СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Fizika6-sinf Atmosfera va uning bosimi. Magdeburg tajribasi. taqdimot (slayd)

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Fizika 6-sinf Atmosfera va uning bosimi. Magdeburg tajribasi. Kompetentlikka oid savollar bilan boyitilgan taqdimot.

Просмотр содержимого документа
«Fizika6-sinf Atmosfera va uning bosimi. Magdeburg tajribasi. taqdimot (slayd)»

« U Yerga tiriklik baxsh etadi »  Kamill  Flammarion « Atmosfera va uning bosimi » jsjdjddjdj Qo’shrabot tumani 2- umumiy o’rta ta’lim maktabi O’qituvchi: Duvlayev K.A.

« U Yerga tiriklik baxsh etadi »

Kamill Flammarion

« Atmosfera va uning bosimi »

jsjdjddjdj

Qo’shrabot tumani 2- umumiy o’rta ta’lim maktabi

O’qituvchi: Duvlayev K.A.

Atmosfera  va uning bosimi .  Maqsad :  Atmosfera bosimini paydo bo’lish sabablari, uning Yer yuzidagi hayvonot olami uchun ahamiyati . Bilim: Atmosfera bosimi borligi . Ko’nikma:  Yerda atmosfera borligi, atmosferaga bog’liq hodisalarni tushuntira olish .

Atmosfera va uning bosimi .

Maqsad : Atmosfera bosimini paydo bo’lish sabablari, uning Yer yuzidagi hayvonot olami uchun ahamiyati .

Bilim: Atmosfera bosimi borligi .

Ko’nikma: Yerda atmosfera borligi, atmosferaga bog’liq hodisalarni tushuntira olish .

Savollar 1. Bosim deb nimaga aytiladi ? Javob :  Birlik yuzaga to’g’ri keluvchi kuchga bosim deyiladi . 2. Gazlar qaysi xususiyatlari bilan qattiq jismlar va suyuqliklardan farq qiladi ? Javob:  gazlar xusuiy hajmga va shaklga ega emas. Ular o’zi solingan idishning shaklini va hajmini to’laligicha egallaydi . 3. Molekulalarning harakatiga asoslanib gazlarning bosimini qanday tushuntirsa bo’ladi ? Javob:  Gazlarning bosimi molekulalarning idish devoriga urilishlari tufayli paydo bo’ladi . 4. Nima uchun gazlar kengayganda uning bosimi kamayib, torayganda ortadi ? Javob:  Gazlar siqilganda birlik hajmdagi molekulalar soni ortadi va natijada bosim oshadi va aksincha, kengayganda birlik hajmdagi molekulalar soni kamayadi va bosim ham kamayadi. 5. Qanady kuchga og’irlik kuchi deyiladi ? Javob:  Jismlarinig Yerga tortilishi tufayli paydo bo’ladigan kuchga og’irlik kuchi deyiladi .

Savollar

1. Bosim deb nimaga aytiladi ?

Javob : Birlik yuzaga to’g’ri keluvchi kuchga bosim deyiladi .

2. Gazlar qaysi xususiyatlari bilan qattiq jismlar va suyuqliklardan farq qiladi ?

Javob: gazlar xusuiy hajmga va shaklga ega emas. Ular o’zi solingan idishning shaklini va hajmini to’laligicha egallaydi .

3. Molekulalarning harakatiga asoslanib gazlarning bosimini qanday tushuntirsa bo’ladi ?

Javob: Gazlarning bosimi molekulalarning idish devoriga urilishlari tufayli paydo bo’ladi .

4. Nima uchun gazlar kengayganda uning bosimi kamayib, torayganda ortadi ?

Javob: Gazlar siqilganda birlik hajmdagi molekulalar soni ortadi va natijada bosim oshadi va aksincha, kengayganda birlik hajmdagi molekulalar soni kamayadi va bosim ham kamayadi.

5. Qanady kuchga og’irlik kuchi deyiladi ?

Javob: Jismlarinig Yerga tortilishi tufayli paydo bo’ladigan kuchga og’irlik kuchi deyiladi .

