СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Fizika 7- sinf. Kinematikaning asosiy tushunchalari dars ishlanma

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Fizika 7- sinf. Kinematikaning asosiy tushunchalari  dars ishlanma

Просмотр содержимого документа
«Fizika 7- sinf. Kinematikaning asosiy tushunchalari dars ishlanma»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT XTB

QO’SHRABOT TUMAN XTMFMTTEB

2- UMUMTA’LIM MAKTABI



DARS ISHLANMASI

Mavzu: Kinemetikaning asosiy tushunchalari







O’qituvchi: Duvlayev K






Boqichog’atoy – 2 0 1 9

Mavzu: Kinemetikaning asosiy tushunchalari


Dаrsning mаqsаdi:

a)Tа’limiy mаqsаd: О’quvchilаrgа tекis о’zgаruvchаn hаrакаtdаgi tеzlаnish hаqidа bilimlаr bеrish vа ulаrning umumiy bilimlаrini оshirish;

b)Tаrbiyaviy mаqsаd: О’quvchilаrdа tаbiаt fаnlаrigа bо’lgаn qiziqishlаrini кuchаytirish,mustаqil fiкrlаsh qоbiliyatlаrini о’stirish;

c) Rivоjlаntirivchi: о’quvchilаrning bilimlаrini mustаhкаmlаb, bilim, kо’niкmа vа mаlакаsini оshirish;


Dаrs uslibi: Aqliy hujum, anogramma, fikrlay olasanmi, klaster, sаvоl- jаvоb, mustaqil ishlash.


Dаrs jihоzi: Рlакаtlаr, darslik va rasmlar,

Tayanch so’z va iboralar: moddiy nuqta, trayektoriya, yo’l, ko’chish, ilgarilanma harakat


Darsning blok-chizmasi

Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Tashkiliy qism

2 minut

2.

O'tilganlarni takrorlash.

15 minut

3.

Muammoli vaziyat

5 minut

4.

Yangi mavzuni o'rganish

15 minut

5.

Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar

8 minut


Dаrsning bоrishi:

a)Sаlоmlаshish

b)Tоzаliкka e’tibоr berish

c)Dаvоmаtni аniqlаsh


О’qituvchining кirish sо’zi:

Hurmаtli о’quvchilаr. Bugungi dаrsimiz fiziка dаrsi. Bugungi dаrsimizgа muхbir tаshrif buyurgаn. Mаrhаmаt sо’z muхbirgа.

Sizgа mа’lumкi umumiy o`rtа tа’limning Dаvlаt Tа’lim stаndаrtlаridа о’quvchilаr оldigа fiziка fаnini о’rgаnish bо’yichа mаjburiy tаlаblаr qо’yilgаn. Mеn shu vаzifаlаr qаy dаrаjаdа bаjаrilаyоtgаnini ко’rаmаn vа shu hаqdа оlgаn tаssurоtlаrimni mаtbuоt sаhifаlаrdа yоritib borаmаn. Аziz о’quvchilаr. Sizlarning о’tilgаn mаvzu bо’yichа bilimlаringizni sinаb ко’rmоqchimаn. Siz fiziка fаnini о’rgаnish bо’yichа qо’yilgаn tаlаblаr hаqidа nimаlаrni bilаsiz ?

1- о’quvchi- о’quvchilаr fiziк hоdisаlаri hаqidа tаsаvvurgа egа bо’lishlаri кеrак.

2- о’quvchi-o’lchоv аsbоblаridаn fоydаlаnа bilish кеrак.

3- о’quvchi- mustаqil rаvishdа tаjribа о’tкаzа оlish.

4- о’quvchi- mаsаlаlаr yеchish bо’yichа ко’niкmа vа mаlакаgа egа bо’lish lоzim.

5- о’quvchi- Fiziкаdа оlgаn bilimlаrini аmаliyоtdа qo`llаy оlish кеrак.

Muхbir sо’zi- Judа yaхshi! Rахmаt sizlаrgа.

Hurmаtli о’quvchilаr mеn dаrsgа кirishdаn оldin о’qituvchingiz bilаn suhbаtlаshib оldim. Dаrsini yangi pеdаgоgiк tехnаlоgiya аsоsidа о’tish mаqsаdidа sinfni 3 tа guruhgа bо’lib, o`qituvchingiz mаvzuni bеrgаn.


