СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Элуу тортунчу файл

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Элуу тортунчу файл»

http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group

Poya


1. Yogʻochligi qattiq boʻlgan oʻsimliklarni belgilang.

1. yongʻoq 2. terak 3.jiyda 4. qayragʻoch 5. yulgʻun 6.aylant

a) 1.3.6

b) 2.3.4

c) 1.4.5

d) 1.5.6

2.Oʻsimlik tanasidagi qaysi hujayralar boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi va oʻsadi?

a) poʻstloq hujayralaridagi floema

b) yogʻochlik hujayralaridagi ksilema

c) oʻsimlik toʻqimasidagi kambiy hujayralari

d) ustunsimon hujayralar, oʻtkazuvchi toʻqima

3. Tanasi eniga va boʻyiga sekin oʻsadigan daraxtni belgilang.

a) nok

b) tol

c) shotut

d) yongʻoq

4.Tuganak hosil qiladigan oʻsimliklarni koʻrsating.

a) shoyigul, salomalaykum, batat

b) kartoshka, kurmak, shoyigul

c) batat, ituzum, kovrak

d) salomalaykum, kovrak, karrak

5.Oʻsimliklarning eniga tez yoki sekin oʻsishi nimaga bogʻliq.

a) suv bilan ta’minlanishiga

b) kambiy hujayralarining mayda-yirikligiga va koʻpayishiga

c) oziq modda bilan ta’minlanishiga

d) barcha javoblar toʻgʻri

6. Yosh novdalarning oʻzak hujayralari …

a) tirik boʻladi

b) ksilemaning tashqarisida joylashgan

c) umuman boʻlmaydi

d) oʻlik boʻladi

7. Yoyilib oʻsuvchi oʻsimlikni toping.

a) temirtikan

b) hilol

c) ajriq

d) rayhon

8.Halqa shaklida yogʻochlik va lub tolasi orasida oʻrnashgan toʻqima nomini aniqlang.

