi yo’lida barkamollik jamiyatning har bir a`zosi uchun muhim, zarur bo’lgan ma`naviy boyligimiz deyiladi. Shuning uchun ham erkin, ijodiy fikrlaydigan ma`naviy va ma`rifiy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz oldida turgan eng muhim, dolzarb vazifalardan biridir.

O’zbekiston bugungi salohiyati, iqtisodiy holati, xalqimizning aql-zakovati va idorasi bu mas`uliyatli, sharafli ishni bajarishda, el-yurtimizning ozod, farovon, baxtli kelajagini yaratuvchi yosh avlodni tarbiyalashdek vazifani bajarishda zamin va imkoniyatlarimiz beqiyosdir. Mana shunday imkoniyatlardan biri ota-bobolarimizdan qolgan boy, tengi yo’q ma`naviy-ma`rifiy merosdir. Ularning asarlarida ilm-ma`rifat, ta`lim-tarbiya, axloq haqida g’oyat ibratli ilm-nazariy fikrlar bayon etiladi. Ajdodlarimizning ta`lim-tarbiyaga, ilm-fanga oid g’oyalarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan boyitib, yosh avlodning tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirishda, bunyodkorlik faoliyatini oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida manbaa bo’la oladi.

Ko’xna tarix qa`ridan bizning davrimizgacha yetib kelgan boy merosimizda donishmandlarimizning insonni aql-idrokli, bilimli, axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan yetuklik, barkamollikka chorlovchi g’oyalarini ko’ramiz. Ular qoldirgan boy o’g’itlardan, ilm-fandan bahramand bo’lish kishilarni, ayniqsa, farzandlarimizni har jihatdan kamolot sari boshlaydi.

Hozirgi adolatli huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat qurayotgan davrda har bir O’zbekiston fuqarosi oldida turgan vazifa Prezidentimiz ko’rsatib borgan yo’l-yo’riqlar, nazariy, amaliy va falsafiy qonun-qoidalarni mukammal o’rganib, o’zlashtirib, qalbdan chuqur his etib, ularni hayotga uddaburonlik bilan tadbiq etish, ularga asoslanib, bunyodkorlik ishlarini dadillik bilan olib borishdir.

Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi tufayli xalqimiz oldida qator muhim vazifalar vujudga keldiki, ularni aniq ilmiy asoslangan javoblarini hato qilmasdan to’g’ri hal etish davr talabidir.

Jamiyatni yangilash, iqtisodiyotni isloh qilish, bozor munosabatlariga o’tish – hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan o’tkazuvchi imtixondir. “Bunda – deydi Prezidentimiz, - ma`naviy bo’shliqqa yoki ko’ngliga kelgan ishlarni qilaverishga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli biz ma`naviy-ruhiy tiklanishga va poklanish muammolariga alohida ahamiyat berayapmiz”1.

Jamiyat taraqqiyoti insonning madaniy-ma`naviy, ma`rifiy saviyasi, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g’oyaviy yetukligi bilan uzviy bog’langan.

Inson dunyoning oliy mavjudoti, duru-gavhari bo’lib, olam undan qudratli, uning oldiga tushadigan, undan ham oliyroq salohiyat yo’q. Insonning buyukligi va bebaholigi uning aql idrokka va tafakkurga ega bo’lganligidir.

Buyuk mutafakkirlarimiz ta`kidlaganidek, insonda bebaho marvarid aql-zakovatning mavjudligi, tabiat va jamiyatning sir-asrorlarini bilish qobilyatining jamul-jamligidir.

Jamiyat taraqqiyoti, milliy istiqbolining, kuch-qudratining asosiy omillaridan biri ma`naviyatdir. Yetuk ma`naviyat yuksak insoniy fazilat bo’lib, u jamiyatda mavjud bo’lgan ko’p qirrali munosabatlar, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy imkoniyat va shart-sharoitlar asosida shakllanadi.

Ma`naviyati yetuk barkamol insonlargina kelajakni oldindan ko’rishga, qiyinchiliklarni yengishga, og’ir sharoitda ham yuksak maqsad va vazifalarni oldiga qo’yib, ularga iymon-e`tiqod bilan intilishga qodir bo’ladi.

Odamlarning ayniqsa, yoshlarning madaniy-ma`naviy, ma`rifiy saviyasi mabodo past bo’lsa, uning salbiy ta`siri iqtisodiyotda ham, kishilarning o’zaro munosabatlari, odob-axloqlarida, turmush tarzlarida, yurish-turishlarida ham seziladi. Imon-e`tiqodi sust bo’lgan odamlarda mehr-oqibat, haqiqiy insoniy munosabatlar yo’qoladi. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarimizni ma`naviy, ma`rifatli inson qilib tarbiyalashga katta e`tibor berish nihoyatda muhimdir. Jamiyatga yangicha fikrlay olishga qodir yoshlar kerak. Bu yoshlarda ishlash, bilim olish istagi bo’lgan, irodasi mustahkam, qobiliyatli va kelajak uchun kurashishga tayyor turgan insoniy fazilatlarini shakllantirish birinchi darajali vazifa bo’lib qolmoqda. Istiqlolimiz tayanchi bo’lgan yosh avlod farzandlarimizning bilimi qancha ortsa, ilmiy, nazariy, ma`naviy saviyasi yuksala borsa, ijtimoiy-siyosiy va mehnat faolligi kuchaysa, davlatimiz, jamiyatimiz shuncha tez rivojlanadi va mustahkam bo’ladi. Yoshlar davlat, jamiyat, ota-onalari oldidagi mas`uliyatini anglab yetsalar, o’z kuchlari va imkoniyatlarini ishga sola bilsalar o’zlarining mo’jizakor kuchga ega ekanliklarini amalda isbotlagan bo’ladilar.

Tarixiy rivojlanishning hozirgi tub burilish bosqichi, respublikamiz siyosiy tizimini mustahkamlash va yanada takomillashtirish vazifasini hal qilish jarayoni yoshlarimizni barkamol inson bo’lib kamol topishi, jamiyatimizning munosib kishilari bo’lib yetishlari uchun ta`lim-tarbiya jarayonini kuchaytirishimizni talab qiladi.

Demak, xulosa qilib shuni aytish zarur deb topdik: birinchidan, istiqlol tayanchi bo’lgan yoshlarimizni yengil, ma`nan, ruhan, axloqan kamol topgan; ikkinchidan, o’zligini anglab yetgan, milliy tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an`analari, qadriyatlarini yuksak darajada e`zozlaydigan; uchinchidan, bilimi va dunyoqarashi rivojlangan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan, vatanni mehr bilan sevadigan, u bilan faxrlanadigan, yuksak ma`naviyat va madaniyat sohibi bo’lgan inson sifatida kamol topishida biz olimu o’qituvchilar o’z hissamizni qo’shmog’imiz kerak.

Milliy tiklanish davrida xalqimizning zukko farzandlari zimmasiga katta mas`uliyat yuklatiladi. Ayni chog’da yoshlarimiz o’z yurti, madaniyati, tili, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki u o’z nasl-nasabini, tarixini bilishga qiziqadi. Bizning mamlakatimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Diniy va dunyoviy ilm asoslari mana shu zaminda yaratilgan. Bu qadimiy tabarruk tuproqdan buyuk allomalar yetishib chiqqan.

Davrimizning dolzarb muammolaridan biri farzandlarimizni erkin va demokratik O’zbekistonga munosib kishilar qilib tarbiyalashda eskicha aqidalardan holi bo’lgan yangicha tafakkuri asosida, ajdodlarimiz to’plagan hayotiy tajriba, axloqiy, ilmiy qarashlar asosida fikrlovchi inson sifatida tarbiyalashdir.

Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodning ma`naviyatini, yuksak darajadagi ongini, dunyoqarashini o’zgalarga ibrat bo’ladigan xulq-atvorini shakllantirishda uning noyob milliy qadriyatlari hisoblanmish halollik, poklik, iymon-e`tiqod, rahm-shafqat, muruvvat, diyonat, insof, or-nomus singari fazilatlarni tarbiyalash talab qilinadi. Demak, kelajagimiz poydevori bo’lgan yosh avlodda ana shunday insoniy fazilatlarini shakllantirishda ta`lim-tarbiyaning sifatini yanada oshirish talab qilinadi.

Ma’naviyat bo’lmasa, mustaqillikni mustahkamlab bo’lmaydi. Chunki u ijtimoiy taraqqiyotning poydevoridir. “Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - O’zbekistonda davlat va jamiyatning muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o’z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg’usi bilan birgalikda yetilgan”1.

Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko’zlab yashagan va ma`rifatli bo’lishga intilgan. “Faqatgina chinakam ma`rifatli odam, - deydi. I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida, - inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon ham jamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashish mumkin”. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta`sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o’zgartirishdir. Shubhasiz jamiyatni yangilash, taraqqiy ettirish jarayonida hal qiluvchi, ta`bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga ega bo’lgan asos xalqning xaqiqiy tarixi va uning o’ziga xosligidir. Insoniyat o’z-o’zini anglab yetishda o’zining milliy merosini, qadriyatlarini, ularning ahamiyatini bilib olmog’i zarurdir. O’zbek xalqi boy ma`naviy madaniyatga, o’zining noyob tarixiy o’tmishiga, bebaho tabiiy – ilmiy, milliy qadriytlarga ega.

Madaniy, tarixiy, milliy va hududiy an’analarda maktabning tarbiyaviy tavsifini , uning ichki tuzilishini, moddiy olam bilan o’zaro munosabatini belgilaydi. Bu an’analar xalq pedagogikasiga asoslangan bo’lib xalqning ajralmas mulkiga aylanadi. O’zbek xalq pedagogikasiga ko’ra, bola ilk yoshdanoq ota-onalariga va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalanadi, ularga kamtarlik, olijanoblik, g’amxo’rlik, mehnatsevarlik, sermuruvvatlilik kabi sifatlar singdirib boriladi. Shuningdek, qonunning 3-moddasida O’zbekistonning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilab berilar ekan, ta’limda umuminsoniy va milliy – madaniy qadriyatlarning ustuvorligiga katta e’tibor berilgan haqiqatdan xalq pedagogikasi asrlar osha yoshlarni komil inson sifatida tarbiyalashda muhim vosita bo’lishi bilan birga, oila va oilaviy munosabatlar, oilada bola tarbiyasi, umuman insoning jamiyatdagi o’rni, mehnatsevarlik va insonparvarlik kabi sifatlarni tarbiyalash yo’li bilan hayotni; turmushni farovon qilishdan iborat; namuna sifatida ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.

O’zbek xalq pedagogikasi qadim zamonlardan beri xalqimizning qudratli tarbiya vositasi, mehnatkash xalq ommasining ta’lim–tarbiya haqidagi tushuncha va qarashlari aks ettirilgan hamda xalqimizning o’zaro uzoq tarixiy davrlar davomida to’plangan va amalda masalalarni o’z ichiga olgan qadriyatlardandir. O’zbek xalq og’zaki ijodidan o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavq-shavqi estetik didi, ijodiy salohiyati, muhabbat va nafrati, orzu va intilishlari aks ettiriladi. Shuning uchun ham o’zbek xalq og’zaki ijodiyotidan ajdotlarimiz yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda mohirona foydalanib kelishgan. Darhaqiqat, o’zbek xalq pedagogikasi manbaalariga yahlit holda qaror toptirar ekanmiz unda butun bir xalqning tarixiy taqdiri, mustaqillik uchun kurash, Vatan tuprog’ini ko’z qorachig’idek asrash g’oyalari, bu yo’lda mardlik ko’rsatganlarning qahramonliklari kuylangan. Xalqimizning voqelikka nisbatan estetik munosabati ifodalangan. Uning namunalari xalq ijodkorlari tomonidan nihoyatda sayqallangan, yuksak san’at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Ularda xalqimizning nozik tuyg’ulari, go’zallikni his qilish, badiiy so’zning qadr-qimmati, ona tilining beqiyos boyliklari ochib beriladi. Ayni vaqtda ularda xalq pedagogikasiga oid fikrlari ham mavjuddir. Ayniqsa, farzand tarbiyasiga bag’ishlangan qarashlar diqqatga sazovor.

Xalq folklorida ta’lim-tarbiyaga oid ilg’or pedagogik fikrlar ilgari surildi. Har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qisimlari, ya’ni aqliy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga xos bo’lgan va tarbiya ishida qo’llash mumkin bo’lgan pedagogik ma’lumotlar o’zbek folklorining barcha janrlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, xalq og’zaki ijodining boshqa namunalaridagi singari, xalq maqollari va ertaklarida halollik, to’g’rilik, yaxshilik, botirlik, sahiylik, go’zallik, kamtarlik kabi ahloqiy sifatlar yuksak baholanadi. Ayni vaqtda tekinho’rlik, egrilik, yomonlik, qo’rqoqlik, bahillik, yolg’onchilik, manmanlik singari salbiy sifatlar qoralandi. Xalq pedagogikasida oilada bolaga singdirilishi lozim bo’lgan mehnat tarbiyasiga, uni kasb-hunar egasi bo’lib yetishishga jiddiy ahamiyat beriladi. Ayniqsa o’zbek oilalarida qadimdan meros sifatida foydalanib kelinayotgan o’git-nasixat qilish usuli bolalarda ajoyib insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda avvalo kishilarning inson tomonidan qadrlanishi, insonlik burchini anglash, halol va rostgo’y bo’lish, yaxshilik haqida teran fikr yuritish kabilarga keng ahamiyat beriladi. Usullar bilan birga xilma-xil tarbiya vosiyalari ham foydalanilgani ko’rsatiladi. Xalq pedagogikasi materiallarida uchraydigan ahloqiy tarbiya vositalari ichida:

  1. bolalar o’yinlari;

  2. choyho’rlik - choyhona gurunglari;

  3. bolalar gapi - gap-gashtak;

  4. bolalarni kattalar bilan birgalikda;

a) to’y marosimlari-beshik to’yi, sunnat to’yi, nikoh to’yi, hovli to’yi;

b) sayillar- dala sayli, gul sayli, qovun sayli;

v) yig’in tomosha –tug’ilgan kunni nishonlash, yigit bazmi, qiz bazmi, kelin salom, yuz ochish, uloq, poyga, kurash, turli usuldagi yarashuvlar (musoboqalar);

g) safarga chiqish kabilar xaqida bolalarga ma’lumot berish va ana shunday vositalar asosida ma’naviy ahloqiy tarbiyalash katta ahamiyatga ega.

Bundan tashqari tarbiya jarayonida o’zbek xalq ijodining namunalaridan (Bahrom va Sherzod, Ozodachehra, Quyosh yerning pahlavoni, Rustam, Baliqchi bola, Yoriltosh, Oltin bola, Ayoz, Sirli gilamcha, Oqila qiz, Musofirbek, Aqilli bola, Shum bola, Hasis boy va uning o’g’illari, Boyning o’g’li kabi ertaklar, Erali va Sherali, Orzigul, Yodgor, Murodhon, Gulshanbog’, Balogardon, Avazning arazi, Gulihiromon kabi dostonlar) ta’lim jarayonida, oilada muntazam foydalanib borish maqsadga muvofiq. Bu ham bizning milliy-ma’naviy merosimiz zarchashmasidir. Birgina an’ana pedagogikada bola tarbiyasidagi ko’nikmalar va qobiliyatlarni bir avloddan ikkinchi bir avlodga o’tishini ifodalydi.

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy barkamol qilib shakllantirish maqsadida keyingi payitlarda qator tadbiriy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, Pespublika “Mahalla” jamg’armasi hamkorligida tayorlangan mustaqil O’zbekistonning yosh avlodini tarbiyalashda “Mahalla, maktab va oila konsepsiyasi” katta e’tiborga molikdir. Unda shunday deyiladi: “Respublika umumta’lim maktablari, turar joy mahallalarda bolalarni tarbiyalashda ota-bobolarimiz uslubini qo’llash milliy va ma’naviy merosimizga, o’zbek xalq pedagogikasiga asoslanishi lozim. Ta’lim – tarbiya sohasida eng muhimi – umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlar ustuvorligidir. Bu yosh avlodga boy tarixiy, milliy madaniy meros, minglab yillar davomida shakllangan xalq pedagogikasi an’analari asosida ta’lim-tarbiya berish demakdir.

