СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Элуу алтынчы файл

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Элуу алтынчы файл»

http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group

Oʻsimliklar sistematikasi

1.Gulqoʻrgoni oddiy, koʻrimsiz, mevasi kech kuzda pishadi, oʻsimlik a’zolari asosan seret, bu belgilar qaysi oila uchun xos?

a) shoʻradoshlar

b) tokdoshlar

c) qoqidoshlar

d) burchoqdoshlar

2. Izen, teresken kabi oʻsimliklar qaysi oilaga mansub?

a) shoʻradoshlar

b) karamdoshlar

c) loladoshlar

d) soyabonguldoshlar

3. Itsigak oʻsimligi qaysi oilaga mansub?

a) shoʻradoshlar

b) karamdoshlar

c) burchoqdoshlar

d) ituzumdoshlar

4. Turkiston ismalogʻi uchun xos belgini aniqlang .

a) koʻp yillik bir uyli manzarali oʻsimlik.

b) bir yillik ikki uyli begona oʻt

c) bir yillik bir uyli ayrim jinsli dorivor oʻsimlik

d) koʻp yillik chala butasimon oʻsimlik

5. Oʻzbekistonda quyidagi turkumlardan qaysi birining ikkta turi uchraydi ?

a) ismaloq

b) ebalak

c) sagʻan

d) lavlagi

6. Shoʻradoshlarga mansub oʻsimliklarning oʻziga xos belgilarni aniqlang?

a) gulqoʻrgʻoni oddiy, koʻrimsiz,organlari seret, mevasi kech kuzda pishadi

b) gullari chiroyli, xushboʻy, organlari seret, mevasi erta bahorda

c) gullari alohida – alohida oʻsimlikda joylashgan ikki yillik oʻsimliklar, gullari hasharotlar yordamida changlanadi

d) gulqoʻrgʻoni oddiy, gullari chiroyli, xushboʻy mevasi yoz oylarida pishadi

7. Oddiy jagʻ- jag oʻsimligining xarakterli hususiyati berilgan qatorni koʻrsating.

1. bir yillik 2. ikki yillik 3. poyasi dagʻal tuklar bilan qoplangan 4. barglari murakkab va oddiy panjasimon boʻlingan 5. barglari oddiy patsimon boʻlingan 6. tarkibida K va S vitaminlar, olma, limon, kislatalari bor 7. tarkibida A va D vitaminlari bor 8. toʻpbarglari ovqatga ishlatiladi 9. mevasi qoʻzoq

a) 1.3.5.6.8

b) 2.3.4.7.9

c) 1.3.4.7.8

d) 2.5.7.8.9

8. Shoʻradoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlikni toping .

a) cherkez

b) itsigak

c) oddiy lavlagi

d) chogʻon

9. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklar gipsli, shoʻrli choʻl oʻtloqlarida oʻsib, tuya va qoʻylar uchun yem – xashak hisoblanadi?

a) shoʻradoshlar

b) ituzumdoshlar

c) karamdoshlar

d) qovoqdoshlar

10. Lavlagi mevasi qanday ataladi?

a) pistacha

b) koʻsakcha

c) yongʻoqcha

d) rezavor

11. Hasharotlar yordamida changlanadigan qoʻzoqcha mevali efemer oʻsimlikni toping?

a) jagʻ - jagʻ

b) baxmalgul

c) oddiy lavlagi

d) yerbagʻir tugmachaguli

12.Shoʻradoshlar oilasiga mansub yagona ildizmevali oʻsimlikni aniqlang.

a) sabzi

b) turp

c) sholgʻom

d) lavlagi

13.Shoʻradoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini koʻrsating.

a) donashoʻr, burchoq, tarvuz

b) oddiy lavlagi, ismaloq, saksovul

c) izen, sebarga, bodring

d) teresken, oqquray

14. Jagʻ-jagʻ qaysi hususiyatiga koʻra qon ketishini toʻxtatadi?

a) olma, limon kislatasi borligi uchun

b) toʻxtatmaydi

c) antigemofil omil - K vitamini borligi uchun

d) Ca ioni borligi uchun

15. Shoʻradoshlar oilasi vakillarini aniqlang.

a) karam

b) qoʻngʻirbosh

c) sachratqi

d) ismaloq

16. Shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki uyli begona oʻsimlikni aniqlang.

a) shuvoq

b) turkiston ismalogʻi

c) qovun

d) dalachoy

17. Qaysi oilaga masub boʻlgan oʻsimliklar ildizmeva hosil qiladi?

a) ra’nodoshlar

b) karamdoshlar

c) gulxayridoshlar

d) burchoqdoshlar

18. Qaysi oʻsimliklarning tarkibida olma va limon kislotasi bor?

a) qurttana

b) jagʻ-jagʻ

c) kurmak

b) chitir

19. Barglari deyarli boʻlmaydi, barg vazifasini bajaruvchi bir yillik novdalarining bir qismi qurib qoladi, gulqoʻrgʻon bargchalaridan 5 ta pardaga oʻxshash qanot oʻsib chiqadi.

Bunday belgilar qaysi oʻsimlikka xos?

a) cherkez

b) saksovul

c) juzgʻun

d) itsigak

20.Nima sababdan yovvoyi olma,nok,olcha oʻsimliklaridan yangi navlar yaratishda keng foydalaniladi?

a) zararkunandalarga chidamliligi uchun

b) qurgʻoqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi uchun

c) payvandlangan kurtaklari tez moslashgani uchun

d) barchasi

21. Gulqoʻrgʻoni oddiy boʻlgan oʻsimliklar guruhini aniqlang.

a) jagʻ-jagʻ, turp

b) gʻumay, ajriq

c) oddiy lavlagi, saksovul

d) olcha, gilos

22. Oddiy lavlagining gullari mayda, gulqoʻrgʻoni …

a) oddiy tojbargsimon

b) murakkab

c) oʻyiq

d) oddiy kosachasimon

23. Qaysi oʻsimlikning bargi va mevasidan tayyorlangan dori qon bosimini tushirishda ishlatiladi?

a) momaqaldirmoq

b) zubturum

c) shirinmiya

d) cherkez

24. Mevasi dukkak boʻlmagan oʻsimlikni aniqlang.

a) boqila

b) zirakoʻt

c) sigirquyruq

d) afsonak

25. Mevasi dukkak boʻlgan oʻsimlikni aniqlang.

a) boʻritaroq

b) matur piyoz

c) qargʻatirnoq

d) astragal

26. Qizil sebarganing dukkagi va urugʻiga xos hususiyatni belgilang.

a) dukkagi 3 – 4 urugʻli, uzunchoq 1 – 2 sm, urugʻi jigarrang silliq, loviyasimon, kattaligi 0.5 – 1 sm

b) dukkagi koʻp urugʻli, yumaloq, 1.5 – 2 sm, urugʻi silliq, buyraksimon, kattaligi 1 – 1.8 sm

c) dukkagi bir urugʻli, uzunchoq – tuxumsimon ,

uzunligi 1.5 – 2 mm, urugʻi sariq, yoki jigarrang, silliq, yumaloq, kattaligi 1.5 – 2 mm

d) dukkagi 8 – 10 urugli, uzunchoq, uzunligi 2.5 – 3.5 sm urugʻi jigarrang, ovalsimon, kattaligi 2.5 – 3.5 sm

27.Qon ketishni toʻxtatadigan oʻsimliklar guruhini belgilang.

a) cherkez, saksovul

b) mingidevona, bangidevona

c) jagʻ-jagʻ

d) sebarga, yantoq

28.Qaysi oʻsimlikning bargi,guli,urugʻidan xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida foydalaniladi?