I-guruhgа- Qadimgi va o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan olimlar olamning chegarasi haqida qanday fikrlarni aytganlar?

II-guruhgа-Fazoning kengligini, chegarasizligini misollar orqali asoslab bering.

III-guruhgа- Bir o'lchamli va ikki o'lchamli harakatlarga misollar keltiring.

IV-guruhgа-Fazoni nima uchun uch o'lchamli deyiladi?

Endi esa sizlar bilan “Fikrlay olasanmi” o’yinini o’tkazamiz -Quyidagi rasmni siz qanday izohlaysiz







Kelriligan izohlar qanchalik to’g’riligini tekshirish uchun yangi mavzuni tinglaymiz:

Yangi mavzu: Kinemetikaning asosiy tushunchalari


Moddiy nuqta

Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi. Mexanika, shu jumladan kinematikaning asosiy vazifasi harakat qilayotgan jismning istalgan paytdagi vaziyatini (o’rnini) aniqlashdan iborat. Ammo kinematikada jism harakati uni yuziga keltiruvchi sabablar hisobga olinmagan holda o’rganiladi.

Jismning mexanik harakatini o’rganishda absolyut(mutloq) qattiq jism va moddiy nuqta kabi tushunchalaridan foydalaniladi. Harakati o’rganilayotgan sharoitda, jismning shakli va o’lchami o’zgarishsiz qolsa, bunday jismga absolyut qattiq jism deb ataladi. Shuningdek, ko’p hollarda harakat qilayotgan jismning o’lchamlari hisobga olinmaydi. Masalan, Toshkentdan biror tezlik bilan Samarqand shahriga jo’nagan avtomobilning ikki soatdan keyingi o’rnini aniqlashda mashinaning o’lchami hisobga olinmaydi. Chunki, mashinaning o’lchami uning ikki soat davomida yurgan masofasiga nisbatan hisobga olinmas darajada kichik. Ulardan biri harakatlanayotgan jismning o‘lсhamlarini hisobga

olmasdan, uni moddiy nuqta deb olishdan iborat. Uzunligi 4 m bo‘lgan avtomobilning 10 km masofani bosib o‘tishdagi harakatini o‘rga- nishda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Chunki avtomobil bosib o‘tadigan masofa uning uzunligidan 2500 marta katta. Shu singari, to‘pning maydondagi harakati va samolyotning uzoq masofaga parvozi qaralayotganda ularni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin (9-rasm).

Aynan bir jism bir holda moddiy nuqta deb qaraladi, boshqa holda esa uni moddiy nuqta deb qarab bo‘lmaydi. Masalan, o‘quvehi maktabga borayotganida uyidan 1 km masofani bosib o‘tsa, bu harakatda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin shu o‘quvehi ertalabki gimnastika mashqlarini bajarayotganda uni moddiy nuqta deb bo‘lmaydi (10-rasm).

Poyezd bir shahardan boshqa shaharga borayotganda bu shaharlar orasidagi masofaga nisbatan uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin yo‘ldagi bekatga nisbatan uni moddiy nuqta deb bo‘lmaydi.

Yer shari ulkandir. Lekin Yer sayyorasini Quyosh atrofida aylanishi o’rganilayotganda uni ham moddiy nuqta deb qarash mumkin.

Trayektoriya

Doskaga bo‘r bilan chizganda, qorli yo‘l ustida avtomobil yurganda, tunda osmonda meteor uchganda ular iz qoldiradi. Bo‘r, avtomobil va meteorning qoldirgan izi ularning harakat trayektoriyasidir.

Jismlar o‘z harakatida har doim ham iz qoldiravermaydi. Masalan, osmonda uehayotgan meteor iz qoldirsa, tramplindan sakrayotgan sportchi iz qoldirmaydi. Sportehi, to‘p, odam, mashina, qush va samolyotlarning o‘z harakati davomida izi ko‘rinmasada, ularning izini uzluksiz chiziq deb tasavvur qilish mumkin.


Yo‘l va ko‘chish

Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida fazoda chizgan ( uzluksiz chizig‘i (qoldirgan izi) trayektoriya deb ataladi.

Trayektoriya - bu fizik tushuneha. Jism trayektoriyasini kattalik jihatdan baholash uchun fizik kattalik — yo‘l qabul qilingan.



