V
obkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi
“Men uchun Meyor…”
mavzusida
me’yoriy hujjatlar
bo’yicha
(VMning 2021 yil
27 maydagi 331 - Qaror)
TAVSIYANOMA
Ushbu tavsiyanoma “Barkamol avlod” bolalar maktablarining barcha xodimlari va xususan, to’garak rahbarlarining foydalanishi uchun ishlab chiqilgan va qo’llashga tavsiya etiladi.
Tavsiyanomada VMning 2021 yil 27 – maydagi 331 – sonli Qarori tushunarli va qisqa ko’rinishda ochib berilgan bo’lib, to’garak rahbarlariga foydalanish va umumiy tushunchaga ega bo’lishga qulaylik yaratadi.
Tayyorladi: Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubshunosi R.B.Solikhova
«Barkamol avlod» bolalar maktablari to’g’risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom «Barkamol avlod» bolalar maktablari (keyingi o’rinlarda — Maktab)ning asosiy vazifalari va funkstiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Maktab davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o’z ustaviga, bank hisobvarag’iga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo’ladi.
3. Maktab o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyruqlariga, shuningdek ushbu Nizomga, o’z ustaviga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. «Barkamol avlod» bolalar maktablarining namunaviy ustavi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o’rinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. Maktab mazkur namunaviy ustav asosida o’z ustavini ishlab chiqadi. Ustav muassis tomonidan tasdiqlanadi.
5. Vazirlik, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda xalq ta’limi tuman (shahar) bo’limlari tegishlicha maktablarning muassislari hisoblanadi.
6. Maktablarning umumiy faoliyati Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
«Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi Vazirlik tizimida faoliyat yuritadi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan maktablar tegishlicha, Toshkent shahar va viloyatlar Maktablari tegishli xalq ta’limi boshqarmalari tizimidagi hamda tuman (shahar)da joylashgan maktablar tegishli xalq ta’limi tuman (shahar) bo’limlari tizimida faoliyat yuritadi.
2-bob. Maktabning asosiy vazifalari va funkstiyalari
7. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini ta’minlash, bunda ularning robototexnika, mexatronika, injenerlik, mental arifmetika, san’at, art dizayn, axborot texnologiyalari bo’yicha Java, Scratch, 3D dizayn yo’nalishlariga bo’lgan qiziqishini oshirish;
Maktablarda «STEAM — ta’lim» (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — muhandislik, Art — san’at, Mathematics — matematika) dasturini joriy etish va to’garaklar mazmuniga singdirish;
beshta muhim tashabbus doirasida o’quvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot-texnologiyalariga qiziqishni oshirish, o’quvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo’yicha umumta’lim tashkilotlariga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning foydali dam olishini tashkil etish, mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o’quv va ko’nikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o’rganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish;
o’quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, targ’ib qilish hamda sotuvini yo’lga qo’yish bo’yicha o’quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini «Art shop» elektron do’konlari orqali dunyo bozoriga olib chiqish;
o’quvchilarda jonajon o’lka tarixi, arxeologik va boy madaniy merosini chuqur o’rgatish, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olishlariga imkon yaratish hamda bolalar va ta’lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
xorijiy tillarni o’rgatish orqali intellektual yoshlar safini kengaytirish, rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganishga imkon yaratish;
o’quvchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularning sportning ayrim yo’nalishlariga qiziqishlarini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning yangi shakllarini keng joriy etish;
bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish;
to’garak rahbarlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha istiqbol rejalarini ishlab chiqish va tegishli takliflarni kiritish;
bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalari asosida Maktablarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarini amalga oshirish.
8. Maktab o’zining asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi funkstiyalarni bajaradi:
to’garaklar o’quv-reja va dasturlari ishlab chiqishda ko’maklashadi;
o’quvchilarni to’garaklarga qamrab olish choralarini ko’radi;
to’garak mashg’ulotlarini tahlil qilib boradi, rivojlanishdan ortda qolayotgan to’garaklar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Maktabda «Ochiq eshiklar» kuni tadbirlarini alohida jadval asosida tashkil etadi;
uslubchilar va to’garak rahbarlari uchun har chorakda turli o’quv-seminarlar, vebinar mashg’ulotlari o’tkazadi;
festival va tadbirlarni sifatli o’tkazilishi bo’yicha sstenariylar ishlab chiqadi va tadbirlarni tashkil etadi;
o’quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablari asosida to’garaklar o’quv rejaning o’zlashtirilishini monitoring qilib boradi;
to’garak rahbarlari ishlarini ommalashtirishga va ularning istiqboldagi vazifalarini bajarilishida amaliy yordam ko’rsatadi;
tanlov va tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boradi.
