Sinf : 4-sinf Muallif: Musabayeva Noila Manzil: Namangan shahar
Fani: ona tili Hudud: Namangan shahri Chortoq ko`cha73-uy
Mavzu: Fe`l zamonlari Maktabi: 26-maktab
Musabayeva Noilabonu – Namangan shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli
26- umumiy o`rta ta`lim maktabining ikkinchi toifali boshlang`ich sinf
o`qituvchisi. 1992-yil 6-mayda Namangan shahrida tug`ilgan.
2009-2013-o`quv yillarida Namangan Davlat Universiteti
Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishlari yo`nalishini tamomlagan.
Muallima pedagogik ish faoliyatini 2012-yil shahardagi 26-sonli umumiy
o`rta ta`lim maktabida boshlagan. 2015-yil “Yil o`qituvchisi” ko`rik tanlovida
shahar bosqichida 4-o`rinni egallagan.
Darslarni yangi ped tehnologiyalar, AKTdan foydalangan holda olib boradi. Oilali, 2 farzandning onasi.
Mavzu: Fe`l zamonlari 374-375-mashqlar
Darsning maqsad va vazifalari: O`quvchilarga davlat ta’lim standartlari asosida bilim berish.
a) ta’limiy maqsad: O`quvchilarga fe`lning uch zamoni, zamonning nutq so`zlab turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma`lumot berish. FK1:Fe`l zamonlari. Fe`llarning shaxs son qo`shimchalari bilan tuslanishini bilish..
b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning lug`atini davlat arbobi, istedod so`zlar bilan boyitish
TK3: rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish.
d) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning nutqini o`stirish, yangi so`zlar bilan boyitish
FK-2 mavzuga oid yangi so`zlarni og`zaki va yozma qo`llay olish, yozma nutqda tinish belgilarini to`g`ri qo`llay olish
Darsning turi: Yangi bilim, ko`nikma, malakalarini shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: savol-javob, tushuntirish, “uchinchisi ortiqcha”, savol-javob metodi.
Darsning jihozi. Proyektor, elektron doska, kompyuter, rasmlar, tarqatmalar, rangli qalamlar,A4formatli list
Dars sxemasi.
1 | Tashkiliy qism | 5 |
2 | O`tgan mavzuni mustahkamlash | 5 |
3 | Yangi mavzu bayoni | 25 |
4 | Dam olish daqiqasi | 3 |
5 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 5 |
6 | Baxolash va rag`batlantirish | 1 |
7 | Vazifa | 1 |
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
O`quvchi: Har kun ertalab turib,
Boramiz maktab tomon,
Bizlar ilmga chanqoq,
Ustozimiz mehribon.
Qo`limiz ko`ksimizda
Hamma o`quvchilar: Assalomu alaykum.
O`qituvchi: Qalam tutgan nozikkina.
Qo`lingizdan o`rgilay.
Mehr bilan boqib turgan.
Ko`zingizdan o`rgilay.
Sizni juda sog`inaman.
Sizni intiq kutaman.
Meni moydek erituvchi.
So`zingizdan o`rgiray.
Vaalaykum assalom bolajonlar.
Hamma o`quvchilar: Zamonaviy dars o`tmoqqa.
Bizlar shaymiz saboqqa.
O`qituvchi: Kimdir bugun navbatchi?
O`quvchi; Sinfda men navbatchi
Tayyor barcha o’quvchi
Xonamiz ham ozoda
Topshirdim men Xonzoda
O’qituvchi:
Hozir darsimiz ona tili. Bu fanni o’rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?
1-o’quvchi:
Ona tili fanini o’rganishdan maqsadimiz:
- To’gri va ravon yoza olishimiz ;
- Ijodiy mustaqil fikrlay olish ;
- Nutq madaniyatini oshirishdir.
Hamma:
Tilimiz boy , tilimiz sof go’zaldir ,
Biri maqol , biri matal , masaldir.
Dog’ tushurmay avlodlarga eltaylik.
Navoiyning ruhini shod etaylik.
O`qituvchi: Shiorimiz nima?
O`quvchilar:Chiroyli yoz , yozsang xat,
Bilsang bu ham zo’r san’at .
1-o’quvchi :
Ona tilim , jon tilim .
Sen o’zingsan , jon dilim .
Yuragimning to’rida
Sayrab turgan bulbulim
2-o’quvchi:
Sen borsan , men tirikman ,
Suyumliman,suyukman .
Men sen bilan ardoqli ,
Men sen bilan buyukman .
O`qituvchi: - Biz ona diyorimiz, hur O`zbekistonning farzandlarimiz. Albatta, jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko`p. Lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O`zbekistonimiz yagona. Bu go`zal yurt tolei baland, iqboli kulgan xalq faqat bizgagina atalgan.
Siyosiy savol-javoblar daqiqasi o`tkaziladi.
– Davlat ramzlarini bilasizmi?
- Ha, bayroq, gerb, konstitutsiya, madhiya.
-Bayrog`imiz qachon qabul qilingan?
-1991-yil 18-noyabr………
II.O’tilganlarni takrorlash va mustahkalash:
O`qituvchi: - Bolajonlar darsimizni turli o’yinlar va topshiriqlar orqali takrorlab olamiz .
O`qituvchi: Fe`l so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
O`qituvchi: Fe`llar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
O`qituvchi: Fe`llarga misol keltiring
O`qituvchi: Fe`l so`z turkumi gapda qanday vazifada keladi?
-kesim vazifasida keladi.
O`quvchilar berilgan klasterni to`ldiradilar.