a) andiz

b) shuvoq

c) tugmachagul

d) gulxayri

29. Vatani Braziliya boʻlgan oʻsimlikni aniqlang?

a) nok

b) yeryongʻoq

c) shaftoli

d) oqqutay

30.Flora …

a) ma’lum bir hududda tarqalgan oʻsimliklar turlari majmuasi

b) ma’lum bir hududdagi oʻsimlik va hayvon turkumlari majmuasi

c) bir – biriga yaqin turlardan tashkil topgan sistematik birlik

d) bir – biriga yaqin turlar majmuasi

31. Hozirgi kunda yer yuzida qaysi oʻsimliklar guruhi hukmron hisoblanadi?

a) ochiq urugʻlilar

b) yopiq urugʻlilar

c) yovvoyi oʻsimliklar

d) madaniy oʻsimliklar

32.Saksovul qaysi oilaga mansub?
a) ra’nodoshlar

b) shoʻradoshlar

c) ziradoshlar

d) burchoqdoshlar

33. Oksitrops va tangaoʻt oʻsimliklari qaysi oilaga kiradi?

a) burchoqdoshlar

b) loladoshlar

c) gulxayridoshlar

d) qoqioʻtdoshlar

34.Haqiqiy gul qaysi oʻsimlik guruhi uchun xos?

a) yopiq urugʻlilar

b) ochiq urugʻlilar

c) suvoʻtlarga

d) zamburugʻlarga

35.Yopiq urugʻli oʻsimliklarning boshqa oʻsimlik guruhlariga nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron boʻlishi sabablarni koʻrsating.

1. urugʻidan koʻpayishi; 2.turli yoʻllar bilan changlanishi; 3.qoʻsh urugʻlanishi; 4.urugʻining meva ichida yopiq boʻlishi; 5.koʻpchiligida urugʻining meva orqali tarqalishi; 6.urugʻlanishning suvga bogʻliqligi;

a) 1.2.3.4

b) 2.3.4.5

c) 1.3.5.6

d) 1.4.5.6

36. Oʻsimliklar sistemasi uchun qanday sistematik birliklar qabul qilingan, ularning ketma – ketligini aniqlang ?

a) tur, avlod, oila, turkum, boʻlim

b) tur, turkum, avlod, boʻlim, oila

c) tur, turkum, oila, sinf, boʻlim

d) tur, oila, avlod, turkum, boʻlim

37. Oʻsimliklar sistematkasining toʻgʻri keltirilgan qatorini belgilang?

1 tur 2 oila 3 sinf 4 turkum 5 boʻlim 6 oʻsimliklar olami

a) 1.2.3.4.5.6

b) 1.3.2.6.5.4

c) 1.4.2.3.5.6

d) 1.5.3.2.4.6

38. Quyida berilganlardan qaysi biri yopiq urugʻli oʻsimliklardan tashqari hech qaysi oʻsimliklar boʻlimida yoʻq ?

a) toʻqimalarda oziq moddani toʻplanishi

b) ildiz, barg, poyalarda asosiy toʻqimaning boʻlmasligi

c) ildiz, poya, barglarda oʻtkazuvchi toʻqimalar uzun, yogʻochlangan oʻlik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iboratligi

d) ildiz, poya, bargda oziq moddaning harakatlanishi

39. Ikki urugʻpallali oʻsimliklar gulqoʻrgʻoni bir urugʻ pallali oʻsimliklar gulqoʻrgʻonidan qaysi jihatlarda farq qiladi?

a) koʻpincha gulqoʻrgʻoni murakkab,gulqoʻrgʻon boʻlaklari halqada 4 – 5 tadan oʻrnashgan boʻladi

b) gulqoʻrgʻoni murakkab va gul boʻlakchalari halqada 3 tadan oʻrnashgan boʻladi

c) gulqoʻrgʻoni oddiy va gul boʻlakchalari halqada 3 tadan oʻrnashgan boʻladi

d) koʻpincha gulqoʻrgʻoni oddiy va gulboʻlakchalari bir halqada oʻrnashgan boʻladi

40. “Gullari toʻq sariq, dukkagi choʻziq” Bu belgilar qaysi oʻsimlikka mansub?

a) sebarga

b) yantoq

c) yeryongʻoq

d) burchoq

41. Anzur piyozidagi “anzur,, soʻzi quydagi qaysi sistematik birlikka tegishli?

a) tur

b) turkum

c) avlod

d) oila

42. Oʻsimliklar sistematikasidagi eng kichik birlikni aniqlang?
a) tur

b) oila

c) sinf

d) oila va sinf

43. Ebalak oʻsimligi qaysi oilaga mansub?

a) shoʻradoshlar

b) karamdoshlar

c) burchoqdoshlar

d) ra’nodoshlar

44. Ikki pallali oʻsimliklar sinfiga mansub boʻlgan oilani aniqlang.

a) bugʻdoydoshlar

b) loladoshlar

c) ziradoshlar

d) piyozdoshlar

45. Boʻritaroq turkumiga mansub oʻsimlik …

a) Misr gʻoʻzasi

b) dorivor gulxayri

c) boqila

d) kanop

46. Oddiy lavlagi oʻsimligining gul formulasini aniqlang?

a) Og(5) Ch5U2

b) Og(5) Ch5U5

c) Og(5)Ch4 U(1)

d) Og(5)Ch5 U(3)

47. Bryussel karamining gul formulasini aniqlang?

a) K 4 T5 Ch4+2 U1

b) K5 T5 Ch5 U1

c) K 4 T4Ch4+2 U1

d) K4 T4 Ch4 U

48.Gul foʻrmulasi K4 T4 Ch4+2U1 boʻlgan oʻsimlikni aniqlang.

a) makkajoʻxori

b) loviya

c) turp

d) kanop

49. Karamdoshlar oilasiga mansub savzavot ekinlari qaysi javobda berilgan?

a) sholgʻom, turp

b) sabzi, kartoshka

c) pomidor, garmdori

d) karam, oddiy lavlagi

50. Tojibarglari oppoq, kosachabarglaridan 1.5 marta uzun, urugʻchisi bitta, tumshuqchasi ikkita boʻlgan oʻsimlikni aniqlang.

a) jagʻ - jagʻ

b) na’matak

c) olcha

d) chinor

55. Qaysi turkumga oid oʻsimliklarning 6 ta turi Oʻzbekistonda oʻsadi va barchasi begona oʻtdir?

a) tugmachagul

b) chitir

c) na’matak

d) gulxayri

52.Toʻpmeva hosil qiladigan oʻsimlikni toping.

a) gʻozpanja

b) tugmachagul

c) chirt

d) na’matak

53. Tugmachagulni xarakretli belgilarini koʻrsating?

1 tik oʻsadi; 2 yerbagʻirlab oʻsadi; 3 bir yillik begona oʻt;

4 gullari barg qoʻltigʻida oʻrnashgan; 5 gullari poyaning uchida oʻrnashgan; 6 mevasi toʻpmeva; 7 mevasi kuchala;

a) 1.3.4.7

b) 2.3.4.6

c) 2.4.5.6

d) 1.5.4.6

54. Gullari yirik, tojibargi limon rangda, koʻsakchalari

3–4 chanoqli, yaxshi ochiladi.Tolasi uzun, ipakka oʻxshaydi. Bu belgilar Oʻzbekistonda ekiladigan qaysi gʻoʻza turiga xos?

a) jaydari gʻoʻza

b) Meksika gʻoʻzasi

c) Misr gʻoʻzasi

d) barchasi

55. Konop qaysi oilaga mansub?

a) ra’nodoshlar

b) gulxayridoshlar

c) shoʻradoshlar

d) karamdoshlar

56. Meksika gʻoʻzasiga xos belgilar berilgan qatorni aniqlang?

a) koʻsaklari mayda, deyarli ochilmaydi, tolasi qisqa, dagʻal

b) koʻsaklari yirik, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qoʻngʻir rangda

c) koʻsaklari yirik, tolasi mayin,och sariq rangda

d) koʻsaklari mayda, yaxshi ochiladi, gullari pushti, tolasi uzun , dagʻal va oq randa

