Просмотр содержимого документа
«Fizika 7- sinf. "Jismning aylana bo'ylab tekis harakati" mavzusida ochiq dars ishlanmasi»
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI
QO’SHRABOT TUMANI XTBGA QARSHLI
2-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
Fizika fanidan VII-sinf uchun
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Mavzu: „Jismning tekis aylanma harakati”
Tuzuvchi: Fizika fani o’qituvchisi
Duvlayev K. A.
Boqichog’atoy 2019 yil
Fizika 7-sinf ochiq dars. Sana: 20.11.2019
Mavzu: Jismning tekis aylanma harakati
| Darsning maqsadi | O`quvchilarga jismning aylana bo’ylab tekis harakati to‘g’risida ma’lumot berish; aylana bo’ylab harakatni o’rganish va undan amaliyotda foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish hamda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish, fizik bilimlardan amaliyotda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi. |
| Vazifalari | O‘quvchilarga mavzu asosida aylana bo’ylab tekis harakat qonunlari haqida bilim berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, hamda o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish. Tabiatdan foydalanish madaniyatini shakllantirish. |
| O‘quv jarayonining mazmuni | O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari undan kundalik hayotda foydalana olish bo`yicha bilim, ko`nikma va amaliyotda qo`llash malakalarga ega bo`lish |
| O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi. | Metod: “Bosqichli test”, Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, Amaliy mashg‘ulot. Vosita: Mavzuga doir film va Taqdimot slaydlari. Doska, bo‘r. Nazorat: og`zaki Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash. |
| Kutilayotgan natijalar | O‘qituvchi: O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O‘quvchilar o‘rtasida do`stona muhitni yaratadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o`rgatadi. | O‘quvchi: O‘quvchilar mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalari shakllantiriladi. |
| Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar). | O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni darsda qo‘llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. | O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e’tibor qaratadi. |
Мashg‘ulotning borishi
Asosiy tushuncha va atamalar:
- aylanma harakat;
- burilish burchagi;
-chiziqli tezlik.
-burchak tezlik.
-burchakning radian o’lchov birligi.
I. Darsning tashkil etilishi (2 minut): 1 slayd
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
Darsning blok-chizmasi
| | Dars bosqichlari | Vaqti |
| 1. | Tashkiliy qism | 2 minut. |
| 2. | Bosqichli test. Guruhlarda ishlash. | 10 minut |
| 3. | Mavzuga oid film namoyishi bilan yangi mavzuni o‘rganish | 15 minut |
| 4. | Darsni mustahkamlash va rag‘batlantirish Amaliy mashg’ulot(masala yechish). | 10 minut |
| 5. | Baholash. Uyga topshiriqlar | 3 minut |
II. O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savol-javob(10 minut) 2- 7 slaydlar.
Bosqichli test nazorati o’tkaziladi 2-slayd.
Test natijalarini o’quvchilarning o’zlari partadoshi bilan almashib tekshiradilar va to’plagan ballarini aniqlaydilar.
Guruhlar tashkil etiladi 3- slayd.
Kompetentlikni aniqlash maqsadida “Moslikni aniqlash” nazorati o’tkaziladi. 4-5 slaydlar
Guruhlarning javoblari tinglanadi.
Kompetentlikni aniqlash maqsadida PISA testi o’tkaziladi. 6-7 slaydlar.
Guruhlarning javoblari tinglanadi.
Bosqichli test va Guruhlarda ishlash natijalari bo’yicha o’quvchilar o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni (15 minut). 8-11 slaydlar.
O’quvchilarga mavzuga oid film namoyish qilinadi. 8-slayd.
Ko’chish, burilish burchagi, burchakning radian o’lchov birligi haqida ma’lumot
beriladi. 9-11 slaydlar
IV.Darsni mustahkamlash (10 minut). 36-38 slaydlar.
Quyidagi savollar beriladi.
1. Aylanma harakatga misollar keltiring. 12-slayd.
2. Chiziqli tezlik va burchak tezliklar formulalari va ular o’rtasidagi munosabatni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklari savol javob orqali aniqlanadi. 13-slayd.
3. Mavzuga oid masala yechish namoyish qilinadi. 14-slayd
4. O’quvchilar mustaqil ravishda darslikdagi 10-mashq masalalarini yechadilar.
V.O`quvchilarni baholash. Uyga vazifa (3 minut).
Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi. Faol o‘quvchilar alohida rag‘batlantiriladi. Uyga vazifa beriladi. 15-slayd
O’qituvchi: Duvlayev K.
O’TIBDO’: Ro’ziyev U.