3-bob. Maktabning huquq va majburiyatlari
9. Maktab quyidagi huquqlarga ega:
Maktab xodimlari, to’garak a’zolari va ularning ota-onalari (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)dan o’z Ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
to’garak mashg’ulotlarini o’tkazishni takomillashtirish va ta’lim jarayonini metodik ta’minlash bo’yicha takliflar kiritish;
moliyalashtirishning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish;
to’garak mashg’ulotlari uchun belgilangan to’lovni ota-onalar (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)dan o’z vaqtida undirishni nazorat qilish;
Maktabning bo’sh turgan bino va er maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish.
10. Maktabning majburiyatlari:
xalq ta’limi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa hujjatlari, ko’rsatmalarini bajarish;
o’z Ustavida nazarda tutilgan vazifalarni ijro etish;
maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablari, belgilangan tartibda tasdiqlangan o’quv qo’llanmalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
o’quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga bo’lgan ehtiyojini o’rganish, nazarda tutilayotgan to’garak a’zolari kontingentini aniqlash;
o’quv rejasini tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishish;
ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan tartibda sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga hamda xavfsizlik qoidalariga muvofiq tashkil etish;
bino va inshootlar, er uchastkalari, to’garak xonalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berish;
Maktabning moddiy-texnik ta’minoti va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
to’garaklarni tashkil etishda to’garak a’zolarining yoshi, ruhiy-fiziologik holati, layoqati va qiziqishlarini inobatga olish.
4-bob. Maktab faoliyatini tashkil etish
11. Maktab ko’p tarmoqli bo’lib, u faoliyat yuritadigan hududning o’ziga xos xususiyati, o’quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko’ra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, yoshlar turizmi va ekologiya, xorijiy tillar, sport, maktabga va oliy ta’lim muassasalariga tayyorlov, shuningdek ota-onalar xohishlaridan kelib chiqib, Vazirlik bilan kelishuv asosida boshqa yo’nalishlarini o’z ichiga olgan holda faoliyat ko’rsatadi.
Maktab 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi va pullik xizmatlar ko’rsatadi.
Maktab tomonidan pullik xizmat asosida tashkil etiladigan to’garaklarga 6 yoshgacha va 18 yoshdan yuqori bo’lgan shaxslar ham jalb qilinishi mumkin.
Maktab muassis tomonidan tashkiliy-huquqiy shakliga ko’ra davlat muassasasi sifatida tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
12. Umumta’lim tashkilotlarida joylashgan mavjud maktablar shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgan alohida binoda, yangi qurilgan va rekonstrukstiya qilingan bino va inshootlarda yoki istisno tariqasida umumta’lim tashkilotlari binolarining alohida o’quv bloklarida, alohida chegara hududini belgilagan holda, kirish joyi bilan ta’minlangan va maktabdagi umumiy o’rta ta’lim jarayoniga xalaqit bermaydigan tarzda tashkil qilinadi hamda mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatadi.
13. Umumta’lim tashkilotlari binolarining alohida o’quv bloklarida tashkil qilingan maktablarda elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari o’rnatiladi va elektr energiyasi uchun to’lovlar elektr ta’minoti tashkiloti bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma bo’yicha amalga oshiriladi. Qolgan kommunal xarajatlar esa Maktab egallab turgan binoning maydoni va hajmidan kelib chiqib, umumta’lim tashkilotlariga moliya organlari bilan kelishuv bo’yicha qoplab beriladi.
Shuningdek, Maktab uchun umumta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarmoq to’garaklari, o’quv tajriba-sinov maydonchalari, bog’lar, issiqxonalar, virtual maydonlar, ixtiro va kashfiyotlarni sinovdan o’tkazish maydonchalari, texnoparklar hamda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, chekka hududlarda ularning filiallari ham tashkil etilishi mumkin.
