Familiya ism va sharifi : Begliyev Dilshod Nurmiratovich
Ish joyi: 4-umumta’lim maktabi
Tuman(shahar): Paxtakor shaxri
Lavozimi: 4-umumta’lim maktabida kimyo fani o’qituvchisi
Fan nomi: “KIMYO”
Sinf: 7-sinf
Sinfda o’quvchilari soni: 25-30 nafar
Dars ishlanma mavzusi: ERITMADA ERIGAN MODDANING MASSA ULUSHI, FOIZ, MOLAR KONSENTRATSIYASI. ERITMALARNING INSON HAYOHDAGI AHAMIYATI
Elektron pochta manzili: [email protected]
Annotatsiya
O‘quvchilarga eritmalar va ularning mohiyatini tushuntirish. Har xil eritmalar va erituvchilar haqida tushuncha berish, foiz va molyar konsentratsiyalar berilgan eritmalarni tayyorlashni o’rgatish, foiz va molyar konsentrasiya bo‘yicha masalalarni yechishni o’rgatish.O‘quvchilarga labaratoriya va uy sharoitida turli konsentasiyali eritmalar tayyorlashni o’rgatish.Ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik, ekologik tarbiyani shakllantirish. Suvning ifloslanishini oldini olish choralari haqida ko‘nikmasini shakllantirish. Sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. |
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga eritmalar va ularning mohiyatini tushuntirish. Har xil eritmalar va erituvchilar haqida tushuncha berish, foiz va molyar konsentratsiyalar berilgan eritmalarni tayyorlashni o’rgatish, foiz va molyar konsentrasiya bo‘yicha masalalarni yechishni o’rgatish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda bir-biri bilan muloqotga kirish, o’z fikrini isbotlay olish va fikrida qolish, shuningdek, topqirlik, ijodkorlik, qiziquvchanlik, hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini va ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik, ekologik tarbiyani shakllantirish. Suvning ifloslanishini oldini olish choralari haqida ko‘nikmasini shakllantirish. Sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’qib-o’rganganlari asosida kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda o’zini-o’zi bilimini oshirib borishga o’rgatish . Mavzuga doir formulalar yozish va matematik amallarni to’g’ri bajarish orqali nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash ko’nikmasini shakllantirish. Har xil eritmalar va erituvchilar haqida biladi, tushuntiradi, foiz va molyar konsentratsiyalar berilgan eritmalarni tayyorlaydi, foiz va molyar konsentrasiya |
bo‘yicha masalalarni yechadi. |
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, interfaol
Dars uslubi: aralash, blits-so’rov, tezkor savollar,masalalar yechish
Dars jihozi: davriy sistema, darslik, tarqatma matereallar , doska, laboratoriya jixozlari.
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti: |
1 | Tashkiliy qism | 3 daqiqa |
2 | O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash | 10 daqiqa |
3 | Yangi mavzuni yoritish: | 17 daqiqa |
4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 10 daqiqa |
5 | Darsga yakun yasash va baholash va uyga vazifa | 5 daqiqa |
Darsning borishi : Tashkiliy qism:
1. Salomlashish. 2. O ’quvchilar davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. 4. O’quvchilarni guruhlarga bo`lish va nomlash. 5.Uyga vazifani tekshirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Darsni musobaqa usulida olib borish uchun o’quvchilarni 3 guruxga bo’lib olamiz. O’tilgan mavzuni klaster metodidan foydalanib takrorlab olamiz 1 – guruh qattiq 2 –guruh suyuq 3 – guruh gaz eritmalar Guruhlar navbat bilan qattiq, suyuq, gaz holatdagi eritmalarni misollar yordamida ishlab beradilar Qattiq- Qotishmalar Kristallogidar. Suyuq -Kislota, ishqor va tuzlarning suvdagi e ritmasi Yodning suvdagi eritmasi. Gaz- Tuman , Havo. Guruhlarga “BLIS” SO’ROVNOMA beriladi
Guruh xatosi | To’g’ri Javob | Guruh bahosi | Eritma tayyorlash ketma-ketligi |
| | | Tuzni electron tarozida tortib olamiz |
| | | Ish uchun zarur jihoz va moddalar tanlaymiz |
| | | Suvni o’lchov idishlarida o’lchab olamiz |
| | | O’qituvchidan ko’rsatma olamiz |
| | | Tuzni kolbaga solib suv quyamiz |
| | | Matematik hisob orqali zarur tuz va suvni topamiz |
| | | Tuz va suvni yaxshilab aralashtiramiz |
| | | Etiketka yopishtiramiz |
To’g’ri to’ldirgan guruh o’quvchilariga rag’bat beriladi.
Tayanch iboralar: to‘yingan eritma, to‘yinmagan eritma, suyultirilgan eritma, konsentrlangan eritma, konsentratsiya, massa ulushi, foiz konsentratsiya, molar konsentratsiya.
Yangi mavzu bayoni: Oldingi mavzuda aytib o‘tilganidek, eritma tarkibini ifodalashda komponentlar tabiati va miqdori ko‘rsatilishi lozim.Kimyoda ko‘pincha to‘yinmagan eritmalardan foydalaniladi.• To‘yinmagan eritma - ayni haroratda to‘yingan eritmada mavjud erigan moddadan kam miqdorini tutuvchi eritma.• Erigan modda miqdori juda oz bo‘lsa, suyultirilgan eritma deb ataladi.• Erigan modda miqdori yetarlicha yuqori bo‘lsa, konsentrlangan eritma deb ataladi. Kimyoviy amaliyotda eritmada erigan modda miqdorini ifodalovchi quyidagi kattaliklardan ko‘p foydalaniladi: Massa ulushi (ω) — erigan modda massasini (m1) eritma massasiga (m2) nisbati bo'lib, odatda 1 dan kichik sonlarda ifodalanadi: ω
1-Masala : 600g suvda 240g shakar erishidan hosil bo’lgan eritmaning massa ulishini (%) da aniqlang?
