СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Fizika 6- sinf. Zichlik va uning birliklari dars ishlanma

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Fizika 6- sinf. Zichlik va uning birliklari dars ishlanma

Просмотр содержимого документа
«Fizika 6- sinf. Zichlik va uning birliklari dars ishlanma»



FIZIKA


6-sinf, II chorak 13-dars


Mavzuning texnologik xaritasi



Mavzu

Modda zichligi va uning birliklari. Beruniy va Hozinning zichlikni aniqlash usullari


Maqsad

Modda zichligi va uning birliklari. Beruniy va Hozinning zichlikni aniqlash usullari haqida ma`lumotlar berish hamda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, fizik kattaliklarni o‘lchash va aniqlash, fizik bilimlardan amaliyotda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.

Vazifalar

O`quvchilarga zichlik haqida tushuncha berish; buyuk allomalarimizning zichlik va uni o‘lchash uchun yaratgan Vatandoshlarimiz Al Beruniy va Hozinning ishlarini tushuntirish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Masala yechish ko‘nikmasini hosil qilish.

O‘quvchilarni mustaqil ishlashga undash orqali ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish fanga bo`lgan qіziqishlarini oshirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

Modda zichligi va uning birliklari. Beruniy va Hozinning zichlikni aniqlash usullari o`rganish va har xil jismlarning zichliklarini, hajmini tajribalar orqali aniqlash.

O‘quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Kichik ma’ruza orqali taqdimot, ”Bingo”, Aqliy hujum”, guruhlar bilan ishlash.

Vosita: Menzurka, suv, to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmagan kichik jismlar. Didaktik materiallar. Doska, bo‘r.

Nazorat: Og`zaki nazorat, guruhlarni baholash.

Baholash. 5 ballik tizim asosida.

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi.

O‘quvchilarga Modda zichligi va uning birliklari. Beruniy va Hozinning zichlikni aniqlash usullari mavzusini amaliy tajribalar, kuzatishlar orqali yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishni orttiradi.

O‘quvchi.

O‘quvchilar yangi bilimlarni egallaydi. mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish, umummadaniy, matematik savodxonlik kompetensiyalari shakllantiriladi.

Kelgusi rejalar

Oqituvchi.

O`quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishi bilan tajribasini boyitish.

Oquvchi.

Modda zichligi va uning birliklaridan amaliyotda foydalanish, qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o‘rganish. O‘z fikrini ravon bayon qila olish.


Mashgulotning borishi

Asosiy atamalar va tushunchalar:

-zichlik;

- hajm;

I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut)

a) salomlashib, davomat aniqlanadi;

b) o‘quvchilarning darsga hozirligi ko‘rib chiqiladi:

Darsning blok-chizmasi



Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Tashkiliy qism

2 minut

2.

O‘tilgan laboratoriya hisobotlarini tekshirish

5 minut

3.

Yangi mavzuga kirish uchun “Bingo”, “BBB”ni o‘tkazish

10 minut

4.

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

5.

Mavzu yuzasidan masalalar ishlash

10 minut

6.

Uyga topshiriqlar

3 minut


II. O`tilgan mavzuni takrorlash. (5 minut)

O‘quvchilar birinchi marta laboratoriya ishlarini bajarganliklari uchun o‘qituvchi ularning hisobotlarini tekshiradi va xulosalarni umumlashtirib aytadi.


III. Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzuga zamin tayyorlash uchun ”Bingo” o‘yini orqali erishiladi.

m

Kg

litr

v

massa

Tarozi

Menzurka

hajm

Tonna


O‘quvchilar yuqoridagi ma’lumotlardan so‘ng, “BBB” usulidan foydalaniladi.

Quyidagi topshiriq beriladi.

