Просмотр содержимого документа
«Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar nutqini o’stirish.»
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar nutqini o’stirish.
Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi.
Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nut vositasida idrok etadi.
So’z signalizatsiyasi, ya’ni nutq tufayli odam borliqni umuman, fikran idrok etishi mumkin. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo’lishida qatnashadigan turli qismlari.
Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo’shlig’i kiradi.
Nutqning tashqi va ichki, og’zaki va yozma turlari bor.
Tashqi nutq asosan aloqa bog’lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchilarga tushunarli qilib tuziladi. So’zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq, ya’ni o’zi uchun bo’lgan nutq ong?
O’zini bilish, tafakkur jarayonlarida g’oyat muhim ro’l o’ynaydi.
Yozma nutq (xat yozish va o’qish) funksional jihatdan ichki nutq (yozilajak narsani ichida inchirlash, tovush chiqarmasdan o’qish) bilan chambarchas bog’liqdir.
1. Har bir o’qituvchi o’quvchi nutqini o’stirishga mo’jallangan xilma – xil metodik shakl va usullarni foydalanishi.
2. O’quvchilar uchun og’zaki nutqini o’stirishga mo’jallangan mashqlar tizimini tashkil qilish.
3. O’quvchilar og’zaki nutqni o’stirishga mo’jallangan mashqlar tizimida monologik va dialogik nutq ko’nikmasini hosil qilish.