СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

«BUKHARCHA II» Uzbek folk song

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Just as each region has its own folk songs, Bukhara has its own school of singing and rich musical heritage. The creation of the Shashmaqom series, one of the rich traditions of Uzbek musical values, is also directly related to Bukhara and is therefore commonly referred to as the Bukhara Shashmaqomi. Rich in folk songs, this nation also has gods, goddesses, happy weddings, yallas and other works of various genres. Another genre typical of Bukhara is "Mavrigi". There are also many children's songs and folk songs. One such song is "Bukhara II".

Просмотр содержимого документа
««BUKHARCHA II» Uzbek folk song»

«BUXORCHA II»

O’zbek xalk qo’shig’i

Har bir regionga xos xalq qo’shiqlari mavjud bo’lgani kabi Buxoroning ham o’ziga xos ashulachilik maktabi va boy musiqiy merosi mavjuddir. O’zbek musiqiy qadriyatiarining boy an’analaridan biri hisoblangan Shashmaqom turkumlarining yaratilishi ham Buxoro bilan bevosita bog’liq va shuning uchun ham odatda uni Buxoro Shashmaqomi deb yuritiladi. Xalq qo’shiqlariga boy bu xalqning ham allalari, yor-yorlari, to’y muboraklari, yallalari va boshqa turli janrdagi asarlari mavjud.

Buxoroga xos janrlardan yana biri bu «Mavrigi» janridir. Shuningdek, ko’plab bolalar qo’shiqlari va xalq qo’shiqlari ham mavjud. Shunday qo’shiqlardan biri «Buxorcha II» dir.

«Buxorcha II» qo’shig’ida o’sib kelayotgan uch opa singil haqida so’z yuritiladi. Qo’shiqning metodiyasi ham engil, bolalarcha sho’x, raqsona ufor tarzida berilgan. Qo’shiqda bahor faslida yosh qizchalarning ariq bo’yiga gul terish uchun chiqqanligi va ularning har birini bahor gullariga qiyos qilish mumkin ekanligi haqida fikr yuritiladi. Zero, o’zlarining xushbichimligi, xushchiroyi, nafisligi va latofati bilan ular bahor gullari lola, sumbul va boshqa gullarga o’xshaydi. Bunda inson go’zalligi tabiatga qiyos qilinadi. Vaholanki, inson ham ona tabiatning jonli va ongli bir bo’lagidir.

O’quvchilarga bu qo’shiqni o’rgatish jarayonida har bir qizning didi haqtda ham so’z borishini uqtirib o’tish lozim bo’ladi. Olti yoshga kirgan birinchi qizning o’zi maktab yoshiga kelib endigina birinchi sinfga o’qishga kirishi mumkin bo’lgan yoshdaligi, ikkinchisi ham ona tabiatiga mehr qo’yib ona Vatanimiz bag’rida o’sgan gullardan birini chakkasiga uzib taqqanligi va uning gulga bo’lgan mehri ifodalanadi. Uchinchi qiz qo’llari belida bo’lg’anligi, opalarining qilayotgan ishlarini kuzatayotganligi va opalariga bir oz erkalik bilan qarab turganligi haqida fikr yuritiladi.

Bu qo’shiqni o’rganishda uchala qizlarning kayfiyati va ularga xos xususiyatlarni ochib berish maqsadida uni kuylashda rollarga bo’lish uslubidan foydalandik. Bunda har bir rol o’ynagan qiz shu erdagi bolalarga xos xususiyatlami o’zlarida namoyon qila olishlari lozim bo’ladi.

Qo’shiqning musiqasi sho’x ufor usulida berilgan. Unga raqs tushish ham qulay.

O’quvchilarga beriladigan savollar:

1. Bahor faslida qaysi gullar ochiladi?

2. Qizlar gullarni nima uchim uzadilar?

3. Qizlar qaysi hislatlari bilan gulga o’xshaydilar?

4. Qo’shiqni kuylab raqsga tushsa bo’ladimi?

5. Qo’shiq qaysi usulda yozilgan?



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!