a) floema

b) ksilema

c) yogʻochlik

d) yon hosil qiluvchi

9. Batatning tugunagidagi koʻzchalarida nima joylashgan?

a) boshlangʻich poya

b) kurtak

c) yasmiqchalar

d) ildizchalar

10. Yogʻochlikdagi oʻtkazuvchi naylar boʻylab qanday moddalar oʻtadi?

a) mineral tuzlar,sintezlangan moddalar

b) suv va organik moddalar

c) sitoplazmatik suyuqlik

d) suv va mineral tuzlar

11. Ildizpoya – shakli oʻzgargan…

a) poya

b) shakli oʻzgargan barg va gul

c) qoʻshimcha ildiz

d) yon ildiz

12. Daraxtning yogʻochligida yillik halqalar poyaning qaysi qismi hisobiga hosil boʻladi?

a) kambiy

b) oʻzak

c) poʻst

d) yogʻochlik

13. Piyozning sersuv barglari - bu

a) shakli oʻzgargan poya

b) shakli oʻzgargan novda

c) shakli oʻzgargan kurtak

d) shakli oʻzgargan barg

14. Kartoshka tugunagi oʻsimlikning qaysi shakli oʻzgargan oʻrganlariga qoʻshilishini belgilang ?

a) urugʻ

b) meva

c) ildiz

d) poya

15. Qulpunay poyasi qanday poyalar turkumiga kiradi ?

a) tik oʻsuvchi

b) sudraluvchi

c) chirmashuvchi

d) oʻrmalovchi

16. Suv va unda erigan mineral tuzlar poyaning qaysi qismi orqali harakatlanadi?

a) lub tolalari

b) toʻrsimon naylar

c) oʻtkazuvchi naylar

d) oʻzak

17. Tokning poyasi qanday poya xiliga kiradi?

a) ilashuvchi

b) chirmashuvchi

c) sudraluvchi

d) tik oʻsuvchi

18. Qaysi oʻsimliklar guruhi jingalaklari (gajaklar) yordamida koʻpayadi?

a) qoʻypechak, yertut

b) gʻozpanja, qoqioʻt

c) qulupnay

d) ajriq, qizilmiya

19. Suv va unda erigan mineral tuzlar, poyaning qaysi qavatida ildizdan barglarga harakatlanishini belgilang?

a) poʻst qavati

b) lub qavat

c) yogʻochlikning naysimon qavati orqali

d) oʻzak qavati

20. Oʻrmalovchi poyaga ega boʻlgan oʻsimlikni toping.

a) qovun

b) kirpioʻt

c) qulpunay

d) qoʻypechak

21. Shakli oʻzgargan novdaga misol keltiring.

1. piyozbosh 2.barg 3. ildizpoya 4. novda

5. kurtak 6. ildiz 7. tugunak

a) 1.2.4

b) 1.4.5

c) 1.5.6

d) 1.3.7

22. Poyaning ichki tuzilishni aniqlang .

1. epidermis 2. poʻst parenximasi 3. floema

4. kambiy 5.ksilema 6.oʻzak 7. poʻstloq 8. lub

a) 1.2.3.4.5.6

b) 1.7.3.4.5.6

c) 1.2.7.4.5.6

d) 1.7.8.4.5.6

23. Oʻzbekistonda nisbatan tez oʻsadigan daraxtni toping.

a) archa, olma

b) doʻlana, pista

c) gilos,chinor

d) nok, archa

24. Qaysi oʻsimliklarning tolasi poyada boʻladi.

a) olma, gʻoʻza

b) jut,kanop

c) tariq, kunjut

d) yongʻoq,loviya

25.Har qanday novda nimadan paydo boʻladi?

a) bargdan

b) kurtakdan

c) ildizdan

d) poyadan

26. Novda ikkinchi yili nima uchun poya deb ataladi?

a) poʻstlogʻi yashil boʻlganligi uchun

b) hujayralarda xlorofill donachalari boʻlganligi uchun

c) uchki va yon kurtaklari koʻp boʻlganligi uchun

d) undagi kurtaklardan yangi novda oʻsib chiqganligi uchun

27. Oʻzbekistonda tez oʻsadigan daraxtlar berilgan qatorni belgilang?

1. tol 2. terak 3. nok 4. doʻlana 5. qatrongʻi 6. chinor

a) 1.2.6

b) 1.3.5

c) 2.4.6

d) 1.2.3

28.Shakli oʻzgargan yerosti poyalarning biologik ahamyati nimadan iborat ?

1. oʻsimliklarda generativ qoʻshilishida ishtirok etadi

2. oʻsimliklarni noqulay sharoitdan saqlash

3. suv va mineral tuzlarni shimib olish

4. oziq moddalar toʻplash

5. vegetativ koʻpayish uchun hizmat qiladi

a) 2.3.5

b) 1.3.4

c) 2.3.5

d) 2.4.5

29. Tugunak hosil qiladigan oʻsimliklarni aniqlang .

a) anzur piyozi

b) shoyigul

c) gʻumay

d) selin

30. Shakli oʻzgargan novda berilgan qatorni aniqlang .

a) gul

b) A va D

c) ildizmeva

d) tugunak

31. Poyaning qaysi qismi asta – sekin poʻkaklasha boradi?

a) epidermis

b) parenxima

c) floema

d) ksilema

32.Kurtak bu boshlangʻich … demakdir.

a) gul

b) barg

c) poya

d) A. B. C.

33. Quyida berilgan oʻsimliklarning poyasi qanday tuzilishga ega?

1. olma 2. palma 3. qandim 4. archa

a. tik b. shoxlangan g. shoxlanmagan d. bargsiz

a) 1-b: 2-g: 3-d: 4-a

b) 1-a: 2-b: 3-g: 4-d

c) 1-g: 2-d: 3-a : 4-b

d) 1-d: 2-g 3-b: 4-a

34. Nima uchun daraxt yogʻochligi poʻstloqqa nisbatan tez yoʻgʻonlashadi?

a) yogʻochlikka koʻp ozuqa keladi

b) yogʻchlikdagi hujayralar tez boʻlinadi

c) kambiydagi hujayralarning koʻp qismi yogʻochlikka oʻtadi

d) yogʻochlikdagi hujayralari tirik, poʻstloqdagisi esa oʻlik boʻladi

35. Poʻstloq va yogʻochlik kambiydan hosil boʻlar ekan, nima uchun yogʻochlik nisbatan yoʻgʻon, poʻstloq esa yupqa boʻladi?