Shuning uchun, hozirgi davr xalq ta’limini yanada chuqur isloh qilishni talab etadi. Bunda, eng avvalo, maktab ostonasiga qadam qo’yayotgan har bir bolaning tayyorgarlik holatini ta’minlash lozim. Chunki, bugungi kunda Respublikamizda bolalarning atiga 31 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanmoqdalar. Qolganlarining maktabga tayyorgarlik holati maktab zimmasiga tushadi. Shu sabab bugungi kun muammolaridan biri bo’lgan farzandlarni maktabga tayyorlash, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kelajakda barkamol insonlar bo’lib o’sishini ta’minlashda maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.















1.3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning samarali omillari.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali ularda faollikni oshirish o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish uslubiyatini ishlab chiqish shu jarayonning samaradorligini ta`minlovchi omillarni aniqlab olishni taqozo etadi.

O’quvchi muhitda faoliyat jarayonida o’zligini anglashni shakllantirish uchun ma`naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit, faoliyat bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ma`naviy harakat omiliga ham bog’liq.

Boshlang’ich sinf o’quvchisining xulq namunasi, ma`naviy harakati, nutqiy aloqalari samarasi o’qituvchi va o’quvchining o’z faoliyatlariga munosabatlari bilan belgilanadi. O’zbek xalqining intellektual merosni tarixiy taraqqiyot bosqichlari asosida o’rganish, tarbiyaviy mohiyatidan ta`sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tarilishini ta`minlash, insoniyat tarixida shaxs va jamiyat ma`naviy madaniyatini tarbiyalashda tutgan o’rniga haqqoniy baho berish ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o’qituvchi-o’quvchi) ijodkorlikni talab etadi.

Ijodkor o’qituvchi ashyoviy va ma`naviy-ilmiy merosni, qadriyatlarning boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy madaniyatini shakllantirishdagi imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy ilmiy merosini shakllantirishning muvaffaqiyati o’qituvchi va o’quvchi ijodkorligi omiliga ham bog’liq. Bu omilni harakatlantiruvchi shartlar mavjud bo’lib, ular o’qituvchining umumpedagogik va maxsus ixtisoslik bo’yicha chuqur bilimi; kasb mahorati; o’quvchilar bilan do’stona muloqot madaniyati; ma`naviy madaniyat darajasi; ta`lim-tarbiyaning samarali shakl va usullarini tanlay bilishi; natijani oldindan aniq tasavvur etish va pedagogik faoliyatni shunga asoslanib yo’llay olishi; qiziqish doirasining kengligi; oilaviy muhiti; maktab jamoasi ichidagi mavqei; ma`naviy qadriyatlarni o’rganishga, o’z ustida ishlashga intilish darajasi va boshqalardan iboratdir. O’qituvchi ijodkorligi omiliga e`tibor natijasida o’quvchi ajdodlar tarixi, adabiyoti, san`ati, an`analari va urf-odatlari haqida chuqur va puxta asosli bilim oladi; ma`naviy qadriyatlarning mohiyati va mazmunini tahlil etish, qiyosiy o’rganish, xulosa chiqarish, umrboqiyligini ta`minlashda faol nuqtai nazarda bo’lishga o’rganadi; ajdodlar madaniy merosi asosida mantiqiy fikr doirasi kengayadi, ta`lim-tarbiyaga yaxlit munosabat paydo bo’ladi; savodxonlik darajasi o’sadi; ma`naviy qadriyatlarni maktabda, oilada, bo’sh vaqtda chuqur o’rganishga ehtiyoj asosida faollik, ijodkorlik; tashabbuskorlik namoyon bo’la boradi; turli ijodiy ishlarga (insho, referat; annotatsiya, tezis yozish, musobaqalar, mushohadalar, oila an`anasi shajarasini tuzish; o’zbek xalqi an`analarini, urf-odatlari, rasm-rusumlari; adabiy-badiiy; ilmiy qadriyatlari asosida jadvallar tuzish va h.k.) qiziqishi ortadi. Bu xususiyatlarning shakllanishi o’quvchi ijodkorligi omiliga ham bog’liq bo’lib, u qator sifat belgilari: milliy ma`naviy merosni o’rganishga qiziqish, ehtiyoj va talabning kuchliligi; fan asoslarini egallashga ijobiy munosabati; ma`naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi, o’z-o’ziga talabchanligi; atrof-muhitga ongli va faol munosabati; ijtimoiy va shaxsiy faolligi; nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasi; tashabbuskorligi va ijodkorligi bilan xarakterlanadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish va shu asosida ularda faollikni oshirish maqsadida yaratiladigan ta`lim va tarbiya qator omillarga e`tibor berishni talab etadi. Ularni quyidagicha guruhlantirish mumkin:

  • ta`lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliy xarakteri;

  • ijtimoiy omillar, ta`lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, gumanitarlashtirish, mustaqillik, erkinlik, oshkoralik va tenglik;

  • hududiy omillar: o’quvchi yashayotgan o’lka milly madaniy merosini mazmuni qamrovi, boyligi, tarixiy o’rni va ahamiyati;

  • maktab va sinfning moddiy-texnik bazasi, maktab kutubxona fondi, muzey va ma`naviy qadriyatlarni o’rganish markazlari, to’garak faoliyatining mazmunan rang-barangligi.

Mazkur omillarning pedagogik ahamiyati, uning o’ziga xos xususiyatlari va holatlari hisobga olingan taqdirda ilmiy meros tizimini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ajdodlarimizning milliy-ma’naviy merosi tizimini o’rganishda har bir mashg’ulot, tarbiyaviy tadbir o’quvchilar ongida ma`naviy madaniyatning yagona ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishi, shaxsiy hayotda, jamiyatda o’z o’rnini topishga erishishi; milliy ma`naviy madaniyat tizimi tarbiyaviy mohiyatini anglab yetish malakalarini shakllantirishi; o’z ma`naviy faoliyatining natijalarini oldindan ko’ra bilishga o’rgatishi; tabiat va jamiyat, inson va u yashaydigan muhit haqida ilmiy bilim bilan qurollanishi kerak. Milliy-ma’naviy merosni shakllantirish maqsad va vazifalarini ijobiy hal etishda mashg’ulotlarning xarakteriga mos ma`naviy muhit yaratish uchun barcha omillarga tayanish talab etiladi. Chunki, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi faoliyat jarayoni shu faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning ma`naviy talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit yaratilishini taqozo etadi.

Bunday ma`naviy muhit uchun o’qituvchi bilim saviyasining o’quvchilar talabiga mosligi; o’qituvchi uslubiyatidagi rang-baranglik; o’qituvchi va o’quvchi, maktab pedagogik jamoasi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatlarning sofligi; sinf jamoasini o’quv qo’llanmalari, o’quv vositalari bilan ta`minlash darajasi; maktabning moddiy va ma`naviy bazasi (kutubxona fondi, o’quv zallarining mavjudligi, ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari bilan ta`minlanishi va h.k.); o’quvchi oilasining ma`naviy muhiti (oila a`zolarining o’zaro munosabatlari, bo’sh vaqtni tashkil etishga e`tibor va h.k.) kabilar muhim rol’ o’ynaydi.

O’quvchi ma`naviy muhitning faoliyat jarayonida xulq namunasi orqali o’z ma`naviy qiyofasini namoyon eta boradi. Bu o’rinda subyektning shaxsiy va ijtimoiy harakati nutqiy aloqalar, pedagogik muloqot zamirida shakllanib, takomillashadi.

Pedagogik muloqotda o’qituvchi shaxsining sifatlari va uning xatti-harakatlari o’quvchining ideali sifatida namoyon bo’ladi. O’quvchining o’qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari uning xatti-harakati, pedagogik mahorati, ma`naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni tashkil etish ham ijobiy natija bermaydi. O’qituvchi subyekti bilan o’quvchi obyekti o’rtasidagi qattiq intizom ham pedagogik jarayonga salbiy ta`sir etadi va obyektning ichki hissiyoti hamda shaxsiy sifatlariga bevosita salbiy ta`sir ko’rsatadi.

Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarida ajdodlarimiz milliy-ma’naviy merosining tarkib topish belgilari: ma`naviy ehtiyoj, talab, qiziqish, o’z-o’zini anglashi, ma`naviy muhit va faoliyat jarayonida turli omillar: o’quvchi shaxsining xulq namunasi, xatti-harakati, o’zaro nutqiy aloqasi, o’qituvchi va o’quvchi ijodkorligi kabi omillar ta`sirida shakllanib boradi. Bunga dars va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida e`tibor berish talab etiladi.

Umumiy ta`lim maktabi boshlang’ich sinflarida milliy-ma’naviy meroslar mohiyatini o’rganish, pedagogik imkoniyatlaridan keng foydalanish asosan dars jarayonini tashkil etish va uning asosiy tarkibiy qismlariga qo’yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog’liq.

O’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi sifatida o’rganishning samarali jihatlari qator pedagogik imkoniyatlarga tayangan holda yaratiladi. Bu o’rinda boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan fanlarning umumiy xarakteri (odobnoma, o’qish, tevarak atrof bilan tanishtirish, tabiat hamda konstituttsiya kabi mashg’ulot); dars jarayonida o’rganiladigan mavzuning intellektual merosni o’rganishdagi imkoniyatlari; o’quvchining ma`naviy talabi, qiziqishi va ma`naviy madaniyat darajasi; boshlang’ich sinf o’quvchi intellektual ehtiyoji va o’qituvchi saviyasi; ta`lim mazmunida darsning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchilik xususiyatlariga yaxlit jarayon sifatida munosabat; dars shakllari, usul va vositalarning o’quvchi ilmiy dunyoqarashini tarbiyalash samaradorligini ta`minlashga xizmat qila olish darajasi; umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligi asosida o’quvchilarda milliy ma`naviy madaniyatni shakllantirish; o’quvchilarning yosh va ruhiy xususiyatlarini hisobga olish; turmush tarzi (oila muhiti, saviyasi, hududiy yashash joyi va h. k.); ta`lim-tarbiya mazmunining o’zaro davr talabiga moslik darajasi (dastur, darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ma`rifiy manbaalar) hisobga olinadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosini o’rgatishga yo’naltirilgan darsning maqbul andozasi, faoliyatni tashkil etish negizi hisoblangan uchlik asosida yaratiladi.

O’qituvchi va o’quvchi ma`naviy faoliyati (ma`naviy muhit, ya`ni dars jarayonida) uchun asosiy yo’llanma, reja, dastur, darslik, o’quv qo’llanmalarining (ta`lim mazmuni) mazmuni intellektual meroslar asosida boyitilishi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ilmiy-madaniy merosni o’rgatishda tayanch nuqta vazifasini bajaradi.

Ta`lim-tarbiya mazmunining ta`sirchanligi uning mohiyatini ochib berishga qaratilgan intellektual merosni tanlashda amal qiladigan tamoyillarga rioya etishni talab etadi. Biz aynan 3-4 sinflar uchun o’qish va odobnoma dasturiga material tanlashda quyidagi tamoyillarga asoslandik:

  • dastur mavzularining mohiyatini yoritishga xizmat qilgan materiallarning ilmiyligi, ixchamligi, qiziqarliligi, asosliligi, qo’llashga mosligi, ketma-ketligi, tarixiyligi;

  • o’quvchilarning ma`naviy ehtiyoji, talabi, qiziqishlarini qondira olishi;

  • o’quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligi;

  • ilmiy va milliy xarakterni ifodalashi;

  • o’quvchi faoliyati qamrovi;

  • o’quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o’sishi, tarbiyasiga ta`siri;

  • o’quvchini ruhiy va jismoniy zo’riqtirmaslik.

Eng muhim mezon ta`lim mazmuni o’zining g’oyaviy yuksakligi va o’quvchilarda intellektual merosning yuksalishiga xizmat qilish darajasi bilan izohlanadi.

Ushbu tamoyillar darslik va uslubiy qo’llanmalar, ajododlarimiz milliy-ma’naviy merosi hamda ularning tarbiyaviy ahamiyatini o’quvchi ongiga yetkaza oladigan ma`rifiy manbaalarni tanlashda ham amal qiladi. Bu o’z navbatida boshlang’ich sinf o’quvilarini faolligini oshirishda dasturilamaldir.

Aynan shu tamoyillarga tayangan holda o’qish darslarining mazmuniga mos ajdodlarimiz milliy-ma’naviy merosi tanlanadi. Dars jarayonini tashkil etishning ikkinchi tomoni o’qituvchi madaniyati va intellektual salohiyati bilan bog’liq bo’lib, u dasturda va darslikda berilgan ilmiy bilim tizimini nafaqat o’quvchiga yetkazish bilan chegaralanadi, balki u shu bilimlar tizimiga bo’lgan o’zining ishonchli dalillarini ham hayotiy tajriba asosida bayon etadi. Bu yerda ta`lim va tarbiyaning birligini ta`minlovchi, ma`naviy ishonchni shakllantirish sharti bilim va munosabat qonuniyati namoyon bo’ladi. Ushbu qonuniyat asosida o’quvchida intellektual merosni o’rganishda o’qituvchi dars jarayonida qator muhim vazifalarni, bajaradi: intellektual o’zbek xalqininhg milliy-ma’naviy merosi haqidagi ma`lumotlarni aniq, ishonarli tarzda o’quvchi ongiga yetkazish, o’z tajribasi asosida o’quvchining shaxsiy tasavvuri, fikri, munosabati orqali milliy-ma’naviy merosga nisbatan g’urur, e`tiqodni shakllantirishga ta`sir etish; o’quv materialini idrok etishni samarali tashkil qilish orqali o’quvchilarda voqea va hodisalarga yangicha munosabatni tarbiyalash zamirida ijodiy fikrlashni, ajdodlarimiz milliy-ma’naviy merosiga nisbatan mehr-muhabbatni o’stirish; dars jarayonida samimiy, sog’lom ma`naviy muhit yaratish; “o’qituvchi – o’quvchi”, “o’quvchi – o’quvchi”, “o’quvchi – ma`naviy manbaa” “o’quvchi – milliy-ma’naviy meros” o’rtasidagi o’zaro ijodiy, faol muloqotni vujudga keltirish. Ushbu tizim orqali darslarni tashkil qilish bilan bir qatorda darsdan tashqari tadbirlarda ham ushbu strategiyani saqlab qolish o’quvchilar faolligining asosi bo’lib xizmat qiladi.

O’qish darslari jarayonida ta`lim mazmuni va o’qituvchi faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqa o’quvchi shaxsisiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun odobnoma va o’qish mashg’ulotlari o’tish jarayonida milliy ma`naviy merosning mohiyatini o’rganishda o’quvchining bilim saviyasi, qiziqish doirasi, intellektual merosni bilish darajasi, faolligi, atrof-muhitga, milliy-ma’naviy meros manbaalariga munosabati muhim ahamiyat kasb etadi.

Tavsiya etilayotgan o’qish darsi andozasi mohiyati o’quvchida quyidagi asosiy masalalarni bilishga yo’naltiriladi:

  • milliy-ma’naviy merosning taraqqiyot bosqichlari, ularning asosiy belgilarining ko’rinishlarini;

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi qirralari, manbaalarining o’zaro ta`sirini va aks ta`sirini;

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi rivojlanishi jihatidan zarur bo’lgan iymon, e`tiqod, insonparvarlik, yaxshilik, mehnatsevarlik va boshqa ma`naviy-ruhiy qadriyatlarni;

  • insonni ilmiy jihatdan tubanlashtiruvchi (yovuzlik, jaholat, zo’rlik, yolg’onchilik, qabihlik va b.q.) sifatlarni.