14. Maktab tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda har yili moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
15. Maktabda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan to’garaklar ro’yxati asosida to’garaklar va kurslar tashkil etiladi.
Maktabda «STEAM — ta’lim» dasturi bo’yicha tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik, san’at, matematika yo’nalishidagi to’garak faoliyati mazkur sohada etuk xorijiy davlatlar tajribasini o’rgangan holda joriy etiladi.
Vazirlik bilan kelishgan holda Maktabda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o’quvchi-yoshlar uchun robototexnika, injenerlik, mental arifmetika, Java, Scratch, 3D dizayn va boshqa yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy kurslar hamda kunning kechki vaqtida maktabda aholi uchun ijodiy ishlar xaridi, sog’lomlashtirish va psixologik qo’llab-quvvatlash xizmatlari, turli seminar va treninglar tashkil etilishi mumkin.
16. Maktabda tashkil etiladigan to’garak mashg’ulotlari maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablariga muvofiq tegishli o’quv dasturlari asosida sinflarga bo’lib o’tkaziladi.
To’garak mashg’ulotlari o’quv dasturlari talablariga ko’ra butun o’quv yili uchun hamda qisqaroq muddatlarda ham tashkil etiladi.
Maktabda to’garak mashg’ulotlari o’quv yilining 15 sentyabridan boshlanib, 25 mayida yakunlanadi. Yozgi ta’til kunlarida Maktab tomonidan to’garak mashg’ulotlari alohida reja asosida (o’quvchilarni sayohatlarga olib chiqish, turli to’garaklar, pullik oromgohlarni tashkil etish, festival va tanlovlar tashkil etilishini o’z ichiga olgan holda) tashkil etiladi.
Maktabda to’garak rahbarlari yilning 26 mayidan 1 iyuniga qadar o’quv yili yakuni munosabati bilan jurnallarni rasmiylashtirish, to’garakning yoz mavsumi o’quv rejasini ishlab chiqish va tasdiqlatish, shuningdek, 2 sentyabrdan 15 sentyabrga qadar yoz mavsumi o’quv rejasi yakuni bo’yicha jurnallarni rasmiylashtirish, yangi o’quv yili rejasini tuzish va tasdiqlatish, bolalarni sinflarga (guruhlarga) bo’lish kabi ishlarini amalga oshiradi.
Maktabning to’garak mashg’ulotlari jadvali to’garak a’zolari uchun qulay tartibda, ularning yoshi, psixofiziologik xususiyatlari va sanitariya normalari qoidalari va gigiena normativlari inobatga olingan holda pedagogik xodimlarning taqdimnomasiga ko’ra Maktab ma’muriyati tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Yoz mavsumi davomida to’garak rahbarlarini stastionar oromgohlarga jalb qilish, ularning roziligi asosida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
17. Maktabda to’garak mashg’ulotlarining tashkil etilishi uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi. 6 yoshli bolalar uchun olib boriladigan to’garak mashg’ulotlari vaqti 35 daqiqa etib belgilanadi va u haftada 2 akademik soatdan oshmasligi kerak.
Maktabning tarmoq to’garak mashg’uloti imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tashkil etilishi uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi. Bunda to’garak rahbari 2 akademik soat guruh bilan 4 akademik soat yakka mashg’ulotlar olib boradi.
Maktabda har bir sinf (guruh)dagi to’garak a’zolarining soni o’quv yili davomida 10 nafardan, xorijiy tillar, dasturiy ta’minot, robototexnika, mexatronika va injenerlik to’garaklarida 8 nafardan kam bo’lmasligi lozim. To’garak guruhlari 6 tagacha tashkil etilishi mumkin.
Ota-onalarning xohishlariga ko’ra ikki tomonlama shartnoma asosida o’quvchilar bilan yakka tartibda (individual) pullik to’garak mashg’ulotlari tashkil etilishi mumkin. Bu turdagi to’garak mashg’ulotlari (pullik xizmat) uchun to’lov miqdori Vazirlik bilan kelishilgan kalkulyastiya asosida, o’quv rejaga ta’sir qilmagan holda amalga oshiriladi.