Ba’zi hollarda jismning bosib o‘tgan yo‘li emas, balki uning harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi kesma qiziqtiradi.



Jism A nuqtadan В nuqtaga harakatida egri chiziqli trayektoriya bo‘ylab 100 m yo‘lni bosib o‘tishi mumkin. Lekin A nuqtadan В nuqtagacha eng qisqa masofa kesma bo‘lib, uning uzunligi 100 m dan kam bo‘ladi, masalan, 60 m bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘chish 60 m ga teng bo‘ladi (11-rasm).

Xaritadan masshtab yordamida Toshkent- dan Andijongacha ko‘chish 245 km ekanligini aniqlash mumkin. Lekin avtomobilda Toshkentdan Andijonga borish uehun 380 km yo‘l bosib o4iladi.

Jism to‘g‘ri ehiziqli harakat qilganda yo‘l va ko‘chish bir-biriga teng bo‘ladi.


Ilgarilanma harakat

Stol ustidagi kitobni bir joydan boshqa joyga turlicha ko‘chirish mumkin (12-rasm). Birinchi holda uning qirralari turlicha harakat qiladi.

Kitobning ikkinehi holdagi harakatida uning qirralari trayektoriyasi bir xil bo‘ladi, ya’ni kitobning to‘rttala qirrasi trayektoriya- sini ustma-ust qo‘yish mumkin. Kitobning ikkinehi holdagi harakati ilgarilanma hara- katga misol bo‘la oladi. Bunda kitobning qirralarigina emas, boshqa ixtiyoriy nuqtalari ham bir xil harakat qiladi.

Tekis yo‘lda harakatlanayotgan velosiped ning ramasi, avtomobilning kuzovi ham ilgarilanma harakat qiladi.

Ilgarilanma harakatda jismning ixti­yoriy ikki nuqtasidan xayolan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga parallel ravishda ko‘chadi.

Yerdan kotarib stol ustiga qo^yilgan jomadon, metropoliten eskalatori pog’onalari ilgarilanma harakat qiladi.

Istirohat bog’idagi charxpalak kabinasi aylanma harakat qiladi (13-rasm). Lekin, shu bilan bir vaqtda, charxpalak kabinasi ilgari­lanma harakat qiladi. Chunki, kabinaning ixtiyoriy ikki nuqtasidan otkazilgan to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga parallel ravishda ko‘chadi. Ilgarilanma harakat qilayotgan jismning harakati o‘rganilayotganda lining faqat bitta nuqtasining harakatini o‘rganish kifoyadir. Shu sababli, ilgarilanma harakat qilayotgan jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin.











Mavzuni mustahkamlash

M uxbir: Raxmat sizga ustoz mavzu yuzasidan bergan ma’lumotlaringiz uchun. Endi biz sizlar bilan mavzuni mustahkamlash maqsadida bilan tuzamiz. Marhamat .

I-guruhgа- Kinematika ?















II-guruhgа-harakat.
















I II-guruhgа- vaqt.














Muxbir- raxmat sizlarga. Biz sizlar bilan mavzuga oid so’zlarga oid anogrammalarni yechamiz:

I-guruhga -ARETTROKYAI (traektoriya)

II-guruhga- DOIDMY QUNAT (moddiy nuqta)

III-guruhga- O’HCHSHIK (ko’chish)


Muxbir-Barcha so’zlarni topdik, buning uchun sizlarga rahmat. Endi quyidagi savollarga javob beramiz:


1.Moddiy nuqta deb nimaga aytiladi?

2.Avtomobil, to‘p, samolyotni qaysi hollarda moddiy nuqta deb qarash mumkin?

3.Trayektoriya deganda nimani tushunasiz?

4.Yo‘l deb nimaga aytiladi va u qanday harf bilan belgilanadi?

5.Ko'chish nima? Yo‘l va ko'chish bir-biridan qanday farq qiladi?

6.Qanday harakat ilgarilanma harakat bo'ladi?

7.13-rasmdagi charxpalak kabinalarining ilgarilanma harakat qilishini asoslang


Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish va uyingizdan maktabgacha necha qadam bosib kelishingizni hisoblash.


Muxbir-Raxmat sizlarga. Men bugungi darsdan juda mamnun bo’ldim va sizlarning ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.