Savollar 6. Qanday kuchga jismning og’irligi deyiladi ? Javob:  Yerning tortishi natijasida jismning osmaga yoki tayanchga ta’sir kuchi uning og’irligi deyiladi . 7. Suyuqlikning idish tubiga beradigan bisimi nimalarga bog’liq ? Javob:  Suyuqliknining idish tubiga beradigan bosimi uning zichligi va suyuqlik ustunining balandligiga bog’liq . 8. Qanday idishlar tutash idishlar deyiladi ? Javob:  Tublari o’zaro tutashtirilgan idishlar tutash idishlar deyiladi . 9. Tutash idishlarga solingan bir jinsli suyuqlikning sathlari qanday bo’ladi ? Javob:  Har qanday shakldagi titash idishlarga solingan bir jinsli suyuqlikning sathlari doimo teng bo’ladi . 10. Tutash idishlarga solingan ikki xil suyuqliklarning sathlari qanday bo’ladi ? Javob:  Tutash idishlarga solingan zichligi kattaroq suyuqlikning balandligi zichligi kichikroq suyuqlikning balandligidan kichik bo;ladi .

Savollar

6. Qanday kuchga jismning og’irligi deyiladi ?

Javob: Yerning tortishi natijasida jismning osmaga yoki tayanchga ta’sir kuchi uning og’irligi deyiladi .

7. Suyuqlikning idish tubiga beradigan bisimi nimalarga bog’liq ?

Javob: Suyuqliknining idish tubiga beradigan bosimi uning zichligi va suyuqlik ustunining balandligiga bog’liq .

8. Qanday idishlar tutash idishlar deyiladi ?

Javob: Tublari o’zaro tutashtirilgan idishlar tutash idishlar deyiladi .

9. Tutash idishlarga solingan bir jinsli suyuqlikning sathlari qanday bo’ladi ?

Javob: Har qanday shakldagi titash idishlarga solingan bir jinsli suyuqlikning sathlari doimo teng bo’ladi .

10. Tutash idishlarga solingan ikki xil suyuqliklarning sathlari qanday bo’ladi ?

Javob: Tutash idishlarga solingan zichligi kattaroq suyuqlikning balandligi zichligi kichikroq suyuqlikning balandligidan kichik bo;ladi .

Atmosfera Yerga tiriklik baxsh etadi. Okeanlar, dengizlar, daryolar, irmoqlar, o’rmonlar, o’simliklar, hayvonlar, odamlar hammasi Atmosferada yashaydi va uning borligi tufayligina tirikdir. Yer shari havo okeanida suzib yuradi, uning to’lqinlari tog’lar choqqilarini va adirliklarni siypalab turadi, biz esa bu okeanning tubida yashaymiz har tomonlama uning izmidamiz… U bizning o’tloqlarimizga yashillik bag’ishlaydi, eng nozik guldan tortib asrlar osha yashab kelayotgan Chinorlargacha unga talpinadi va undan bahra oladi . Kamill  Flammarion .

Atmosfera Yerga tiriklik baxsh etadi. Okeanlar, dengizlar, daryolar, irmoqlar, o’rmonlar, o’simliklar, hayvonlar, odamlar hammasi Atmosferada yashaydi va uning borligi tufayligina tirikdir. Yer shari havo okeanida suzib yuradi, uning to’lqinlari tog’lar choqqilarini va adirliklarni siypalab turadi, biz esa bu okeanning tubida yashaymiz har tomonlama uning izmidamiz… U bizning o’tloqlarimizga yashillik bag’ishlaydi, eng nozik guldan tortib asrlar osha yashab kelayotgan Chinorlargacha unga talpinadi va undan bahra oladi .

Kamill Flammarion .

Atmosfera qatlamlari  Beshinchi “qavat” - ekzosfera ( grekcha « ekzo »- tashqi ), atmosferaning tashqi qobig’i . Bu qatlamning balandligi 500-600 km . To’rtinchi “qavat” - termosfera ( grekcha « termo » – issiqlik ). Zarralar 1000-2000 0  C haroratda katta tezlikda harakat qiladi. Uchinchi “qavat” - mezosfera ( grekcha « mezo » - o’rta, oraliq ). Bu qatlam Yer yuzidan 55 - 80 km . Ikkinchi  “qavat” - stratosfera .  (grekcha « stratum » - qatlam , to’shama . )  Yer yuzidan 11 - 55 km . Birinchi “qavat” - troposfera .  (grekcha « tropos » - egrilanish, burilish) . Bu qatlam dengiz sathidan 11 km  balandlikkacha .