a) kambiy hujayralarining koʻp qismi yogʻochlikka aylanadi

b) yogʻochlikka koʻp ozuqa keladi

c) poʻstloq qalinlashsa eniga oʻsish qiyinlashadi

d) tashqi muhit ta’siri tufayli

36.Poyaning qaysi qismida toʻrsimon naylar joylashgan?

a) yogʻochlikda

b) oʻzakda

c) kambiyda

d) poʻtloqda

37. Tut daraxtining shoxlarini pishiq va egiluvchan boʻlishi poyaning qaysi qismiga bogʻliq?

a) epiderma

b) yogʻochlik

c) ksilema

d) floema

38. Uchki kurtak qanday qismlardan tashkil topgan?

a) oʻsuvchi, tinim davridagi hujayralar

b) oʻsish koʻnusi, boshlangʻich barg, qobiqdan

c) oʻsish koʻnusi, oʻsuvchi barg

d) oʻsadigan oʻsimlikdagi kurtakdan

39. Novdada qanday kurtaklar boʻladi?

a) yon

b) uchki, yon tinim davridagi

c) qoʻshimcha tinim davridagi, yon

d) ildiz kurtaklari

40. Poyaning lub qavati qanday ataladi?

a) epidermis

b) parenxima

c) ksilema

d) floema

41. Yashil novda kuzda nima uchun qoʻngʻir rangga kiradi?

a) poʻstloq qalinlashib ostida poʻkak hosil boʻladi

b) xloroplastlar xromoplastlarga aylanadi

c) suvni kam bugʻlatishga moslashgan

d) qishda sovuqdan saqlaydi

42. Ildizpoyadagi poyaga xos belgini farqlang.

1. barglarni tutib turadi 2. qoʻshimcha ildizga ega 3. shakli oʻzgargan barglari bor 4. kurtaklari mavjud 5. poʻst, poʻkagi bor 6. oziq modda oʻtkazadi

a) 2.3.4

b) 1.2.3

c) 3.4.6.

d) 1.3.5

43. Poyalar tuzilishiga koʻra … boʻladi .

a) yogʻoch poya va oʻt poya

b) oʻt poya va poxoli poyaga

c) kalta va uzun poyaga

d) qisqargan va shakli oʻzgargan poyaga

44. Poyasi yumaloq boʻlgan oʻsimlikni toping.

a) bugʻdoy

b) chinor

c) rayhon

d) terak

45. Sabzavotlardan qaysi biri shakli oʻzgargan novda?

a) kartoshka

b) sabzi

c) rediska

d) lavlagi

46. Nima uchun yogʻochlik poʻstloqqa qaraganda yoʻgʻon boʻladi?

a) boʻlingan hujayralarning yogʻochlik va lub qavatiga teng taqsimlangani uchun

b) boʻlingan hujayralarining koʻp qismi kambiydan ichki tomon qarab oʻsadi va kam qismi kambiydan tashqariga

qarab oʻsganligi uchun

c) hosil boʻlgan hujayralarning koʻp qismi lub tolasiga, kam qismi yogʻochlikka qarab oʻsganligi uchun

d) yogʻochlikda oʻtkazuvchi naylar, lub qavatida toʻrsimon naylar boʻlganligi uchun

