СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

"FACTORY" Uzbek folk song

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

The song "Factory" is a folk song dedicated to women's labor. She talks about Uzbek women entering the first factories.

Просмотр содержимого документа
«"FACTORY" Uzbek folk song»

«FABRIKA»

O’zbek xalq qo’shig’i

«Fabrika» qo’shig’i ayollar mehnatiga bag’ishlangan xalq asari hisoblanadi. Undan o’zbek xotin-qizlarining dastlabki fabrikalarga kirib ishlashlari haqida so’z yuritiladi. O’zbek ayollari uchun oddiy fabrikalarda ishlash ham katta baxt hisoblangan bir davrda yaratilgan bu qo’shiqda quyidagicha fikr yuritiladi:

Fabrikaning yo’lidan ro’molcha topib oldim,

Topib oldi demanglar-o mehnatga sotib oldim-o

Gulyoraxon bo’ylaringdan gulyora.


Bunda o’zbek ayollari qadimdan o’z halol mehnatlari bilan yashab kelganligi va halol mehnat evaziga sotib olingan oddiy ro’molcha ham ularga qanchalik baxt va sevinch keltirganligidan dalolat beradi.

Fabrikaning eshigi-yo ochilsa yopilmaydi,

Fabrikaning qizlari-yo chervonga sotilmaydi-yo

Gulyoraxon bo’ylaringdan gulyora.

Ya’ni, bu misralarda fabrikalar qandaydir vaqtinchalik ishxona emas, balki doimiy xizmat vazifasini o’taydigan joy ekanligi haqida fikr yuritiladi. Texnikani yangi egallayolgan ayollami engil tabiat deb qarash mutlaqo noto’g’ri ekanligi, ya’ni o’zbek ayollari o’z oru nomuslarini hech qachon pulga sotmasliklarini el yurt ichidagi obro’sini har doim sadoqat bilan ado etib kelganliklari haqida fikr yuritiladi.

Suhbat, savol-javob, mehnatkash ayotlar bilan uchrashuvlar o’tkazish jarayonida halol mehnat qilayotgan ayollarimiz hozirgi kunda erkaklar bilan bir safda turib mehnatning barcha sohalari bo’yicha ishlab kelayotganligini va yuksak unvonlarga sazovor bo’layotganligi haqida fikr yuritiladi. Ilgarigi kichik-kichik fabrikalar o’rnini yangi texnikalar bilari jihozlangan kombinatlar egallayotganligi, O’zbekiston paxtasini, pillasini tolalarini yigirib, undan ip, ipak qilib, turli gazlama va matolar to’qilib, ulardan tayyor jahon andozasiga mos keladigan kiyim-kechaklar tayyorlanib chet ellarga ham chiqarilayotganligi haqida so’zlab beriladi.

Bolalarga beriladigan savollar:

1. Fabrikada ayollar nima qilishadi?

2. Zamonoviy kombinat va fabrikalarda mehnat sharoiti qanday yaratilgan?

3. Fabrika va kombinatlarning ahamiyati nimadan iborat?

4. Asarning musiqasi qanday harakatlarda berilgan va u asar mazmunini qay darajada ochib bera olgan?



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!