СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

"DRIVING YOUR TRAIN" Uzbek folk song

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Before studying this song, it is said that Tsarist Russia conquered ancient Turkestan and modern Uzbekistan, and during this period many historical monuments were destroyed, including the Bibikhanirn madrasah in Samarkand, the ancient walls of Bukhara, the Oqsaroy in Shakhrisabz and many other buildings. will be told about. It is reported that the mosques, Naqshbandi, Gijduvani and many other tombs of Piru-hazratlaming, which are considered sacred to Muslims, have been converted into warehouses, barns or cattle sheds, which are necessary for various agriculture.

Просмотр содержимого документа
«"DRIVING YOUR TRAIN" Uzbek folk song»

«POYEZINGNI YURG’IZGAN»

Ozbek xalq qo’shig’i

Bu qo’shiqni o’rganishdan oldin Chor Rossiyasi qadimgi Turkistonni hozirgi O’zbekistonni bosib olgani haqida va shu davrda juda ko’plab tarixiy obidalar vayron qilinganligi, xususan Samarqanddagi Bibixonirn madrasasi, Buxoroning qadimiy devollari, Shahrisabzdagi Oqsaroy va boshqa ko’plab inshootlar xarobaga aylantirilganligi haqida so’zlab beriladi. Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan machitlar, Naqshbandiy, G’ijduvoniy va boshqa ko’plab Piru-hazratlaming maqbaralari turli qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’ladigan o’g’itlar omborxonasiga, otxona yoki molxonaga aylantirilganligi haqida malumot beriladi.

Aynan shu davrlarda yigitlami mardikorlikka majburiy olib ularni Rossiyaning turli joylariga olib borib shafqatsizlarcha ishlatganlar. Ishlagan haqlarini berishmay, sariq suv karam sho’rvalar bilan boqishgan. Poyezingni yurg’izgan qo’shig’ida Andijondan mardikorlikka olinib, qarag’ay kestirish uchun Devinsk shahriga olib ketilgan yigitlarning hasrati, shu davrda podsholik qilgan Nikolayga bo’lgan qahr-g’azabi, adolatsizlikka qarshi yuragida tug’yon urayotgan noroziligi bayon qilingan. Qo’shiqning so’zlari ifodali qilib o’qilgandan so’ng o’quvchilar bilan savol-javob usulida suhbat olib borildi:

O’qituvchi: Devinsk shahriga yigitiarni mardikorlikka majburan olinganligi qaysi so’zlardan bizga ma’lum bo’ladi?

O’quvchilar: — Devinskga ketkizvorgan so’zlaridan,

— Nikolayning zambaragi so’zidan.

O’qituvchi: — Ularga etarlicha oziq-ovqat berilmaganligidan ularning noroziligi qaysi so’zlarda ifodalangan?

O’quvchilar: «Sariq suv sho’rvangni ichmayman» — degani bu asosan karam sho’rva bilan boqqanini bildiradi. «Etigimni echmayman» degani endi bu yerlarda qolmayman, Vatanimga ketaman degani, Ularga yanada tushunarli bo’lsin nchun «Sapogimni echmayman» - deb ham ta’kidlashadi.

O’qituvchi: — Ularning noroziligi yana qaysi so’ziarda ifodalanadi?

O’quvchilar: — Ular qor-sovuqda yurishib qarag’ay kesishgani uchun haqqimni berasan deb talab qilishgan.

O’qituvchi: Bu qarag’aylarni Nikolay podsho nimaga ishlatgan ekan?

O’uvchilar: Poyezd yo’li o’tkazish uchun ko’priklar qurdirish uchun ishlatgan?

O’qituvchi: Xalqning noroziligiga sababchi bo’lgan odamlarning qarg’ishiga qolgan Nikolay podsho qanday jazolanibdi?

O’quvchilar: Taxtidan ag’darilibdi.

O’qituvchi: Demak, odamlarga azob beradigan, ularni norozi qilib, haqqini eydigan kishitar jazosiz qolmas ekan.

Bunday suhbatlar orqali o’quvchilarga Vatanimiz tarixi bilan ishonchli misollar, hayotiy lavhalar keltirib tanishtirdik, xalqimizning boshiga tushgan azob va xo’rliklarning sababchisi kim ekanligidan va haqiqat qanchalik yegilmasin bari bir bir kun qaror topishi muqarrar ekanligi haqida tushuncha berishga imkon beradi.

Qo’shiq vazrnin, bayon qiluvchi ohangda yozilgan. Uni o’rtacha sur’atda, so’zlarni ta’kidlab kuylash, musiqa bo’laklari — frazatari boshi va oxirida takrorlanib keladigan pauzalarga amal qilish, hamda sakkiztalik notalarni dadil, zabt bilan olish asarning mazmunini yanada yorqinroq ochib berishga yordam beradi. Yigitlarning yuragida saqlanib yotgan g’azab, alam va nafratni ifodalash uchun qo’shiqni astoydil, dadillik bilan kuylash lozimligi o’quvchilarga qayta-qayta eslatib turiladi.

Mazkur xalq qo’shig’ining yuqoridagi tartibda o’rgatilishi o’quvchilarda ona xalqimizga mehribonlik, unga qayishish, ona yurtimizga muhabbat, nohaqliklarga nafrat va ularga qarshi kurashuvchanlik hislarini uyg’otadi. Qo’shiq ularni jasoratli bo’lishga yovuzlikka beshafqat bo’lishga undaydi.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!