57. Tugmachagul qaysi oilaga mansub?

a) karandoshlar

b) ra’nodoshlar

c) gulxayriguldoshlar

d) burchoqdoshlar

58. “Urugʻchisi bitta, tugunchasi uch yoki koʻp uyali, mevasi toʻpmeva”. Bu belgi qaysi oilaga mansub ?

a) ra’nodoshlar

b) qoqioʻtdoshlar

c) qovoqdoshlar

b) gulxayridoshlar

59.Oʻzbekistondagi qaysi turkumga mansub 13 tur oʻsimlik oʻsadi?

a) tobulgʻi

b) ra’no

c) baxmalgul

d) gʻoʻza

60. Gulxayridoshlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar gurhini belgilang.

a) noʻxat,qurttana,kanop,bodom

b) olma,gʻoʻza,makkajoʻxori,gulxayri

c) oʻrik,pomidor,kungaboqar,kanop

d) kanop,gulxayri,boʻritaroq,gʻoʻza

61. Boʻritaroq turkumiga qaysi oʻsimliklar kiradi?

a) gʻoʻza,kanop

b) gʻoʻza,boʻritaroq

c) gʻoʻza,boʻritaroq,kanop

d) boʻritaroq,kanop

62. Oʻzbekistonda gulxaydoshlarga mansub nechta turkum va tur oʻsadi?

a) 7 turkum, 27 tur

b) 3 turkum, 16 tur

c) 70 turkum, 16tur

d) 3 turkum, 32 tur

63. Gulxayridoshlar oilasiga xos boʻlmagan belgilarni aniqlang.

a) mevasi koʻsakcha

b) gulkosachabarglarining ostida ostkosachabarglari boʻladi

c) changchi iplari erkin,mevasi rezavor

d) changchi iplari qoʻshilagan

64. Dorivor gulxayrining qaysi qismidan tayyorlangan damlama yoʻtalga qarshi ishlatiladi?

a) bargidan

b) gulidan

c) poyasidan

d) ildizidan

65. Ra’nodoshlar oilasiga mansub boʻlagan oʻsimliklarni aniqlang.

1 na’matak; 2 bodring; 3 olma; 4 lola; 5 nok;6 doʻlana; 7 tok;

a) 1.5.4

b) 2.3.5

c) 3.5.6

d) 2.5.7

66. Ra’nodoshlar oilasiga mansub boʻlgan oʻsimliklarni aniqlang.

a) olcha, gʻoʻza, karam, na’matak, olma

b) bodom, na’matak, togʻolcha, olma, maymunjon

c) oʻrik, loviya, na’matak, doʻlana, shaftoli

d) behi, na’matak, gilos, qurttana

67. Ra’nodoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarni belgilang.

a) behi, bodom, yeryongʻoq

b) malina, baqlajon, yeryongʻoq

c) qulupnay, oʻrik, togʻolcha

d) nok, garmdori, yeryongʻoq

68. Gul formulasi K (5)T5 Ch U1-(5),∞ boʻlgan oʻsimliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?

a) burchoqdoshlar

b) ituzumdoshlar

c) karamguldoshlar

d) ra’nodoshlar

69. Nok gulli oʻsimliklar boʻlimining qaysi oilasiga mansub?

a) karamdoshlar

b) ra’nodoshlar

c) gulxayridoshlar

d) burchoqdoshlar

70.Doʻlana, shaftoli, olxoʻri turkumlari qaysi oilaga mansub?

a) burchoqdoshlar

b) ituzumdoshlar

c) boshoqdoshlar

d) ra’nodoshlar

71. Qaysi oʻsimlik mevasi tarkibida oshlovchi modda boʻladi?

a) na’makak

b) baxmalgul

c) gʻalmas

d) ituzum

72. Nok olmadan nimasi bilan farq qiladi?

a) mevasining etida tosh hujayralar boʻlishi bilan

b) kosachabarglar va tojibarglar koʻpligi bilan

c) urugʻchisi cheksiz boʻlishi bilan

d) mevasining tuzilishi bilan

73. Oʻzbekistonda qaysi turkumga oid 7 tur bor?

Bulardan 3 tasi yovvoyi, 4 tasi madaniy turdir.

a) ra’no

b) nok

c) olma

d) olxoʻri

74. Oʻzbekistonda atirgulning nechta navi ekiladi?

a) 13 ta

b) 10 mingta

c) 5 ta

d) 340 ta

75. Akatsiya, tangaoʻt, zirakoʻt oʻsimliklari uchun xarakterli mevani koʻrsating?

a) don

b) qoʻzoq

c) koʻsak

d) dukkak

76. Na’matakning gul formulasini toping.

a) Gk 4 Gt 4 Ch4+2 U1

b) Gk (5) Gt (2),2+1 Ch(9)+1 U1

c) Gk (3)+(5) Gt 5 Ch(∞) U(∞)

d) Gk 5 Gt 5 Ch U(∞)

77. Tobulgʻi va kamxastak oʻsimliklari qaysi oilaga mansub?

a) ra’nodoshlar

b) gulxayridoshlar

c) ituzumdoshlar

d) qoqioʻtdoshlar

78. Qaysi qatordagi oʻsimliklar ra’nodoshlar oilasiga mansub?

a) oʻrik, loviya, na’matak, doʻlana, shaftoli

b) akatsiya, olcha, gilos, kanop, sholgʻom

c) olcha, gʻoʻza, karam, na’matak, olma

d) tobulgʻi, kamxastak, olmurut

79. Ra’nodoshlar oilasiga mansub qaysi oʻsimliklarda urugʻchilar koʻp boʻladi?

1 olcha 2 olxoʻri 3 shaftoli 4 na’matak 5 malina 6 atirgul

a) 2.3.4

b) 1.2.3

c) 1.3.6

d) 4.5.6

80. Ra’nodoshlarga xos belgilarni ajrating?

1 gulqoʻrgʻoni murakkab, toʻgʻri; 2 changchilari koʻp;

3 guljojibarglari beshta, qoʻshilmagan; 4 gulqoʻrgʻoni oddiy; 5 gulqoʻrgʻoni murakkab, qiyshiq;

a) 1.3.5

b) 1.2.5

c) 2.3.4

d) 1.2.3

81. Burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini belgilang.

a) beda, noʻxat, turp behi, sholgʻom

b) gilos, shaftoli, loviya, akatsiya, tut

c) sabzi, noʻxat, anor, qovun, rediska

d) yantoq, noʻxat, beda, loviya, akatsiya

82. Gultojibarglari yelkacha, eshkakcha, qayiqcha deb ataladigan oʻsimliklar guruhini toping?

a) astragal, qizilmiya, gledichiya

b) noʻxat, yantoq, maymunjon

c) yantoq, gʻozpanja, quyonsuyak

d) boʻritaroq, noʻxat, mosh, loviya

83. Tuxumak oʻsimligi qaysi oilaga mansub?

a) karamdoshlar

b) ituzumdoshlar

c) burchoqdoshlar

d) qoqioʻtdoshlar

84. Qaysi oʻsimliklar oilasi vakillarining ildizida tugunak bakteriyalar boʻladi?

a) karamdoshlar

b) murakkabguldoshlar

c) ra’nodoshlar

d) burchoqdoshlar

85. Oʻzbekistonda qadimdan ekiladigan beda oʻsimligi qaysi oilaga mansubligini belgilang ?

a) krestguldoshlar

b) ra’noguldoshlar

c) gulxayridoshlar

d) dukkakdoshlar

86. Urugʻi oqsilga boy oʻsimlik vakillari qaysi oilaga mansub ?

a) karamdoshlar

b) ra’nodoshlar

c) loladoshlar

d) burchoqdoshlar

87. Akatsiya mevasi qanday meva xiliga kiradi?

a) danak

b) dukkak

c) qoʻzoq

d) koʻsak

88. Quyidagi belgilar qaysi oʻsimlik uchun xos? “Barglari mayda, ildizi uzun, yerda chuqur joylashgan,yer osti suvigacha kirib boradi”.