Atmosfera qatlamlari

  • Beshinchi “qavat” - ekzosfera ( grekcha « ekzo »- tashqi ), atmosferaning tashqi qobig’i . Bu qatlamning balandligi 500-600 km .
  • To’rtinchi “qavat” - termosfera ( grekcha « termo » – issiqlik ). Zarralar 1000-2000 0 C haroratda katta tezlikda harakat qiladi.
  • Uchinchi “qavat” - mezosfera ( grekcha « mezo » - o’rta, oraliq ). Bu qatlam Yer yuzidan 55 - 80 km .
  • Ikkinchi “qavat” - stratosfera . (grekcha « stratum » - qatlam , to’shama . ) Yer yuzidan 11 - 55 km .
  • Birinchi “qavat” - troposfera . (grekcha « tropos » - egrilanish, burilish) . Bu qatlam dengiz sathidan 11 km balandlikkacha .
Xonada nimani biz ko’rmaymiz ? Tajribalarda aniqlanishicha 0 0 С harorat va normal atmosfera bosimida 1 santimetr kub havoning massasi 1,29 kg . Bu havoning og’irligini hisoblasak :  Р= gm , Р=9,8 N / kg ∙ 1,29 kg =13 N . Yer sharini o’rab turuvchi havo qobig’ini atmosfera deb ataymiz. (Grekcha atmos – bug’ , havo  va sfera – shar ).

Xonada nimani biz ko’rmaymiz ?

  • Tajribalarda aniqlanishicha 0 0 С harorat va normal atmosfera bosimida 1 santimetr kub havoning massasi 1,29 kg . Bu havoning og’irligini hisoblasak :

Р= gm , Р=9,8 N / kg ∙ 1,29 kg =13 N .

  • Yer sharini o’rab turuvchi havo qobig’ini atmosfera deb ataymiz. (Grekcha atmos – bug’ , havo va sfera – shar ).
Atmosfera bosimining kashf qilinishi o’ziga xos ta’rixga ega.  Suv nasosi qadimdan odamlarga ma’lum bo’lgan . Qadimgi grek olimi  Aristotel va uning izdoshlari suvning truba bo’ylab porshen ortidan harakatlanishini “tabiat bo’shliqdan qo’rqadi” deb tushuntirishgan . Buning asl sababi atmosfera bosimi ekanligini ular bilishmagan.  XVII asrning birinchi yarmida Florensiyada (Italiya) so’ruvchi nasoslar o’rnatishgan. Bu nasosning tuzilishi xuddi meditsina shprisiga o’xshaydi. Porshen yuqoriga ko’tarilsa suv ham uning ortidan yuqoriga ko’tariladi.  Rasmga qarang.
  • Atmosfera bosimining kashf qilinishi o’ziga xos ta’rixga ega.
  • Suv nasosi qadimdan odamlarga ma’lum bo’lgan . Qadimgi grek olimi Aristotel va uning izdoshlari suvning truba bo’ylab porshen ortidan harakatlanishini “tabiat bo’shliqdan qo’rqadi” deb tushuntirishgan . Buning asl sababi atmosfera bosimi ekanligini ular bilishmagan.
  • XVII asrning birinchi yarmida Florensiyada (Italiya) so’ruvchi nasoslar o’rnatishgan. Bu nasosning tuzilishi xuddi meditsina shprisiga o’xshaydi. Porshen yuqoriga ko’tarilsa suv ham uning ortidan yuqoriga ko’tariladi. Rasmga qarang.
Magdeburg yarmsharlari . Atmosfera bosimini o’rganish borasida  Otto fon  Gerike  – Magdeburg shahri burgomistri (hokimi) . 1654 yil may oyida atmosfera bosimi borligini aniqlash maqsadida tajriba o’tkazgan . Tajribada  ikkita metall yarm shardan foydalanilgan  ( birida havoni so’rib olish uchuun naycha bo’lgan ). Ularni orasiga mum shimdirilgan teri xalga qo’yib bir biriga taqab , nasos yordamida ichidagi havoni so’rib olishgan. Har bir yarm sharga metall xalqalar biriktirilgan edi. Bu xalqalarga har tomondan 8tadan ot bog’lab ikki tomonga tortib ajratmoqchi bo’lishgan. Ammo buni uddalay olishmagan. Shar ichiga havo kiritilganda yarmsharlar o’z o’zidan ikkiga ajralib tushgan.  Yarm sharlarni qanday kuch bir biriga shunchalar mahkam biriktirib turgan edi? Atmosfera bosimi.

Magdeburg yarmsharlari .