18. Maktab ta’til paytlarida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va dam olishlarini to’laqonli amalga oshirish maqsadida tashkilotlar va mahallalarda (ovullarda) ota-onalar (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan hamkorlikda turli yo’nalishdagi ommaviy tadbirlarni tashkil etishi mumkin.
19. Maktab tomonidan o’quvchilarga qo’shimcha ta’lim olganligi to’g’risida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
To’garak a’zolariga guvohnoma to’garaklarning yo’nalishlar bo’yicha o’quv dasturlarini to’liq bajargan taqdirda beriladi.
20. Maktab tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan yo’nalishlar bo’yicha umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tarmoq to’garaklarini tashkil etadi va ularga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatadi.
21. «Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o’rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Maktab xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etadi, ilg’or tajribalar asosida to’garak o’quv dasturlarini tuzish va takomillashtirishga oid ishlarni olib boradi.
Maktab o’quv yili natijalari bo’yicha to’garak a’zolari bilim, ko’nikma va malakalarining maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablariga mosligini so’rovnomalar, tanlanma o’rganishlar, ko’rik-tanlovlar, musobaqalar, testlar va boshqa shakllarda muntazam nazorat qilib boradi.
«Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi belgilangan tartibda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ijodiy uyushmalar, jamg’armalar, boshqa tashkilotlar, mahallalar (ovullar), ota-onalar (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi.
22. Maktabning rahbar va xodimlari belgilangan tartibda malaka oshiradi va qayta tayyorlovdan o’tadi.
5-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari
23. To’garak a’zolari, ota-onalar (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar), tashabbuskorlar va pedagog xodimlar Maktab ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi. To’garak a’zolari:
Maktabda ixtiyoriy ravishda maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablari asosida ta’lim olish;
qiziqishlariga ko’ra to’garak turini tanlash;
bir necha to’garaklarda qatnashish, yil davomida qiziqish va istaklariga qarab bo’sh o’rinlar mavjud bo’lsa boshqa to’garaklarga o’tish;
Maktabning jamoatchilik organlarini saylashda ishtirok etish va ularga saylanish;
Maktabning ish faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar kiritish huquqiga ega.
24. To’garak a’zolari:
qonunchilik hujjatlariga rioya qilishga;
Maktabning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va uni asrab-avaylashga;
Maktab ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majbur.
25. Ota-onalar (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar):
o’z farzandlari uchun to’garak turini tanlash;
Maktab ma’muriyatidan uning ustaviga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratishni talab qilish;
bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lishni talab qilish;
Maktabni jamoatchilik asosida boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
26. Ota-onalar (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar):
farzandining jismoniy va ruhiy sog’lom bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilishga;
bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga;
farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyg’usini tarbiyalashga;
farzandiga to’garak mashg’ulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga;
ota-ona to’lovlarini belgilangan tartibda o’z vaqtida to’lab borishga majbur.
27. Maktabning pedagog xodimlari:
o’z kasbiy obro’si va qadr-qimmatini himoya qilish;
Maktab faoliyatini boshqarishda ishtirok etish;
Maktab ma’muriyatiga Maktabning va to’garaklar faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar kiritish;
kasb faoliyati uchun sharoitlar bilan ta’minlanish, malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o’tish, ta’lim shakli, uslubi va vositalarini tanlash huquqiga ega.
28. Maktabning pedagog xodimlari:
maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan o’quv qo’llanmalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga;
pedagog axloq-odobiga qat’iy rioya qilishga;
o’quv-tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib borish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o’qitish vositalarini yaratishda faol qatnashishga;
bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni shakllantirish, ona Vataniga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va o’zidan katta yoshdagilarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashga;
belgilangan tartibda va muddatlarda o’z malakasini oshirib borishga;
o’zining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish va o’z ustida muntazam ishlashga;
o’quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga;
o’quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga majbur.
6-bob. Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish
29. Oliy ta’lim muassasalarini turli yo’nalishlari (pedagog va pedagogik mutaxassislikka ega bo’lmagan) bo’yicha mutaxassislikka ega, professional ta’lim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari)ning tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxslar Maktabda pedagogik faoliyati bilan shug’ullanishga haqli.