a) yantoq

b) shuvoq

c) yulgʻun

d) quyonsuyak

89. Qaysi oʻsimliking gullari changlangandan keyin, gulli novdachalari yerga kirib turadi?

a) yeryongʻoq

b) yertut

c) yernok

d) noʻxat

90. Tuxumak va yasmiq oʻsimliklarini oilasini aniqlang?

a) shoʻradoshlar

b) burchoqdoshlar

c) qoqidoshlar

d) karamdoshlar

91. Burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarni toping?

a) isirgʻaoʻt, xilol

b) afsonak, qashqarbeda

c) takasoqol, soʻya

d) astragul, maxsar

92. Gul formulasi Gk (5) Gt 1+2,(2) Ch (9)+1 U1 boʻlgan oʻsimliklar guruhini aniqlang.

1.sebarga 2.kakra 3.beda 4.tuxumak 5.yernok 6.malina 7.sachratqi

a) 1.2.7

b) 2.3.4

c) 2.7.6

d) 1.3.4

93. Yozning issiq kunlarida qaysi oʻsimlikni bargidan va poyasidan shakar ajraydi?

a) yantoq

b) oʻtloq sebargasi

c) shirinmiya

d) yoysimon surepka

94. Gullari qiyshiq, gulqoʻrgʻoni murakkab, changchilari 10 ta, urugʻchisi 1 ta, tojibarglari 3 xil shaklda, ildizida azot toʻplovchi tugunak bakteryalari boʻladi. Bu belgilar qaysi oilaga mansub?

a) ituzumdoshlar

b) uzumdoshlar

c) qovoqdoshlar

d) burchoqdoshlar

95. Choʻlda chorvadorlar qaysi oʻsimlikni “boshi olovda, oyogʻi suvda ,, deyishadi?

a) juzgʻun

b) shuvoq

c) yantoq

d) saksovul

96. Qaysi oʻsimlik toʻyimli oziqbob va guli asalshiraga

boy ?

a) yantoq

b) shuvoq

c) izen

d) tol

97. Gullari yondosh bargchali, shingil, kallakcha yoki boshoq tipidagi toʻpgulda joylashgan .Bu belgilar qaysi oilga tegishli ?

a) qoqioʻtdoshlar

b) shoʻradoshlar

c) burchoqdoshlar

d) ituzumdoshlar

98.Quyidagi oʻsimliklardan qaysi birining gulida 9 ta iplari qoʻshilgan, 1 tasi alohida joylashgan changchini koʻrish mumkun?

a) sebarga

b) ituzum

c) na’matak

d) tugmachagul

99. Oʻzbekiston botanika institutida shoʻradoshlar oilasiga mansub qaysi oʻsimliklar yem-xashak oʻsimligi sifatida madaniylashtirilmoqda?

1.teresken 2.ebalak 3.izen 4.choʻgʻon 5.baliqkoʻz 6.donashoʻr 7.keyreuk 8.shoʻrak

a) 1.2.3

b) 2.3.5

c) 3.4.7

d) 4.5.8

100.Turlarni qoʻsh nomlashni fanga kiritgan olimni belgilang.

a) A. K. Linney

b) K. F. Rule

c) J. B. Lamark

d) Ch. Darvin

101. Qaysi oila vakillarining 8 ta turi Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan?

1 ra’noguldoshlar 2 karamdoshlar 3ituzumdoshlar 4 tokdoshlar 5 shoʻradoshlar 6 gulxayridoshlar.

a) 1,2,3

b) 2,5,4

c) 2,5

d) 2,4,6

102. Ra’nodoshlar oilasiga qanday toʻpgul shakllari xos?

1.shingil 2.qalqon 3.soyabon 4.sulton 5. kallakcha 6.boshcha

a) 1.4.3

b) 1.2.3

c) 3.4.5

d) 3.2.6

103. Ra’nodoshlar oilasi hosil qiladigan quruq mevalarni aniqlang.

a) yongʻoqcha, toʻpbargak

b) yongʻoqcha, toʻpbargak, soxta meva

c) toʻpbargak, rezavor

d) toʻpbargak,danakcha

104. Pekin nomli oʻsimlik navi qaysi turkumga mansub?

a) karam

b) piyoz

c) zira

d) atirgul

105. ,,Gullari barg qoʻltigʻida yoki shoxlar uchidagi toʻpgulda bittadan joylashgan “. Ushbu ta’rif qaysi oilaga xos?

a) burchoqdoshlar

b) gulxayridoshlar

c) tokdoshlar

d) qovoqdoshlar

106.Quyidagi oilalarning Oʻzbekistondagi turlari soni ortib borishi tartibida joylashtiring.

1. ituzumdoshlar 2. gulxayridoshlar

3. tokdoshlar 4. karamdoshlar

a) 3.2.1.4

b) 3.1.2.4

c) 3.2.4.1

d) 4.2.1

107.Bir tup achambiti oʻsimligida qancha urugʻ yetiladi?

a) 7 000

b) 10 000

c) 100 000

d) 70 000

108. Afsonak oʻsimligi qaysi oilaga mansub?

a) ra’nodoshlar

b) gulxayridoshlar

c) ituzumdoshlar


d) burchoqdoshlar

109. Achambitining ikkinchi nomini aniqlang ?

a) xarduma

b) ajriq

c) jagʻ - jagʻ

d) qoraqobiq

110. Quyonjun, sagʻan turkumlari qaysi oilaga mansub ?

a) ituzumdoshlar

b) burchoqdoshlar

c) ra’nodoshlar

d) shoʻradoshlar

111. Gk 5 Gt5 ChU1 gul formulasiga xos oʻsimlikni aniqlang.

a) sachratqi

b) olxoʻri

c) lola

d) achambiti

112. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklarda gullari faqat qiyshiq simmetriyali ?

a) karamdoshlar

b) burchoqdoshlar

c) gulxayridoshlar

d) soyabonguldoshlar

113. Qaysi yuksak oʻsimliklarga arxegoniy xos emas ?

a) saur

b) zuxrasoch

c) shuvoq

d) dala qirqboʻgʻimi

114. Qaysi oʻsimlikning gullari mayda, 2-3.5 sm keladigan

“ boshcha” toʻpgulda oʻrnashgan?

a) yantoq

b) shuvoq

c) sebarga

d) burchoq

115. Anabazin moddasi qaysi oʻsimlikdan olinadi va u qasi oilaga mansub?

a) keyreukdan, burchoqdoshlar

b) itsigakdan, shoʻradoshlar

c) karrakdan, murakkabguldoshlar

d) cherkezdan, shoʻradoshlar

116. Jagʻ-jagʻning ildiz boʻgʻzida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi?

a) qisqa bandli b) patsimon qirqilgan c) bandsiz d) ketma-ket joylashgan

a) 1-a, d; 2-b, c

b) 1-b, c; 2-a, d

c) 1-a, b; 2-c, d

d) 1-c, d; 2-a, b

117. Qaysi oʻsimlikning ildiz boʻgʻzida joylashgan barglar qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagi barglar esa bandsiz?