1. Nima uchun turli xil moddalardan tayyorlangan bir xil hajmli jismlarning massalari har xil bo‘ladi?

2. Gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning zichliklari bir-biridan farq qiladimi?

3. Moddalarning zichliklarini aniqlagan vatandoshlarimizdan kimlarni bilasiz.

4. Suyuqlikning zichligini qanday asbob bilan aniqlash mumkin?

5. Sinf xonasining hajmini qanday aniqlash mumkin?

6. Suvning hajmini qanday aniqlash mumkin?


- Quyidagi savollarga javob yozishga harakat qiling. Javoblaringizni quyidagi tartibda yozing

Bilardim:__________________________________


Endi yangi mavsu bo‘yicha nimalarni bilmoqchisiz quyidagi tartibda yozing.


Bilmoqchiman:__________________________


O‘rtoqlaringiz bilan fkrlaringizni birlashtirib, o‘qituvchiga yetkazish.

Shundan so‘ng bir xil ko‘rinishga va hajmga ega bo`lgan yog‘och, metall, plastmassa shar, kub, silindr (qaysilari bo‘lsa) olib ularning massalari tarozida o‘lchanadi. Ularning massalaridagi farq to‘g‘risida o‘quvchilar bilan 2-3 minutlik “Aqliy hujum” o‘tkaziladi. Bundan foydalanib zichlik tushunchasi kiritiladi:

Zichlik =   yoki ρ =   .


Hajm tushunchasi bilan o‘quvchilar matematika kursidan tanish bo‘lsalarda, yana bir bor, hajm nima? Uni qanday birlikda o‘lchanadi? Qanday aniqlanadi? kabi savollar bilan takrorlash foydali.


Zichlik tushunchasini mustahkamlash uchun 2-3 ta og‘zaki masala beriladi. Kitobdagi jadvaldan foydalanib quyidagi mazmunda masala tuziladi:

1. Sutning zichligi 1,03 g/sm3 yoki marmar toshning zichligi 2,7 g/sm3

deganda nimani tushunasiz?

2. Jadvalda keltirilgan moddalardan qaysi birining zichligi eng katta

(kichik)?

3. Po‘lat sharning massasi 78 g, hajmi 10 sm3 bo‘lsa, zichligi nimaga

teng?

Darsning keyingi qismi to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmagan jismlar

zichligini aniqlash bo‘yicha boradi. Dastlab o‘quvchilar menzurka bilan tanishtiriladi. Undagi shkalani o‘qish o‘rgatiladi (o‘quvchilarga darslikdagi oldingi mavzularda berilgan menzurka rasmini ochish aytiladi). Menzurkadagi suv orqali ixtiyoriy shakldagi jism hajmi aniqlab ko‘rsatiladi.

Bobokalonimiz Abu-Rayhon Beruniy jahonda birinchi bo‘lib 50 dan ortiq moddalarning zichligini hozirgi zamon aniqligi darajasida o‘lchashga muyassar bo‘ldi. Jismlar hajmini aniq o‘lchash uchun Beruniy maxsus asbob yasadi. U ana shu asbobni suyuqlik bilan to‘ldirib, unga teng og‘irlikda jismlarni navbatma-navbat tushirish orqali shu jismlar siqib chiqargan suyuqlikka taqqoslab har bir jismning hajmi aniqlanadi. Beruniy suvning 4 xil holatdagi zichligini tajriba asosida o‘lchaydi:Uning hisobi:

-buloq suvi -1g/sm3

-qaynoq suv -0,959g/sm3

-erib turgan muz suv -0,965g/sm3

-dengiz suvi -1,14g/sm3


Beruniyning bu tekshirishlari undan 600 yil keyin Italiya olimi G. Galileyning tajribalarida qayta isbotlandi.

Mana shu tamoyilni qo‘llab Beruniy va Hozinlar o‘lchagan moddalar zichligining naqadar aniq ekanligi o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Bu bilan milliy g‘urur hissi uyg‘otiladi.

IV.Mustahkamlash uchun masalalar yechib ko‘rsatiladi.

Dars oxirida hisoblashga doir 2-3 ta masala yechiladi. Masala yechish

namunasi darslikda keltirilgan.

Modda zichligi mavzusi bo‘yicha o‘rganganlaringizni quyidagicha yozing.


Bilib oldim:________________________________


V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish.

O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning javoblari tinglangach rag‘batlantiriladi.


VI.Uyga vazifa: Mavzuni o‘qish va test tuzish.


4