Bu o’rinda boshlang’ich sinf o’quvchisi o’z xalqi madaniyati, qadriyatlari, tarixi, dini, o’tmish avlod-ajdodlari yaratib qoldirgan moddiy-ma`naviy boyliklarni o’rganish asosida umuminsoniy, jahon ma`naviyati olamiga yo’l ochish mumkin degan aqidaga asoslanish zarur.

Boshlang’ich sinf o’quvchlariga milliy-ma’naviy merosni o’rgatish va ularda shu asosida faollikni oshirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi ta`lim mazmuniga asoslanib o’quvchi va o’qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish saviyasiga bog’liq. Hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas`uliyatni, faollikni va nihoyat, muloqot madaniyatiga rioya etishni talab etadi.

Ikkinchidan, har bir darsda o’qituvchi ham, o’quvchi ham maqsadni aniq ko’ra bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to’g’ri belgilab olishi lozim.

Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o’qituvchining bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi, o’quvchi shaxsida ta`limiy va tarbiyaviy tomondan o’rganiladigan milliy-ma’naviy meroslarga qiziqishini kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va ilmiy xarakterdagi milliy-ma’naviy meroslar bo’yicha o’z bilimlarini kengaytirish ishtiyoqi rivojlanadi, shu asosda faollik darajalari ham o’sib boradi.

To’rtinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o’z kasbiga, faniga munosabati, 45 minutlik dars andozasini va uning natijasini oldindan ko’ra bilishi har bir dars samaradorligini ta`minlovchi muhim belgilardan biridir.

Beshinchidan, dars jarayonida o’quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini hisobga olish, o’quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish.

Oltinchidan, o’quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona bo’lishi faoliyatini to’g’ri tashkil etilishida ta`sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Ta`lim jarayonida o’quvchilarni faollashtirishda o’zbek milliy merosidan foydalanib boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish dars bosqichlarini pedagogik talablar asosida tashkil etishga bog’liq (darsning tayyorgarlik bosqichi; ta`lim-tarbiya jarayonining amalga oshiruvchi asosiy bosqich; ta`lim-tarbiya natijasini hisobga oluvchi yakuniy bosqich).

I. Darsning tayyorgarlik bosqichida: o’rganiladigan fanning (umumiy xarakteriga ko’ra), mavzuning mohiyatiga mos ma`rifiy manbaalar tanlash; o’qituvchining ilmiy-pedagogik, uslubiy tayyorgarligi va o’quvchining darsga tayyorgarligini tashkil etish; mavzuga mos ta`lim-tarbiya shakli, usul va vositalarini tanlash; har bir dars uchun o’quv-moddiy asosni aniqlash (texnika vositalari, qo’shimcha ilmiy manbaalar, o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali vositalar va b.q.); mashg’ulot uchun sog’lom ruhiy muhit yaratiladi.

Ushbu pedagogik talablar asosida darsning tayyorgarlik bosqichini tashkil etish o’quvchilarda o’zbek milliy-ma’naviy merosga bo’lgan ijobiy munosabatning qator mezonlarini tarbiyalashga olib keladi. Bu o’z navbatida o’qituvchi va ota-onalar uchun ham katta pedagogik imkoniyatdir.

Darsni tashkil etishning I bosqichiga xos sifat belgilariga munosabatning ijobiy rivojlanishi uning quyi bosqichlarining muvaffaqiyatini ta`minlaydi.

Boshlang’ich sinflarda odobnoma va o’qish darslarida ta`lim-tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi asosiy bosqichlarning muvaffaqiyati maqsad andozasini mukammal ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Dars jarayoni ikki xil maqsadni amalga oshirishga yo’naltiriladi: birinchi, u yoki bu fanning mazmuniga singdirilgan o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosning mohiyatini o’zlashtirishga qaratilgan umumiy maqsad; ikkinchi, ma`lum bir mavzuni o’rganishda shu mavzu orqali u yoki bu milliy-ma’naviy merosning mohiyatini o’quvchi ongiga singdirishga yo’naltirilgan xususiy maqsad.

Dars jarayonida amalga oshiriladigan umumiy maqsad negizida: a) o’quvchiga chuqur ilmiy bilim berish, shu bilim asosida milliy-ma’naviy meroslarning o’quvchi hayotiga ta`siri, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida ma`lumot berish; b) har bir darsda izchillik, ketma-ketlik asosida beriladigan bilimning tarbiyaviy imkoniyatlarini topish va ulardan o’quvchi ilmiy tafakkurini shakllantirishda foydalanish; v) o’quvchining o’zligini anglashga erishish maqsadida milliy va ilmiylikka ijobiy munosabatini shakllantirishga erishish yotadi.

Dars jarayonida amalga oshiriladigan xususiy maqsad o’rganiladigan mavzuning mohiyatini chuqur o’zlashtirishga yo’naltiriladi.

Dars maqsadi aniq, puxta, kelajak natijani oldindan ko’ra bilgan holda qo’yilgach, shu maqsadning samarali yechimini ta`minlovchi qator vazifalar belgilanadi va mashg’ulot jarayonida ularning amaliy yechimi ta`minlanadi.

Demak, har ikkala turdagi maqsadning yakdilligi, aniqligi, mukammalligi, o’qituvchi va o’quvchi imkoniyatlariga mosligi, dars jarayonida o’quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi tasavvurlarini shakllantirib, ularda faollikni oshirishda muhim rol o’ynaydi. Maqsad andozasini yaratishda qator pedagogik shartlarga amal qilish talab etiladi. Ya`ni,

  • o’qituvchining ilmiy-ijodiy mehnati;

  • ta`lim mazmunidan samarali foydalanish;

  • ta`lim va tarbiyaning turli, shakllari, usullari va vositalarini (ma`ruza, suhbat, hikoya, munozarali vaziyat yaratish, qiyosiy, izohli tahlil, ilmiy manbaalar ustida mustaqil ishlash, yozma ishlar tashkil etish, xalq hunarmandchiligi, me`morchilik, xalq pedagogikasi namunalari, tasviriy san`at, tarixiy obidalardan va h.k.) tanlash;

  • o’zlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalar ustidan doimiy nazorat va o’z-o’zini nazorat qilishga e`tibor;

  • o’quvchining bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish (odobnoma, o’qish darslaridan, sinfdan va maktabdan tashqari qiziqarli kecha, konferensiya, munozara, uchrashuv kabi tarbiyaviy tadbirlar uyushtirish, tarixiy obidalar, adabiyot va san`at muzeylari, ko’rgazmalari, shoir va yozuvchilar uylariga, tarixiy shaxslar nomi bilan bog’liq joylarga sayohatlar tashkil etish, milliy-ma’naviy meroslarning mohiyatini yoritishga bag’ishlangan yozma ijodiy ishlar ko’rik-musobaqalari, alloma adiblarimiz yaratgan tarixiy, badiiy asarlar asosida sahnalashtirilgan kino va spektakllar tomosha qilish va muhokama etish, davra suhbatlari o’tkazish kabi muhim vazifalarga alohida e`tibor beriladi).

Har bir darsning asosiy maqsadi o’quvchini faqat ilmiy bilim bilan qurollantirishdan iborat bo’lmasligi kerak, chunki bilim o’quvchi tomonidan yakka tartibda mustaqil ravishda egallanishi ham mumkin, bu o’rinda asosiy maqsad badiiy yoki xalq san`ati, diniy, xalq pedagogikasi manbaalari asosida ma`naviy-axloqiy bilim olishni tashkil etish va uni rivojlantirishga e`tiborni qaratish lozim.

O’qituvchi tanlab olgan maqsad andozasi dars shakllarining xarakteriga mos holda yaratiladi.

Dars shakllarini tanlashda mavzuning mohiyatiga alohida e`tibor beriladi. O’qish darslari, an`anaviy dars, konferensiya, seminar tarzida uyushtirilsa, odobnoma darsi asosida o’tkaziladigan mashg’ulotlar munozara, amaliy mashg’ulot, o’yin darslari, sayohat, uchrashuv, rolli darslar tarzida tashkil etiladi.

Barcha shakldagi darslar jarayonida o’quvchilarni faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosini shakllantirishdagi og’zaki bayon qilish, savol-javob, munozarali vaziyat yaratish, mustaqil ishlash, o’yinlardan foydalanish, manbaa bilan ishlash, yozma ishlardan foydalanish, varaqa, diagramma va jadvallar tuzish kabi usullardan foydalaniladi.

Bu o’rinda barcha shakldagi darslarda ham o’rganiladigan mavzu mohiyatini ochib berish uchun asos qilib olingan milliy-ma’naviy meros uchun negiz hisoblangain asosiy g’oyani, eng muhim fikrlar silsilasini topish lozim. Shu muhim fikrlar asosida uning qimmati belgilanadi. Masalan: boshlang’ich sinf o’quvchisi Alisher Navoiy bolaligining mazmunini belgilovchi shu g’oyani anglatuvchi, uning har bir asarida olg’a surilgan milliy-ma’naviy merosni anglab yetadi. Abu Ali ibn Sino uchun hayotdagi eng muhim meros jismoniy va ruhiy sog’lomlik, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy uchun imon-e`tiqod, mehr-oqibat, muruvvat, ruh pokligi, Z.M.Bobur nazdida vatanparvarlik, Muqimiy, Furqat, Zavqiy uchun ma`rifatparvarlik, A.Avloniy, Behbudiy, Hamza, A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Cho’lponlar uchun milliy g’urur, o’zlikni anglash, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, H.Olimjon uchun hayotdan zavqlanish, Vatan ishqi bilan yashash asosiy intellektual meros sifatida namoyon bo’ladi.

Boshlang’ich sinf o’quvchisi turli usullar vositasida mavzu mohiyatida olg’a surilgan asosiy g’oya negizida qator o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi dinamikasi bilan tanishish jarayonida, ularda xalqimiz qadimdan ulug’lab kelayotgan insoniy fazilatlar shakllanib boradi. Masalan, 4-sinf o’qish darslarida berilgan ertaklar “Qanoat va ochko’zlik, insonparvarlik va saxovat” mavzusi orqali o’zbek xalqining o’ziga xos insonparvarlik, qanoatlilik va saxovatlilik qadriyatlarining mohiyatini o’quvchi ongiga singdirishda ularning mazmunini ochib beruvchi qator tushunchalarga ham to’xtaladi. O’quvchi dars jarayonida qanoat negizida – ozga ham, ko’pga ham, og’irlikka ham, xursandchilikka ham ko’nikish, sabr qilish, nafsni tiyish ekanligi; ochko’zlik – qanoatsizlik, sabrsizlik, natijasi sifatida insonparvarlik – kishilar o’rtasidagi mehr-oqibat, muruvvat, saxiy qalblilik, imon, do’stlik, birodarlik, muruvvat me`yorini belgilovchi xislat; saxovat – himmatlilik belgisi; qanoat, saxovat, insonparvarlikning ahamiyati; yoshlar o’rtasidagi sabrsizlik, ochko’zlik, razolat, jaholatning tub negizlari va ularni bartaraf etish yo’llari haqida ma`lumot oladi.

O’qituvchi ushbu intellektual meros mohiyatini ochib berishda avvalo, qanoat, insonparvarlik, saxovat tushunchalari dinamikasiga murojaat etadi. Biz bu dinamikani quyidagicha izohladik: insonparvarlik, qanoat, saxovat – ezgulikdir (ezgu fikr, ezgu amal, ezgu so’z “Avesto”); insonparvarlik, qanoat, saxovat – yovuzlik va yaxshilik o’rtasidagi kurash natijasi, yaxshilikning g’alabasidir (animizm, totemizm, magik tasavvurlar); bu tushunchalar yaxshi, tinch, farovon hayot kechirish negizi bo’lib, xalq amaliy faoliyati aynan shunga yo’naltirilgandir (xalq pedagogikasi); insonparvarlik, qanoat, saxovat, imon, e`tiqodning asosidir. Hadislarda bular – mehr-muruvvatli komil inson uchun asosiy mezon bo’lib, ularning negizida ilmlilik, adolatparvarlik, tenglik, do’stlik, birodarlik mujassamlashgan (Sharq allomalari Al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b.q.); sharq xalqlariga xos barcha yuksak fazilatlar milliy g’urur, o’zlikni namoyon etish kalitidir. (Klassik adiblar: Yusuf Xos Hojib, Sa`diy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Bobur va b.q.)

Insonparvarlik, qanoat, saxovat qadriyatlarining bu dinamik holati qadimgi yozma yodgorliklar, xalq tajribasi, xalq og’zaki ijodi manbaalari, diniy ta`limot, Sharq mutafakkirlari ma`naviy merosi; klassik adabiyot namunalariga asoslangan holda o’quvchi ongiga singdiriladi.

Tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki, insonparvarlik, qanoat, saxovat milliy-ma’naviy merosning mohiyatini ilmiy asosda o’quvchi ongiga singdirish orqali ular quyidagilarni egallab oladilar: bu fazilatlar komil insonlarga xos bo’lib, uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichiga ega ekanligi; ularning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga ta`sirini, sharq xalqlari hamma vaqt, har qanday vaziyatda ham bu fazilatlar uchun intilganligi, kurashganligi va targ’ib etganligi; milliy g’ururning asosi ekanligi; olimlar, fozillar, shoirlarning ijodidagi asosiy g’oya sifatida targ’ib qilinib kelayotgan eng muhim intellektual meros ekanligi. Eng muhimi boshlang’ich siif o’quvchilarida milliy asosga ega insonparvarlik, hurmat, muruvvat, saxovat ko’rsatishga ehtiyoj oshadi. Xalqimizning asrlar davomida yaratib qoldirgan intellektual meroslarga hurmat, mehr-oqibat hissi shakllanadi. Bu ma`naviy ehtiyojning o’sishi o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibida og’zaki suhbatlar uyushtirish, yozma so’rovlar o’tkazish, o’quvchi faoliyatini kuzatish orqali aniqlanadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi ma`naviy ehtiyoj, talab, qiziqishni qondirish asosida milliy-ma’naviy merosni o’rgatishning muhim usullaridan biri dars jarayonida ilmiy manbaalarning maxsus tahlilini uyushtirishdir.

Boshlang’ch sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy-ma’naviy merosni o’rgatishda tushunchali tahlilda o’rganiladigan mavzu hajmi belgilanadi, didaktik maqsadi va vazifalar aniqlanadi, o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan asosiy masalalar va axborot xarakteridagi materiallar aniqlanadi, shakllantirilishi lozim bo’lgan milliy-ma’naviy merosning asosiy qirralari belgilab olinadi, jamoa yoki yakka holda mustaqil o’rganish, tahlil etish uchun zarur bo’lgan badiiy-estetik, ashyoviy yoki intellektual meros ajratiladi, o’quvchi ongiga singdirilishi lozim bo’lgan yangi materialni fanlararo, mavzulararo aloqasi aniqlanadi. Tushunchali tahlil odatda, an`anaviy darslarda keng qo’llaniladi va bunda o’qituvchi faollik ko’rsatadi. Masalan, 4-sinf o’qish darslari orqali tarixiy davrning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti, ilmiy va dunyoviy madaniyatning rivoji, xalq amaliy san`ati, me`morchiligi, hunarmandchiligi, chorvachiligi, dehqonchiligi bu davrda jahon madaniyati taraqqiyotiga hissa qo’shgan Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniylar merosi, Hadis ilmi taraqqiyoti, adabiyot maydonidagi muvaffaqiyatlar va ularda olg’a surilgan ma`naviy-axloqiy masalalar, hattotlik, miniatyura, milliy musiqa san`ati va ularda olg’a surilgan axloqiy g’oyalar mushtarakligi, ularning bugungi kundagi ahamiyati ilmiy, tarixiy, adabiy manbaalar asosida tushunchali tahlil etiladi.

Tushunchali tahlil asosida o’quvchi mazmun va shakl jihatdan turli bo’lgan ilmiy dunyoqarashning paydo bo’lishi, shakllanishi, rivojlanishi, davr uchun ahamiyati, unda olg’a surilgan insonparvarlik g’oyasi, ularga bo’lgan munosabat, shaxs tafakkur taraqqiyotida ulardan foydalanishga ehtiyoj kabilarni mukammal o’zlash. O’zbek milliy-ma’naviy merosi mohiyati o’quvchi idroki, tafakkuri, tasavvuri, tahlili, taqribi asosida o’zlashtiriladi. Bu jarayon o’quvchi va o’qituvchidan dars materialini mantiqiy va ruhiy tahlil qilishni taqozo etadi.