47. Poʻstlogʻida lub tolalari koʻp boʻlgan oʻsimliklarni belgilang.

1. tut 2. kanop 3. oʻrik 4. zigʻir 5. jiyda

a) 1.2.3

b) 1.2.5

c) 1.2.4

d) 4.5.2

48. Qaysi kurtakdan asosiy novda hosil boʻladi?

a) barg kurtakdan

b) gul kurtakdan

c) yon kurtakdan

d) uchki kurtakdan

49. Qaysi qatorda shakli oʻzgargan yer osti poyali oʻsimliklar guruhi keltirilgan?

a) kartoshka, piyoz, lola

b) lavlagi, sabzi, turp

c) sholgʻom, sabzi, kartoshka

d) shirach, boychechak, rediska

50. Poyaning yogʻochlik qismi qanday ataladi?

a) epidermis

b) ksilema

c) floema

d) parenxima

51. Yogʻochligi yumshoq boʻlgan daraxtlarni belgilang.

1. zarang 2. tol 3. qayragʻoch 5. eman 4. terak 6. aylant

a) 1.2.3

b) 2.3.4

c) 2.5.6

d) 2.4.6

52. Ksilema qismi qattiq boʻlgan oʻsimliklarni belgilang?

a) zarang, jiyda

b) aylant, eman

c) saksovul, yulgʻun

d) yongʻoq, terak

53.Poyaning qaysi qismida organik moddalar harakatlanadi?

a) oʻtkazuvchi naylar bogʻlamida

b) toʻrsimon naylar bogʻlamida

c) lub tolalarida

d) oʻzak qismida

54. Yozda kambiy hujayralarining boʻlinishi natijasida hosil boʻlgan hujayralar bahordagisidan nimasi bilan farq qiladi ?

a) hujayralari maydaroq boʻladi

b) hujayralarini yadroʻsi kattaroq boʻladi

c) hujayralari kattaroq boʻladi

d) yozda kambiy hujayralari boʻlinmaydi

55. Oʻraluvchi poyaga ega boʻlgan oʻsimlikni toping

a) karnaygul

b) qulpnay

c) qovun

d) qoqioʻt

56. Poyada barglar qanday joylashadi

1. juft – juft 2. navbat bilan 3. qarama – qarshi 4. kubsimon 5. xalqa hosil qilib 6.spiralsimon

a) 2.3.5

b) 4.5. 6

c) 1.2. 4

d) 3 5. 6

57. Quyidagi oʻsimliklarni poyasining koʻndalang kesimi xiliga koʻra juftlab koʻrsatilgan javobni aniqlang?

1. hilol 2. burchoq 3. rayhon

a) yumaloq b) uch qirrali c) qanotli d) toʻrt qirrali

a) 1 – b 2 – c 3- d

b) 1 – a 2 – b 3 – c

c) 1 - b 2 – a 3 – c

d) 1 - d 2 – b 3 – b

58. Temirtikan oʻsimligi qanday poyaga ega?

a) ilashuvchi

b) palak yoyib oʻsuvchi

c) chirmashuvchi

d) tik oʻsuvchi

59. Oʻrmalovchi poyali oʻsimlikka …

a) zirakoʻt

b) gʻozpanja

c) burchoq

d) hilol

60. Poyasining uzunligi 400 m ga yetadigan oʻsimlikni aniqlang.

a) rafleziya

b) rotang palmasi

c) temir daraxt

d) evkalipt

61. Barg kurtaklari dastlab yoziladigan oʻsimliklar guruhini belgilang.

a) olxoʻri, olcha, shaftoli

b) atirgul, na’matak, tut

c) atirgul, shaftoli, chinor

d) jiyda, chinor, oʻrik

62. Boshlangʻich barglar va kurtaklar qobigʻini vazifasi nimadan iborat?

a) gul kurtakni himoya qilish

b) oʻsish konusidagi hujayralarni boʻlinishini ta’minlaydi

c) oʻsish konusini sovuqdan saqlaydi

d) oʻsish konusini sovuqdan va qurib qolishdan saqlaydi

63. Gul kurtaklari birinchi ochiladigan oʻsimliklarni belgilang ?

a) shaftoli, olma, gilos

b) bodom, oʻrik, shaftoli

c) behi, olcha, oʻrik

d) olxoʻri, oʻrik, olma

64.Bo'yiga nisbatan sekin o'sadigan o'simliklarni belgilang.

