СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

THis article is about history

Просмотр содержимого документа
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q»

Bugun biz uzoq o’tmish, boy tarix, umumbashariy qadriyatlar mujjasamlashgan, ezgu va ulug’ maqsadlari sari mardonavor odimlab borayotgan, o’z kuch va salohiyatiga tayanib demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarga erishayotgan va bu natijalar asosida jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab borayotgan mustahkam irodali xalq farzandlarimiz.
Avvalombor mana shunday yorug’ zamonlarda dasturxoni to’kin-sochin, nuroniylari tetik, yoshlari istedodli, kelajagi porloq vatanda yashayotganimizga yaratganga behisob shukurlar bo’lsin.
Bu kunlarga erishish oson bo’lmaganiga ibratli tariximiz guvoh. Bu haqida ko’p gapirilgan bo’lsada biz buni inkor eta olmaymiz. Zero, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. Biz buni chuqur anglagan holda bugungi dorilomon kunlar qadrini teran his etamiz.
O’zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidan borar ekan, bu yo’lda har tomonlama barkamol, ertkin shaxslarni kamol toptirish bu borada barcha shart-sharoitlarni yaratish va taminlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.Ilm-fan, madaniyat va sport soxalarida olib borilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar fikrimiz tasdig’idir.
Bizga ma’lumki, yurtimizda ta’lim soxasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Vaholanki, o’sib kelayotgan yosh avlodni ham ma’nan ham jismonan sog’lom, barkamol, komil inson ruhida tarbiyalash bugungi kun tartibiga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Uzoq tariximiz guvohlik beradiki, hech bir millatning tafakkuri, dunyoqarashi, turmush-tarzi, ma’naviy qadriyatlari o’z-o’zidan shakllanib qolmagan . Shu kabi intilishlar, ezgu fazilatlar, qano’at-u matonat asrlar davomida xalqimiz qon-qoniga singib ibratli ko’rinish kasb etgan. Bugungidek bir davrda ya’ni, hayot suratlari ko’z ilg’amas darajada shiddat bilan harakatlanayotgan zamonda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan, jonkuyarlik bilan kurasha olishi mumkin. Bu haqiqatni teran anglagan holda biz yoshlar- ertangi kun egalari elkamizdagi masulyatli burchimizni chuqur anglamog’imiz darkor. Bu borada birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-etibori avvalombor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak” degan edilar.
Darhaqiqat, ertangi kunimiz, vatan ravnaqi, yurt kelajagi biz yoshlar qo’lidadir.Bugun yurtimizning har jabhasida, xususan , yoshlar tarbiyasida ularning bo’sh vaqtini samarali o’tkazish, yangi inavatsion texnalogiyalar bilan yaqindan tanishtirish ularni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg’usini kuchaytirishga qaratilgan qator tadbirlar o’z samarasini berib kelmoqda.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2016-yil 15-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonuni ham yosh avlodning bo’sh vaqtini samarali o’tkazishini taminlash borasidagi chora-tadbirlardandir. Yoshlarning o’zi qiziqqan kasb egasi bo’lishi bilan bir qatorda sport mashg’ulotlariga jalb etish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar ham yuqori ko’rsatkichlarga ko’tarilgan. Zero, “Sog’ tanda sog’lom aql” deydi donishmand halqimiz.
Bugun biz ma’naviyatimizni asrashimiz, vatan kelajagi uchun mustahkam poyedevor bo’laoladigan munosib farzand bo’lishimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadlarimiz tomon mardonavor qadam tashlashimiz, buyuk ajdodlar izi ekanimizni anglamog’imiz, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni, ulug’ ajdodlarimiz merosini chuqur o’zlashtirishimiz bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab mustaqil fikrlashimiz va ona vatanimizdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, eng muhimi otamizdan meros istiqlolni jon-u tan bilan asrashimiz lozim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob, insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatli, qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la munosib farzandlari bor xalq hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi.
Foydalanilgan adabiyot.
1. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” 2008-Toshkent.