O’qish darslaridan barcha bosqichlarida o’quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, kayfiyati, fikri, bilim saviyasi va yosh xususiyatlariga mos ilmiy bilim va milliy-ma’naviy meros mezonlari o’qish darslari orqali singdiriladi. Ta`limning boshlang’ich va o’rta bosqichida eng oddiy kundalik milliy-ma’naviy meros: salomlashish, kattalarga hurmat, ovqatlanish odobi, tug’ilib o’sgan yerga muhabbat hissi, mehnatsevarlik tuyg’usi, Markaziy Osiyolik allomalar, fozillar, shoirlar, badiiy-estetik qadriyatlar (milliy o’yinlar, taqinchoqlar, taomlar va h.k.) haqida ma`lumot bilan chegaralaniladi. Boshlang’ich sinfda esa mantiqiy tahlil asosida ilm-fan, adabiyot, san`at, xalq amaliy san`ati o’zbek xalqining milliy g’ururini himoya qilgan va xalqni shunga da`vat etgan ulug’ insonlar olg’a surgan asosiy g’oya ilmiy-tarixiy ma`lumotlar orqali o’quvchi ongiga singdiriladi. Bunday tahlil o’quvchini o’zbek milliy-ma’naviy merosi haqida chuqur bilim olishga, ish va so’z birligini ta`minlashga, ajdodlar merosini mantiqiy izchillik asosida o’zlashtirishga va egallagan bilim, milliy-ma’naviy meros tushunchalari asosida millat, xalq, vatan, ajdodlar oldidagi burch, vijdon, g’urur hissining shakllanishiga samarali ta`sir etadi. O’quv mashg’ulotlari jarayonida milliy-ma’naviy merosning tub mohiyati didaktik tahlil va tarbiyaviy tahlillarning yaxlitligida amalga oshiriladi. Bu jarayonni amalga oshirishga darsning didaktik va tarbiyaviy maqsadi aniqlanadi, qanday ta`limiy va tarbiyaviy tushunchalar, nazariy bilim berishga e`tibor berish lozimligi, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining yo’nalishlari belgilab olinadi, darslik materialini o’rganish bosqichlari, hajmi, vaqti belgilanadi – dars jarayonida qo’llaniladigan usullar: darslik bilan ishlash, mustaqil, og’zaki va yozma ishlarni tashkil etish, muammoli vaziyat yaratish, didaktik o’yinlardan foydalanish va boshqa ta`limiy va tarbiyavny ishlar tizimi tanlanadi; o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiluvchi ma`rifiy manbaalardan zaruriy bo’limlar, parchalar, asarlar ajratib olinadi, qo’shimcha materiallar belgilanadi; o’rganiladigan mavzuning xarakteri va mazmuniga mos didaktik materiallar, ko’rgazmali vositalar aniqlanadi; mavzuning xarakteridan kelib chiqqan holda ta`lim va tarbiya birligi, fanlararo, mavzulararo aloqani ta`minlash, mavzu asosida olingan bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlovchi savollar, varaqalar, jadvallar, ijodiy ishlar, topshiriqlar ajratiladi; uyga beriladigan vazifalar uchun material tanlash va uning xarakteri, turlari belgilanadi; darslarni tashkil etish usullari, yo’llari aniqlanadi. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarida o’zbek milliy ma’naviy merosni didaktik va tarbiyaviy tahlil etib o’rganishda voqealarning borishi, qahramonlar, ularning tavsifi, asar qahramonlarining o’zaro munosabati, asarning g’oyasi va mavzusi, kompozitsion qurilishi, asarning tili kabi masalalar orqali o’quvchi ma`naviy dunyosi shakllantiriladi. Shuni qayd etish lozimki, 3-4 sinflarda o’rganiladigan barcha turdagi asarlarni, ularning boblarini bir xilda (yuqoridagi tahlil tizimiga binoan) tahlil etish mumkin emas. Bu o’z navbatida o’quvchilardagi faollikni tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Muhimi turli materiallar asosida o’quvchilarni savollar vositasida asardagi timsollarni ajrata bilishga, voqealarning borishi va umumiy-g’oyaviy-tematik yo’nalish, tarbiyaviy imkoniyatlarini tahlil etishga o’rganishdan iborat.

O’quvchidagi o’zbek milliy-ma’naviy meros qirralari asosan timsollar tahlili jarayonida shakllanadi. Badiiy asarda tasvirlanadigan ijobiy, salbiy, o’zgaruvchan timsollar asar voqealarini harakatga keltiradi, u yaratilgan davr ijtimoiy, siyosiy, madaniy turmush tarzini o’quvchi ko’z o’ngida gavdalantiradi va o’z vaqtida uning ongiga va tafakkuriga ta`sir etadi, u tabiat, jamiyat voqea-hodisalari bilan o’ralgan holda badiiy-hissiy ifoda vositalari orqali turmush haqiqatini o’quvchi ko’z o’ngida gavdalantiradi. O’quvchi timsollar ichki ma`naviy olamiga kirish uchun uning hissiyotini eshita bilish, ko’ra bilish, u bilan uchrashish, to’qnashish, g’ururlanish va nafratlanish, ta`qib eta olish lozim, shundan so’nggina ularning xatti-harakatlari ichki va tashqi ma`naviy olami tahliliga o’tiladi. Badiiy tahlil uchun sinfda maxsus ma`naviy muhitning yaratilishi; o’quvchi va o’qituvchi faoliyatining rang-barangligiga e`tibor berish; ta`lim va tarbiya usullari, shakllari, vositalarining mavzu xarakteriga mosligi; o’qituvchi va o’quvchi faoliyatidagi ijodkorlik, o’quvchilardan faollik, mas`uliyat, tashabbuskorlik talab etiladi. Dars jarayonida timsollar tahlilini o’tkazish asarni qanday maqsad bilan o’qishga bog’liq. Biz tajriba sinflarida badiiy asarlarni intellektual meros sifatida o’rganishni ikki xilda, ya`ni sinfda asarning boblarini, epizodlarini, ma`lum sahifalarini o’qish va tahlil etish, ikkinchi usul o’qituvchi tomonidan asar mazmunini ta`limiy va tarbiyaviy tomondan to’liq og’zaki hikoya qilish va asarni to’liq o’qib chiqish uchun topshirish shaklida olib bordik. Bu usul bilan ikki maqsad amalga oshirildi.

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarni o’zbek milliy-ma’naviy merosi nuqtai nazaridan ko’proq she`rlar, hikoyalar, badiiy asardan parchalarni yuzaki emas, mazmun va mohiyatini anglagan holda o’qishga o’rgatish, o’z vaqtida barcha tur va janrlardagi asarlarni o’rganishga bir xil munosabatda bo’lishni ta`minlash (fol’klor, diniy manbaalar, mumtoz adabiyot, hozirgi zamon adabiyoti).

  2. O’qish darsligida badiiy asar voqealari, timsollarnning xatti-harakatlari, axloq-odob mezonlarini milliy asosda tushunish va ularni o’ziga qabul qilib intellektual merosni boyitishga, adabiyotni qadrlashga, asosiysi, ma`naviy ongni shakllantirishga erishish. Badiiy asarlar tur va janr xususiyatlariga ko’ra tahlil etiladi. Lirik asarlarni badiiy o’qish, musiqa asari bilan bog’lab tahlil etish orqali shoir olg’a surgan ma`naviy g’oya, o’lka tabiati manzaralari, voqealarning mohiyati; oshiq va ma`shuqaning ichki ruhiy holati o’quvchiga yetkaziladi va shu yo’l bilan lirik motivlar aniqlanadi. O’qish darslari jarayonida ma`lum bir ilmiy manbaa yoki qadriyat asosida amalga oshirilgan tahlil uchun umumiy xarakterga ega savollardan misollar keltiramiz. O’zbek milliy-ma’naviy meros mohiyatini o’qish darslaridagi milliy ma’naviy meros bo’limining tahlili asosida ochib berilishi boshqacha tarzda, ya`ni o’quvchilar tomonidan sahnalashtirilgan holda, rollar asosida obrazli tarzda tahlil etilishi, timsollarning ichki va tashqi ruhiy holati xatti-harakatlar orqali sinf jamoasi ko’z o’ngida namoyish etilishi mumkin. Bunday usul o’qituvchi uchun dramatik asarning mohiyatini o’quvchi ongiga chuqur singdirishdek maqsadni muvaffaqiyatli hal etishga, o’quvchi esa timsollarning ichki va tashqi ma`naviy olamini ko’rgazmali o’zlashtirish, bevosita voqealar borishida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’zbek milliy-ma’naviy merosini o’rganish xalq an`analari orqali o’quvchi ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xalq bayramlarida falsafiy, oilaviy, diniy marosimlar o’tkaziladi. Falsafiy bayramlardan “Navro’z”, “Qovun sayli”, “Mehrjon”, “Sumalak sayli” bo’lsa, oilaviy bayramlarga esa, to’ylar, tug’ilgan kunlar, beshik to’yi kabi marosimlarda, diniy marosimlardan “Ro’za”, “Iyd Ramazon xayiti”, “Qurbon xayit”lari orqali o’quvchilarda o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini o’rganishga yaqindan yordam beradi. Xalq san`ati ham xalq an`analaridan bo’lib, u o’z ichiga xalq xunarmandchiligi, jismoniy tarbiya, musiqa san`ati, so’z mahoratini olsa, xalq og’zaki ijodi esa xalq badiiy san`atiga kir adi.














Birinchi bob bo'yicha xulosa

Yuqoridagi fikrlarda xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ochish nafaqat o’qituvchi, balki ota-ona uchun ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Aslini olganda o’quvini faollashtirishning o’zi murakkab jarayon, bo’lib o’qituvchidan dars talablarini aniq va ravshan bajarishni talab qilib qolmay, vaqtdan unumli foydalanish ko’nikmasini ham talab qiladi. Bunda o’qituvchining metodik jihatdan boyligi, qurollanganligi katta ahamiyatga ega. Avvalo o’qituvchi o’quvchida milliylik nima? Ma’naviyat so’zining ma’nosi qanday? Bolalarimizni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalasak, ularda milliy g’urur, milliy ong va o’z-o’zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirsak, ularda milliy-ma’naviy merosga bo’lgan hurmatni tarbiyalay olgan bo’lamiz. Zero, prezidentimiz aytganlaridek “Beparvolik hech qachon yaxshillikga olib kelmagan. Ko’hna tarix bu borada bizga ko’p saboq berdi. Bizning millatimiz, xalqimiz og’ir va mashaqqatli tarixni boshidan kechirdi. Farzandlarimizga shu tarixni xaqqoniy tarzda o’rgatish, maktablarda o’qitish, kitoblar, matbuot, televideniya orqali yaqqol ko’rsatish kerak. Demak g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish mumkin.”1 Demak, bolalarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda bir necha omillarga suyanish mumkin. Jumladan:

  1. So’z bilan tarbiyalash.

  2. Ijtimoiy-foydali mehnatda tarbiyalash.

  3. Namuna ko’rsatish orqali tarbiyalash.

  4. Vaziyat orqali tarbiyalash.

  5. O’yin orqali tarbiyalash.

  6. Muloqot orqali tarbiyalash.

  7. Munosabat orqali tarbiyalash.

Hulosa shuki, pedagogik imkoniyatdan unumli foydalanish zamon talabi ekan, har bir o’qituvchi o’z ustida tinimsiz izlanib, hamisha fan yangiliklari bilan tanishib boorishi zarur. Shundagina biz ko’zlagan maqsadimizga albatta erishamiz.

II Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shart – sharoitlari.

2.1. Davlat ta`lim standartlarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishga qo’yilgan talablar.

Jamiyat tarraqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umumiy qadriyatlar uyg’unligi bilan belgilangan. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita ta’luqlidir.

Hozirgi kunda pedagogika fani oldidagi kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’liga ega bo’ldi. Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zarurligini vujudga keltirdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.

Shu ehtiyojdan kelib chiqib “Ta`lim to’g’risida”gi Qonunning “Davlat ta`lim standarti” to’g’risidagi 7-moddasida belgilab berilganidek, “Davlat ta`lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta`lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta`lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga binoan umumiy o’rta ta`limga, shu jumladan, boshlang’ich ta`lim bosqichi uchun ham alohida-alohida Davlat ta`lim standarti talabalari va me`yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yiladi.

“Ta`lim to’g’risida”gi Qonunda ta`kidlanganidek: “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang’ich ta`lim Konsepsiyasi”da e`tirof etilganidek olti yoshga to’lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jixatdan maktabda o’qish uchun tayyor bo’lganda maktabning moddiy texnik bazasi bunday bolalarga ta`lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda, hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik jixatdan olti yoshli bolalarning o’qitishga tayyor bo’lganda ularni maktabga qabul qilish mumkin. Buning uchun olti-etti yoshli bolalar, maktabning moddiy – texnik bazasi hamda o’qituvchilar pedagogik-psixologik talablar asosida qat`iy diagnostika qilinishi shart. Bolalarimiz ongida milliy ongni yuksaltirish yuzasidan dastlabki tamal toshi shu bosqichdan boshlanadi. Shu sababdan boshlang’ich ta’lim o’quvchilariga dastlab davlatimiz madhiyasi yod oldiriladi. Ramziy belgilarimiz-davlatimiz gerbi, bayrog’i, hamda konstitutsiyamiz qa’bul qilingan sana va ularning mazmun mohiyati singdiriladi. Bundan tashqari, milliy o’yinlardan foydalangan holda bolalarni maktab sharoitiga moslashtirishda, dars tizimiga moslashtirishda hamda o’zaro do’stlik munosabatlarini o’rnatishda keng tarzda foydalaniladi. Bu jarayon boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy-ma’naviy merosi bilan tanishishga va hayot jabhasida faol harakat qilish ko’nikmalarini shakllanishiga yordam beradi.

“O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta`lim to’g’risida”gi Nizomda ta`kidlanganidek: “Boshlang’ich ta`lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatning asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o’zini-o’zi nazorat qilish o’quvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarzi asoslari egallab olinishi va ta`minlashga da`vat etilgan”. Shu asosga ko’ra, boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. Boshlang’ich ta`lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o’zini-o’zi anglash salohiyatini shakllantirishga jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini xis eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o’ziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o’rgatadi. Bundan tashqari, boshlang’ch sinf o’quvchilarida faollikni oshirish, ularda milliy-ma’naviy merosga bo’lgan chuqur hurmatni shakllantirish davr talabi ekanligini inobatga olsak, davlat ta’lim standarti ham aynan mana shu maqsadni ko’zlagan holda qa’bul qilingan.

Buni quyidagi fikrlarda isbotini ko’rishimiz mumkin.

Boshlang’ich ta`lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta`lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta`lim standarti asosida davlat boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan minimal ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta`limiy xizmatlar va vositalar bilan ta`minlaydi.

Boshlang’ich ta`limga davlat standarti o’quv predmetlari bo’yicha emas, balki, ta`lim sohalari bo’yicha belgilandi. Ta`lim sohalari bo’yicha standart ko’rsatkichlar 7(6)-11 yoshidagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta`lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilandi. Boshlang’ich ta`limga davlat ta`lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta`lim mazmuni ko’lamini chegaralash, ta`lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta`lim standartini belgilash boshlang’ich ta`lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni ko’zda tutadi.

Davlat ta`lim standarti boshlang’ich ta`lim o’quv jarayoni oldiga qo’yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o’quvchilar egallashlari taqozo qilinadigan ko’nikma va malakalarga qo’yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarning egallagan ko’nikma va malakalarini baholash mezonlarini belgilashga imkon beradi. Boshlang’ich ta`lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ayni shu boshlang’ich sinf o’quvchilaridan ko’nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan ta`lim sohalarining mujassamlashgan predmetlari tashkil qiladi. Boshlang’ich ta`lim standarti mazkur ta`lim bosqichining har bir ta`lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta`lim sohasining modernizatsiyalashi ko’zda tutilgan mazmuni, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta`lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda boshlang’ich ta`lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to’laqonlilikni saqlab qolishga butun e`tibor qaratiladi.