1. nok 2. pista 3. shotut 4. do'lana 5. chinor 6. qatrong'i

a) 1.2.4.6

b) 1.5.4.6

c) 1.2.3.4

d) 1.2.3.5

65. Tanasining yuqori qismi qurib qolib, pastdan yangidan o'sib chiqadigan o'simliklarni ko'rsating.

a) chinor , do'lana

b) anjir, behi

c) olma, nok

d) yong'oq, chinor

66. Yillik halqalarning soniga va ensizligiga qarab daraxtning … va … aniqlash mumkin .

a) yoshini / qanday sharoitda oʻsganligini

b) yoshini / turini

c) yoshini / kasalligini

d) yoshini / yil faslini

67. Eng baland daraxtni aniqlang ?

a) soxta kashtan, gledichiya

b) mamont daraxti, baobob

c) evkalipt, sekvoyadendron

d) ajdar daraxti, rotang palmasi

68. Kambiyga xos boʻlmagan belgini aniqlang.

a) poya va ildizning eniga oʻsishini ta’minlaydi

b) hosil qiluvchi yon toʻqima

c) yogʻochlik va lub orasida joylashgan

d) organik moddalarni ildiz tomonga oʻtkazadi

69. Ildizpoyalari yordamida koʻpayadigan oʻsimliklarni belgilang ?

a) kartoshka, batat, shoyigul

b) lola, sarimsoq piyoz,

c) qoraqat, tol, yantoq

d) binafsha, shirinmiya, iloq

70. Lub tolalari orasida joylashgan naychalarni aniqlang?

a) ksilema

b) ksilema va floema

c) tomirlar

d) elaksimon naylar

71. Poʻst parenximasi qanday toʻqimadan iborat?

a) epiderma

b) qoplovchi toʻqima

c) mexanik toʻqima

d) asosiy toʻqima

72. Ildiz poyada ..... boʻladi

1.asosiy ildiz 2.qoʻshimcha ildiz 3.yon ildiz 4.shakli oʻzgargan barg 5.shakli oʻzgargan ildiz 6.kurtaklar 7.tugunak

a) 2,4,6

b) 3,4,7

c) 3,4,6

d) 1,4,5

73. Qaysi daraxtda lub tolalari bor?

a) tut

b) zigʻir

c) kanop

d) zigʻir va kanop

74. Boʻlingan hujayralarning koʻp qismi kambiydan ... tomonga qarab oʻsib ... hujayralariga aylanadi.

a) ichki / yogʻochlik

b) tashqi / lub

c) tashqi / poʻkak

d) ichki / oʻzak

75. Qaysi oʻsimlik tanasida bir yil davomida bir nechta yillik halqa hosil boʻladi?

a) shirach

b) qurttana

c) ermon shuvogʻi

d) saksovul

76. Toʻrt qirrali poya qaysi oʻsimlikka xos?

a) hilol

b) zarpechak

c) burchoq

d) rayhon

77. Qaysi moddaning oʻsimlik boʻylab harakatlanishida lub qavati katta roʻl oʻynaydi?

a) mineral tuzlar

b) suv va organik modda

c) organik modda

d) suv va mineral tuzlar

78.Tanasi eniga va boʻyiga sekin oʻsadigan daraxtlarni aniqlang.

a) tol, chinor, shotut

b) shotut, shamshod, yongʻoq

c) nok, shamshod archa

d) yongʻoq, chinor, shotut

79. Generativ kurtakni koʻrsating.

a) barg, gul

b) uchki, yon

c) yashirin, tinim

d) toʻpgul, gul

80. Daraxtlarni oʻrganadigan fan nima deyiladi?

a) introduksiya

b) mikologiya

c) algeologiya

d) dendralogiya

81. Quyda oʻsimliklarni qaysi birida kurtaklari mayda boʻladi?

1. terak 2.tut 3.oʻrik 4. chinor 5. olma 6. nastarin 7. tol 8. soxta kashtan 9. qayragʻoch

a) 1.4.6.8.9

b) 2.3.4.7.8

c) 2.3.5.7.9

d) 1.4.6.8

82 Terakning kurtaklarini tashqi tomonidan nima bilan oʻralgan?

a) boshlangʻich barg

b) boshlangʻich kurtak

c) tangacha barg

d) barchasi

83. Gul kurtak bilan barg kurtak nimasi bilan farq qiladi?

a) erta ochilishi

b) maydaligi

c) keyin ochilishi

d) yirikligi

84.Qaysi oʻsimliklarni gul kurtaklari yirikroq boʻladi?