  • Atmosfera bosimini o’rganish borasida Otto fon Gerike – Magdeburg shahri burgomistri (hokimi) . 1654 yil may oyida atmosfera bosimi borligini aniqlash maqsadida tajriba o’tkazgan .
  • Tajribada ikkita metall yarm shardan foydalanilgan ( birida havoni so’rib olish uchuun naycha bo’lgan ). Ularni orasiga mum shimdirilgan teri xalga qo’yib bir biriga taqab , nasos yordamida ichidagi havoni so’rib olishgan. Har bir yarm sharga metall xalqalar biriktirilgan edi.
  • Bu xalqalarga har tomondan 8tadan ot bog’lab ikki tomonga tortib ajratmoqchi bo’lishgan. Ammo buni uddalay olishmagan. Shar ichiga havo kiritilganda yarmsharlar o’z o’zidan ikkiga ajralib tushgan.
  • Yarm sharlarni qanday kuch bir biriga shunchalar mahkam biriktirib turgan edi?
  • Atmosfera bosimi.
Magdeburg yarmsharlari .

Magdeburg yarmsharlari .

Atmosfera bosimidan foydalanish Rasmda  turli suyuqliklardan namuna olishda foydalaniladigan liver deb nomlanuvchi asbob tasvirlangan.  Liver suyuqlikka tushirilib yuqoridagi naycha berkitilib suyuqlikdan sug’urib olinadi.  Yuqoridagi naychadan barmoq olinganda suyuqlik oqib tushadi.

Atmosfera bosimidan foydalanish

  • Rasmda turli suyuqliklardan namuna olishda foydalaniladigan liver deb nomlanuvchi asbob tasvirlangan.
  • Liver suyuqlikka tushirilib yuqoridagi naycha berkitilib suyuqlikdan sug’urib olinadi.
  • Yuqoridagi naychadan barmoq olinganda suyuqlik oqib tushadi.
Biz suvni qanday ichamiz ?   Biz suvli idishni og’zimizga tekkizib suvni ichimizga tortamiz. Suv nima sababdan ichimizga kiradi. Uni nima majbur qiladi? Bu quyidagicha ro’y beradi : suv ichishda biz o’pkamizga havoni og’zimizdagi so’rib havoni siyraklashtiramiz, atmosfera bosimi natijasida tashqi havo bosimi suvni og’zimizdagi havo siyraklashgan tomonga suvni haydaydi. Xulosa qilib aytganda biz suvni nafaqat og’zimiz balki o’pkamizdan foydalanib ichamiz.

Biz suvni qanday ichamiz ?

Biz suvli idishni og’zimizga tekkizib suvni ichimizga tortamiz. Suv nima sababdan ichimizga kiradi. Uni nima majbur qiladi?

Bu quyidagicha ro’y beradi : suv ichishda biz o’pkamizga havoni og’zimizdagi so’rib havoni siyraklashtiramiz, atmosfera bosimi natijasida tashqi havo bosimi suvni og’zimizdagi havo siyraklashgan tomonga suvni haydaydi.

Xulosa qilib aytganda biz suvni nafaqat og’zimiz balki o’pkamizdan foydalanib ichamiz.

Havo davolaydi .    Kuchli tumov bo’lganda vrach banka qo’yichni tavsiya qiladi . Banka ichida atirga botirilgan paxta yoqilsa , havo qiziydi va bir qismi bankadan chiqib ketadi, ichkarida havo siyraklashadi.  Shu vaqtda banka tezda to’ntarilgan holda tanaga qo’yiladi.  Atmosfera bosimi tanani bosib bir qismini banka ichiga kiritadi, shunda tananig shu qismiga qon oqishi tezlashadi va davolovchi ta’sir ko’rsatadi.

Havo davolaydi .

Kuchli tumov bo’lganda vrach banka qo’yichni tavsiya qiladi . Banka ichida atirga botirilgan paxta yoqilsa , havo qiziydi va bir qismi bankadan chiqib ketadi, ichkarida havo siyraklashadi.

Shu vaqtda banka tezda to’ntarilgan holda tanaga qo’yiladi. Atmosfera bosimi tanani bosib bir qismini banka ichiga kiritadi, shunda tananig shu qismiga qon oqishi tezlashadi va davolovchi ta’sir ko’rsatadi.