Boshlang’ich ta`lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talabda ta`lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik va mutanosiblik to’la ta`minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jixatdan boshlang’ich ta`lim standartini belgilash ta`lim jarayonining tarkibini va huddi shu tarkibiy komponentlarning mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta`lim berish jarayonida yangi texnologiyalarni qo’llash uchun asos yarata oladi:

  • boshlang’ich ta`lim jarayoniga kiritilgan har bir ta`lim sohasi bo’yicha belgilanadigan ta`lim mazmuniga mos tarzda o’quv materialining tadrijiy tarzda berilishini ta`minlash;

  • ta`lim jarayonida ta`lim sohalarining maqsadiga bo’ysundirish va ta`lim sohalariaro maqsadlar mutanosibligini ta`minlash;

  • har bir ta`lim sohasi bo’yicha boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil bo’ladigan ko’nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta`lim natijasini baholash mezoniga qo’yiladigan talablarni boshlang’ich ta`lim standartining asosiy parametrlari bo’yicha ishlab chiqish.

Boshlang’ich ta`lim standarti ta`lim sohalariga qo’yilgan standart ko’rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarning ta`lim sohalariga belgilab qo’yilgan ta`lim standartining ko’rsatkichlari tashkil etadi. Ta`lim sohalari bo’yicha ta`lim natijasining sifati xuddi manashu ko’rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o’rinda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o’lchov birliklarida ifodalanadi. Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga aososlanib jahon tajribasiga tayangan xolda O’zbekiston Respublikasidagi boshlang’ich ta`lim tayanch o’quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat , hamda inson va jamiyat ta`lim sohalariga kiritiladi.

Bundan tashqari boshlang’ich ta’lim bolalariga chet tillarini o’rgatish, shu asosda yoshlarimizni jahon yoshlari bilan bellasha oladigan mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayorlash masalasi ko’zda tutilgan. Shuning uchun boshlang’ich ta`lim bosqichida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, arab kabi) tillarni o’rganish davlat talabi darajasiga ko’tarilgan bo’lib, u maktab kompanenti hisobidagi soatlarda amalga oshirilishi mumkin. Qo’shimcha ravishda qo’shimcha soatlarni tashkil qilish, til bo’yich bolalargina emas balki, o’qituvchilarning ham savodhonligini oshirish ko’zda tutilgan. Zero, mustaqillik sharoitida milliy til masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir kelajak avlodda milliy til masalasini zamon talabi darajasida tushunish, talqin va shunga yarasha o’z faoliyatini belgilash katta ahamiyatga egadir. Chunki, milliy tilimiz bizning milliy-ma’naviy merosimiz hisoblanadi. Fikrimizcha bu tushunish va talqin qilish hamda faoliyat uch asosiy yo’nalishga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

1. O’z milliy tilini mukammal bilish, uning adabiy, yozma, og’zaki, sheva shakllarini bilish, ular ustida fikr yurutish, o’z fikrlarini savodli va erkin ravishda yozma yoki og’zaki turda izhor qila bilish.

2. Xalqlar, mamlakatlar, qita’lar va mintaqalar orasida o’sib, jadallashib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy aloqalar talablarini ko’zda tutib va shu aloqalarda faol qatnashib, ularning takomillashishiga o’z ulushini qo’shmoq uchun xalqaro va mintaqaviy tillarni mukammal bilish, ular yordamida o’z yurti, o’z vatani, uning madaniyati, salohiyati, istiqbollari, tarixi, insoniyat sivilizatsiyasi, ya’ni, moddiy va ma’naviy merosi, madaniyati majmuasiga qo’shgan hissasi to’g’risida boshqa millatlarga jahon minbaridan so’zlab berish.

3. Ilg’or mamalakatlar tajribasiga suyanib, tillarni o’rganishga xizmat qiladigan turli bir jildli, ko’p jildli, katta, o’rta va kichik hajmdagi lug’atlar so’zlashgichlar, qo’llanmalar, darsliklar yaratish va har yili ularni yangilab, to’la holda chop etib boruvchi sanoat tarmog’i, yuzaga keltirilishi va uning ravon ishlashini ta’min etish. Bu borada O’zbekistonda bajariladigan ish va vazifalar ko’p. O’zbek maktablari uchun rus tili, o’qishlar boshqa tillarda (rus, qozoq, turkman, tojik, qirg’iz va boshqa) olib boriladigan maktablarda davlat tili (o’zbek tili) rus tili o’qitish konsepsiyasida hamda “O’qishlar boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o’zbek tili o’qitish davlat ta`lim standarti” da o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu sohalarda olib boriladagan ta`limning mazmuni mazkur standart talablariga tayangan xolda belgilanishi ta`kidlanadi.

Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosoni o’rganish bo’yicha oddiydan murakkabga qarab bolaning yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda bo’limlar berilgan.

Jumladan, 1-sinf o’qish darslarida intellektual merosni o’rganish bo’limining nomi “Ilm aql chirog’i” bo’limidir. Unda Quddus Muhammadiyning “Maktab–oftob” qo’shig’i va Yusuf Xos Hojibning “O’quv va bilim haqida” hikoyasi, Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she`ri, G’ulom Muhammad Vosifning “Toshbaqa va quyon” hikoyasi. Bulardan tashqari maqollar, topishmoqlar ham mavjud. Fikrimiz isboti sifatida ushbu parchani keltirib o’tamiz.

Topishmoqlar:

Rangi xar xil,

Nomi bir xil.

(qalam)

Toshbaqa va quyon

G’ulom Muhammad Vosif

Quyon bilan toshbaqa yo’lda duch kelib qoldilar. Quyon toshbaqaga qarab: “Sendek landovur va ishyoqmas jonivorni umrimda ko’rgan emasman. Bir necha qadam yo’lni uzoq fursatda bosib o’tasan. Man esa bir onda bosib o’taman”,-dedi. Toshbaqa: “Meni tanbal deb ta`na toshini otma. Odatim shu. Agar xohlasang, sen bilan chopishaman”, - dedi. Marrani belgiladilar. Quyon tez chopib ketdi. Marraga baribir oldin borishiga ishonib, balandlikka yetganida quyon cho’zilib, uxlab qoldi. Toshbaqa esa manzilga undan oldin yetib keldi.

Hissa:

Vaqt kutib turmaydi,

Har bir daqiqani g’animat bil.

Savollar

  1. Quyon toshbaqaga nima dedi?

  2. Toshbaqa nima dedi?

  3. Quyon nega toshbaqadan orqada qoldi?

Maqol:

Yaxshilik qilsang – Yaxshilik ko’rasan.





Odob

(rivoyat)

Bir kishi Luqmoni hakimdan: “Odobni kimdan o’rgandingiz?” – deb so’radi. “Odobni odobsizdan o’rgandim”, - deb javob bergan ekan Luqmoni hakim. “Odobni odobsizdan qanday o’rgandingiz?” – deb so’rabdi u kishi. Luqmoni hakim javob berdilar: “Doim odamlarning qilgan ishlariga, so’zlagan so’zlariga diqqat bilan qarab yurdim. Kimdan bir yomon so’z eshitsam, shu so’zni hech bir so’zlamadim. Kimda-kim bir yomon ish qilsa, shu ishni hech bir qilmadim”.

Savollar:

  1. Luqmoni hakimdan nimani so’radilar?

  2. U kishi nima deb javob qildi?

  3. Odobni odobsizdan qanday o’rganish mumkin ekan?

  4. Odobli bo’lish uchun nimalar qilish kerak?

Boshlang’ich sinf 2-sinf o’qish darsligida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rgatish maqsadida ularni yosh xususiyatlarini hisobga olgan xolda “Otalar so’zi-aqlning ko’zi” deb nomlanib, unda quyidagi milliy-ma’naviy merosini aks ettiruvchi ertak, hikoya, maqol, buyuk kishilarning siymosi aks ettirilgan hikmatlar, nomalar mavjud:

Alisher Navoiyning “Yolg’onchi” she`ri, o’zbek xalq ertaklaridan “Oltin tarvuz”, “Yaxshilikka yomonlik”, “Kuychi terak” kabilar keltirilgan.

Yolg’onchi

Alisher Navoiy

Bor emish avval zamonda bir kishi,

Doimo yolg’onchilik qilgan ishi.

Bir kuni uyini o’t olgan emish,

“Qutqaring” deb dod-voy solgan emish.

So’ziga ishonmabdi hech bir odam,

Uyi kul bo’lib yonibdi shu dam.

Unga aytmish kishi aqli raso:

“Kimki yolg’on so’zlasa, aldar esa,

Har nechukkim rost turur oning so’zi,

El aro yolg’on erur oning so’zi.

Garchi yordam bermadi hech senga el,

Boshqadan emas, o’zingdan o’pka qil”.

Hikmatlar:

Kim aql yo’lidan yursa, u kishi,

Hech mahal bo’lmagay yomonlik ishi.

(Firdavsiy)

So’zga labin ochsa aqli inson,

Xo’p o’ylab, quloqqa quyib ol shu on.

(Firdavsiy)

Kim hunarin desa, u dono bo’lur,

Nodonlar qudrat deb boylikni bilur

(Jomiy)

Maqollar

Bola aziz, odobi undan aziz.

Yaxshidan bog’ qolar,

Yomondan dog’ qolar.

Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga,

Yomon bilan yursang qolarsan uyatga.

Nasixat

Bobom bizga foydali maslahatlar beradilar.

  • Elektr nuri bo’lmasa, qorong’ida dars tayyorlay olmaysizlar. Shuning uchun kerak bo’lmagan chiroqlarni o’chirib qo’ying, - deydilar.

To’g’ri-da, agar yorug’ bo’lmasa, qanday yashash mumkin. Elektr insonlar uchun muhim narsa. Ulardan to’g’ri foydalanish zarur. Bobom ko’pni ko’rganlar. Shuning uchun zarur nasixatlar beradilar.

  • Tejamli bo’lishning foydasi ko’p, - deydilar bobom.

Suhbat odobi

Ko’pchilik davrasiga kirganingizda badaningiz, kiyimingiz ozoda bo’lsin. Davraga yoshingizga qarab joylashing. Qovoq solib, po’ng’illab gapirmang. Muomalangiz xush, chehrangiz ochiq bo’lsin. Boshqalarga so’z bermay, mahmadonalik qilmang. So’zingiz ma`noli, qisqa bo’lsin. Arzigan va arzimagan narsaga kulavermang. Suhbatdoshini masxaralash, laqab qo’yish, baqirib yoki pichirlab gaplashish hunuk odatdir.

Iqror bo’ldi

(rivoyat)

Bir kosib o’g’liga:

  • Men qarib qoldim, endi xo’jalikni boshqarasan, ishla, pul top! – debdi.

Bola nima qilishini bilmay onasiga uning gaplarini aytibdi.

Onasi esa:

  • Hali yoshsan, qayerdan ham pul topib xo’jalikni boshqarasan, - debdi va unga ozroq pul beribdi. Bola sevinganicha otasining oldiga kelib:

  • Otajan, mana, pul topib keldim,-debdi. Shunda ota bolaning qo’lidagi pulni olib o’tga tashlabdi. Bola xo’rsinibdi, lekin indamay yana pul topish dardida ko’chaga chiqibdi. Har qancha urinmasin pul topa olmabdi. Yana onasi oldiga kelibdi. Onalar ko’ngli nihoyatda yumshoq bo’ladi. Ona o’g’liga yana pul beribdi. U esa sevinib otasi oldiga yugurib kelibdi va:

  • Otajon, mana, pul topib keldim, - debdi. Ota indamay pulni oldi-da, yana o’tga tashlabdi. Bola mulzam bo’lib ko’chaga chiqibdi uzoq yuribdi.

Qarasa bir kishi imorat qurayotgan ekan.

  • Assalomu alaykum, amaki! – debdi bola.

  • Vaalaykum assalom, kel, kel, bolam, - debdi. Bola xursand bo’lib darrov g’ishtlarni tashishga yordamlashibdi. Buni ko’rgan haligi kishi sevinibdi, uni maqtabdi. Issiq ovqat, choy berib.

Bola to imorat bitguncha shu kishiga yordamlashibdi. Bolaning ishidan mamnun bo’lgan kishi unga o’n ikki tanga berib, rahmat aytibdi.

Bola xursand bo’lib uyiga qaytibdi:

  • Otajon, mana, pul olib keldim,-debdi.

Odatdagidek, ota tangalarni olib o’tga tashlamoqchi ekan, bola dod deb otasining qo’liga yopishibdi. Shunda ota:

  • Balli, bolam, ana endi xo’jalikni boshqarish qo’lingdan keladi, - deb duo qilibdi.

Maqollar:

Tadbir bilan mushkul ish oson bo’lar,

Tadbirsizning holi tang bo’lar.


Ko’rinib turibdiki, davlat ta’lim standartida boshlang’ch ta’lim bosqichida bolalarni milliy ruhda tarbiyalashni, ularda milliy-ma’naviy merosga bo’lgan hurmat, iftihor tuyg’usini tarkib toptirish va rivojlantirishni, shu asosda faollikni oshirish masalasi maqsad qilib olingan. Chunki, ma’naviyat katta kuchga ega.

Kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir farzand o’z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo’lagi ekanligini anglashi- milliy-ma’naviy meros va ongning tarkibiy qismidir. Ammo bu oddiy haqiqatni tushinish va tushintirish nechog’lik murakkab ekanligini anglash qiyin emas.

Ma’naviyatimiz O’zbekistonning porloq kelajagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadriyatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifodalovchi o’ziga xos dunyoqarashdir. Ma’naviyat sohasida mustaqil O’zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi ma’naviyatimizni boyitish va kelajak avlodni milliy-ma’naviy merosimizdan foydalanib yoshlarimizni faollashtirish va bu borada barcha pedagogik imkoniyatlarimizdan unumli foydalanishdan iborat.

Ma’naviyatimizning bor kuchi, mazmuning chuqurligi va rang-barangligini, uning ko’hna tarixning qa’riga singib ketganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to’la ravishda ko’rsatmoq uchun Avesto va Zardo’shtiylik ta’limotidan, axloqi va musavvirlik san’atidan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlargacha uning butun bir zanjirini, tevaragidagi novdalarini qamrab turadigan yahlit silsilasini yaratmog’imiz zarur. Bu borada ishlar kun sayin kengayib va tezlashib bormoqda. Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zaruriy shartlaridan biri-boy ilg’or ma’naviyatga ega bo’lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg’or bo’lish jamiyat norasoligining muhim ko’rsatkichidir. Shu sababdan prezidentimiz I.A.Karimov ma’naviyat ma’rifatni ko’tarish yosh avlod ongiga singdirish, targ’ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyib, har bir fuqaroning yuksak ma’naviy darajasini ta’min etishni dolzarb masalalardan biri, deb qayta-qayta uqtirmoqda. Shu sabab boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishda milliy madaniy markazlar bilan hamohang ish olib borish bizni maqsad sari yetaklaydi. Milliy madaniy markazlarning asosiy vazifalari uch yo’nalishga ega.

