O‘zbek milliy xalq hunarmandchilik turlaridan kashtachilik san’ati
Kashtado‘zlik san’ati tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, hozirgi ahvoli va imkoniyatlari. Kashtado‘zlik maktablari va ustalari.
Kashtachilik mahsulotlari turlari va uni tayyorlashda ishlatiladigan jihoz va moslamalar. Kashtaduzning ish o’rni.
Kashtado‘zlik san’ati tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, hozirgi ahvoli va imkoniyatlari. Kashtado‘zlik maktablari va ustalari.
Kashta tikish san’atining ko’p asrlik tarixi bor. Arxeologlarning IX-XII asrlarga oid topilmalari o’adimgi Rus davrida ham kashta bo’lganidan dalolat beradi. Bu topilmalar bezak gullari zar iplardan tikilgan kiyim parchalaridir. qadim zamonlarda uy-ro’zg’or buyumlarini, atoqli kishilarning kiyimlarini zar tikib bezashgan.
Kashta tikish san’ati an’analari muntazam rivojlana boradi, XIV-XVII asrlarda kiyimlarni, kundalik buyumlarni bezashda kashta yana keng qo’llaniladigan bo’lib qoldi. Zar va kumush iplarni dur va chaqmoq toshlar bilan qo’shib cherkov liboslariga, podsho va boylarning qimmatbaho shoyi va baxmal kiyimlari kashta tikar edilar. Rangli ipak va zar iplar bilan to’y sochiqlarini, erkaklarning zig’ir tolasidan tikiladigan yupqa bayram ko’ylaklarini, ro’mollarni bezashardi. Kashta tikish asosan taniqli oilalarning ayollari va rohibalar orasida keng tarqalgan.
Kashta tikish san’ati asta-sekin hamma joylarga tarqaladi. XVIII asrdan boshlab kashtachilik aholining hamma tabaqalari xayotiga kirib, dexqon qizlarining asosiy ishlaridan biri bo’lib qoladi.
Uy-ro’zg’or buyumlarini - sochiqlar, to’r hoshiya, dasturxonlar, bayram va kundalik kiyimlarlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqalarni kashtalar tikib bezalgan. Odatda bu buyumlar oddiy, arzon materiallardan, lekin yuksak badiiy mahorat bilan tikilar edi.
Kashta tikish usullari, gullar, ranglarining mujassamlanishi avloddan-avlodga o’tib takomillashdi. Sekin asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaaratildi.
Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari bilan, ranglarining bir-biriga mosligi, to’la mutanosibligi bajarish usullarining profesional aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amaliy vazifasiga to’g’ri keladi.
Muzeylarda xalq kashtachiligining ko’p namunalari to’plangan, XIX asr kashtalarining eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha etib kelgan. Kashtalar dexqoncha (xalq) va shaharcha kashtalariga ajratiladi. SHahar kashtalari doimo g’arb modasi ta’sirida bo’lgani uchun, uning mustahkam an’analari bo’lmagan.
Xalq kashtachiligi rus dehqonlarining qadimgi urf odatlari va marosimlari bilan bog’liq bo’lgan. CHunonchi 13-15 yoshli dehqon qizlari seplarini o’zlari tayyorlashlari lozim bo’lib, xoshiyalar, kiyim bezaklari bosh kiyimlar sovg’alardan iborat edi.
Dehqon oilasida qo’l xunari bilan ayollar shug’ullanishgan, gazlama to’qishgan, kashta tikishgan. SHu ish jarayonida ular o’z mahoratlarini oshirishgan, bir-biridan va kattalardan avlodlar tajribasini o’rganishgan.
qo’lda to’qilgan ziqir tola va jun gazlamalardan ayollar kiyimlari tikilar edi. Ularni faqat kashta tikib emas, balki to’rlar, jiyaklar va rangli tichdan qo’ymalar tikib bezashar edi. Turli gubernalarning o’ziga xos, ajralib turadigan kiyimlari bo’lar edi. Ular nimaga mo’ljallanganiga (kundalik kiyishga, bayramlarga, to’y marosimlariga) qarab turlicha bo’lar, turli yoshdagilarga (qiz bolalarga, yosh ayollarga, yoshi ulg’aygan ayollarga) moslab tikilar edi.