a) qora ituzum

b) yerbagʻir tugmachagul

c) achambiti

d) lavlagi

118. Itsigak qaysi oʻsimliklar oilasiga mansub?

a) shoʻradoshlar

b) ituzumdoshlar

c) burchoqdoshlar

d) gulxayridoshlar

119. Og0-5Ch2-5U(2-5) gul formulasi qaysi oilasiga mansub?

a) gulxayridoshlar

b) tokdoshlar

c) ituzumdoshlar

d) shoʻradoshlar

120. Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞) gul formulasi qaysi oʻsimlik oilasiga mansub?

a) ituzumdoshlar

b) gulxayridoshlar

c) tokdoshlar

D) shoʻradoshlar

121. Meksika gʻozasining sistematik birliklari toʻgʻri berilgan javobni aniqlang.

boʻlim (tip) (1), sinf (2), oil (3), turkum (4)

a)ochiq urugʻlilar;b) gulli oʻsimliklar; c) bir urugʻpallalilar; d) ikki urugʻpallalilar; e)gulxayridoshlar; f) qargʻaydoshlar g) gʻoʻza h) qaragʻay

a) 1-a,b / 2-c,d / 3-e,f / 4-g,h

b) 1-c,d / 2-e,h / 3-a,f / 4-b,g

c) 1-a,b / 2-e,h / 3-b,g / 4-a,f

d) 1-a,d / 2-b,h / 3-e,f / 4-g,h

122. Qaysi oila vakillarining gulqoʻrgʻon barglari juda qisqargan yoki butunlay yoʻqolib ketgan?

a) shoʻradoshlar

b) loladoshlar

c) bugʻdoydoshlar

d) qoqidoshlar

123. Faqatgina yopiq urugʻlilarga xos boʻlgan xususiyatlarni belgilang.

1. yorugʻlikka talabi kattaligi; 2. gulning boʻlishi; 3. vegetative a’zolarining rivijlanganligi; 4. qoʻsh urugʻlanish; 5. urugʻlarining qanotchali, uchar boʻlishi; 6. urugʻning meva ichida boʻlishi;

7. hayotiy shakillarining hilma xil boʻlishi; 8. namlikka talabining yuqori boʻlishi; 9. turli yoʻllar bilan changlanishi

a) 1,3,5,7,9

b) 1,3,4,5,7

c) 2,3,5,7,8

d) 2,4,6,7,9

124. Qaysi belgilar ikki pallali oʻsimliklar uchun xos?

a) murtak ikkita urugʻ pallali, popuk ildizli, poyasi kambiyli, bargi toʻrsimon tomirlangan

b) murtak ikkita urugʻ pallali, oʻq ildizli, poyasi kambiyli, bargi parallel tomirlangan

c) murtak ikkita urugʻ pallali, oʻq ildizlio, poyasi kambiyli, bargi toʻrsimon tomirlangan

d) murtak bitta urugʻ pallali, oʻq ildizli poyasi kambiyli, bargi parallel tomirlangan

125. Ziradoshlar oilasiga mansub boʻlgan oʻsimlikni aniqlang.

a) lavlagi

b) sabzi

c) rediska

d) lola

126. Qaysi oila vakillarida poyada barglar yonbargcha hosil qilmay birikadi?

a) ra’nodoshlar, burchoqdoshlar

b) qoqioʻtdoshlar, tokdoshlar

c) shoʻradoshlar, ituzumdoshlar

d) ituzumdoshlar, tokdoshlar

127. Tokni jingalaklari qaysi vegetativ organning shakli oʻzgarishidan hosil boʻladi?

a) poya

b) barg

c) yonbargcha

d) poʻstloq

128. Qaysi oʻsimlik oilasi koʻpchilik vakillarining ildiz boʻgʻzida joylashgan barglari juda yirik boʻladi?

a) karamdoshlar va qovoqdoshlar

b) qovoqdoshlar va tokdoshlar

c) gulxayridoshlar va qoqioʻtdoshlar

d) qoqioʻtdoshlar va ziradoshlar

129. Qaysi oʻsimliklarning bargi buyraksimon boʻladi?

a) otquloq

b) oshqovoq

c) nok

d) tol

130. Gullardagi gulqoʻrgon boʻlaklari qoʻshilib oʻsgan oʻsimliklar guruhini aniqlang.

a) qovoq, ituzum

b) tok, olvoli

c) gʻoʻza, lavlagi

d) qovoq, olxoʻri

131. Toʻpguli savatcha, mevasi pistacha boʻlgan oʻsimlikni aniqlang.

a) gulxayri

b) astragal

c) qoqioʻt

d) kanop

132.Quyida berilgan qaysi oʻsimliklani vatani Shimoliy Amerka?

a) liftok

b) aloe

c) kanop

d) partenotsissus

133. Qaysi oʻsimliklar zaharli hasharotlani nobud qiladigan dori tayyorlashda foydalaniladi?

a) mingdevona, itsigak

b) tamaki, shaytonkosa

c) itsigak, bangidevona

d) itsigak, tamaki

134. Tirnoqgul, boʻznoch qaysi oila vakillari hisoblanadi?

a) burchoqdoshlar

b) murakkabguldoshlar

c) bugʻdoydoshlar

d) qovoqdoshlar

135. Oloy xiloli Oʻzbekistondi qaysi viloyatida uchraydi?

a) Samarqand

b) Toshkent

c) Buxoro

d) Fargʻona

136. Moychechakdoshlar oilachasiga mansub oʻsimliklarni aniqlang?

a) shuvoq, qoqioʻt

b) kakra, karrak

c) andiz, boʻyimadoron

d) tirnoqgul, takasoqol

137. Qoqioʻtdoshlar oilasiga kiruvchi oʻsimliklarni koʻrsating?

a) shirinmiya, akatsiya

b) boʻymadoron, sachratqi

c) sebarga, kuchala

d) olmurut, nok

138. Quydagi gul formulalari qaysi oʻsimliklarda uchraydi?

1. K4 T4Ch4+2U(2)

2. K(5) +(3) T5Ch(∞) U(∞)

3. K5 T1+2+(2)Ch(9)+1U1

4. K0.5 T(5) Ch(5) U(2)

a. kamxastak b. tugmachagul v. oqquray g. oʻsma

d. boʻtakoʻz

a) 1 – b 2 – g 3 – d 4 – a

b) 1 – g 2 – b 3 – v 4 – d

c) 1 – d 2 – a 3 – b 4 – g

d) 1 – v 2 – b 3 – d 4 –g

139. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimlikni aniqlang?

a) xolmon

b) qargʻatirnoq

c) boqila

d) gledichiya

140. Ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini belgilang?

1 yernok 2 kartoshka 3 akatsiya 4 loviya 5 garmdori 6.baqlajon 7 kanop 8 bangidevona

a) 1.3.4.6

b) 2.5.6.8

c) 1.2.6.8

d) 1.3.7.8

141. Pomidor oʻsimligi qaysi oilaga mansub ?

a) karamdoshlar

b) ituzumdoshlar

c) burchoqdoshlar

d) gulxayridoshlar

142. Qaysi oʻsimliklarda changchi iplari yoʻq va changchilari tojibarglarining ichki tomonida joylashgan?

a) yantoq

b) ituzum

c) yapon saforasi

d) quyonsuyak

143. Ziradoshlar ( soyabondoshlar ) oilasiga xos gul formulani belgilang?

a) Gk5 Gt4 Ch U(4)

b) Gk5 Gt5 Ch5 U1

c) Gk5 Gt5 Ch 5+2U0.5+2

d) Og(5) Ch5 U1+5+4

144. Ituzumdoshlar oilasiga mansub, Fargʻona viloyatida oʻsadigan qaysi oʻsimlik Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan?

a) oq ituzum

b) oloy xiyoli

c) qora ituzum

d) marmarak

145.Qaysi oilaga kiruvchi oʻsimliklarning poyalari ilashuvchi, vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi, mevasi rezavor?