1. Har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy his-tuyg’ularning namoyon bo’lishiga keng yo’l ochish.

2. Mustaqil O’zbekistonni o’zining haqiqiy vatani deb bilishi va unga beminnat hamda sadoqat bilan xizmat qilish.

3. Vatan bilan mushtarak hayot kechirish, uning madaniyati, tarixi va tilini o’rganish, mustaqil davlatga nomi berilgan millat bilan do’stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash. Ana shu uch yo’nalishda olib borilayotgan ishlar yil sayin yangidan-yangi shakllarda, turlarda, yo’nalishlarda, rang-barang bo’lib bormoqda, shu jumladan;

- o’z milliy tarixini, madaniyatini, tilini, urf-odatlarini o’rganish to’garaklari ishlamoqda;

- milliy musiqa, raqs va hunar to’garaklari o’z ishini kengaytirmoqda;

- milliy bayram kunlariga bag’ishlab tadbirlar o’tkazilmoqda, festivallar tashkil

qilinmoqda;

- tarixiy vatanning rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, oqinlari, baxshilari, madaniyat va siyosat arboblariga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinmoqda;

- tarixiy vatandan kelgan siyosiy arboblar madaniyat namoyondalari bilan uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Bunday tadbirlar hali yetarlicha emas. Chunki, globallashuv davrida, axborotlar ko’lamining kengligi va rivojlanishdagi jadallashuv bizdan tinmay o’z ustimizda tinmay izlanishni talab qiladi.

2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shakl, metod va vositalari.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini nafaqat dars jarayonida, balki, darsdan tashqari tarbiyaviy jarayon bilan uzviy ravishda olib borish ayni maqsadga muvofiqdir. Bunda tanlab olinishi kerak bo’lgan metodikalar, usullar o’qituvchi va ota-ona o’rtasidagi aloqalar orqali oydinlashadi. Ya’ni, o’qituvchining tanlab olib qo’llashi kerak bo’lgan metodikalari ota-ona tomonidan bolaga nisbatan qo’llaydigan metodikaga mos bo’lishi, bir-birini to’ldirishi lozim. Bu o’z navbatida ota-ona bilan o’qituvchi o’rtasida hamisha uzviy aloqa bo’lishini taqozo etadi va ta’minlaydi.

Dars jarayonida milliy-ma’naviy merosni sharhlab o’rganish o’quvchilarda ma`naviy madaniyatini shakllantirishda muhim usul hisoblanadi. Bu usul o’quvchiga o’rganiladigan milliy-ma’naviy meros mazmunini chuqur o’zlashtirishga yordam berish bilan bir qatorda, o’quvchi ko’z o’ngida o’tmish ajdodlarning milliy madaniyatini to’liq gavdalantirishga xizmat qiladi. Biz olib borgan tajribalar natijasi dars jarayonida o’quvchining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning quyidagi tizimini aniqlash imkonini berdi:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosni o’rganishda “Hadis”, “Navro’z”, “Mehrjon” va boshqa qadriyatlarning yaratilishi, paydo bo’lishi, maqsadi, ular yaratilgan ijtimoiy tuzum xarakteri va xalqning ma’naviy qiyofasini anglashga yordam beradi.

  2. Milliy-ma’naviy meros tahlilida uchraydigan notanish, arxaik, tarixiy dialektizm, chet el, kasbiy so’zlarni izohlash, ya`ni lingvistik sharh. Bunday izoh boshlang’ich sinf o’quvchisining so’z boyligini oshiradi, nutq madaniyatiga ijobiy ta`sir etadi, notanish so’zlar qo’llanilgan davr, shu davrning ma`naviy olami haqidagi bilim saviyasini o’stiradi, dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir etadi.

  3. Sharq xalqlarining ilmiy dunyoqarashi bilan bog’liq bo’lgan qadimiy milliy urf-odatlar, an`analar, udumlar, qadriyatlar bilan bog’liq bo’lgan so’zlar sharhi, ya`ni tarixiy-milliy-ma’naviy (intelektual) meros.

  4. O’qish, odobnoma darslari mazmuniga singib ketgan yoki aynan tarbiyaviy maqsadni ko’zlagan holda ishlatilgan xalq donishmandligi namunalari xalq maqollari, matallar, pandnomalar, ibratli so’zlar, obrazli iboralar, mubolag’ali o’xshatishlar va h.k. izohi, ya`ni tarixiy-adabiy sharh.

  5. Sharq xalqlari qabilalari, shajarasi, turar joylarining nomlari bilan bog’liq so’zlarning tarixiy-geografik sharhi.

  6. Ajdodlarimiz milliy-ma’naviy meros qirralari bilan bog’liq iboralar bayoni. Bunday bayon o’quvchini sharq xalqlarining qadimiy kasb-kor turlari, xarakteri, kiyinish madaniyati, qurol-aslahalari, musiqa yodgorliklari, me`morchilik, haykaltaroshlik san`ati va boshqalar bilan atroflicha tanishtirish imkoniyatiga ega. Mazkur guruhlardagi sharhlardan asosan 3-4-sinflarda o’rganiladigan o’qish darsligidagi ajododlarimiz merosi bo’limi namunalaridan “To’maris” va “Shiroq” afsonalari, “Devonu lug’otit turk”, “Qutadg’u bilig”, “Qissai Rabg’uziy”, “Farhod va Shirin”, “Suhayl va Guldursun” dostonlari, “Temurnoma”, “Temur tuzuklari”, turli xarakterdagi bayram meroslari, ilmiy-tarixiy, ma`rifiy manbaalar, xalq pedagogikasi an`analari va boshqalarning mazmun mohiyatini o’rganishda foydalaniladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari nuyon, qo’ng’irot, barlos, qalmiq, mang’it, biy, shak kabi urug’lar ajdodlarimizning to’y va motam marosimlari bilan bog’liq urf-odatlar, udumlar (kampir o’ldi, “soch siypatar”, qo’l ushlatar, sarpo tarqatish), mehmondorchilik udumlari, milliy taomlar, kavush, rido, chakmon taqya, kimxob to’n, xonatlas, choriq kabi o’zbek xalqining milliy kiyim-kechaklari, Qo’ng’irot, Boysun, Bobotog’, Makka, Madina va boshqa qadimiy joy nomlari, chavandozlik, qilichbozlik, terantozlik kabi sharq xalqlarning kasb merosi tarixi bugungi kundagi ahvoli haqida ma`lumot oladilar.

O’qish kitobidagi milliy-ma’naviy meros matni mazmuni yuzasidan o’tkaziladigan suhbat, uni sharhlash, turli qiziqarli topshiriqlar, vazifalar bajarish, savollarga beriladigan har tomonlama mukammal javoblar o’quvchilar tomonidan matnning mazmun va mohiyatini tushunganlik hamda o’zlashtirganlik darajasini belgilaydi, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi, o’tilgan materialni mustahkamlashga xizmat qiladi, ularning monologik va dialogik nutq madaniyatini shakllantirishga olib keladi. Bundan tashqari multimediyali prezintatsiyalardan foydalanish, masalan: tarixiy obidalarning tasviri, udum va marosimlar tasvirlangan filmlarni o’quvchilar e’tiboriga havola qilish orqali ularda milliy-ma’naviy merosga bo’gan ijobiy munosabatni rivojlantirish bilan bir qatorda kompyuter savodhonligini oshirish va o’quvchilarni keng ma’noda faollashtirish mumkin.

Boshlang’ch sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosini o’rganishga ijodiy munosabat, faollik, o’tmish adabiyoti, tarixi, urf-odatlari, san`ati, an`analarining mohiyatini puxta o’rganish asosida ma`naviy ehtiyoj, talabni qondirish, qiziqishni o’stirish mustaqil ishlar orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining uzviy bog’langan tomonlaridir. Mustaqil ishda o’quvchi o’z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o’z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantiradi, dunyoqarashi va ma`naviy saviyasini namoyon etadi. Qolaversa, o’quvchilar do’stlik munosabatiga asoslangan jamoaviy faollikka erishadi. Bunda o’qituvchi va ota-ona, jamoat tashkilotlarining hamkorligi asosiy tayanch vazifasini o’taydi. O’quvchilarni asori-atiqalarga sayohatlarga olib borish ham samarali natija beradi.

O’qish va odobnoma darslarini o’qitish jarayonida amalga oshiriladigan mustaqil ishlar og’zaki (savollarga og’zaki javob tayyorlash, o’zbek fol’klori manbaalarini yodlash va mazmunini tahlil etish, asardan ma`lum parchalar o’qish va hikoya qilish, darslik bilan ishlash, mavzuga mos hayotiy misollar topish va so’zlab berish va h.k.) va yozma (o’qituvchi qo’ygan savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, rasmlar chizish, ma`ruza, referat, tezis, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish, kartochkalarga yozma javob berish, avlodlar shajarasini tuzish va h.k.) shaklda amalga oshiriladi. Yuqoridagi jarayonga tizimli yondashsak, o’quvchilarni faollashtiribgina qolmay, ularda milliy ongni o’stirishga, milliy gu’rurli va o’zligini anglagan yoshlar bo’lib voyaga yetishlarini ishonch bilan ayta olishimiz mumkin.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqi milliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan yana biri bu - fanlararo integratsiyalashdir. Bu o’qituvchiga bog’liq. Faqat tanlangan fanlar mantiqan bog’liq bo’lishi muhimdir. Shu bois ham biz o’qish, odobnoma, tasviriy san`at fanlarini mantiqiy bog’liqligini hisobga olgan holda tanlab oldik. Chunki, o’qish darslarida ham bolaga ta`lim berish bilan birga o’zbek xalqi milliy ma’naviy merosi haqida bilim berib boriladi, tasviriy san`at darslarida ham huddi shunday. Demak, o’qish darsi mavzularini yana takrorlab o’tilishiga yo’l qo’ymasdan bir darsning o’zida uyg’unlashtirish mumkin bo’ladi. Fanlarni integratsiyalash o’quvchilarni haqiqiy ma’noda faollashtiradi, vaqtdan unumli foydalanish ko’nikmasini hosil qiladi, o’qituvchini metodikalar bilan ishlash konikmasini oshiradi, o’qivchilarning individual qobiliyatlarini namoyon qilib, ulardan unumli foydalanish holatini yuzaga keltiradi. Har bir o’quvchining qiziqishiga asoslangan qobiliyati rivojlanib boradi. Bu jarayonlar o’z navbatida to’la o’zlashtirishga erishishni ta’minlash bilan bir qatorda ta’lim samaradorligini oshishini ta’minlaydi.

Masalan: o’qish, musiqa, odobnoma, tasviriy san`at darslarining uyg’unlashtirilishi natijasida amalga oshadi. Ushbu talablarni bajarish zamirida o’quvchilarni bilish, tushunish, qo’llash, tahlil qilish, sintez qilish, nazorat qilish va natijani baholash bilimlari shakllanadi. Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini 1-sinflarda integratsion loyihalashni amalga oshirishda eng avvalo o’qish, tasviriy sana’t, odobnoma, fanlari bo’yicha DTS talablari asosida tashkil etilgan ishchi reja va darsliklar ko’zdan kechirildi. Bularning ichidan bir-biriga mos bo’lgan, bir-birini to’ldiruvchi mavzularni muvofiqlashtirib, bir soatli “O’qish sana’ti” fani hosil qilindi. Quyida o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha 1-sinflar uchun haftada bir marotaba o’tkaziluvchi integratsion mashg’ulotning texnologik xaritasi keltirildi. (misol tariqasida)







O’qish darsi

Odobnoma

Tasviriy san’t

O’qish san’ati

O’tilgan sana

1-sinf I chorak

Ulkan hovuz

Suvning hosiyati

Anhor rasmini ishlash

Suvni toza saqlang


Qushcha

Qushlarga g’amxo’rlik

Qushlar rasmini chizish

Qushlar- qanotli do’stimiz


Maktab va oftob qo’shig’i

Qo’shiq va so’z o’yinlari

Erkin mavzu

Ma`naviy o’yinlar


Sher va sichqon

So’z o’yinlari

Sichqon va sher rasmini chizish

So’z o’yini–ziyraklilik demak


Laylak keldi – yoz bo’ldi

Mavsumiy o’yinlar

Laylak rasmini chizish

Fasllardagi o’yinlar


Vatanim

Vatan mehri nimadan boshlanadi?

Vatanimiz ramzlari rasmi chizish

Vatan – nima degani?


1-sinf II chorak

Vatanni asrang

Vatan himoyachilari

Tank rasmini chizish

O’zbekiston – Vatanim manim


Kapalak

Qo’g’irchoq o’yini

O’yinchoqqa qarab rasm chizish

Bolalar dunyosi-qalbimiz ziyosi


Odob

Sayoq ketidan keladi tayoq

“Odobli bola” rasmini chizish

Odobli bo’la elga manzur


Topishmoqlar

Tavba qiish odobi

“Varrak uchirish” mavzusida rasm chizish

Iqror bo’lish. Kechirimlilik-ning ko’rki


O’quv va bilim haqida

Bilim va hunar egallash odobi

Kitob rasmini chizish

Bilim va hunar egallash


Maymun va duradgor

Har kishining o’z hunari bo’lsa

”Maymun usta” mavzusida rasm chizish

Hunarli kishi hor bo’lmas


Oftob va odob

Odob- inson ko’rki

Yoz tasviri

Odobing – oftobing



Yuqorida ko’rsatib o’tilgan integratsion darslarning texnologik haritasida darslar boshqa darslardan o’zining mukammalligi bilan, qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslarni loyihalashtirilayotganda “Vatanni asrang” mavzusi mazmuniga e`tibor qaratildi, hamda shu mavzular asosida maqsadlar aniqlandi.

Quyida “O’zbekiston-vatanim mening” mavzusidagi yangi integratsion dars ishlanmasi namunasini keltiramiz.

Mavzu: “O’zbekiston vatanim mening’’

Darsning maqsadi:

A) Ta’limiy maqsad:

Ilmiy bilimlarni mustahkamlash, o’quvchilar faolligini oshirish. O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.

B) Tarbiyaviy maqsad:

Hamkorlikda ishlashga o’rgatish. O’quvchilarda do’stlik tuyg’ularini rivojlantirish.

Darsning metodi: Interfaol.

Darsning jihozlari: Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, testlar.

Darsning borishi:

1. Interfaol usullar bilan guruhlarga bo’linib ishlash davomida quyidagilarga amal qilinadi:

- intizomli bo’lish;

- bir birini hurmat qilish;

- faollik ko’rsatish;

- hamkorlikda ishlash;

- do’stning fikrini qadrlash;

- vaqtdan unumli faoydalanish.

2. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish.

O’quvchilar turli kartochkalardan foydalanib kichik guruhlarga ajratiladilar, o’z guruhlarini nomlaydilar. O’qituvchi yordam beradi. O’qituvchi har bir guruhni yo’naltirib turadi. Har bir guruhchalarga ishlash uchun topshiriqlarni o’zi tanlab beradi.

Birinchi guruh - “Kapalak” deb nomlanib, vatan tushunchasiga ta’rif berish topshirig’i berildi. Ular o’qituvchi ko’magida vatan deganda nimani tushunishlari- ni izohlashga harakat qilib, vatan ostonadan boshlanishini, she’rlar bilan rasmlar bilan ifodalab beradilar.

Ikkinchi guruh – “Binafsha” deb nomlanib, ularga O’zbekiston qanday diyor? degan savol berildi. Bolalar o’qituvchi ko’magida O’zbekiston qanday mamlakatligini, uning ramzlari, poytaxti, tili, dini haqidagi umumiy ma’lumotlarni she’rlar orqali ifodalab ma’lumot berishga harakat qilishdi.

Uchinchi guruh – “Yulduzcha” deb nomlanib, ularga boyrog’imiz va madhiyamiz haqida ma’lumot berish topshirildi. Ular bu haqida to’liq ma’lumot berishdi. O’quvchilarga ko’mak berib, yo’naltirib turish zarur.

To’rtinchi guruh – “Bilimdon” deb nomlanib, ularga davlatimiz gerbi haqida ma’lumot berish topshirig’i berildi. O’quvchilar gerbimizni ta’riflab berishga harakat qilishdi.

Darsning mazmuni.

Har bir guruh vazifasini bajarganidan so’ng, elementar jismoniy harakatlar bajartiriladi. Topshiriq bajarishga qiynalayotgan guruhchalarga o’qituvchi ko’mak beradi. Guruhlar bilan ishlash jarayonida o’qituvchi kichik jismoniy harakatlar bajartirishi bunda darsning har minutidan unumli foydalanishi lozim. Quyida keltirilgan testdan foydalanib, o’quvchilarninig o’zlashtirish jarayoni tashxislab borish mumkin.

