8- &.Mavzu . Matematikani o`qitishda bilimlarni baholash usullari
Reja:
1. K irish
2. O`quv chilarning bilim darajasini aniqlashni reyting tizimi
3 . Reytingni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari
4 . Reyting tizimining maqsad va vazifalari
5 . N azorat turlari va shakllari
6 . Reyting tizimida o`quvchilar bilimini baholash tartibi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 -\ il 27 yanvardagi “Barkamol avlod yili” davlat Dasturi to`g`risidagi PQ-1271-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta ’ minlash, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma h kamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli «O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta’limni tashkil etish to`g`risida»gi qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat masla h atchisi xizmati va Vazirlar Ma h kamasi , Ta’lim, sog`liqni saqlash, ijtimoiy mu h ofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo`shma yig`ilish bayonida belgilangan vazifalarga muvofiq umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilarining bilimlarini baholash va reytingini aniqlashda bolalarning ҳuquq va erkinliklarini to`liq tahminlovchi, ularning bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini samarali rag`batlantiruvchi tizimni joriy etish, o`qituvchilarning ta’lim-tarbiya sifatini oshirishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida ushbu buyruq qabul qilindi.
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
4. Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o`quvchilarning bilimlari, ko`nikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini rag`batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
5. Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) o`quvchilarning har bir o`quv fani bo`yicha belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarni nazariy va amaliy jihatdan o`zlashtirishlariga erishish;
b) o`quv fanlari bo`yicha o`quvchilarning doimiy ravishda darsga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash;
v) o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarining shakllanish bosqichlarini muntazam ta h lil qilib borish;
g) o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalari shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan bo`shliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish.
III. Reyting tizimining asosiy tamoyillari va nazorat turlari
6. Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillar bajarilishi zarur:
o`quvchining to`laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezonini bajargan holda o`quvchilarda shakllanayotgan bilim, ko`nikma va malakalarning mustahkamlab borilishini ta’minlash, o`quvchilarni qo`llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish;
umumiy o`rta ta’lim muassasalarida boshlang`ich sinf o`quvchilari bilimlari sifatini nazorat qilish bo`yicha reyting tizimining birligi va yaxlitligi;
ta’lim jarayoni qatnashchilari uchun reyting tizimi va natijalarining tushunarliligi hamda ixchamligiga erishish;
o`quvchilarning bilimlari sifatini baholashga haqqoniylik, odilonalik va teng huquqlilik asosida adolatli yondashish.
7. O`quvchilarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o`tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat – so`rovlar, topshiriqlar, testlar, kontrolg’ ishlar tarzida o`quvchilarning bilimlari, ko`nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat – chorak tamom bo`lganda va o`quv dasturining tegishli bo`limi tugallangandan keyin o`quvchilarning bilimlari, ko`nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. Ular kontrol ishlar, test sinovlari va malakaga doir ishlar shaklida o`tkaziladi .
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o`quv dasturiga asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko`rsatiladi;
bosqichli nazorat – 4-sinfda o`quv yili tamom bo`lgandan keyin imtihonlar, sinovlar, topshiriqlar shaklida amalga oshiriladi.
Bosqichli nazorat materiallari namunalari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o`quv fani o`qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o`zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar mu h okamasidan o`tkazib, joriy etishlari mumkin
IV. O`quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko`rsatkichlarini aniqlash
8. Reyting tizimida o`quvchining har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
9. Har bir nazorat turi qanday shaklda o`tkazilishidan qathi nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O`quvchilarning har bir nazorat turi bo`yicha bilimini baholash va reyting ko`rsatkichlarini aniqlash ularning o`quv fani mavzusi bo`yicha tasavvurga ega bo`lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qo`llay olishi, mustaqil mushohada yurita olish, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
10. 1-sinf o`quvchilarining bilimlari o`quv yilining birinchi yarmida baholanmaydi. Bu vaqtda baholashning pedagogikada mavjud bo`lgan rag`batlantirish, ru h lantirish, il h omlantirish metodlaridan foydalaniladi.
11. C h orak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;
choraklik baholar asosida yillik baho aniqlanadi.
4-sinflarda bosqichli nazorat o`tkaziladigan o`quv fanlari bo`yicha yillik baholar choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ballar asosida aniqlanadi.
12. Baholash o`quvchini sinfdan-sinfga o`tkazish uchun asos bo`ladi.
O`quvchini keyingi sinfga o`tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o`quvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga o`tkazilishi mumkin.
