Sana sinf -7 fan:fizika
Dars mavzusi:Jismlarning harakati.
Dars maqsadi:
-
Ta’limiy: mexanik harakat, sanoq jism, nisbiy harakat, nisbiy tushuncha.
-
Tarbiyaviy: milliy iftixor ruhida tarbiyalash
-
Rivojlantiruvchi: darslikda keltirilgan fizik atama va qoidalarni yod bilishi kerak
Jihoz: doska, bo’r, konspekt, tarqatma.
Usul: an’anaviy
Dars turi: nazariy
-
Tashkiliy qism: salomlashish, davomat oloish, xona tozaligiga e’tibor berish (3-min)
-
O’tilgan mavzuni takrorlash: Kirish. M exanik harakat.( tarqatma) (7-min)
-
Yangi mavzu bayoni: (15 min) Jismning mexanik harakati deb, uning boshqa jismlarga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o’tishi bilan o’zgarishiga aytiladi.
Barcha jismlarning harakati nisbiy bo’lib, ularning tinch turishi ham nisbiy
A
gar parvozdagi raketaning koordinatalarini ifodalamoqchi bo‘lsak, uning balandlik bo‘yicha harakati haqidagi ma’lumotlarni ham ko‘rsatishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun tekislikdagi koordinatalar sistemasida yuqoriga yo‘nalgan va koordinata boshidan o‘tuvchi perpendikulyar o‘q o‘tkazamiz.
Natijada uch o‘lchamli koordinatalar sistemasi hosil bo‘ladi.
Raketaning harakatini to‘liq ifodalash uchun uchta parametr ko‘rsatiladi.
1) sanoq jism
2) koordinatalar
3) vaqt sanog‘i
Sanoq jism, unga bog‘liq koordinatalar sistemasi va shu
harakatning vaqt sanog‘i birgalikda sanoq sistemasini tashkil etadi.
Masalan, «Lasetti» avtomobili uydan chiqib, 10 minutda shimol yo‘nalishida 8 km masofani bosib o‘tgan bo‘lsin. Bunda «Lasetti»ning uyda bo‘lgan tinch holati ham, yo‘ldagi harakati ham Yerga nisbatan qaraladi. «Lasetti» uchun Yer qo‘zg‘almas bo‘lib, sanoq jism hisoblanadi. Haydovchi soati va avtomobilning spidometri yordamida 10 minut davomida avtomobil qancha masofani bosib o‘tganini aniqlashi mumkin. Bunda uy – koordinata boshi, undan 8 km uzoqlashish masofasi esa koordinata boshiga nisbatan bosib o‘tilgan yo‘l hisoblanadi. Bunda «Lasetti»ning harakatida Yer – sanoq jism, uy – koordinata boshi, haydovchidagi soat – jismning harakat vaqtini o‘lchaydigan asbobdir. Ular birgalikda sanoq sistemasini tashkil etib, bu harakat haqidagi ma’lumotlarni to‘liq ifodalashga yordam beradi.
IV Mavzuni mustahkamlash:
V o’quvchilarni baholash
VI uyga vazifa 11-betdan savollarga javob yozish
4-maktab o’qituvchisi
Kamolova Shahlo