“Uchinchisi ortiqcha” metodidan foydalanib mavzu mustahkamlanadi.
-olma
-ishladi
-yozdi
O`quvchilar ortiqcha so`zni topadilar.
O`quvchilar: -olma
O`qituvchi: to`ppa-to`g`ri olma. Olma so`zi ot soz turkumi. Nima? olma
O’quvchilar bajargan ishlari baholanadi .Husnihat asosida yozgan
o’quvchi aniqlanadi. O’quvchilar rag`batlantiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
O`qituvchi: Bugungi darsimizda FE`L ZAMONLARI mavzusini o`rganamiz.
Doskaga BBB tehnologiya jadvalini ilib uni to`ldirib olamiz.
BILAMAN. | BILISHNI HOHLAYMAN | BILIB OLDIM |
Fe`llar shaxs va narsaning harakatini bildiradi Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? So`roqlariga javob bo`ladi, bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar. | Fe`l zamonlari. | |
O`qituvchi:Demak bugun sizlar bilan fe`l zamonlari mavzusini o`rganamiz.
374-mashq. Gaplarni o`qing, so`roqlar yordamida fe`llarni aniqlang.
O`qituvchi: Maktabimiz badiiy havaskorlari tuman ko`rigida 1-o`rinni egalladi.
Nima qildi? Egalladi. Egalladi so`zi fe`l so`z turkumi.
Dehqonlar ariqlarni tozalayaptilar.
Nima qilyaptilar? Tozalayaptilar. Tozalayaptilar so`zi fe`l so`z turkumi.
Sayyora kelajakda shifokorlik kasbini egallamoqchi.
Nima qilmoqchi? Egallamoqchi. Egallamoqchi so`zi fe`l so`z turkumi.
O`qituvchi: O`quvchilar ushbu fe`llarni taqqoslang, ushbu so`zlar nimasiga ko`ra farqlanyapti?
O`quvchilar; Qo`shimchasiga ko`ra, shaxs soniga ko`ra.
Kuzating har bir gapdagi harakat qachon bajarilayapti?
Maktabimiz badiiy havaskorlari tuman ko`rigida 1-o`rinni egalladi. Ushbu gapda harakat bajarilib bo`lingan.
Dehqonlar ariqlarni tozalayaptilar. Ushbu gapda harakat hozir bajarilayapti.
Sayyora kelajakda shifokorlik kasbini egallamoqchi. Ushbu gapda harakat keyinroq bajariladi.
O`qituvchi: Fe`llarda harakat 3 zamonda bajariladi.
So`zlab turgan paytingizdan avval- o`tgan zamon
So`zlab turgan paytingizda –hozirgi zamon
So`zlab turgan paytingizdan keyin- kelasi zamon
Qachon bajarilayotganini so`zlab turgan paytimizga qarab belgilaymiz.
O`qituvchi: K
eling bir topshiriq bajaramiz. Jadval ostidagi so`zlarni jadval ichiga joylang.
O`qituvchi; Barakalla bolajonlar.
Kitobda berilgan 375-mashqni bajaramiz.fe`llarni aniqlabBotinka qutichasiga solib, uy tokchasiga qo`ydik., zamoniga ko`ra guruhlarga ajrating. Fe`l zamonlarini ifodalovchi qo`himchalar tagiga to`lqinli chiziq chizing.
375-mashq
Hovliga chiqdik. Yo`lakda bir chumchuq bolasi og`zini kappa-kappa ochmoqda. Bir oyog`i singan. Bahodir ikkimiz chumchuq bolasining singan oyog`iga qog`oz o`radik vaip bilan bog`ladik. Bahodir pashsha tutib berdi. Bahrom non uvoq bilan boqdi. Qushcha uy ichida aylanib uchadigan bo`ldi. Ba`zan ona chumchuqning ovozi eshitilib chiriqlaydi. Uni onasi sog`inib yig`layapti, deb uchirib yubordik.
O`tgan zamon fe`li | Hozirgi zamon fe`li | Kelasi zamon fe`li |
Tutib berdi Boqdi Uchadigan bo`ldi Chiriqlaydi Uchirib yubordik | | |
V. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Fe`l deb nimaga aytiladi?
Fe`lda nechta zamon bor?
Fe`l zamonlarini qanday belgilanadi?
Doskaga ilingan “BBB”tehnologiyasini bugungi mavzudan kelib chiqqan holda to`ldirib qo`yamiz.
BILAMAN. | BILISHNI HOHLAYMAN | BILIB OLDIM |
Fe`llar shaxs va narsaning harakatini bildiradi Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? So`roqlariga javob bo`ladi, bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar. | Fe`l zamonlari. | Fe`l so`z turkumi 3 zamonga bo`linadi. O`tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. |
V
I. Baholash va rag`batlantirish.
O`quvchilar rag`batlantiriladi va baholanadi.
VII Uyga vazifa:
Ishla, o`qi, yoz so`zlarini 3 zamonda qo`llab gaplar tuzing
Harakatni bajarilish paytini bildirgan qo`shimchalarni belgilang
O`qituvchi: Qadrli o`quvchilar! Muhtaram prezidentimiz aytganlaridek, siz kelajak vorisisiz. O`zbekistonni yanada ravnaq topishi, gullab yashnashi sizlarning zimmangizda. Shunday ekan yurtboshimiz, ota-onamiz, vatanimiz ishonchini oqlash uchun faqat a`lo baholarga o`qishingiz, odob-ahloq bobida tengdoshlaringizga na`muna bo`lishingiz kerak. Axir aytadilarku, vatan qudrati unda kamol topayotgan barkamol avlodlarga bog`liq.