Mavzu: 6-sinf Fizika kursini takrorlash
Texnologik xarita
I | Mavzu: | Umumlashtiruvchi dars |
II | Darsning maqsadi va vazifalari | Darsning ta`limiy maqsadi: 6-sinf fizika kursini takrorlash haqida tushuncha berish. O`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg`otish, mavzuga oid bilim va ko`nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni maktabni sevishga, uni asrab-avaylashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblikka undash. |
III | O`quv jarayo- nining mazmuni | 6-sinf fizika kursining hamma mavzulari haqida umumiy tushuncha berish |
IV | O`quv jarayonini amalga oshirish | Uslub: Aqliy hujum, “Dam olish daqiqasi”, “Alifbo olamiga sayohat” “Venn diagrammasi” metodlari. Shakl: Kichik guruhlarda va jamoada ishlash, suhbat munozara. Vosita: Mavzuga oid ko`rgazma, zinama-zina savollari, testlar, rag`batlantiruvchi kartochkalar. Nazorat: og`zaki nazorat, savol – javoblar. Baholash: 5 ballik tizim asosida rag`batlantirish. |
V | Kutiladigan natijalar | O`qituvchi: Barcha o`quvchilarning mavzuni berilgan vaqt ichida o`zlashtirishiga erishish. O`quvchilar bilim samaradorligini oshirish, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish. O`quvchi: 6-sinf fizika kursi mavzulari haqida yangi bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo`lib ishlashni, o`z – o`zini nazorat qilishni o`rganadi. |
VI | Kelgusi rejalar | O`qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, keyingi darslarda qo`llashi, o`z ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lay olishi, pedogogik mahoratini oshirishi lozim. O`quvchi: Mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. |
Tashkiliy qism | 5 daqiqa |
O`tilgan mavzuni takrorlash | 10 daqiqa |
Yangi mavzuni tushuntirish | 10 daqiqa |
Yangi mavzuni mustahkamlash | 10 daqiqa |
O`quvchilarni baholash | 5 daqiqa |
Uyga vazifa berish | 5 daqiqa |
Reja:
Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar
Meхanik hodisalar
Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar
Issiqlak hodisalari.
Yorug’lik hodisalari.
Tovush hodisalari
Darsning borishi.
I .Tashkiliy qism.
O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonaning tozaligiga e’tibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar, ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.
O’qituvchi: Assalomu alaykum. Aziz o’quvchilar, fizika darsimizni boshlaymiz. Bugungi darsimiz shiori:
“Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandir”
Dastlab, o’quvchilarni 3 guruhga bo’lamiz
1-guruh o’quvchilari: “Yosh fiziklar”
2-guruh o’quvchilari: “Bilimdonlar”
3-guruh o’quvchilari: “Beruniy avlodlari”
Darsimizni fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar bilan boshlasak. Marhamat
1-guruh o’quvchisi
Olamning nimadan tuzilganligi haqidagi nazariyani miloddan avvalgi 341-270 yillarda yashagan Epikur bergan Uning g`oyalarini Lukretsiy degan shoirning “Narsalarning tabiati haqida ” nomli poemasida “Barcha jismlar ko’zga ko’rinmaydigan, bo’linmaydigan atomlardan tashkil topgan va ular to’xtovsiz harakatda bo’ladi” degan g’oyani ilgari surgan.
2-guruh o’quvchisi
Buyuk ingliz olimi I.Nyuton fizikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan. Quyosh va sayyoralar harakati sabablari, kuch va uning jism harakatiga ta’siri, yorug’lik rangi haqidagi ilmiy ixtirolar uning qalamiga mansub.
3-guruh o’quvchisi
Abu Rayhon Beruniy moddalar zichligini, koinot fizkasi, minerallar,yorug’lik, tovush va magnit hodisalari kabi ko’pgina yo’nalishlarda ish olib brogan. Uning ayniqsa , yer radiusini aniq o’lchaganligi (Beruniyda 6490 km, hozirgisi 6400 km)diqqatga sazovor
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
O`qituvchi: Barakalla, hurmatli o`quvchilar, uy vazifasini tekshirib chiqaylik. Sizlarga “Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me’morchilikda tovush” mavzusi vazifa qilib berilgan edi.