a) ra’nodoshlar

b) gulxayridoshlar

c) qovoqdoshlar

d) tokdoshlar

146. Rezavor mevali, yotib oʻsuvchi buta oʻsimlikni toping.

a) madaniy tok

b) oshqovoq

c) terakbargli liftok

d) beshyaproqli partenotsissus

147. Gul formulasi K4 -5 T5 (5) Ch5 U( 2 – 6) boʻlgan oʻsimliklar guruhini belgilang?

1 yovvoyi tok 2 qovun 3 tarvuz 4 beshyaproqli partenotsissus 5 qovoq 6 terakbargli liftok

a) 1.3.5

b) 1.5.6

c) 1.2.4

d) 1.4.6

148. Qovoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarga xos boʻlgan xususiyatlarni koʻrsating.

1.toʻgʻri 2. qiyshiq 3. ayrim jinsli 4. ikki jinsli 5.gulqoʻrgʻoni oddiy 6. gulqoʻrgʻoni murakkab 7.kosacha, tojibarglari beshtadan qoʻshilib oʻsgan 8. kosacha, tojibarglari qoʻshilib oʻsmagan 9. changchilari 5 tadan, 4 tasi 2 tadan juft boʻlib qoʻshilgan, 1 tasi erkin, urugʻchisi5 ta, qoʻshilib oʻsgan.

a) 1.3.6.7.9

b) 2.4.5.8.9

c) 1.4.5.7.9

d) 1.3.4.7.9

149. Qovoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini aniqlang.

a) kanop, qora ituzum, bangidevona

b) bodring, tarvuz, qovun

c) burchoq, tugmachagul, jagʻ - jagʻ

d) karam, lavlagi, ismaloq

150. Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona oʻsimlik - …

a) idishqovoq

b) itqovun

c) yovvoyi handalak

d) qozonyuvgich

151. Oʻzbekistonda yagona turi uchraydigan oʻsimlik turkumini toping?

a) shuvoq

b) boʻymadaron

c) sachratqi

d) boʻztikan

152. Murakkabguldoshlar oilasga mansub boʻlgan quyidagi oʻsimliklarning qaysi biridan qadimda oshqozon – ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori olingan ?

a) sachratqi

b) boʻyimadoron

c) shuvoq

d) qoqioʻt

153. Qoqioʻtdoshlar oilasiga kiradigan oʻsimliklarni changchilari soni nechta boʻladi?

a) 2 ta

b) 3 ta

c) 4 ta

d) 5 ta

154. Sachratqi, boʻztikan, moychechak kabi oʻsimliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?

a) karamdoshlar

b) burchoqdoshlar

c) qoqioʻtdoshlar

d) bugʻdoydoshlar

155. Toʻpgulida naysimon va tilsimon gullari boʻlgan oʻsimlikni belgilang.

a) shuvoq

b) qoqioʻt

c) karrak

d) sachratqi

156.Qaysi oʻsimlikning mamlakatimizda 39 ta turi uchraydi?

a) shuvoq

b) qoqioʻt

c) lola

d) jagʻ-jagʻ

157. Qoqioʻtdoshlar oilasini umumiy gul formulasini aniqlang.

a) Gk5 Gt5 Ch0.3 U1

b) Gk5 Gt5 Ch5 U1

c) Gk0,(5) Gt(5)Ch5U1

d) Gk2+5 Gt2+5 Ch(2)+5 U(2)

158. Qoqioʻtdoshlar oilasiga mansub suttikandoshlar oilachasi toʻpguli asosan qanday gultojibarglardan tashkil topgan boʻladi?

a) naysimon

b) tilsimon

c) tilsimon va naysimon

d) varonkasimon

159. Qoqioʻtdoshlar oilasi qanday oilachalarga boʻlinadi ?

a) qoqioʻtdoshlar, karamdoshlar

b) shuvoqdoshlar boymadorondoshlar

c) “oilacha” taksonomik birligi boʻlmaydi

d) suttikandoshlar, moychechakdoshlar

160. Qoqioʻtdoshlarga mansub dorivor oʻsimliklarni aniqlang.

a) boʻznoch, boʻyimadoron

b) quyonsuyak, zubturum

c) isirigʻ, yulgʻun

d) rayhon, shirach

161. Qoqidoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarning 50 turi Oʻzbekiston respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan. Ulardan 30 tasi qaysi turkumga mansub ?

a) kakra

b) shuvoq

c) qoqioʻt

d) karrak

162. Quyida berilgan oʻsimliklarni qaysi oilaga mansub ekanligini aniqlang?

1.tuxumak 2.izen 3. boʻymadoron 4. gʻumay

a.shoʻradoshlar b.burchoqdoshlar v.bugʻdoydoshlar g.qoqioʻtdoshlar

a) 1-b, 2-a, 3-g, 4-v

b) 1-v, 2-a, 3-b, 4-g

c) 1-a, 2-b, 3-v, 4-g

d) 1-b, 2-a, 3-g, 4-b

163. Oʻzbekistonda uzumchilikni rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan seleksioner olimni aniqlang.

a) R.Musamuhamedov

b) Q. Zokirov

c) A.Muzaffarov

d) M.Mirzayev

164. Yovvoyi sabzi uchun xos hususiyatlarni koʻrsating.

1. poyasi silliq 2. poyasi tukli 3. boʻyi 80-100(120) sm 4.boʻyi 40-60(80) sm 5. barg yaprogʻi ikki karra patsimon 6. bargi butun.

a) 2.4.6

b) 2.3.6

c) 1.3.6

d) 1.3.5

165.Tokdoshlar oilasiga mansub, Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan turni aniqlang.

a) tabiiy tok

b) beshyaproqli partenotsissus

c) terakbargli liftok

d) barchasi

166. Qaysi oila vakillari asosan bir va koʻp yillik oʻtlar boʻlib, ularning buta, liana va daraxt shaklidagilari faqat tropik mintaqalarda oʻsadi?

a) qoqioʻtdoshlar

b) qovoqdoshlar

c) shoʻradoshlar

d) karamdoshlar

167. Qaysi oilalarning gullari “kallakcha” toʻpgulda joylashgan ?

a) qoqioʻtdoshlar, karamdoshlar

b) bugʻdoydoshlar, ziradoshlar

c) shoʻradoshlar, qovoqdoshlar

d) burchoqdoshlar, ziradoshlar

168. Qovoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarning urugʻchi gulining formulasini aniqlang.

a) Gk4 Gt4 Ch0 U(4)

b) Gk(5) Gt(5) Ch(2) +(2) +1 U(0)

c) Gk5 Gt5 Ch5 U1

d) Gk(5) Gt(5) Ch(0) U(3)