Kashta gullarining xarakteriga va tikilish usullariga ko’ra juda turli-tumandir. Ayrim oblastlarda, ba’zan esa rayonlarda ham o’ziga xos usullar, naqsh motivlari, rang echimlari bo’lgan. Ular ko’proq mahalliy sharoitga, turmushga, urf-odatlarga, tevarak-atrof muhitga bog’liq bo’lgan.
Kashta o’ziga xos milliy xususiyatga ega bo’lib, boshqa xalqlar kashtasidan ajralib turadi. Bunda geometrik naqsh, o’simlik va hayvonlarning geometriklashgan shakllari: romblar, ayollar gavdasining, qushlar, daraxt yoki gullagan shoxlarning, shuningdek bir oyog’ini ko’tarib turgan qoplonning tasvirlari katta rol o’ynaydi. Issiqlik xayot simvoli bo’lgan quyosh romb, aylana, topbarggul shaklida tasvirlanar edi, ayol gavdasi va gullab turgan daraxt erning xosildorligini, qush-bahor kelganini ifodalar edi. Kashta gulining joylashishi va tikish usullari to’g’ri gazlama laxtaklaridan tikiladigan kiyim shakliga uzviy bog’liq bo’lgan. CHoklarni gazlama ipini sanab tikilar, buni sanama chok deyilar edi. Bundan choklar bilan elka oldini, eng uchini, ko’krakdagi qirqmani, fartuk etagini, kiyim etagini osongina bezasa bo’ladi. SHuningdek kashta biriktiruvchi choklar bo’ylab ham tikiladi.
CHizilgan kontur bo’yicha tikilgan "ixtiyoriy" kashtalarda o’simlik xarakteridagi gullar ko’proq bo’lgan.
qadimgi choklariga quyidagilar kiradi: chizma yoki chala iroqi, to’plama, iroqi, sanama, tekis chok, iroqisimon, baxyasimon, oq mayda choklar. Keyinroq o’yma, rangli chirmashma, bo’g’ma chok, gipyurlar, popop chok kashta, oq va rangli tekis chok kashta paydo bo’ldi.
Badiiy xunarmandchilik ijodiy kollektivlari xalq kashtachiligi an’analarni, uning maxalliy badiiylik xususiyatlarini avaylab asramokdalar va rivojlantirmoqdalar.
Kashtachilik mahsulotlari turlari va uni tayyorlashda ishlatiladigan jihoz va moslamalar. Kashtaduzning ish o’rni.
Kashta tikish kulay bo’lishi, charchatmasligi uchun, ish urnini to’g’ri tashkil etish, mexnat kilishning muayyan koidalariga rioya etish kerak.
Asbob va moslamalar quyiladigan stol ustidagi ishga yoruglik chap tomonidan tushadigan xolatda turishi kerak. Agar stolda yashikcha bo’lsa, unda ip maxsus xaltada, asboblar kutichada, kashta gulli kalka kogozi papkada saklanishi mumkin. Gavda xolatiga axamiyat berib, bukchayma, boshni juda past egmasdan utirish kerak. Ishvaktida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, kuz bilanish o’rtasidagi oralik 25-30sm dan oshmasligi lozim. SHu maksadda ba’zan kergini tagiga taxtacha, kitob va hokazolarni qo’yib balandrok urnatiladi. Stulni suyanchigiga suyanish mumkin bo’ladigan qilib, stolga yakinrok surib quyiladi.
Ish vaktida kulni to’g’ri kuyish katta axamiyatga ega: chap kulkergi tagida bo’lib, ung kul kergi ustida bo’lishi kerak. Siyrak gazlamaga va turga baxyasimon suv chokli kashta tikishda ung kulda ignani uning uch tomoni bilan kashtaning teskari tomonidan utkaziladi. Ignaning uchli tomonini chap kulda tutib, kul bilan ip tortib quyiladi. Zich gazlamalarga kashtatikishda kashtaning ungiga ignani uning uchki tomoni bilan chikariladi.