Zarur hollarda, tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo’lmagan, ammo kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga hamda «Usta», «Hunarmand», texnik, sport va sayyohlik sohasi bo’yicha «Sport ustasi» yoki «Sport ustaligiga nomzod», «Xizmat ko’rsatgan sportchi», «Sport ustozi», «Artist» va «Me’mor» maqomiga ega bo’lgan shaxslar ham Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishga jalb qilinishi mumkin.
30. Maktab direktori, direktor o’rinbosarlari, uslubchilarning hamda to’garak rahbarlarining mehnat ta’tili 36 ish kuni etib belgilanadi.
31. Maktabda to’garak mashg’ulotlarini o’tkazishga asosan umumta’lim maktablari, akademik listeylar va professional ta’lim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari) o’qituvchilari o’tilgan mashg’ulotlar hajmiga proporstional ravishda soatbay haq to’langan holda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
32. Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan sud qaroriga ko’ra yoki tibbiy xulosaga asosan mahrum qilingan shaxslarning Maktabda to’garak rahbari bo’lishiga va pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Etarli malakaga ega bo’lmaganligi, shuningdek ta’lim faoliyati prinstiplariga zid bo’lgan axloqsiz xatti-harakatlar to’garak rahbari lavozimidan mahrum qilish uchun asos bo’ladi.
33. Maktab to’garak rahbarlarining haftalik ish yuklamasi 24 soatni tashkil etadi.
34. Maktab pedagog xodimlarining faoliyati o’quvchilar shaxsini faol, mustaqil, mas’uliyatli, uyushqoq va tartibli bo’lishini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
7-bob. Maktabni boshqarish
35. Maktabga belgilangan tartibda muassis tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
Maktab direktori va uning o’rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
36. Maktabning faoliyatiga doir asosiy masalalarni kollegial muhokama qilish, Maktabning to’garak mashg’ulotlari jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish uchun doimiy faoliyat yuritadigan Pedagogik kengash faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Pedagogik kengash tarkibi Maktab direktori, direktor o’rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo’ladi. Maktabning har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab ushbu Kengashning a’zosi hisoblanadi.
Maktab direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi va uning kotibi pedagog xodimlar orasidan to’g’ridan-to’g’ri ochiq ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
Pedagogik kengash raisi o’z vazifasini bajara olmaydigan (kasal bo’lgan, xizmat safariga ketgan va b.) holatlarda uning vazifalari vaqtincha vazifani bajarish yuklatiladigan direktor o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Pedagogik kengash yig’ilishi har chorakda kamida bir marta o’tkaziladi. Zaruratga ko’ra, navbatdan tashqari yig’ilishlar o’tkazilishi mumkin.
Pedagogik kengash yig’ilishi Maktab faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, uning faoliyati sifat va samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi.
37. O’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, pedagog xodimlarning kasb mahoratlarini va ijodiy o’sishlarini kuchaytirish maqsadida «Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi huzurida Ilmiy-metodik kengash tuziladi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga uning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlikning tegishli mas’ul xodimi kiritiladi.
«Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi direktori o’z navbatida Ilmiy-metodik kengash raisi ham hisoblanadi.
Ilmiy-metodik kengash yig’ilishi har yarim yilda va navbatdan tashqari yig’iladi hamda uning nizomi «Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy-metodik kengashda o’quv rejalar, dasturlar, o’quv qo’llanmalar, tajriba-sinov ishlari muhokama qilinadi, pedagogik xodimlarning ijodiy tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
To’garak rahbarlari tomonidan to’garaklar o’quv reja va dasturlariga 15 foiz doirasida o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
38. Tuman (shahar)dagi maktablarda faoliyat ko’rsatayotgan to’garaklar faoliyatini rivojlantirish, ularga metodik yordam ko’rsatish, uslubchi va to’garak rahbarlarining tavsiya, qo’llanma va ijodiy ishlarini takomillashtirish bo’yicha Uslubiy kengash tashkil etiladi. Uslubiy kengash tarkibiga uning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida hududiy xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo’limi vakili kiritiladi.