a) olma, oʻrik , atirgul

b) bodom, gilos, tol

c) terak, chinor, nastarin

d) oʻrik, bodom, atirgul

85. Rotang palmasini poyasi qanday poya hiliga kiradi?

a) ilashib oʻsuvchi

b) chrmashib oʻsuvchi

c) yoyilib oʻsuvchi

d) tik oʻsuvchi

86. Qipiqsimon poyali oʻsimlikni nomini koʻrsating.

a) qandim

b) sebarga

c) palma

d) archa

87. Koʻtarilib oʻsuvchi poyali oʻsimlikni nomini koʻrsating.

a) qandim

b) sebarga

c) palma

d) archa

88. Shohlanmagan poyali oʻsimlikni nomini koʻrsating.

a) qandim

b) sebarga

c) palma

d) archa

89. Kalta poyali oʻsimliklar qatorini koʻrsating.

a) piyoz, archa

b) zupturum, qovun

c) qoqioʻt, piyoz

d) qoqioʻt, kartoshka

90. Elaksimon naylarga xos hususiyatlarni aniqlang.

1. oʻlik 2. tirik 3.toʻsiqli teshiklar bilan boʻlingan 4. hujayralari orasida toʻsiqlar yoʻq 5.yumaloq 6.choʻziq

a) 1.3.6

b) 2.3.6

c) 2.3.4.6

d) 1.4.6

91. Sekvoyadendron oʻsimligining boʻyi… , pastki aylanasi…, bitta kubbasida …. Urugʻ yetiladi.

a) 155 /46 / 196000

b) 142 / 42 / 196000

c) 155 / 46 / 200

d) 142 / 46 / 200

92.Oʻzbekistondagi eng umrboqiy daraxtni nomini koʻrsating.

a) ajdar daraxt

b) baobab

c) sekvoyadendron

d) archa

93. Poyaning uchki qismini chilpish qanday maqsadlarda foydalaniladi?

a) poyaga shakl berish

b) ildiz sistemasini kuchaytirish

c) hosildorlikni oshirish

d) a va c javoblar

94.Bosh piyozning tubidan pastga qarab……., yuqoriga qarab esa ….joylashgan.

a) qoʻshimcha ildizlar/ seret bag va kurtaklar

b) qoʻshimcha ildizlar/ seret barg, kurtak va novdalar

c) qoʻshimcha novda,ildizlar/ seret barg va kurtaklar

d) qoʻshimcha ildiz/ seret barglar

95. Bosh piyoz tarkibini aniqlang.

a) shakar, fitonsit va oqsil

b) shakar, mikroblarni oʻldiruvchi modda, moy

c) shakar, mikroblarni oʻldiruvchi modda va darmondori

d) shaker, oqsil va moy

96.Kartoshka tuganagidagi kurtaklar nima bilan oziqlanadi?

a) kraxmal bilan

b) shakar eritmasi bilan

c) fotosintez mahsuloti bilan

d) suv va mineral tuzlar bilan

97. Poya nima orqali nafas oladi

a) yupqa poʻst

b) yasmiqchalar

c) barg orqali

d) poʻst parenxima

98. Novda ikki hil boʻladi. …

a) shohlangan va shohlanmagan

b) yogʻoch va oʻt

c) uzun va qisqa

d) vegetative va gulli

99.Qaysi daraxtning pastki aylanasi 10-11 m gacha yetadi?

a) tut

b) yongʻoq

c) tol

d) mirza terak

100. Qaysi daraxt 4000-6000 yil umr koʻradi?

a) chinor

b) sekvoyadendron

c) evkalipt

d) archa

101. Qaysi oʻsimlioklar poyaning yerga yaqin qismidan qoʻshimcha ildiz chiqaradi?

a) makkajoʻxori, lavlagi, bugʻdoy

b) kartoshka, rediska, gʻoʻza

c) ajriq, kartoshka, qulupnay

d) makkajoʻxori, gʻoʻza, sabzi

http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group