169. Suttikandoshchalar oilachasiga mansub oʻsimliklarni aniqlang?

a) shuvoq, qora jusan, kakra

b) yovshan shuvogʻi, qora jusan, boʻznoch

c) karrak, maxsar, shuvoq

d) takasoqol, kakra, karrak

170. Qoqioʻtdoshlarga mansub madaniy manzarali oʻsimliklarni aniqlang?

a) qashqargul b) xrizantema c) qoʻqongul d) boʻznoch e)boʻyimadoron f) kartoshkagul

a) b, c, d, e

b) a, b, c, f

c) d, e, f

d) a, b, e, f

171. Moychechakdoshlar oilachasiga mansub oʻsimliklarni aniqlang.

a) shuvoq, qora jusan, kakra

b) karrak, maxsar, shuvoq

c) yovshan shuvogʻi, qora jusan, boʻznoch

d) takasoqol, karrak, kakra

172. Ermon shuvogʻining qaysi qismidan dori tayyorlanadi?

a) mevasi, urugʻi va ildizpoyasidan

b) ildizi, bargi va mevasidan

c) faqat toʻpgulidan

d) bargi, poyasi va toʻpgulidan

173. G k 4-5 Gt 5,(5) Ch 5 U (2-6) gul formulasi qaysi oʻsimlik oilasiga mansub?

a) shoʻradoshlar

b) ituzumdoshlar

c) gulxayridoshlar

d) tokdoshlar

174. Gk(5) Gt(5) Ch(5) U1 gul formulasi qaysi oilaga mansub?

a) shoʻradoshlar

b) ituzumdoshlar

c) gulxayridoshlar

d) tokdoshlar

175. Gk4-5 Gt(5) Ch5 U(2) gul formulasi qaysi oʻsimlikka mansub?

a) tok

b) liftok

c) sachratqi

d) ituzum

176. Qaysi oʻsimliklarning changchilari 5 ta boʻlib, ulardan 4 tasi 2 tadan juft boʻlib qoʻshilgan 1 tasi erkin?

a) bodring, burchoq

b) zira, jagʻ-jagʻ

c) sebarga, loviya

d) qovun, oshqovoq

177. Sachratqining savatchasida qanday gullar joylashadi?

a) bir jinsli, tilsimon

b) jinssiz, naysimon

c) ikki jinsli, tilsimon

d) ikki jinsli, naysimon

178. Ermon shuvogʻi oʻsimligining gullari qanday toʻpgulda joylashgan?

a) murakkab soyabon

b) savatcha

c) oddiy shingil

d) murakkab qalqon

179. Qaysi oilalarda barglari yon bargchali?

a) ra’nodoshlar b) shoʻradoshlar c) burchoqdoshlar

d) tokdoshlar e) ituzumdoshlar f) gulxayridoshlar

a) a, c, d

b) d, e, f

c) b, e, f

d) a, b, c

180. Qaysi oilalarda barglari yon bargchasiz?

a) ra’nodoshlar b) shoʻradoshlar c) burchoqdoshlar d)tokdoshlar e)ituzumdoshlar f) gulxayridoshlar

a) a, c, d

b) d, e, f

c) b, e, f

d) a, b, c

181. Buyraksimon barg qaysi oʻsimlikda boʻladi?

a) oshqovoqda

b) terak

c) nok

d) otquloq

182.Oddiy zira oʻsimligining soyaboni tuzilishini belgilang.

a) koʻp nurli, 5-20 gulli

b) koʻp nurli, 20-30 gulli

b) 15-20 nurli, 20-30 gulli

d) 15-20 nurli, koʻp gulli

183.Kovrak oʻsimligiga xos hususiyatni belgilang.

a) 50-70 sm dan 1 m gacha (bargi)

b) 200-250 sm (boʻyi)

c) barglari qipiqqa aylangan

d) hayotida bir necha marta gullaydi

e) hayotida bir marta gullaydi

j) 80-100 (120) sm ( boʻyi)

a) a,b,d

b) a,c,j

c) a,b,e

d) b,c,e

184.Shingil toʻpgul qaysi oilalarga xos?

a) ra’nodoshlar

b) burchoqdoshlar

c) shoʻradoshlar

d) karamdoshlar

e) gulhayridoshlar

a) a,b,c

b) a,b,c,e

c) a,b,c,d

d) a,b,d

185. Besh yaproqli partenotsissus (1) va terakbargli liftokni (2) tok oʻsimligiga oʻxshashlik (a) va farqini (b) koʻrsating.

1. gul tuzilishida 2. mevasining tuzilishida 3. hayotiy shaklida

4. bargida 5. uchrash joyida

a) I-a; 1,2,3 I-b; 4,5 II-a; 1,2 II-b; 3,4,5

b) I-a; 1,2 I-b;3, 4,5 II-a; 1 II-b; 2,3,4,5

c) I-a; 1,2,3,4 I-b; 5 II-a; 1,2 II-b; 3,4,5

d) I-a; 1,2,3 I-b; 4,5 II-a; 1 II-b; 2,3,4,5

186. Yerbagʻir tugmachagul va oshqovoq oʻsimliklarining oʻxshashlik (a) va farqlarini (b) koʻrsating.

1. bargi buyraksimon 2. barg cheti 5-7ga boʻlingan 3.bargi butun

4. gulning tuzilishida

a) a-2,4 b-1,3

b) a-2 b-1,3,4

c) a-1,2 b-3,4

d) a-2,3 b-1,4

187. Yovvoyi sabzi va zira oʻsimliklarining oʻxshashligi (a) va farqini (b) koʻrsating.

1. toʻpgulida 2. soyabonchalar sonida 3. hayotiy shaklida 4. mevasida 5. balandligida 6. mevasi pishib yetilish vaqtida

a) a-1,4,6 b-2,3,5

b) a-1,3,4,6 b-2, 5

c) a-1,4 b-2,3,5,6

d) a-1,4,6 b-2, 5

188. Qaysi oila vakillarida chanchilar gultojibarglarni qoʻshilishidan hosil boʻlgan nayda oʻrnashgan?

a) qovoqdoshlar

b) ituzumdoshlar

c) tokdoshlar

d) ra’nodoshlar

189. Qaysi oila vakillari asosan bir va koʻp yillik oʻtlar boʻlib, ularning buta, liana va daraxtlari faqat tropik mintaqalarda oʻsadi?

a) qovoqdoshlar

b) shoʻradoshlar

c) murakkabguldoshlar

d) karamdoshlar

190. Beshaproqli partenotsissusga xos boʻlmagan belgilarni koʻrsatish.

a) tokdoshlar oilasiga mansub; b) poyasi ingichka, uzun, jingalaklari bilan ilashadi;

c) barglari butun, cheti yirik tishli; d) yotib oʻsuvchi buta; e) barglari panjasimon murakkab;

f) gulkosachasi aniq koʻrinmaydi; h) guli toknikiga oʻxshaydi

a) a,b,e,h

b) c,d,f

c) d,e,h

d) a,b,c,f

191. Oʻzbekiston hududida nechtaga yaqin bir urugʻ pallalilarga doir tur uchraydi?

a) 4000

b) 240000

c) 3700

d) 800

192. Quyidagi oʻsimliklar qaysi oilaga mansubligini aniqlang?

1 . matur 2. olgʻi 3. xolmon 4. kovrak

a. loladoshlar b. piyozdoshlar c. ziradoshlar d.ra’nodoshlar

a) 1-b: 2-a: 3-a: 4-c

b) 1-c: 2-a: 3-d: 4-b

c) 1-b: 2-a: 3-c: 4-d

d) 1-c : 2-b: 3-a: 4-b

193. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklarda changchisi oltita (1) va oʻnta (2) boʻlishi mumkin?

a) ra’nodoshlar

b) burchoqdoshlar

c) karamdoshlar

d) loladoshlar

e) bugʻdoydoshlar

f) shoʻradoshlar

a) 1 – c, d, e 2 – b

b) 1 – b 2 –c d, e

c) 1 – c , d, e 2 – a , b , f

d) 1 – a , c, f 2 – b , d, e

194. Oʻzbekistonda boychechak turkumining nechta turi oʻsadi?

a) 30 ta

b) 16 ta

c) 20 ta

d) 25 ta

195. Bir urugʻ pallali oʻsimliklarga mansub boʻlgan guruhni aniqlang.

a) noʻxat, bugʻdoy, sholi, gʻoʻza

b) beda, yeryongʻoq, arpa, makkajoʻxori

c) arpa, sholi, lola, makkajoʻxori

d) terak, loviya, karam, baqlajon

196. Koʻsak va rezavor mevalar qaysi oila uchun xos ?

1. burchoqdoshlar 2. loladoshlar 3. qoqioʻtdoshlar 4.karamdoshlar 5. ituzumdoshlar

a) 1.2

b) 2.3

c) 3.4

d) 2.5

197. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklar bir yoki koʻp yillik, gulqoʻrgʻoni oddiy, tojisimon, changchisi 6 ta, urugʻchisi bitta, mevasi koʻsakcha,manzarali oʻsimliklar hisoblanadi?

a) loladoshlar

b) qoqioʻtdoshlar

c) tokdoshlar

d) ra’nodoshlar

198. Gulqoʻrgʻoni oddiy, mevasi rezavor va koʻsak boʻlgan oilani belgilang.

a) tokdoshlar

b) bugʻdoydoshlar

c) qovoqdoshlar

d) loladoshlar

199. Qaysi oʻsimlik pichan tayyorlash uchun gullagan vaqtda oʻriladi ?

a) gʻumay

b) javdar va arpa

c) chayir

d) makkajoʻxori

200. Qaysi qatorda piyozli oʻsimlik berilgan ?

a) xarduma

b) ajriq

c) sholi

d) allep joʻxorisi

201. Bugʻdoydoshlar oilasining bargi qanday qismlardan iborat ?

a) barg bandi va barg yaprogʻ

b) barg qini va barg yaprogʻi

c) faqat barg yaprogʻi

d) tilcha va qincha

202. Qaysi oila vakillarining changchilar soni 3 ta yoki 6 ta?

a) karamdoshlar

b) gulxayridoshlar

c) boshoqdoshlar

d) dukkakdoshlar

203. Bugʻdoydoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini aniqlang.

a) andiz, xrizantema

b) saksovul, yantoq

c) gʻumay, ajriq

d) bugʻdoy, boʻtakoʻz

204. Makkajoʻxori, bugʻdoy, arpaning tuzilishidagi umumiy belgilarni aniqlang.

a) poyasi somon, ildizi popuk, mevasi yongʻoq

b) poyasi qisqargan, ildizi popuk, mevasi dukkak

c) poyasi somon, ildizi popuk, mevasi don

d) poyasi oʻt, ildizi popuk, mevasi pista

205. Joʻxori turkumiga oid oʻsimlikni aniqlang.

a) javdar

b) gʻumay

c) kungaboqar

d) tariq

206. Boʻyi 50 – 150 sm keladigan gʻumay oʻsimligi qaysi turkumga mansub ?

a) arpa turkumiga

b) gʻumay turkumiga

c) joʻxori turkumiga

d) kungaboqar turkumiga

207. Xarduma bugʻdoydoshlarning qaysi turkumiga mansub?

a) shirach

b) gʻoʻza

c) arpa

d) ajriq

208. Piyozdoshlar oilasini gul formulasini belgilang.

a) Og3+3 Ch3+3 U1

b) Og3+3 Ch3+3 U(3)

c) Og3+3 Ch3+3 U(5)

d) Og0,5Ch(2-5) U(2-5)

209. Manzarali piyoz turini belgilang

a) oshanin piyoz

b) nor piyoz

c) matur

d) qum piyoz

210. Poyasida kambiy boʻlmaydigan oʻsimilikni aniqlang.

a) na’matak

b) terak, javdar

c) tariq, bugʻdoy

d) gʻoʻza, nok

211. Piyozdoshlar oilasiga oid iste’mol qilinadigan(I) va xushmanzara(II) turlarni belgilang.

1. pskom piyoz 2. qoʻshbarg piyoz 3. gul piyoz 4. nor piyoz

a. I-2.4 II-1.3

b. I-1.3 II-2.4

c. I- 2.3.4 II-1

d. I-1 II-2.3.4

212. Piyozning xushmanzara turini aniqlang ?

a) pskom piyoz b) oshpiyoz c) qumpiyozi d) suvorov e) norpiyoz f) qoʻshbargli piyoz

a) d, e, f

b) a, d, f

c) b, c, e

d) a, d, c

213. Boshoqcha oʻqidan (1) va gulbanddan chiqqan (2) gul qipigʻining bir – biridan farqini aniqlang.

a) etli b) kattaroq c) ostki d) kichikroq e) nozik va mayda f) ustki

a) 1 a, d, f / 2 b, c, e

b) 1 b, c, e / 2 a, d, f

c) 1 a, b, c / 2 d, e, f

d) 1 d, e, f / 2 a, b, c

214. Bugʻdoydoshlarning gullaridagi changchilari va urugʻchilari nima bilan oʻralgan?

a) oʻsimtasimon tilchalar bilan

b) ikkita gul qipigʻi bilan

c) ostki boshoqning qipigʻi bilan

d) ustki boshoqning qipigʻi bilan

215. Bugʻdoydoshlarning har-bir boshoqchasi ostidan nima bilan oʻralgan?

a) ostki gul qipigʻi bilan

b) ustki gul qipigʻi bilan

c) 2 ta boshoqcha qipigʻi bilan

d) pardasimon tilcha bilan

216. Qaysi oila vakillarida toʻpguli yoshligida qobiq bilan oʻralgan boʻladi?

a) qovoqdoshlar

b) shuvoqdoshlar

c) piyozdoshlar

d) tokdoshlar

217. Iste’mol qilinadigan, tabiiy holda oʻsadigan piyoz turlarini aniqlang.

a) pskom piyozi b) oshanin c) qum piyoz d) suvorov e)nor piyoz f) qoʻshbarg piyoz

a) a,b,c

b) b,c,e

c) a,d,f

d) d,e,f

218. Bugʻdoydoshlar oilasini gul formulasini belgilang.

a) Og (2)+2 Ch3,6 U1

b) Og3+3 Ch3+3 U(3)

c) Og3+3 Ch3+3 U(5)

d) Og0,5Ch(2-5) U(2-5)

219. Qaysi oila vakillari Avstraliyada uchramaydi

a) qovoqdoshlar

b) shuvoqdoshlar

c) piyozdoshlar

d) tokdoshlar

220. Loladoshlar oilasiga masub qancha tur oʻsimliklar Oʻzbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?

a) 23 ta

b) 10 ta

c) 25 ta

d) 2 ta

221. Bugʻdoydoshlar oilasiga masub qancha tur oʻsimliklar Oʻzbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?

a) 23 ta

b) 10 ta

c) 25 ta

d) 2 ta

222. Piyozlardan qancha tur vakillari Oʻzbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?

a) 23 ta

b) 10 ta

c) 25 ta

d) 2 ta

223. Qoʻngʻirbosh turkumiga oid qancha tur uchraydi?

a) 30 ta

b) 25 ta

c) 26 ta

d) 7 ta

224. Ajriq oʻsimligi qaysi oilaga mansub?

a) loladoshlar

b) piyozdoshlar

c) bugʻdoydoshlar

d) qoqioʻtdoshlar

225. Qaysi piyoz dorivorlik xususiyatiga ega?

a) suvoriy piyoz

b) matur piyoz

c) nor piyoz

d) osh piyoz

226.Makkajoʻxori va kanop oʻsimliklarni farqini koʻrsating.

a) hayotiy shakli

b) boʻyining uzunligi

c) bargining tuzilishi

d) gulining tuzilishi

e) ildiz sistemasi

a) a,c,d,e

b) c,d,e

c) a,b,d

d) a,b,d,e

227,Qaysi oila vakillari uchun koʻsakcha meva xos emas?

1. loladoshlar 2. ra’noguldoshlar 3. ziradoshlar

4. gulxayridoshlar 5. tikdoshlar 6. ituzumdoshlar

a) 2,4,5

b) 1,2,4,5

c) 2,3,5

d) 1,2,3,4

228. Arpa va ituzum uchun umumiy boʻlgan belgini koʻrsating.

a) barg bandining boʻlishi

b) hayotiy shakli

c) mavasining tuzilishi

d) ildizining tuzilishi

http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group