13. O`quvchi uning ota-onasi yoki ular o`rnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi bo`lsa, unga Maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar va ular o`rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xoҳlasalar) imtiҳon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtiҳon topshirishga faqat joriy o`quv yilida o`qitiladigan fanlar bo`yicha ruxsat beriladi.
14. O`quvchilarning o`quv yili davomida nazorat turlari bo`yicha olgan ballari hamda yillik baholari asosida har bir o`quv fanidan yillik reyting ko`rsatkichi aniqlanadi:
Bunda o`quvchining yillik bahosi:
“ 5” bo`lganda – 86, 90, 95 va 100 reyting ko`rsatkich ballaridan biri;
“ 4” bo`lganda – 71, 75, 80 va 85 reyting ko`rsatkich ballaridan biri;
“ 3” bo`lganda – 56, 60, 65 va 70 reyting ko`rsatkich ballaridan biri qo`yiladi.
Yillik reyting ko`rsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat bo`lib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball bundan mustasno.
Agar o`qituvchi o`quvchining yillik reyting ko`rsatkich balini 56 baldan kamligini ehtirof etsa, u holda o`quvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib belgilanadi.
15. O`quvchilar tomonidan foydalanilgan balni quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni asosida to`ldirish, qo`shimchalar kiritish, choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholarni va yillik reyting balini aniqlash faqat fan o`qituvchisining vakolatida bo`lib, bu jarayonga chetdan aralashuvga yo`l qo`yilmaydi.
16. O`quvchining yillik reyting ko`rsatkich ballarini aniqlash usuli o`quv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda o`qituvchi tomonidan belgilanadi.
17. O`quvchilarning nazorat turlari bo`yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik baholari, shuningdek, yillik reyting ko`rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
18. O`quvchining choraklik (yarim yillik), yillik baholari va yillik reyting ko`rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
V. Yakuniy qoida
19. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo`yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
Umumiy o`rta ta’lim maktab o`quvchilari bilimlarini nazorat qilishning takomillashtirilgan reyting tizimini amaliyotga joriy etish bo`yicha metodik tavsiya
I. Reyting tizimiga sharhlar
Ushbu reyting tizimi ko`pgina davlatlar tomonidan qo`llanilgan “5” baholik tizimdan bolalarning huquq va erkinliklarini to`liq ta’minlashi, ularning bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini samarali rag`batlantirish hamda ta’limning keyingi bosqichiga tortishga oid amaliy ishlarning bajarilishi bilan tubdan farq qiladi. Jumladan, “5” baholik tizimda o`quvchilar faqat “4” va “5” baholar bilan rag`batlantirilib, qolgan baholar esa o`quvchi shaxsini kamsituvchi, jazolovchi baholar sirasiga kiritilgan. Natijada, “uch baho-puch baho”, “ikkichi” kabi atamalar o`quvchilarda o`ziga bo`lgan ishonchni yo`qolishiga sabab bo`lib, ularda bilim olishga bo`lgan intilishni pasaytirgan.
Bundan tashqari, “1” baho qo`yishning aniq me’yori bo`lmaganligi sababli mazkur bahodan deyarli foydalanilmagan, bu esa “5” baholik tizimda asossiz ravishda faqat 4 ta baho (2, 3, 4, 5) dan foydalanilganligini ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasi tomonidan 1992 yilda “Bola huquqlari to`g`risida”gi konvensiya e’tirof etildi hamda 2008 yilda “Bola ҳuquqlari kafolatlari to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur Nizom bilan tartibga solingan o`quvchilar bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimiga ushbu Qonun talablaridan kelib chiqadigan tamoyillar singdirildi.
Eng muҳimi, o`quvchi hech qachon o`zining salohiyati yoki imkoniyati darajasida egallayotgan bilimi, shakllanayotgan ko`nikma va malakalariga nisbatan kamsitilmaydi. H atto, u eng kichik – “1” ballik imkoniyatdan foydalansa ham uni o`z ustida ishlashga undaydi.
SHuningdek, so`nggi yillarda amalda foydalanilgan, har ikki–uch yilda yangilanib turilgan, murakkab va noaniq talablarga muvofiq ishlab chiqilgan Nizomlar asosidagi ko`p ballik reyting tizimida o`qituvchi ko`p vaqtini o`quvchilarga bilim berishga emas , aksincha o`quvchi to`plagan ballarni hisob-kitob qilish ishlarini bajarishga sarflagan. Bunda, balning o`nli ulushlarini qo`llanilishi, kamida 13 ta turli murakkabliklarga ega bo`lgan nazorat va reyting ballarini hisoblash shakllari, formulalari va tartiblari o`qituvchida, xususan, ijtimoiy-gumanitar o`quv fanlaridan (ona tili, adabiyot, tarix, xorijiy tillar, boshlang`ich sinf va boshqalardan) dars berayotgan o`qituvchilarda qiyinchiliklar tug`dirgan. Ota-onalar bu chigal tizimni ҳech qachon tushunmaganlar.