O`quvchilar o’qib kelgan mavzularini birma-bir aytib beradilar. Ularning nazariy ishlari tahlil qilinadi. So’ng ball qo‘yiladi.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, o’tgan darsda qanday mavzuni o’tgan edik?
O`quvchi: “Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me’morchilikda tovush” mavzusini o’tgan edik.
O`qituvchi: Xo’sh, mavzuni mustahkamlab olamiz. Buning uchun savollar yozilgan ko’rgazmali qurolga e’tibor qaratamiz. Savollarga navbat bilan javob beramiz. Yozilgan savollarga javob berishni “Aqliy hujum” usulidan foydalanamiz.
1. Tovush necha turga bo’linadi?
2. Tovushlar bizning salomatligimizga qanday ta’sir qiladi?
4. Musiqiy tovushlar uy hayvonlariga ta’sir qiladimi?
6. Me’morchilik akkustikasi deganda nimani tushunasiz?
To`g`ri, noto`g`ri javob uchun “rag`bat”, “jarima” kartochkalari beriladi.
O`qituvchi: Rahmat. Demak, o’tilgan mavzuni yaxshi tushunibsizlar.
Shartlarga to’liq javob bergan o’quvchilarga, ya’ni guruhlarga rag’bat kartochkalari beriladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish
O`qituvchi: Bugungi yangi mavzumiz bevosita o’tgan mavzu bilan bog’liq. Doskaga yangi mavzu yoziladi “6-sinf fizika kursini umumiy takrorlash”.
So’ng nazariy ma’lumot beriladi.
.
O’qituvchi: Javobimizni tekshirish uchun slaydlarga e’tibor qaratamiz.
O’qituvchi: Darsni yanada mustahkamlash uchun? “Alfabingo” usulidan foydalanamiz. Bunda har bir guruhga harflar yozilgan tarqatma materiallar beriladi va shu harf bilan boshlanuvchi bugungi dars davomida ishlatilgan so’zlarni topib yozish topshiriladi.
1-guruh o’quvchisi: ATOM
2-guruh o’quvchisi: MOLEKULA
3-guruh o’quvchisi: TEZLIK
O’yin shu tariqa davom etadi.
Faol ishtirok etgan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Alifbo olamiga” sayohat qilamiz. Bunda o’quvchilar alifbo tarzida fizika faniga oid misol keltiradilar. 1-guruh mexanik hodisalarga, 2-guruh jismlarning muvozanatiga, 3-guruh esa issiqlik hodisalariga sayohat qilamiz.
M A R H A M A T !
1-guruh o’quvchilari 2-guruh o’quvchilari 3-guruh o’quvchilari
Atmosfera Kuch Termometr
Bosim Laboatoriya Uzatish
Dinamometr Mexanika Vaqt
Energiya Namuna Xatolik
Formula Oddiy Yassi
Gaz Pona Jism
Hozin Qiya O’tkazgich
Ish Richag G’ildirak
Jism Suv Shayinli
Chig`iriq
4 -topshiriq: “Venn diagrammasi" asosida moddalar tuzilishining o’xshash va farqli tomonlarini tahlil qilishadi
Namuna
1 -guruh
1-guruh
2-guruh
3-guruh
mazkur shart bo’yicha o’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar asosida baholanadi.
V. O’quvchilar bilimini baholash. Uyga vazifa berish.
Dars oxirida to’plangan rag’bat va jarima kartochkalari asosida g’olib jamoa aniqlanadi. “Eng bilimdon jamoa”,”Eng intizomli jamoa”, “Eng ahil jamoa” nominatsiyalari bilan taqdirlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
“Barakalla”, “Ofarin, bilimdon”, “Aqlingga qoyilman” so’zlari yozilgan rag’batlantiruvchi vositalar beriladi. Darsda sust qatnashgan o’quvchilar ham aniqlanadi va ularga “Hayot hali oldinda” so’zlari yozilgan vosita beriladi.
VI. Uyga vazifa:
6-sinfda o’tilgan mavzularni umumiy takrorlash uyga vazifa qilib berildi.