3. Test bilan ishlash.

1. Madhiyamiz muallifi kim?

A) Abdulla Oripov B) Quddus Muhammadiy C) Po’lat Mo’min.

2. Vatanimiz paytaxti qayer?

A) Samarqand B)Toshkent C) Buxoro

3. Qaysi davlat ramzimizda humo qushi tasvirlangan?

A) Gerbimizda B) Bayrog’imizda C) Madhiyamizda

4. Bayrog’imizda nechta yulduzcha bor?

A) 4 ta B) 8ta C)12 ta

5. Prezidentimiz kim?

A) Abdulla Oripiv B) Amir Temur C) Islom Karimov

O’qituvchi har bir guruhni mehnatini baholab, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi. Qayta aloqa o’rnatib o’zlashtirishda qiynalayotgan o’quvchilar bilan individual usullar orqali ish olib boradi. Faol ishtirok etgan va g’olib bo’lgan guruh a’zolariga minnatdorlik bildirib, a’lo baho va guruhlar orasida yetakchi va g’olib bo’lganligi uchun tabriklaydi va boshqa guruhlarga ham yanagi darslar jarayonida faol bo’lish kerakligi tushuntiriladi. Dars jarayonida o’qituvchi qaysi guruh topshirig’i to’la ochib berilmagan bo’lsa, o’sha jihatlarini o’zi to’ldirib boradi. Bolalarga humo qushi va uninig ramziy ma’nosi, u haqidagi bobolarimizdan qolgan rivoyat va ertakni so’zlab beradi. U bizning milliy g’ururimiz ifodasi ekanligi ochib beriladi.

Darsni yakunlash va mustahkamlash: dars yakuni sifatida o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda dars bo’yicha yakuniy xulosa yasaydi. Xulosani she’riy tarzda ham yakunlash mumkin. Dars o’quvchilarga vazifa berish bilan yakunlanadi. O’qituvchi uyga vazifa sifatida har kim ota-ona va buvi-bobolaridan humo qushi haqida nimalarni (she’r, ertak, rivoyat, topishmoq, tez aytish) bilishini so’rab, biror ma’lumot olib kelishi uqtiriladi. Kim yaxshi ma’lumot olib kelsa, rag’batlantirilishi ta’kidlab o’tiladi.


Ikkinchi bob bo’yicha xulosa


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi paytda boshlang’ich sinflarda o’zbek milliy-ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha integratsion darslar deyarli o’tkazilmaydi. Bunday darslarni ommalashtirish uchun esa dastlab o’qituvchilar uchun o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosini o’rganish mavzuida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, uslubiy qo’llanmalar yaratish, dastur va rejalarga o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi.

Biz yuqorida e`tiboringizga havola etgan “Vatanni asrang” mavzusidagi darsni texnologik xaritasi 1-sinf o’qish, odobnoma, tasviriy san`at darslarining uyg’unlashishi natijasidagi yangi reja hisoblanib, u asosida yangi loyiha ishlab chiqiladi.

Boshlang’ich sinf o’qish darslari orqali o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosini o’rganishda interfaol metodlarning ahamiyati ham kattadir.

Milliy-ma’naviy merosi - an’ana, urf-odat va marosimlar xalq pedagogikasining muhim manbaalaridan biri hisoblanadi. Chunki, ularda ko’pgina pedagogik ma’lumotlar, tajriba sohasidagi yangiliklar ham o’z ifodasini topgan.

Shunga ko’ra, ularning tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va ularning faolligini oshirishda pedagogik imkoniyatlardan unumli foydalanishning pedagogik tizimini yaratish ayni mudaao bo’lar edi.

III Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarining samaradorligi.

3.1. Tajriba-sinov ishlarining metodik xususiyatlari.

Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosini o’rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Muammoni ijtimoy-pedagogik, psixologik jihatdan nazariy va amaliy asoslash tajriba-sinov ishlarini olib borishda belgilanadi. Bunda avvalo “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, DTS talablari hamda o’quvchilarning psixologik va pedagogik xususiytlari inobatga olindi.

Tajriba qismining avvalida L.S.Vigotskiy ta'limotiga ko'ra, boshlang’ich sinf o'quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishning shakllanganlik darajalari va uni aniqlash mezonlari quyidagicha ifodalandi:

1-daraja (boshlang'ich). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishda o'qituvchi yordamiga to’laligicha tayanadi, barcha tushunchalarni o’qituvchidan oladi, ammo ularning o'zaro bog'lanishlarni anglay olmaydi.

2-daraja (quyi). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganish bilan bog'liq predmetlarni, obyektlarni, hodisalarni aniqlaydi, lekin ularning hossalarini o'qituvchi yordamisiz aniqlay olmaydi. Bunda o’qituvchi yordamiga tayanadi. Qo’shimcha metodikalarni qo’llashning ayni vaqti hisoblanadi. O’qituvchi mahoratini aniqlab beradigan davr hisoblanadi.

3-daraja (o'rta). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosining bir-biridan farqini biladi, ularning ayrimlarini aytib bera oladi, lekin ularni umumlashtira olmaydi, o'qituvchi yordamida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqida berilgan savollarga bergan javoblarini asoslashga harakat qiladi. Bu davrda shuni hisobga olish lozimki, ba’zi o’quvchilar ayrim farqlarni qiyinchiliksiz ajrata oladi, biroq so’z orqali ifodalab berishga qiynalishadi. Bunday o’quvchilarda nutq boyligi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. O’qituvchi buni nazardan qochirmasligi lozim.

4-daraja (yetarli). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini bir-biridan farqlaydi, ulardan yoshiga mos hikoya, rivoyat, matal va maqollarni mazmunan bog'lanishlarini aniqlay biladi. Bunda o’qituvchi bu kabi o’quvchilarga tushunchalarni mustahkamlashga doir qo’shimcha mashqlarni berib borishi maqsadga muvofiqdir.

5-daraja (yuqori). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosni umumlashtira oladi, ma`naviy hamda ilmiy meroslarni orasidagi bog'lanishlarni farqlaydi. O'quvchi erkin ravishda olingan bilimni yangi turdagi ma`naviy va ilmiy meroslarni mustaqil ravishda ifoda eta oladi, meros haqidagi berilgan savollarga javobini to'g'riligini asoslay oladi. Bunda o’qituvchi bunday o’quvchilarga mavzu yoki tushunchalar bo’yicha qiziqarli, muammoli, topishmoqli topshiriqlarni, mustaqil ishlarni berishi mumkin. Bunda o’quvchining faolligi keskin ko’tariladi, tushunchalarni boshqa tushunchalar bilan integratsiya qila oladi. Shu ma’noda tadqiqotimizda boshlang’ich sinf o'quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqida bilimlarini shakllantirish va u orqali ularda faollikni oshirishning shakl va vositalari, metodikasi, mezoni va ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.

Olib borilgan tadqiqot ishlari o'quvchilarni o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosini o'rganish uchun ularni muzeylarga, tarixiy obidalarni o’rganish markazlariga olib borildi, tarixchi, adabiyotshunoslar bilan uchrashuvlar, suhbatlar uyushtirildi. Mustaqil (har bir bolaga individual) topshiriqlar berib borildi. “Rassomlar bellashuvi” va “Men vatanning parchasi” mavzularida bellashuvlar o’tkazildi. Bunda asosan Vatan mavzusiga e’tibor qaratiladi. Mustaqil ishlarda o’quvchilar yurtimiz zaminidagi asoru - atiqalarning sura’tlarini yig’ishdi. Buvi va bobolaridan lapar, qo’shiqlar, matal va masallar, topishmoqlar hamda tez aytishlarni o’rganib kelishdi va bir-birlariga o’rgatishdi. Bularning barchasi “Vatanni asrang” maxsus kursida olib borildi. O’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o'rganishga tayyorlash zarurligini ko'rsatdi. Natijada o'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash, bu orqali ularda faollikni oshirish maqsadida “Vatani asrang” maxsus kursi dasturi ishlab chiqildi va umumta`lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganish va u orqali o’quvchilarda faollikni oshirish kursi bo’yicha yuqoridagi ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning metodikasi ishlab chiqildi va bunda quyidagi shart-sharoitlar aniqlandi:

- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarni shakllantirishga bog'liq bo'lgan mezonlarini belgilash;

- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosni samarali omillar asosida o'rganish.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosidan foydalanib, ularda faollikni oshirishning pedagogik imkoniyatlari bo’yicha quyidagi asosiy shartlarni e'tiborga olish maqsadga muvofiqligi asoslanadi:

- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishni takomillashtirish;

- o'qituvchilar bilan o'quvchilar o'rtasida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishda o’zaro munosabatlarning izchilligi;

- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rginashda o’quvchilarning ijtimoiy-pedagogik psixologik faolligini oshirish;

- dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosiga oid tadbirlar o'tkazish;

- o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalashi;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy-ma’naviy merosga bo’lgan chuqur hurmatni qaror toptirish.

O’qish darslarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini interfaol metodlar asosida o'quvchilarga yetkazish. O'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy meriosini o’rganishda quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi:

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi bo’yicha bilimlarni boshlang’ich sinf o'quv predmetlari bo'yicha olishi;

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosning qiyosiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnikaviy tizimlarning o'zaro bog'liqligini aniqlash;

  • texnologiyalar bo'yicha kompetentligi (jihoz va asbob-uskunalarni tanlash ko'nikmasi, tashxis qo'yish va texnik xizmat ko'rsatish, aniq belgilangan vazifalar yechimida texnologiyalarni qo'llash);

O'quvchilarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosni bilish bosqichlari aniqlandi.

TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING TAHLILI.

Magistrlik ishi orqali bugungi o’qitish tizimi va unda olib borilayotgan ishlar, ta'lim oldidagi bugungi kun muammolari, ularning kеlib chiqish sabablari, bartaraf etish yo’llari va ta'limga oid innovatsion tеxnologiyalar ularning ta'limdagi o’rni haqida baholi-qudrat ma'lumot bеrishga, ularning muammolarini hal etishga urinib ko’rdik. Ta'limda uchragan va uchrashi mumkin bo’lgan pеdagogik muammolarni o’z qarashimiz bilan hal etishga urindik.

Ularning yangi mukammal yo’llarini topishga harakat qildik. Biz o’z fikrlarimizni isbotlash uchun ma'lum tajribalar olib bordik. Bu tajribalarimiz asosan o’zimiz faoliyat ko’rsatayotgan maktablarda bo’ldi.

Dastlab biz o’ylagan muammolarni kuzatdik, ularni kamchilik dеb o’ylaganlarimizga ishonch hosil qilish uchun darslarni, tarbiyaviy jarayonni kuzatdik..

Shu soxa mutaxassislarini fikriga quloq tutdik, ulardan o’rgandik. Shu maqsadda biz ishimizni tajribadan boshladik. Tajriba uchun tumanimizdagi 21-maktabning boshlang’ich sinflarini oldik. Mavzu maktab pеdagogik kеngashida ko’rib chiqildi va ma'qullandi. Tajriba uchun mas’ul o’qituvchilar ham biriktirildi.

Rеjalari ishlab chiqildi. Biz ishni dastlab mavzu haqida o’quvchilarga tushuncha bеrishdan boshladik. Ularning tushunchalari boyitildi. Bu xaqda savol- javoblar o’tkazildi.

Ayrim o’qituvchilarning bu xaqdagi fikr va mulohazalarini ham atroflicha tahlil qilib o’tildi. Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini faolashtirishda milliy na’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini bugungi holatlarini chuqur tahlil qilib o’tildi. Ayrim darslar kuzatildi va bu haqida fikrlar bildirildi.

Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga milliy ma’naviy meros tushunchasi keng ma’noda tushuntirib berildi. Bunda ko’rgazmali vosita va prezintatsiyalardan keng foydalanildi . Yig’ilishlar o’tkazildi.

Yig’ilishda mavzuga bog’lab savollar o’tkazildi. Quyidagi savollar o’rtaga tashlandi:

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faolashtirishda miliy ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari jarayonida ko’p uchraydigan muammolar haqida nimalarni bilasiz?

  • Siz avval ushbu jarayonga e'tibor bеrganmisiz?

  • Sizni yana ham qiziqtirgan muammolar bormi? Ularni qanday xal

etmoqchisiz?

  • Milliy ma’naviy merosdan foydalangan holda dars o’tganmisiz ?

  • Sizni biz tadqiq etayotgan mavzu qiziqtirdimi?

  • Siz yana qanday muammolarni hal etishga qiziqasiz?

  • Shu mavzu haqida dastlab uslubiy qo’llanmalar bilan tanishmisiz?

  • Viloyat va tuman sеminarlarida bizning mavzu haqida tushuncha

olganmisiz?

  • Ushbu mavzuga oid matbuotda biror maqola o’qiganmisiz? Yoki o’zingiz maqola yozganmisiz?

Bu kabi savollar yozilgan so’rovnomalar fan o’qituvchilariga tarqatilganda, ular bu savolga o’zlarining javoblarini bеrdilar va fikr mulohazalarini bildirdilar.

69 % o’qituvchilar bizni mavzumizga juda qiziqqanlarini aytdilar.

16 % o’qituvchilar mavzuga qo’shimcha fikr bildirib yana ham uni takomillashtirishni taklif qildilar.

15 % o’qituvchilar bunga bеtaraf qoldilar.

Tajriba ishlarini biz sinflarni tanlash, tajriba va nazorat sinflarini bеlgilash bilan boshladik.

Tajriba uchun 3-“A” sinf, nazorat uchun 3-“B” sinf tanlandi. Dastlab ulardan nazorat ishi olish bilan boshladik. Olingan nazorat tеst usulida olindi.

Undagi natija quyidagicha bo’ldi:



Tajribadan oldingi 3-a va 3-b sinfi o’zlashtirish natijalari jadvali


Sinflar

O`quvchi lar soni

Baholar

5

4

3

2

Tajriba sinflari

41

3-a

soni

%

Soni

%

soni

%


%

5

13%

17

41%

15

36%

4

10%

Nazorat sinflari

42

3-b

6

16%

17

35%

15

41%

4

11%









Bu ma'lumotlardan ko’rinadiki, mavzu haqida ular umumiy tushunchaga ega ekanlar. Shundan so’ng biz mavzu haqida tajriba sinfimizda ish boshladik. Tadbir rеjalarini tuzib chiqdik. Qiladigan ishlarni bеlgilab oldik. Ish rеjalarini ishlab chiqdik. Shu rеja asosida mukammal ish olib bordik. Avval darslarni kuzatdik, qilinadigan ishlarni bеlgiladik. Ayrimlaridan voz kеchdik. O’quvchilarni zеriktiradigan o’rinlar olib tashlandi. Darslar asosan savol javob tarzida o’tkazila boshlandi.

Savollar quyidagicha tuziladi:

  • Milliy ma’naviy merosimiz sizni qiziqtiradimi?

  • Ma’naviyat dеganda nimani tushunasiz?

  • Milliy ma’naviy merosning qanday turlarini o’rganishni hohlaysiz?

  • Uyda ko’proq qaysi urf-odatlarimizni bajarishga qiziqasiz?

  • O’zingiz ham milliy ma’naviy merosimiz yuzasidan qo’shimcha mashg’ulotlar bajarasizmi?

  • Badiiy adabiyotlardan foydalanasizmi?

  • Erkin fikrlashingizga o’qituvchi to’sqinlik qilmaydimi?

  • Tеst daralaridan qoniqasizmi?

  • Savollar asosida gapirib bеrish sizga qulaymi?

  • Musobaqa dasrlari sizni qiziqtiradimi?

  • Sayohat dasrlarini ham yoqtirasizmi?

  • Asori atiqalarimizni ko’zingiz bilan ko’rishni istaysizmi?

  • Qaysi yangi mеtodlarni qo’llash mumkin.

  • Ushbu mavzuni o’qitshda eng samarali usul qaysi, dеb o’ylaysiz?

  • Siz uchun qanday darslar qiziqarli bo’ladi?