O`qituvchining butun fikri xayoli reyting tizimidagi chalkashlik va chigalliklarni yechish, ballarni sanash va umumlashtirish bilan band bo`lib, ta’lim-tarbiya berish, o`z ustida ishlash maqsadlari keyingi o`rinlarda qolib ketish hollari mavjud bo`lgan.
Pirovard natijada, reyting ballarini yana qaytadan 2, 3, 4, 5 baholarga aylantirilishi hamda umumiy o`rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari uchun beriladigan shahodatnomalarga ushbu yaxlitlangan baholar (3, 4, 5) dan birining qo`yilishi barcha hisoblash ishlari mantiqan noto`g`ri va samarasiz bajarilganligini ko`rsatadi.
Takomillashtirilgan reyting tizimining ixchamligi, oddiyligi, keng jamoatchilik (o`qituvchi, o`quvchi va ota-onalar) uchun tushunarliligi, eng muhimi o`quvchini bilim olishga bo`lgan intilishini rivojlantirish uchun osoyishta, ijobiy, iliq muҳit shakllantirish, o`qituvchi, o`quvchi va ota-onalar hamkorligini samarali yo`lga qo`yishi bilan avvalgilardan farqlanadi.
Mazkur reyting tizimini tayyorlash davrida maqsad va vazifalarning to`liq bajarilmay qolish holatlarini keltirib chiqaradigan ko`plab xato va kamchiliklarga ehtibor qaratildi, shuningdek, bu borada dunyoning rivojlangan davlatlari tajribalari o`rganildi va natijada, baholashning yangi, o`ziga xos, samarali mexanizmi ishlab chiqildi.
II. O`quvchilar bilimlarini quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni
Reyting tizimida ballar “1”, “2”, “3”, “4”, “5” raqamlari bilan qayd etilib, ular so`zlar bilan quyidagicha ifodalanadi:
“ 1” ball – 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanildi;
“ 2” ball – 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanildi;
“ 3” ball – 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanildi;
“ 4” ball – 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanildi;
“ 5” ball – 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanildi.
“ 1” ball – 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanish. O`quvchi mavzu bo`yicha o`rganilgan ҳodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o`xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto`g`ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilsa, u berilgan imkoniyatning 1 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “1” balga ega bo`ladi.
O`quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatini egallashga bo`lgan intilishi, o`quv fanini o`zlashtirish uchun daftar yuritishi, qo`shimcha maslaҳat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko`rsatishi kabi harakatlariga qarab o`quvchining foydalanishi mumkin bo`lgan imkoniyati o`qituvchi tomonidan “2” balga o`zgartirilishi mumkin.
“ 2” ball– 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanish. O`quvchi 1 balga bo`lgan talabga qo`shimcha ravishda o`rganilgan mavzuga oid ayrim ma’lumotlar, qoida yoki ta’rif, teoremalarni eslab, noto`g`ri bo`lsa-da, asosli javob berishga va javobini isbotlashga harakat qilsa, u berilgan imkoniyatning 2 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “2” balga ega bo`ladi.
O`quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo`lgan tirishqoqligi, o`quv fanini o`zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo`shimcha maslaҳat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko`rsatishi kabi harakatlariga qarab o`quvchining foydalanishi mumkin bo`lgan imkoniyati o`qituvchi tomonidan “3” balga o`zgartirilishi mumkin.
“ 3” ball – 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanish. O`quvchi 2 balga bo`lgan talabga qo`shimcha ravishda o`quv materiali bo`yicha egallanadigan bilim, ko`nikma va malakalarni qisman o`zlashtirgan holda asosiy ma’lumotlarni ishonchli ravishda to`g`ri bayon eta olsa, u berilgan imkoniyatning 3 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “3” balga ega bo`ladi.
O`quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo`lgan tirishqoqligi, o`quv fanini o`zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo`shimcha maslaҳat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko`rsatishi kabi harakatlariga qarab o`quvchining foydalanishi mumkin bo`lgan imkoniyati o`qituvchi tomonidan “4” balga o`zgartirilishi mumkin.