Viloyatdagi Maktab direktori o’z navbatida Uslubiy kengash raisi ham hisoblanadi.
Uslubiy kengash a’zolari har chorakda bir marta yig’iladi, tavsiya, qo’llanma va ijodiy ishlarni sifatini tahlil qiladi va amaliyotga joriy etish uchun ruxsat beradi.
8-bob. Maktabning mol-mulki va pul mablag’lari
39. Muassis yoki vakolatli davlat organi Maktabga mol-mulkni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Maktab o’ziga biriktirilgan mol-mulkni hamda daromadlar va xarajatlar smetasi bo’yicha o’ziga ajratilgan mablag’lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Maktablar faoliyati O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Quyidagilar Maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari;
ota-onalar to’lovidan tushadigan mablag’lar;
o’quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o’quv jarayonida tayyorlangan mahsulotlar va buyumlari sotuvidan tushgan mablag’lar;
asosiy mashg’ulotlardan tashqari paytda bo’sh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag’lar;
xo’jalik faoliyatidan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tushgan mablag’lar;
o’quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o’quv-tarbiya jarayoniga ta’sir etmagan holda badiiy kechalar, konstert va teatr tomoshalari tashkil etishdan olingan mablag’lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
40. Maktab aholiga, turli tashkilotlarga xizmatlar ko’rsatishga, qonun bilan taqiqlanmagan, muassasaning asosiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan faoliyat turlari bilan shug’ullanishga haqli.
Yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan to’garak a’zolarining ta’limga aloqasi bo’lmagan tadbirlarga jalb etilishiga, konstert-tomosha dasturlari va ko’rgazmalarni tashkil etishga yo’l qo’yilmaydi, to’lov-shartnoma asosida ko’rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
41. Maktabning byudjetdan tashqari jamg’armalar, shu jumladan, bolalari o’qiganligi uchun ota-onalar to’lovi hisobiga shakllangan jamg’arma oylik, choraklik yoki yillik tushgan mablag’lari bo’yicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summasidan o’n foizgacha bo’lgan miqdori mazkur maktab rahbarini moddiy rag’batlantirish uchun yo’naltiriladi.
42. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk maktab mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
43. Pedagog xodimlarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari byudjet hisobidan va uch baravarigacha byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
44. Maktabning moddiy-texnika bazasi er, bino va inshootlarni, kutubxonalarni, sport zallarini, kommunikastiya, texnik jihozlar va uskunalarni, transport vositalarini hamda ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan boshqa anjomlarni o’z ichiga oladi.
45. Maktablar tomonidan byudjetdan tashqari va ota-onalar to’lovlaridan tushgan mablag’larni to’g’ri tasarruf etish uchun byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan Maktab uchun buxgalter (hisobchi) ishga qabul qilinishi mumkin.
Maktab buxgalteri (hisobchisi) tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limiga tushumlarni ishlatilishi yuzasidan har chorakda hisobot berishi lozim.
To’garak mashg’ulotlari jarayoni samaradorligini oshirish va o’quvchilar bilan individual ishlash maqsadida maktab tomonidan byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan to’garak rahbari, uslubchi va maktab uchun zarur bo’lgan boshqa shtatlar ochilishi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilishi mumkin.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Maktab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maktabdan tashqari ta’lim yo’nalishi bo’yicha xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yishi mumkin.
Ularning xalqaro hamkorligi shartnomalar asosida xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda amaliyot o’tashi, konferenstiyalar, xalqaro anjumanlar o’tkazishi shaklida amalga oshirilishi mumkin.
47. Maktablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Maktab tugatilgan taqdirda uning mablag’lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo’yicha to’lovlar chegirilgan holda, qonunchilik hujjatlariga hamda Maktab ustaviga muvofiq foydalaniladi.
48. Maktablarni qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko’ra, o’quv yilining oxirida amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi o’quvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari) bilan kelishilgan holda, ularni boshqa maktablarga o’tkazish uchun javobgarlikni o’z zimmalariga oladilar.
49. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
50. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
OTA – ONA BADAL TO’LOVI
ENG KAM ISH HAQQINING 5 %i
Bugungi knda: 2022 yil mart oyi