Berilgan: msuv=600g mshakar=240g W=? | Yechsh: Eritmani quyidagicha tasavur qilsak bo’ladi. li eritma hosil bo’ladi. |
2.Foiz konsentratsiya (C, %) — erigan modda massasining (m1) eritma massasiga (m2) nisbatining foizlarda ifodalanishi. Bunda eritma massasi 100% ni tashkil etadi deb olinadi, demak С % yoki C% = ω∙100%
2-Masala. 50 g eritma 3 g qant tutadi. Eritmaning prosent konsentratsiyasi topilsin. Yechish: m(eritma)= 50 g. m(eruvchi)=3 g. C% – ?
Molyar konsentratsiya (CM) — erigan modda miqdorining (mollarda — M) eritma hajmiga (V) nisbati, ya'ni 1 / (1000 ml) eritmada 1 mol modda erigan
bo'lsa, 1 M (bir molyar) li eritma deb ataladi: Bu yerda M — moddaning molyar massasi. Eritmaning molar konsentratsiyasi quyidagi formula asosida topiladi.
Cm = eritmaning molar konsentratsiyasi; m1 = erigan moddaning massasi; M = erigan moddaning molar massasi; V = eritmani hajmi.
3-Masala. 400 ml eritma tarkibida 41 g Ca(NO3)2 bor. Eritmani molar konsentratsiyasi topilsin.
Yechish: formuladan foydalanamiz
Normal konsentratsiya (CN) — erigan modda ekvivalent sonining (E) eritma hajmiga (V) nisbati, ya'ni 1 / (1000 ml) eritmada 1 g-ekv modda erigan
bo'lsa 1 n (bir normal)li eritma deb ataladi: Bu yerda E — moddaning ekvivalent massasi. formuladan foydalaniladi. Cn – eritmaning normal konsentratsiyasi. m1 – eruvchini massasi. E – eruvchini ekvivalenti. V – eritmani hajmi.
4-Masala. 500 ml eritmada 12,25g sulfat kislota bor eritmaning normal konsentratsiyasi topilsin. Yechish: formuladan J:0,5n
Normal konsentratsiyasi berilgan eritmalardan foydalanib, erigan moddalar o'zaro qoldiqsiz ta'sirlashishi uchun shu eritmalardan qanday hajmlarda olish ke- rakligini oson hisoblab topib olish mumkin. ERITMALARNING INSON HAYOHDAGI AHAMIYATI Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Qon 83%, miya va yurak 80%, suyaklar 20-25% atrofida suv tutadi. Baliqlar tanasining 80%, meduzalar tanasining 95-98%, suvo‘tlari tanasining 95-99%, qumqlik o‘simliklari tanasining 50-75% qismini turli eritmalar shaklidagi suv tashkil etadi. Tirik organizmlar hujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar bo Tib, ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega.
Darsni mustahkamlash: Har bir guruhga tarqatma savollar beriladi va to’g’ri bajarganlarga rag’bat beriladi. 1)35 g moddani 600 g suvda erishidan hosil bo‘lgan eritmani protsent konsentratsiyasi topilsin.2)1 l eritma tarkibida 28,4 g Na2SO4 bo‘ladi.Eritmaning molar konsentratsiyasi toping.3)0,1 l eritma: a) 2,45 g H2SO4; b) 0,4 g Na OH; d) 2,28 g Al2(SO4)3 tutadi.
PISA savollari (Axborotnoma -2dan)
1-savol: Bemor ayol shifoxonada penitsillin inyeksiyasini qabul qilmoqda. Penitsillin bemor tanasida asta-sekinlik bilan parchalanib, inyeksiyadan 1 soat o‘tib, uning 60 foizi faollashadi. Bu jarayon takrorlanadi: har 60 minutdan keyin avvalgi 60 minutda qabul qilingan penitsillinning 60 foizi faollashadi. Aytaylik, bemor ayol ertalab 8:00 da 300 mg penitsillin dozasini qabul qildi. Quyidagi jadvalda 8:00 dan 11:00 gacha har 60 minutlik vaqt oralig‘ida bemor qonida faollashadigan penitsillin miqdori ko‘rsatilgan.
Javobi :300*0,6=180 180*0,6=108 108*0,6=64,8 yoki 65
3-savol Avvalgi savol uchun berilgan grafikdan ko‘rinadiki, Po‘latning qonida avvalgi qabul qilgan dorisi har kuni bir xil miqdori faollashadi. Har bir kun oxirida, avvalgi qabul qilingan dori preparatining taxminan necha foizi faollashadi? A) 20%. B) 30%.C) 40%. D)80%. Javobi: 40%.
Uyga vazifa: Savol va topshiriqlar:1. Eritma tarkibini ifodalovchi o‘lchamsiz kattaliklami izohlang.2. Eritma tarkibini ifodalovchi o‘lchamli kattaliklarni izohlang.3. 30 g shakami 170 g suvda eritish yo‘li bilan necha foizli eritmaolinadi? 4. 50 g eritmani bug‘latish yo‘li bilan 10 g quruq tuz olindi.Bug‘latish uchun olingan eritmani foiz konsentratsiyasini aniqlang. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. I.R.Asqarov.7-sinf “Kimyo” darsligi
2. I.R.Asqarov “Kimyodan masala va mashqlar yechish. 3.Axborotnoma-1
[
Ppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppp