http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
Sezgi a’zolari
1. Suyak parda labirinti orasidagi torgina boʻshliqda nima joylashgan boʻladi?
a) perilimfa suyuqligi
b) yarim aylana kanalchalar
c) daxliz
d) endolimfa
2. Aylanasimon muskullar qaerda uchraydi?
1.ogʻiz atrofida 2.burun soxasida 3.koʻz atrofida 4.yonoqda 5.gavxar atrofida 6.qorachiq atrofida
a) 1,3
b) 1,3,6
c) 2,3,4
d) 1,3,5
3. Muskl qisqarganda .... va boʻshashganda… retseptorlar qoʻzgʻaladi.
a) paylardagi / boʻgʻimlardagi
b) tolalar orasidagi / boʻgʻimlardagi
c) paylardagi / tolalar orasidagi
d) boʻgʻimlardagi / paylardagi
4. Muskul va paylardagi sezuvchanlikni yashirin sezgi deb atagan olimni belgilang.
a) N.S. Koratkov
b) B.A. Basov
c) I.P. Pavlov
d) I.M. Sechenov
5. Muskul pay va boʻgʻimlarda joylashgan petseptorlar qanday nomlanadi?
a) taktil
b) proprioretseptorlar
c) vitseroretseptor
d) vistibulyarretseptorlar
6. Gavhar atrofini qanday muskullar oʻrab turadi?
a) silliq
b) miofibrilyar
c) pardasimon
d) kiriksimon
7. Barmoq terisi siypalash markazi bosh miyaning qaysi qismida joylashgan?
a) chakkaning oldingi yuqori sohasida
b) poʻstloq qismining tepa oʻrta sohasida
c) chakkaning pastki sohasida
d) chakkaning yuqori sohasida
8. Qaysi olim bundan 200 yil oldin “Ogʻriq” hamma xavf xatardan odamning eng ishonchli qoʻriqchisidir,u doim extiyot boʻling, hayotingizni asrang va avaylang deb uqtiradi? deb yozgan?
a) Volter
b) Mechnikov
c) Pavlov d) Krasnov
9. Odam terisidagi taktil reseptorlarning vazifasi nima?
a) bosimni sezish b) ogʻriqni sezish
c) harakatni sezish d) issiqni sezish
10. Teridagi sovuqni sezuvchi reseptorlar miqdorini aniqlang
a) 30 mingta b) 40 mingta
c) 20 mingta d) 10 mingta
11. Quyida berilagan retseptorlar qaysi organda joylashganligi toʻgʻri berilgan javobni belgilang.
1.vistseroretseptorlar 2.proprioretseptorlar 3.vestibulyar retseptor a.pay b.muskul v.oʻpka d.oshqozon g.daxliz va yarim doira kanalchalarda
a)1-a,g/2-b,v/3-d b)1-a,b / 2-v,d/ 3-g
c) 1-d,v/2-a,b/3-g d) 1-b,v / 2-a,g / 3-d
12. I. Sechenov qaysi analizatorni chuqur oʻrgangan?
a) harakat analizatorini b) muvozanat analizatorini c) teri analizatorini d) hid bilish analizatorini
13. Tana terisining sezish markazi bosh miya poʻstlogʻining qaysi qismida joylashgan?
a) chakka qismida b) peshonaning ostki qismida c) orqa markaziy pushtasida d) oldingi markaziy pushtasida
14. Teri orqali sezish markazlari katta yarimsharlar poʻstlogʻining qaysi qismida joylashgan?
a) ensa b) chakka c) peshona d) tepa
15. Hid bilish markaziy bosh miya poʻstlogʻining qaysi qismida joylashgan?
a) orqa markaziy pushtda b) tepa
c) chakka d) ensa
16. Tana terisining sezgi markazlari katta yarim sharlar poʻstlogʻining qaysi qismida joylashgan?
a) ensa b) peshona orqa markaziy pushtada c) tepa qismidagi markaziy pushtada d) orqa markaziy pushtada
17. Bosh miya poʻstlogʻining qaysi qismida eshitish zonasi joylashganligini belgilang?
a) tepa b) chakka c) ensa d) peshona
18. Bola necha haftalik boʻlganda, umurtqa pogʻonasining boʻyin qismida oldinga egilish hosil boʻladi?
a) 8-10 b) 20-22 c) 16-18 d) 5-6
19. Qaysi analizator muvozanat organi hisoblanadi
a) harakat b) vestibulyar c) eshitish
d) koʻrish
20. Koʻzning optik sistemasini aniqlang.
1.shox parda 2.toʻr parda 3.gavhar 4.shishasimon tana 5.tomirli parda
a) 5,2,1 b) 2,5,4 c) 1,3,4 d) 1,2,3
21.Akkomodasiya koʻzdagi qaysi qismning shakl oʻzgarishi hisoblanadi?
a) gavhaning b) soqqaning
c) qorachigʻining d) shishasimon tananing
22. Koʻzning kolbachasimon retseptorlari qanday ranglarni qabul qilish xususiyatiga ega?
a) oq kulrang, qora b) oq qora, sariq
c) koʻk, yashil, qizil d) qoʻngʻir, qizil, sariq
23. Koʻz soqqsining tashqi qismi qanday qavatlardan iborat?
a) rangli, shox, oq parda
b) shox, oq parda, koʻz gavhari
c) koʻz gavhari, qon tomiri, shox parda
d) fibroz, qon tomiri, toʻrisimon parda
24. Nogʻora parda quloqning qaysi boʻlimida joylashganini belgilang?
a) tashqi quloq b) oʻrta quloq
c) oʻrta quloq bilan ichki quloq oʻrtasida d) tashqi quloq bilan oʻrta quloq oʻrtasida
25. Koʻzning qaysi pardasida yorugʻlik nurlari ta’sirida qoʻzgʻalish paydo boʻladi?
a) oqsil parda b) toʻr parda
c) tomirli parda d) kamalak parda
26. Vestibulyar apparat ichki quloqni qaysi qismlardan tashkil topgan?
a) chigʻanoq va xaltacha
b) labirint va yarim doira kanalchalar
c) haltacha va yarim doira kanalchalar
d) sadoncha, uzangicha, bolgʻacha
27. Oʻrta quloqda joylashgan eshitish suyakchalarining soni nechta?
a) ikkita b) uchta c) toʻrtta d) beshta
28. Koʻrish analizatorini belgilang.
a) retseptor, koʻrish nervi, bosh miyaning koʻrish zonasi
b) qorachigʻ, koʻrish nervi, miyam poʻstlogʻining koʻrish zonasi,
c) miya poʻstlogʻining koʻrish zonasi,qorachiq,kamalak parda
d) retseptor, toʻr parda, koʻrish nervi
29. Narsaning ogʻirligi, qattiqligini aniqlaydigan muskul sezgi retseptorlari qayerda joylashgan?
a) terida b) koʻzda c) quloqda d) pay, boʻgʻinida
30. Koʻzning qaysi qismida yorugʻlik nurlari nerv impulslariga aylanadi?
a) qorachiqda b) gavxarda
c) toʻrpada d) kamalak parda
31. Ichki quloqda quyidagilarning qaysi biri joylashgan?
a) eshitish suyakchalari b) eshitish yoʻli c) nogʻora parda d) chigʻanoq
32. Analizator uchta qismdan iborat.ular qaysilar?
1.retseptor 2.ijro etuvchi organ 3.harakatlantiruvchi neyron 4.sezuvchi neyron 5.bosh miya qismlari 6.katta yarimsharlar poʻstlogʻI 7.qoʻshimcha neyron
a) 1,4,6 b) 1,3,6 c) 2,3,5 d) 3,5,7
33. Visseroreseptorlar… reseptorlaridir.
a) teri b) muskullarda joylashgan
c) ichki organlar devorlaridagi
d) tam bilish
34. Koʻzning toʻr pardasida joylashgan tayoqchasimon retseptorlar … koʻrishni taminlaydi.
a) qorongʻilikda b) kunduzi
c) uzoqdan d) yaqindan
35. Qachon vesitibulyar retseptorlar juda qoʻzgʻaluvchan boʻladi?
a) muvozanat a’zosining funksiyasi har xil kasalliklar bilan buzilganda
b) muvozanat a’zosi bir ta’sir bilan shikastlanganda c) muvozanat a’zosi yoshlikda chiniqtirilgan boʻlsa
d) muvozanat a’zosi yoshlikda yaxshi chiniqtirilmagan boʻlsa
36. Bolgʻacha, sandoncha, uzangi suyaklari eshitish a’zosining qaysi qismida joylashgan?
a) tashqi quloqda b) tashqi va ichki quloq oʻrtasida c) oʻrta quloqda
d) ichki quloqda
37. Koʻz soqqasining qaysi pardasi oʻrtasida yumaloq teshikcha boʻladi?
a) oqsil parda b) toʻrsimon parda
c) tomirli parda d) rangli parda
38. Nogʻra parda qanday toʻqimadan iborat?
a) yassi epiteliy b) biriktiruvchi
c) bir qavatli epiteliy d) silliq muskul
39. Qaysi retseptorlar ichki organlardagi temperatura va bosim oʻzgarishi natijasida qoʻzgʻaladi?
a) proprioretseptor b) vistseroretseptor
c) hid bilish retseptori d) ta’m bilish retseptori
40. “Miopiya” termini anglatgan manoni aniqlang.
a) uzoqdan koʻrish b) rangini ajrata olmaslik c) gavharning kasallanishi
d) yaqindan koʻrish
41. Muvozanat a’zosining markazlari nerv sistemasining qaysi qismlarida joylashgan?
1.uzunchoq miya 2.miyacha 3.miya koʻprigidagi poʻstloq osti 4.orta miya 5.bosh miya yrimsharlari poʻstlogʻi 6.oraliq miya
a) 1,2,5 b) 1,3,4 c) 2,3,5 d) 2,5,6
42. Buyumlar koʻzdan qancha masofada boʻlib, yorugʻlik qaysi tomondan tushushi kerak?
a) 35-40 sm, oʻng tomondan
b) 25-30 sm, chap tomondan
c) 30-35 sm, barcha tomondan
d) 35-40 sm, chap tomondan
43. Odam tanasining fazoda malum muvozanatda boʻlishini qaysi analizator taminlaydi?
a) xarakat b) vestibulyar c) ichki
d) koʻrish
44. Bola nutqining rivojlanishi qaysi a’zoning faoliyati normal boʻlishi bilan bogʻliq?
a) eshitish b) koʻrish c) sezish
d) harakat
45. Ichki quloq qanday qismlardan iborat?
1.suyak labirint 2.parda labirint 3.perilimfa suyuqligi 4.endolimfa suyaqligi 5.chigʻanoq 6.yevstaxiyev nayi 7.eshitish suyakchalari
a) 1,2,4,5,6 b) 1,3,4,6,7 c) 1,4,6,7,2
d) 1,2,,4,5
46. Endolimfa suyuqligi qayerda joylashgan boʻladi?
a) ichki quloqda b) tashqi quloq bezida
c) ichki quloq bilan oʻrta quloq oʻrtasida d) bunday suyuqlik boʻlmaydi
47. Nima uchun kitob oʻqigan payitda har 12-15 minutda uzoqdagi narsalarga qarash kerak? Chunki ….
a) koʻz qorachigʻi torayib, koʻz ichidagi bosim pasayib, koʻz dam oladi b) koʻz qorachgʻi torayib, koʻz ichidagi bosimortadi, koʻz dam oladi
c) koʻz qorachigʻi kengayib, koʻz ichidagi bosim ortadi, koʻz dam oladi.
d) koʻz qorachigʻi kengayib, koʻz ichidagi bosim oʻzgarmaydi koʻz dam oladi
48. Koʻzning optik sistemasining vazifasi nimadan iborat?
a) yorugʻlik nurini sindirish, himoya qilish b) yorugʻlik nuri oʻtishini boshqarish, oziqlanish c) himoya, yorugʻlikni sindirish, oziqlantirish
d) yorugʻlik nurini sindirib oʻtkazish, uni reseptorlarga toʻplab berish
49. Qanday holatlarda qorachiq kengayadi?
1.yorugʻlik koʻp boʻlganda 2.yorugʻlik kam boʻlganda 3.qonda adrenalin kamayganda 4.qonda adrenalin koʻpayganda 5.qoʻrqqanda 6.hayajonlanganda 7.ogʻriq sezganda