Kashta tikish asboblari va moslamalari
Kulda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak. Bular: igna, angishvona, kaychi, santimetr, utkir uchli dukcha, kergi; bundan tashkari, millimetrlangan kogoz, kalka, kopirovka kogozi.
Kashta tikish uchun chuzinchokrok kuzli kalta (1- va 2-nomerli kashta tikadigan xamda turlanadigan) ignalar tanlangani ma’kul. Ignaning kuzi katta bo’lsa, bir necha kavat ipni utkazish shuningdek, vladimiricha chokli kashtalarni tikishda ishlatiladi. Bu ignalar ipni sanash va ajratib olish uchun juda kulay.
Jun ipni ignaga utkazish kiyin. Bu ipni utkazish uchun sotuvdagi ignalar komplektidagi ip utkazgichdan foydalanish mumkin. Uni bir katim ipak yoki ingichka galtak ip bilan utkazsa ham bo’ladi. Ipakni ikki kavat qilib, xosil bulgan petlya ichiga jun ip bilan birga tortib olinadi.
Zich va yupqa (markizet, polotno, shoyi, batis) gazlamaga kashta tikishda, kuzi kichkina ingichka igna kerak bo’ladi. Yugon igna sanchilgan joylarda teshik qoladi., katta kuzda esa ingichka ipni yaxshi tutib bulmaydi.
Buyumlarni biriktirib kuklash uchun 1- va 3-nomerli ignalar ishlatish kulayrok.
Kashtani kergisiz tikishda, bir necha kavat gazlamaga igna sanchishda, buyumlar chetini buklab tikish va hokazolarda ignani gazlamadan utkazish uchun angishvona kerak bo’ladi. U barmoqni igna kirishidan saklaydi. Angishvona ung kulning o’rta barmogiga takiladi, uning barmoqning yugonligiga qarab tanlanadi, lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qolmasligi kerak.
Ishlash uchun uch xil: uchni ingichka kichkina kaychi – kashta tikayotganda ip uchini kirkish uchun; katta kaychi – gazlama va kalava iplarni kirkish uchun.
Kaychilar yaxshi charxlangan, tiglarining uchi tula yopiladigan bo’lishi kerak.
Santimetrli lenta tikish ishlarida buyum ulchamlarini aniqlash, gazlamaga bezakni rejalash, tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi.
Uchli dukcha (suyakdan, yogochdan yoki plastmassadan) oq tekis chokli kashta tikishda teshikchalar xosil kilish uchun ishlatiladi. Dukchaning diametri taxminan 5 mm, uzunligi 6-8 sm bo’lishi lozim.
Kergilar gazlamani tarang tortib turish va deformatsiyalanishdan saklash uchun ishlatiladi. Kergilar to’g’ri burchakli yoki doira shaklida bo’ladi. Doira shaklidagi yogoch kergi juda kulay. Kergilar diametri 20 – 40 sm li ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir-birining ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga kiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak, u juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa, atrofiga yupqa gazlama urab kuyish mumkin.
Kashta tikiladigan gazlamani keragiga tortishda uni kichik gardish ustiga qo’yib, iplarini kiyshaytirmaydigan qilib tug’irlanadi. Katta gardishni uning ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib quyiladi. Kergiga tortilayotgan yupqa gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir bulmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi kergining diametridan kichikrok doira qilib uyilgan boshqa gazlama quyiladi.
Kergilar stolga maxkamlab kuyish uchun vintli bo’lishi ham mumkin.
Millimetrli kogoz naqshlar, ayniksa geometrik, sanama naqshlar tuzishda kerak bo’ladi.
Kashta gulni gazlamaga kuchirishga tayyorlashda kalka ishlatiladi. Naqsh avval originaldan kalkaga kuchiriladi, keyin kalkadan gazlamaga kuchiriladi.
Kashta gulini gazlamaga kuchirish uchun kopirka kogozi ishlatiladi.