Excelda
krossvord tuzish
(oqituvchilar va oquvchilar uchun uslubiy tavsiya)
Tuzdi:
Qo’shrabot tumani 2- umumiy o’rta ta’lim maktbi fizika fani o’qituvchisi
Duvlayev Komil Abdurashidovich.
Boqichog’atoy 2019 yil
Misol sifatida 8- sinf Fizika kursi “Elektr hodisalari” mavzusida krossvord tuzamiz.
Qadam 1. Krossvord uchun to’r yasaymiz. (Aslida shart emas)
“заливкa ячеек” dan foydalanamiz.
Krossvord shakliga mos kataklarni bo’yaymiz.Topshiriqlar raqamlarni joylashtiramiz. Krossvord savollarini yozib chiqamiz. Лист1 quyidagi ko’rinishga keladi:
Qadam 2. (Nomsiz):):):):):)
Hosil qilingan krossvordni Лист2 ga ko’chiramiz (Barcha yacheyklar adreslari mos tushishiga alohida e’tibor bering!!!!):
Qadam 3. Yacheyklarni tayyorlaymiz.
Лист2 da savollar raqamlarini o’chiramiz,(Diqqat! Krossvorddagi sariq kataklar yonidagi savol raqamlari o’chirilgan bo’lishi kerak. Rasmda o’chirilmagan holatni ko’rayapsiz.) yacheyklarga javoblarni yozib chiqamiz.
Qadam 4. Yacheykaga formulalar kiritamiz.
Asosiy prinsip: List1 va List2 larning mos yacheyklaridagi harflar bir xil bo’lsa List2 ning yacheykasida “1”, aks holda “0” hosil bo’ladi. Ishni “o” harfidan boshlashni maslahat beraman.
1) Mantiqiy ifoda ЕСЛИ(Лист1!D5=”о”;1;0).
2) D5 yacheykani nusxalaymiz va “o” harfi bor barcha yacheykalarga qo’yib chiqamiz.
3) Endi navbatdagi harf uchun (masalan “m” harfili yacheka uchun) D5 yacheykani ko’chirib olib “m” harf bor (masalan D7) yacheykaga qo’yamiz F2 tugmasi orqali yoki formulalar oynasidan foydalanib formuladagi “o” harfni “m” harfiga o’zgartiramiz.
4) Formula yozilib tuzatilgan “m” harfi bor (D7) yacheykani ko’chiramiz va shu harf bor yacheykalarga qo’yib chiqamiz. Diqqat! Rasmda xatolik bor! (Krossvorddagi sariq kataklar yonidagi savol raqamlari o’chirilgan bo’lishi kerak. Rasmda o’chirilmagan holatni ko’rayapsiz.)
Qolgan harflar uchun ham shu tarzda Barcha yacheykalar to’lgincha takrorlayveramiz. (Лист1 da sariq yacheykalarda krossvord javoblari to’g’ri yozilgan bo’lsa Лист2 yacheykalari “1” lar bilan to’ladi !) :
Krossvord yechish prinsipi Лист1 dagi krossvord to’g’ri yechilganidan so’ng Лист2 dagi yacheykalar “1” lar bilan o’zi avtomatik holda to’lishiga asoslanadi.
Tekshirib bo’lganingizdan keyin Лист1dagi krossvord harflarini o’chirib tashlashni unutmang:
Qadam 5. Natijalarni hisoblash.
Лист2 da biror yachekaga (Bizning holda: AJ26 ga , quyidagi Сумм(B2:AH23)) formulasini kiritamiz:
Bu yacheykda to’g’ri kiritilgan harflarni sanab boriladi.
Qadam 6. Krossvordni yechishga kirishishga taklif va yechib bolingandan keyin baholash.
Лист1 da Matn kiritmoqchi bo’lgan yacheykalarimizni belgilab olamiz va Formula kiritamiz: ЕСЛИ(Лист2!AJ26=154;"Aqilli bola!!!!!";"O’ylab ko’r!") (Bu formuladagi 154 sonini Лист2 dagi Сумм(B2:AH23) formula kiritilgan katakchaning qiymati javoblar to’liq to’g’ri kiritilgan holda 154 bo’lganligi uchin yozdik. Sizning krossvordingizda boshqa son bo’ladi:
Qadam 7. Varaqni bezash.
To’rni olib tashlaymiz. Сервис – Параметры – Вид – сетка (ptichkani olib tashlaymiz).
Fon yaratamiz (ostki qism). Формат – Лист – Подложка.
Fon uchun rasmni tanlab qo’yamiz.
Krossvord quyidagi ko’rinishga kiradi:
Qadam 8. Лист2 ni yashirish.
Лист2 Ko’rinmas bo’lib qoldi:
Лист 2 ni hohlagan paytda qayta ko’rish mumkin:
Лист2 Ko’rinadigan bo’ldi:
Foydalanilgan manbalar:
1.Intel. Обучение для будущего.
2.Создания кроссвордов в Excel. Шитикова Лидия Васильевна
3.Internet saytlar va portallar:
http://www.proshkolu.ru/
http://www.uchmet.ru/
http://www.rusedu.ru/
http://metodisty.ru/
http://www.numi.ru/
http://www.openclass.ru/
http://nsportal.ru/
P.S. Excel dasturi ko’pchilkda rus tilida bo’lganligi uchun dastur interfeysi kirillcha holida ko’rsatildi.
Tavsiyaga misolda keltirilgan krossvord Excel dasturida ilova qilindi.