“ 4” ball – 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanish. O`quvchi 3 balga bo`lgan talabga qo`shimcha ravishda mavzuga oid ma’lumotlarni taҳlil eta olsa, mustaqil ish bajarib, javoblarida yoki harakatlarida qisman ҳayajonlanish (mavzuni bayon etishda to`xtalish, takroriy eslash yoki yordamchi savollarga muҳtojlik, amaliy ishlarni bajarish ketma-ketligida ikkilanish kabi) holatlar uchrasa, mavzuga oid shakllangan malakaga nisbatan murakkab bo`lmagan xulosalar chiqara olsa, u berilgan imkoniyatning 4 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “4” balga ega bo`ladi.
O`quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo`lgan tirishqoqligi, o`quv fanini o`zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo`shimcha maslaҳat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko`rsatishi kabi harakatlariga qarab o`quvchining foydalanishi mumkin bo`lgan imkoniyati o`qituvchi tomonidan “5” balga o`zgartirilishi mumkin.
“ 5” ball – 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanish. O`quvchi 4 balga bo`lgan talabga qo`shimcha ravishda mavzuning mohiyatini chuqur anglab qoidalar, ta’riflar, teoremalar, qonunlar va g`oyalar asosida topshiriqlar, masalalar hamda mustaqil ishlarni ijobiy bajarib, amaliy faoliyatlarida qo`llay olishini tasavvur qilib, uni turmush tajribasidagi misollar bilan isbot qilib bera olsa, u berilgan imkoniyatning 5 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “5” balga ega bo`ladi.
O`quvchining o`quv faniga nisbatan shakllangan ijodiy munosabati va alohida iqtidorini batafsil taҳlil etib, o`qituvchi muntazam “5” ball imkoniyatidan to`liq foydalanadigan o`quvchini rag`batlantirish yuzasidan ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kun tartibiga aloҳida masala sifatida tavsiya kiritishi mumkin.
Aloҳida iqtidori shakllanib kelayotgan o`quvchilar ta’lim muassasasida ehtirof etilgan holda ehlon qilinadi va tegishli stend, fotoalbom yoki rag`batlantirishning boshqa ko`rinishlarida qayd etiladi.
Har bir fan o`qituvchisi darsga va tarbiyaviy mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko`rish davrida o`quvchilar uchun beriladigan so`rovlar, kollokvium materiallari, seminarlar, kontrolg’ ishlar, testlarni avvaldan aniqlab olishi lozim. O`qituvchi avvaldan belgilagan imkoniyatlar-so`rovlar, topshiriqlar, testlarni dars jarayonida to`ldirishi va ularga qo`shimchalar kiritishi mumkin.
III. O`quvchilarining yillik reyting ballarni aniqlash mezoni
(o`quvchilar bilimini nazorat qilishning quyidan yuqoriga ijobiy
baholash mezoni asosida)
Har bir fandan o`quvchilarning yil davomida egallagan haqiqiy bilim, ko`nikma va malakasi asosida yillik reyting ballari quyidagicha aniqlanadi:
O`quvchining yillik (yakuniy) bahosi “3” bo`lsa, unga quyidagi yillik reyting balllardan biri belgilanadi:
Baho
3
Yillik reyting ball
3
56
60
3
3
65
70
O`quvchining yillik (yakuniy) bahosi “4” bo`lsa, unga quyidagi yillik reyting balllardan biri belgilanadi:
Baho
Yillik reyting ball
4
71
4
75
4
80
4
85
Baho
5
Yillik reyting ball
5
86
90
5
5
95
100
O`quvchining yillik (yakuniy) bahosi “5” bo`lsa, unga quyidagi yillik reyting balllardan biri belgilanadi:
Yillik reyting ballari yuqorida qayd etilgan ballardangina iborat bo`lib, yillik reyting balini belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi (minimal 55 ball bundan mustasno).
O`quvchilarning yakuniy reyting bali o`quv yili yakuni sifatida muassasa mahmuriyati va ota-onalar ehtiboriga taqdim etiladi.
Agar o`quvchi yillik reyting balidan foydalana olmasa, bu holat ota-onalarga to`g`ri talqinda tushuntirilishi shart. Jumladan, “farzandingizning yillik reyting bali 55 balni tashkil etdi, yozgi tahtil davomida va navbatdagi o`quv yilida u bilan astoydil shug`ullansangiz, undagi ichki imkoniyatlar ro`yobga chiqib, farzandingiz yanada yuqori ko`rsatkichlarga erishishi mumkin” kabi...
O`quvchilar tomonidan foydalanilgan balni quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni asosida to`ldirish, qo`shimchalar kiritish, choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholarni va yillik reyting balini aniqlash faqat fan o`qituvchisining vakolatida bo`lib, bu jarayonga chetdan aralashuvga yo`l qo`yilmaydi.