Bu kabi savollar kеlajakda o’tkaziladigan darslarni qanday o’tish kеrakligini bеlgilab bеradi. Shu sababli biz ishlarimizni, asosan o’quvchilarning takliflaridan kеlib chiqib bеlgiladik.

Avval biz o’quvchilarni darslik va qo’llanmalar bilan yaqindan tanishtirib oldik. Bo’limlari to’g’risida o’z fikr mulohazalarimizni bildirdik. O’quvchilarning fikrlarini ham oldik. Ularni o’rgandik saraladik. Shular asosida darslarni tashkil etdik. Namunaviy dars uchun maktabning eng ilgor o’qituvchilari Qosimjanova va Sultonovalarni tanladik mavzuga bog’lab o’qituvchimiz namunaviy dars o’tib bеrdi, (yuqorida ilova qilingan) o’quvchilar qiziqishi juda oshib kеtdi. Chunki, tashkil qilingan darslar o’quvchilarning zеrikishiga yo’l qo’ymaydi. Ularda mustaqillikni ta'minlaydi. Bugungi ta'limning asosiy shartlaridan biri ham o’quvchilarning faollikka o’rgatishdir. Biz o’qituvchilar ularni to’g’ri tushungan holda darslarda o’quvchi faolligini ta'minlash ularda mustaqil ishlash ko’nikmalarini o’stirishga doimo diqqqat e'tiborini qaratmog’imiz kеrak bo’ladi.

Tajriba sinflarda yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib boriladi. Musobaqa darslari o’tkazildi. Darslarda o’quvchilar rag’batlantirildi. Biz darslarda, asosan o’quvchilarning rag’batlantirishga e'tibor bеrdik. Bulardan tashqari uyga bеrilgan vazifalarga ham, chunki vazifalar orqali o’quvchilarning tushunganliklarini ochiq ko’rish mumkin. Bundan tashqari, Namangan shahridagi bir qator ma’naviy merosimiz hisoblangan joylarga ( Mullo Ohun madrasasi, muzey ) sayohatlar uyushtirildi.

Har bir o’quvchi o’z uylarida qanday urf – odatlarga rioya etishlari insho sifatida yozib kelish kabi o’quvchini mustaqil va faol ishlashga undovchi topshiriqlar berib borildi. (Uyga vazifa sifatida)

Masalan, darslarda tasvirlangan o’yinlarni topib kеlish. Agar o’quvchi darsdan ta'sirlanmasa darsni tushundi, dеb o’ylamaslik kеrak. Shu sababli oldindan nazorat ishlari tajriba sinflarida yuqori ekanliklarini ko’rsatdi.

Tajribadan keyingi o’zlashtirish natijalari jadvali

Sinflar

O`quvchi

lar soni

Baholar

5

4

3

2

Tajriba sinfi

41

3-a

Soni

%

Soni

%

Soni

%

Soni

%

7

17%

20

49%

13

32 %

1

2 %

Nazorat sinfi

42

3-b

6

16%

17

35%

15

41%

4

11%


Tajribadan keyingi o’zlashtirish natijalari diagrammasi










Shu bilan birga tajriba sinfining tajribadan oldingi o’zlashtirish natijalari bilan keyingi natijalarni solishtirib ko’radigan bo’lsak jadval tarzida uning ko’rininshi quyidagicha:




Sinflar

O`quvchi

lar soni

Baholar

5

4

3

2

Tajriba sinflari

Tajribadan oldin

41

3-a

Soni

%

Soni

%

Soni

%

Soni

%

5

13%

17

41%

15

36%

4

10%

Tajriba sinfi tajribadan keyin

41

3-a

7

17%

20

49%

13

32%

1

2 %


T ajriba sinfining tajribadan keyingi va oldingi o’zlashtirish

natijalarining solishtirma diagrammasi










Jadval va diagrammadan ko’rinib turibdiki tajribadan keyin sinfda 5 bahoga o’zlashtiruvchilar soni 2 nafarni tashkil qilib, 4%ga oshgan, 4 bahoga o’zlashtiruvchilar soni 3 nafarni tashkil qilib, 8%ga oshgan. 3 baho o’zlashtiruvchilar soni 2 nafarga kamayib, 4% ijobiy natijaga erishilgan, 2 baho o’zlashtiruvchilar soni 3 nafarga kamayib, 8% ijobiy natijaga erishilgan. Umumiy o’zlashtirish samaradorligi esa 54% dan 66% ga ko’tarilgan, yani 12%ga o’sishni kuzatishimiz mumkin. Ushbu o’zlashtirish natijalari tahlilidan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, olib borilgan tajriba-sinov ishlari haqiqatdan ham samarali bolib, “O’qish” darslarini interfaol usullar asosida tashkil etish orqali biz o’quvchilarni har tomonlama puxta bilim olishlariga va ularda milliy-ma’naviy meros tushunchalarini shakllantirishga, ta’lim sifatini oshirishga, mustaqil fikrlashlarini hamda ongli tarzda o’zlashtirishlariga erishishimiz mumkin bo’ladi.

Olingan nazorat ishlari atroflicha tahlil qilindi. Ularning sabablari maxsus yig’ilishlarda o’rganildi. Biz tadqiq etayotgan mavzuning dolzarb ekanligi yana bir bor ma'qullandi. O’tkazilgan tajribalarda biz shoshilmadik. O’z fikrlarimizni aniq dalillarga asoslangan holda ilmiy tadbiq etishga urindik.

Bugungi kunda ta’limda o’quvchilarni milliy ma’naviy merosdan foydalanib o’quvchilarda faollikni oshirishning pedagogik imkoniyatlari muhim vazifalardan bo’lib turgan ekan, biz asosiy e'tiborni ta'limning shu o’rinlariga qaratdik.

Uning eng qulay uslublarini yaratishga erishdik.

Bunda ta'limdagi eng ilg’or tеxnologiyalardan foydalandik ularni ish jarayonida sinab ko’rdik. Eng mukammalarini tanlab oldik. O’qitish jarayoniga tadbiq etdik.

Umuman olganda, o’tkazilgan tajribalarimizdan ma'lumki, bugungi ta'limda boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari mavzusi dolzarb ekan, yangicha uslublarini tashkil etish va uyushtirish muhim bo’lib turibdi. Biz kеchiktirmay bu darslar ko’lamini kuchaytirishimiz, darslarda biz tadbiq etgan yangiliklarni joriy etish kеrak, dеb o’ylaymiz. Ana shunda ta'limda kichik bo’lsa ham yangilik yaratgan bo’lamiz. Zero, bugungi davr hamisha izlanishni , faol harakatda bo’lishni har birimizdan talab qilar ekan, yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash biz pedagoglarning zimmasidadir.



3.3. Bob bo’yicha xulosa.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, muammo bo'yicha o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari tahlili shundan dalolat beradiki, boshlang’ich sinf o’quvchilarining faolligini oshirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanishda zamonaviy o'quv vositalari hamda Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Ibn Sino kabi allomalarning asarlaridan, hayoti va ilmiy ijodi namunalaridan, milliy me’morchilik namunalarini maketidan va shunga o’xshash milliy-ma’naviy merosni ifodalab beruvchi vositalardan foydalanish milliy-ma’naviy merosni o’rganishda faol usullardan hisoblanib, ular ta’lim samaradorligini oshiribgina qolmay, to’la o’zlashtirishga o’quvchilar faolligini oshirgan holda erishishni ta’minlaydi.

Bugungiday ta’lim samaradorligiga erishish o’qituvchining faoliyati natijasi sifatida baholanadi, shuning uchun har bir o’qituvchi dars jarayonida integrativ dars ishlanmalaridan keng foydalansa, o’quvchilarning individual xarakter xususiyatidan kelib chiqib metodik ta’sirni aniq va to’g’ri bera olsa, u nafaqat o’zining, balki o’quvchining ham yashirin imkoniyatlarini haqiqiy ma’noda kashf eta oladi.

Umumiy xulosa

Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ta’lim tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi bilan belgilangan. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita ta’luqlidir. Magistrlik ishida ifoda etilgan barcha g’oyalar ana shu metadologik qoida atrofida rivojlanib bordi.

1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari – dolzarb pedagogik muammo ekanligi isbotlandi.

2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari metodikasi ilmiy asoslandi va o'quv amaliyotiga tadbiq etildi. O'quvchilarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish modeli, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda sinovdan o'tkazildi.

3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faolligini oshirishda o’zbek milliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish jarayonida ta'lim-tarbiya uzviyligi ta'minlandi, ularda o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosi haqida bilim olishga motivatsiya uyg'otish usullari ishlab chiqildi.

4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish ularning o'quv va amaliy faoliyati samaradorligiga ijobiy ta'sir etib, ularda shaxsiy va kasbiy sifatlarning kamol topishiga omil bo'ldi. O'quvchilarning kasbiy bilimlari va o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlari mustahkamlandi, ularda ilmiy faoliyat bo'yicha amaliy ko'nikma va malakalar shakllantirildi.

5. Umumta`lim maktakblari boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi mazmunini yangilab borish va o'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishdagi bilimlarini shakllantirish obyektiv zarurat bo'lib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bunda nazariya bilan amaliyotning uzviyligini ta'minlash zarurati tajriba-sinov ishlari jarayonida o'z ifodasini topdi.

6. Umumta`lim maktakblari boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishga oid “O’qish”, “Odobnoma” fanlarini o'qitish bo'yicha ishlab chiqilgan metodika va maxsus kursni amalda joriy etish va tajriba-sinov ishlari natijalari umumta`lim maktakblari boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish borasida samaradorlikka erishilganini ko'rsatdi.

Hozirgi kunda pedagogika fani oldida kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri kuchli demokratik jamiyat qurishning ma’naviy ma’rifiy zaminini yaratishdan iborat. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollahtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan unumli foyfalanish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalashdek umumdavlat, umummilliy dasturni bajarishga yordam berishi, shak-shubhasizdir.

Shuning uchun ham “Maktabni rivojlantirishga qodir, uni shaxs va jamiyatni rivojlantirish omiliga aylantira oladigan tilsimotni faqat milliy- mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda maktabni demokratlash, insonparvarlashtirish orqaligina erishish mumkin” deyiladi. O’zbekiston Respublikasining umumiy o’rta ta’lim maktabi to’g’risidagi vaqtinchalik nizomda. Zero, bunday vazifani to’la-to’kis amalgam oshirish uchun O’zbekiston maktablarining o’quv-metodika ta’minotini, maqsadlari, vazifalari, tizimi, mazmuni, boshqarish va tashkil qilishning shakl va usullarini Respublikaning milliy madaniy an’analariga, uni hozirgi ijtimoiy – iqtisodiy holati va istiqboliga mutanosib holda takomillashtirish zarur. Buning uchun avvalombor, barcha o’quv yurtlari, oila, ishlab chiqarish jamoalari, madaniy muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlash va takomillashtirishi lozim. Bunda asosan xalq ta’limining eng asosiy qonuniyatlaridan biri yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda maktab, oila, jamoat tashkilotlari mehnat jamoalarining hamkorligi muhim va hal qiluvchi omillardandir.

Tavsiyalar

1. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari boshlang’ich sinf o'quvchilarining o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarini shakllantirish va rivojlantirish asosida o’quvchilar faolligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari – dolzarb pedagogik muammo ekanligini isbotlash kerak.

2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarini shakllantirishda o’quvchi yoshi va individual pedagogik psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak.

3. Boshlang’ich sinf o'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur.

4. O'quvchilarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarini shakllantirishning mezon va omillarini belgilash va aniqlash kerak.

5. Umumta`lim maktakblari boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishning mazmuni, shakli, metod va vositalarini belgilash kerak.

6. Umumta`lim maktakblari boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishda fanlararo integratsiyadan va interfaol metodlardan “O’qish” darslarida foydalanish lozim.

7. Tadqiqot ishidan bakalavr bitiruv malakaviy ishlarida, boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’qish darslarida qo’llashi, boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishlar yo’nalishi talabalari mustaqil ta`limda hamda kurs ishlarida, o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari foydalanishlari mumkin.

8. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faolligini oshirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. I.A.Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va tarraqiyot yo’li”. – T.: O’zbekiston, 1997 yil.

  2. I.A.Karimov Buyuk kelajak sari. Toshkent. 1998 yil.

  3. I.A.Karimov  “Milliy mafkuramiz, millatni millat, xalqni xalq qilishga xizmat qilsin”. T. “Tafakkur”№2. 1998.

  4. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch”

  5. I.A.Karimov “Jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi O`zbeksiton sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari”

  6. I.A.Karimov “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustuvor maqsadimiz” Toshkent., 2010 yil

  7. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: “O‘zbekiston”, 2000 yil.

  8. O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonuni. T. 1997.

  9. O‘zbekiston umumta`lim maktablarining Kontseptsiyasi.

  10. 1-sinf o’qish va odobnoma darsliklari. T., 2008-2009 yil

  11. 2- sinf o’qish va odobnoma darsliklari. T., 2008-2009 y.

  12. 3- sinf o’qish va odobnoma darsliklari. T., 2008-2009 y.

  13. 4-sinf o’qish va odobnoma darsliklari. T., 2008-2009 y.

  14. Maktabgacha ta`limning davlat standarti O’ZPFITI., T., 1995 y

  15. A. Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq.T. 1996.

  16. A.K.Munavvarov  Pedagogika. T. 1996.

  17. O.Musurmonova  O‘quvchilarning ma`naviy madaniyatini shakllantirish. T. 1993.

  18. U.Mahkamov Axloq-odob saboqlari. T. 1994.

  19. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T. 1996.

  20. Q.Toshmurodova  Ta`lim-tarbiyani rejalashtirish xususiyatlari. T. 1993.

  21. O‘zbek pedagogikasi tarixi (qo‘llanma). prof. A. Zunnunov tahriri ostida. T. 1997.

  22. M.Inomova Oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. T. Fan. 1995 yil.

  23. M.G.Davletshin “Qobiliyat va uning diagnostikasi” T., “O’qituvchi” 1989 y

  24. V.Karimova “Psixologiya” T., “O’qituvchi” 2001 y.

  25. K.Hoshimov “Pedagogika tarixi antalogiyasi” “O’qituvchi” T., 1999 y

  26. O’.Asqarova, M.Xayitbayev, M.Nishonov “Pedagogika” T., “Talqin” 2008 y

  27. O.Hasanboyeva “Oila pedagogikasi” T., “Aloqachi” 2007 yil

  28. E.Xoliqov, M.Lafasov, M.Rustamov “Merosimiz ildizlari” T.,“Ma’naviyat” 2008 yil.

  29. S.Komilova “Yoshlar tarbiyasida ilmiy merosimizning o’rni” T., “Mehnat” 2000 yil.

  30. O.Tursunov, S.Jamalov “Yoshlar tarbiyasida qadriyatlarimizning roli”. T., “Sharq”. 2000 yil.

  31. A.Sirojiddinov, M.Lafasov “Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish” T., “O’zbekiston” 2008 yil


INTERNET SAYTLARI:

http: www.ziyo.net.uz.

http: www.pedagog.uz.

http: www.edu.uz.

http: www.referat.uz.



1 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T. “Ma’naviyat”, 2008. 56-bet

1I.A.Karimov Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Т.: “Sharq”, 1997 yil, 5-6 betlar.

1 Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т.: “O’zbekiston”, 2000 yil. 3-bet.

2 I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”. T. “Sharq”, 1999 yil. 173-bet.

1 I.A. Karimov.O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.’’O’zbekiston’’,141-bet.

1 I.A.karimov.”Istiqlol va ma’naviyat”.T.”O’zbekiston”,1994 yil 30-bet.

1I.A.Karimov. “O’zbekiston XXI- asr bo’sag’asida, xavsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. ‘’O’zbekiston’’, 2006, 31-bet.

1I.A.Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.’’O’zbekiston’’1994yil, 300-bet.

1 I.A.Karimov O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. “O’zbekiston”, T. 1993 yil 78-bet.

1 I.A.karimov. “Barkamol avlod orzusi”. Sharq. T. 1999y. 231-bet.

125