O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ
TA`LIMI BOSHQARMASI
NAMANGAN SHAHAR XALQ TA`LIMI
BO’LIMI
Namangan shahar 26-umumiy o’rta ta’lim
maktabi boshlang‘ich sinf o’qituvchisi
Kamalova E`tiborning
2
-sinf uchun bo`shliq ustida ishlash uchun yozgan 1soatlik
Mavzu: : Alisherning onasi. (Abdulla Oripov)
Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: DTS talablarini bajarish, O`quvchilarga Abdulla Oripovning Alisherning onasi mavzusidagi bo`shliqlarini to`ldirish. FK1
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilar ongida «Vatan» tushunchasini kеngaytirish dunyoqarashini shakllantirish.
O`quvchilar ongiga milliy g`oya tushunchalarini singdirish. Milliy qadriyatlarimizni, an'analarimizni e'zozlashga o`rgatish TK3.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni og`zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: Aralash, savol-javob, musobaqa.
Darsning jixozi: Darslik, mavzuga oid rasmar, texnika vositasi, rag’bat kartochkalari, Mustaqillik maydoni tasviri
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) navbatchi xisoboti.
- Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo`ladi?
Bugunning hisobini
Mеnga aytib bеradi?
- Shu bugungi navbatchi
Tanib qo`ying kamina
Yaxshi ishlab hammaga
Bo`lmoqchiman namuna
- So`zlang hozir qaysi dars,
Tayyormisiz saboqqa?
- Puxta bilim olmoqqa
Biz tayyormiz saboqqa
- Hozir darsimiz «O`qish!». O`qish darsimizning shiori.
-Yaxshi o`qish burchimiz bunga yetar kuchimiz.
O`quvchilar ikki guruhga bo`linadi va guruhlar nomlanadi.
I-guruh: «Barkamol avlod».
II-guruh: «Komil inson».
Ma'naviyat daqiqasi.
O`quvchilarning bilimlarini sinab ko`rish uchun savollar bеraman.
1. Bir yilda nеchta fasl bor?
2. Hozir qanday fasl?
3. 2018-yil qanday nomlandi?
4. Prezidentimiz I A Karimovning qanday asrlarini bilasiz?
7. Yurtboshimiz I.A.Karimovning so`ngi asarlarini nomini ayting.
To`g`ri javoblarga zangor rangdagi «Rag`bat» doirachalar bеriladi.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.
Karim chumolining tilini bilarkan» mavzusi o'quvchilarga o'qitiladi, mazmuni hikoya qildiriladi va mavzu yuzasidan savol-javob o'tkaziladi.
1. Karimjon yomg'ir yog’ishini qanday aniqladi?
2. Siz ham ob-havo o'zgarishini oldindan bila olasizmi?
Javoblar umumshtiriladi
IV. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni boshlash uchun quyidagi savollar beriladi:
1. Alisher Navoiy haqida nimalarni bilasiz?
2. Navoiyni tarbiyalab voyaga yetkazgan onasini siz qanday tasavvur etasiz?
3. Navoiyning onasini tasvirlab bering.
O'qituvchi o'quvchilar fikrini umumlashtiradi va she'rni ifodali o'qib beradi.
B
ilmam, qanday ayol bo'lgan
Alisherning onasi.
Balki, uning aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Balki, uning ko'zlarida
Bo'lgan og‘ir bir xayol.
Balki, g'amgin bir zotdir u,
Balki, sho'xchan bir ayol.
Balki, buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.
Balki, tunlarunga bedor
Aytib bergan ertaklar,
Mayliga, u kim bo'lmasin,
Yolg'iz bir so‘z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.
She'r o'quvchilarga o'qitiladi. She'r mazmuni hikoya qilinadi va savol-javob o'tkaziladi
V.Yangi mavzuni mustahkamlash
O’quvchilarni ikki Topqirlar va Bilimdonlar jamoalariga bo’ish
Birinchi guruh: Vatan
Ikkinchi guruh: Ona Sarlavhasi ostida Davom ettir metodi orqali hikoya tuzish topshirig’i beriladi.
O’qituvchi hikoyani o’qiydi va mazmunli gaplar, his- Darsda faol ishtirok etgan o’quvchiarni rag’batlantirish va baholash
Darsga xulosa yasab yakunlash
VI.Uyga vazifa she`rni yod olish