a) 1,3,5,6,7 b) 2,4,5,6,7
c) 2,3,6,7,5 d) 1,2,4,3,7
50. Sechenov qayerdagi sezuvchanlikni yashirin sezgi deb atadi?
a) vestibulyar apparatdagi
b) chigʻanoqdagi c) muskul, paydagi
d) burun boʻshligʻidagi
51. Vestibulyar analizatorning retseptorlari … shuncha kuchli qoʻzgʻaladi.
a) tovush toʻlqinlari qancha kuchli boʻlsa b) odam qancha koʻp tik tursa
c) harakat tezligi qancha past boʻlsa
d) harakat tezligi qancha kuchli boʻlsa
52. Poʻstloq osti muvozanat markazi qayerda joyloashgan?
a) miya koʻprigi b) uzunchoq miya
c) miyacha d) oraliq miya
53. Evstaxiy nayi tananing qaysi qismida joylashgan?
a) oʻrta quloq bilan burun-xalqum boʻshligʻi oʻrtasida b) oʻrta quloqda
c) burun-halqum boʻshligʻida
d) nogʻora parda orqasida
54. Evstaxiy nayi qaysi a’zolarni oʻzaro bogʻalab turadi?
a) oʻrta quloq, halqum b) tashqi quloq, quloq suprasi c) ichki quloq, chigʻaniq
d) ichki va oʻrta quloq
55. Keksalarda uzoqdan koʻrish (gipermetropiya) ning sababini aniqlang.
a) koʻz gavhari doʻngligining kamayishi b) koʻz ichidagi bosimning ortishi c) koʻz gavhari doʻngligining ortishi d) koʻz ichidagi bosimning kamayishi
56. Koʻzning rangli pardasi o‘rtasida nima joylashgan ?
a) koʻz gavhari b) koʻz qorachigʻi
c) shoh pardasi d) kipiriksomon muskular
57. Qaysi vitaminning yetishmasligidan tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlarning faoliyati buziladi?
a) B b) A c) D d) B2
58. Oʻrta quloqda qaysi organlar joylashadi?
a) quloq suprasi b) eshitish nervi
c) nogʻora parda d) eshitish suyakchalari
59. Odamlarning tugʻma uzoqni koʻrishi nimaga bogʻliqlikgini belgilang.
a) koʻz soqqasining choʻzinchoqligiga
b) koʻz soqqasining qisqarganligiga
c) koʻz retseptorlari boʻlgan tayoqcha va kolbachalar miqdorining koʻpayib ketishiga
d) koʻz retseptorlari boʻlgan tayoqcha va kolbachalar miqdorining kamayib ketishiga
60. Quloqdagi eshitish suyakchalari qanday vazifa bajarishini belgilang.
a) nogʻora pardani tarang qilib turadi
b) nogʻora pardaning tebranishni kuchaytirib, uni ichki quloq teshigiga yoʻnaltiradi c) ichki quloqdagi suyaklarning tebranishini kuchaytiradi
d) eshitish nervlari faoliyatini boshqaradi
61. Kishining uzoqdan va yaqindan koʻrishi koʻzning qaysi qismi bilan bogʻliq
a) toʻr parda b) qorachiq
c) yoy parda d) gavhar
62. Koʻz retseptorlari tayoqcha va kolbachalar qaysi pardada joylashfganini toping.
a) kamalak b) oqsil c) shox d) toʻr
63. Shox parda koʻzdagi qaysi pardaning oldingi qismi hisoblanadi?
a) toʻr b) tomirli c) kamalak d) fibroz
64. Daltonizm qanday kasallik?
a) narsalardan uzoqdan koʻra olmaslik
b) narsalarni yaqindan koʻra olmaslik
c) ayrim ranglarni farqlash qobilyatining buzulishi
d) kechasi koʻra olmaslik
65. Ichki quloq qanday qismlardan iborat?
a) boʻshliq, suyak labirinti b) eshitish yoʻli, parda labirintidan c) eshitish yoʻli, perilimfa suyuqligidan
d) endolimfa suyuqligi, boʻshliqdan
66. Eshitish retseptorlari qayerda joylashgan?
a) suyak labirintining daxlizida
b) suyak labirintidagi chigʻanoqda
c) suyak labirintining yarim doira kanalchalarida d) suyak labirintining haltasimon tuzilmalarida
67. Fazoda odam tanasining muvozanatini taminlovchi asosiy organi belgilang.
a) suyak labirinti b) koʻz c) chigʻanoq d) suyak labirintidagi yarim doiracha kanalchalar
68. Normal odamda koʻrish oʻtkirligi qancha deb belgilangan?
a) 1.0 b) 5.0 c) 10.0 d 0.1
69. Tekshiriluvchining koʻrish oʻtkirligi 0,8 ga teng boʻlsa...
a) koʻrish oʻtkirligi normal b) koʻrish oʻtkirligi yuqori c) koʻrish oʻtkirligi past d) koʻrish qobiliyatiga ega emas
70. Koʻz soqqasining tashqi qismi qanday qavatlardan tashkil topgan?
1.fibroz 2.qon tomiri 3.toʻrsimon parda 4.koʻz gavhari 5.shishasimon tana 6.koʻz ichi suyuqligi
a) 1,2,3 b) 1,3,6 c) 1,2,4 d) 3,4,6
71. Vistseroretseptorlar qaysi a’zolarda joylashgan?
1.teri 2.oʻpka 3.yurak 4.oshqozon 5.til 6.ichak 7.quloq 8.jigar 9.siydik pufagi 10.burun boʻshligʻi 11.qon tomirlar devoir 12.taloq
a) 1,2,4,6,8,9,10 b) 1,2,3,4,5,10,12
c) 2,3,4,5,8,9,11,12 d) 2,3,4,5,6,7,8,9
72. Eshitish retseptorlaridagi qoʻzgʻalish eshitish markaziga qanday izchillikda boradi?
1.retseptorlar 2.miya koʻprigi 3.oraliq miya 4.oʻrta miya 5.yarimsharlar poʻstlogʻining chakka qismi
a) 1,2, 4,3,5 b) 1,3,4,5,2
c) 1,4,5,2,3 d) 1,5,2,4,3
74. Kipriksimon muskullar nimani taminlaydi?
a) koʻz soqqasining harakatini
b) qorachiqning torayib kengayishini
c) gavhar shaklining oʻzgarishini
d) koʻzning yumilib ochilishini
74. Parda labirintini ichida nima joylashgan boʻladi?
a) suyak labirinti b) perilimfa suyuqligi c) endolimfa suyuqligi
d) daxliz
75. Taktil retseptorlar qayerda joylashgan?
a) quloqda b) terida c) ogʻiz boʻshligʻida d) koʻzda
76.Vestibulyar analizatordagi qoʻzgʻalish qanday izchillikda bosh miya yarimsharlari poʻstlogʻidagi muvozanat markaziga boradi?
1.reseptor 2.miya koʻprigidagi poʻstloq osti muvzanat markazi 3.vestibulyar nerv 4.oraliq miya 5.miyacha
a) 1,2,3,4 b) 1,3,2,5
c) 1,3,5,2 d) 1,3,4,5
77.Tovush toʻlqinlari qanday a’zolar izchiligidan oʻtib, eshitish retseptorlarini qoʻzgʻatadi?
1.tashqi quloq yoʻli 2.quloq suprasi 3.eshitish suyakchalari 4.chigʻanoq 5.perilimfa va endolimfa suyagi 6.nogʻora parda
a) 1,2,4,5,3,6 b) 2,1,6,3,4,5
c) 1,2,3,6,4,5 d) 1,2,3,4,5,6
78. Qaysi paytda koʻz dam oladi?
a) yaqinga qaraganda
b) kitob oʻqiganda c) yozganda
d) uzoqdagi buyumga qaraganda
79. Uzoqdan va yaqindan koʻrishning asosiy sababi nimada?
a) koʻz soqqasi shaklining normal boʻlmasligi b) koʻzdagi shox parda egriligining normal boʻlmasligi c) koʻz gavxari egriligining normal boʻlmasligi
d) koʻz retseptorlarining har xil joylashuvi
80. Koʻz bajaradigan funksiyasiga koʻra qanday qismlardan iborat?
a) optik sistema, retseptor b) retseptor tomirlari c) retseptor, sclera
d) toʻrsimon, tomirli
81. Yaqindagi buyumlarga qaralganda, koʻz gavhari qanday oʻzgarishga uchraydi?
a) yassilashadi b) qalinlashadi
c) tiniqlashadi d) qavariqligi ortadi
82. Teri orqali ogʻriqni sezish analizatori qanday qismlardan iborat?
1.teridagi ogʻriqni sezuvchi retseptor 2.sezuvchi nerv tolalari 3.uzunchoq miya 4.orqa miyadagi quyu nerv markazlari 5.oʻrta miya 6.oraliq miyadagi poʻstloq osti markazi 7.bosh miya yarimsharlari poʻstlogʻining orqa markaziy pushtasidagi sezish markazi 8.harakatlantiruvchi nerv tolasi
a) 1,2,3,4,5
b) 1,3,4,5,6
c) 1,4,5,6,7
d) 1,2,4,6,7
83. Koʻz qorachigʻining kengayishi qanday holatlarda kuzatiladi?
a) yorugʻlik koʻp boʻlganda, ogʻriq sezganda, adrenalin gormoni ta’sirida
b) yorugʻlik kam boʻlganda, qoʻrqqanda, simpatik nerv tolasi qoʻzgʻalganda
c) kam yorugʻlikda, hursand boʻlganda, koʻp noadrenalin ishlab chiqarganda
d) koʻp yorugʻlikda, hayajonlanganda,tiroksin gormoni ta’sirida
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group