Suvli stakan .  Qushlarni avtomatik sug’orgich .   Stakanni yarmigacha suvga to’ldirib ustini qog’oz bilan yopid to’ntaramiz.  Suv to’kilmaydi qog’oz yopishib qoladi. Nimaga? Bunda og’irlik kuchi atmosfera bosimi bilan tenglashadi. Qushlarni avtomatik sug’orgich: suv to’la shisha idishni suvli tarelkachaga og’zi botib turadigan qilib to’ntarib qo’yiladi. Nima uchun suv shisha idisgdan to’kilib ketmaydi? Atmosfera bosimi suvni shishada ushlab turadi.

Suvli stakan . Qushlarni avtomatik sug’orgich .

  • Stakanni yarmigacha suvga to’ldirib ustini qog’oz bilan yopid to’ntaramiz. Suv to’kilmaydi qog’oz yopishib qoladi. Nimaga? Bunda og’irlik kuchi atmosfera bosimi bilan tenglashadi.
  • Qushlarni avtomatik sug’orgich: suv to’la shisha idishni suvli tarelkachaga og’zi botib turadigan qilib to’ntarib qo’yiladi. Nima uchun suv shisha idisgdan to’kilib ketmaydi? Atmosfera bosimi suvni shishada ushlab turadi.
Atmosfera bosimi jonli tabiatda . Pashsha , chivin va shu kabilarning oyoqlarida mitti so’rg’ichlar mavjud bo’lib ular shu so’rgichlarda havoni siyraklashtirish orqali atmosfera bosimi yordamida oynalarda ham bemalol yopishib turadilar. Yopishqoq baliqlar ost qismidagi cho’ntaksimon so’rgich qatllamlari yopdamida yopisha oladilar. Agar baliqni ajratish uchun tortisak , cho’ntaksimon so’rg’ichlar cho’ziladi va uning ichidagi havo yanada siyraklashib atmosfera bosimi baliqni yanada kuchliroq yopishtira boshlaydi..

Atmosfera bosimi jonli tabiatda .

  • Pashsha , chivin va shu kabilarning oyoqlarida mitti so’rg’ichlar mavjud bo’lib ular shu so’rgichlarda havoni siyraklashtirish orqali atmosfera bosimi yordamida oynalarda ham bemalol yopishib turadilar.
  • Yopishqoq baliqlar ost qismidagi cho’ntaksimon so’rgich qatllamlari yopdamida yopisha oladilar. Agar baliqni ajratish uchun tortisak , cho’ntaksimon so’rg’ichlar cho’ziladi va uning ichidagi havo yanada siyraklashib atmosfera bosimi baliqni yanada kuchliroq yopishtira boshlaydi..
Atmosfera bosimi jonli tabiatda . Fillar har safar suv ichganda atmosfera bosimidan foydalanadilar . Ularning bo’yni kaltaligi sabali suvgacha engasha olmaydilar, shuning uchun xartumini suvga tiqib havoni so’radilar. Atmosfera bosimi ta’sirida xartum suvga to’ladi. Fil xartumini og’ziga tiqib suvni to’kadi.  Botqoqning yutib ketishiga sabab, oyoqni ko’targaningizda oyoq ostida siyraklik hosil bo’ladi. Bunda katta odam oyog’i yuzasiga atmosferaning bosim kuchi 1000N gacha yetadi.  Ammo juft tuyoqli hayvonlar oyog’ini botqoqdan tortib olayotganida tuyoqlari orasidan havo oyoq ostiga o’tadi va siyraklik hosil bo’lmaydi. Oyoq ostidagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. Bunday holda oyoqni bemalol sug’urib olish mumkin bo’ladi.

Atmosfera bosimi jonli tabiatda .

  • Fillar har safar suv ichganda atmosfera bosimidan foydalanadilar . Ularning bo’yni kaltaligi sabali suvgacha engasha olmaydilar, shuning uchun xartumini suvga tiqib havoni so’radilar. Atmosfera bosimi ta’sirida xartum suvga to’ladi. Fil xartumini og’ziga tiqib suvni to’kadi.
  • Botqoqning yutib ketishiga sabab, oyoqni ko’targaningizda oyoq ostida siyraklik hosil bo’ladi. Bunda katta odam oyog’i yuzasiga atmosferaning bosim kuchi 1000N gacha yetadi. Ammo juft tuyoqli hayvonlar oyog’ini botqoqdan tortib olayotganida tuyoqlari orasidan havo oyoq ostiga o’tadi va siyraklik hosil bo’lmaydi. Oyoq ostidagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. Bunday holda oyoqni bemalol sug’urib olish mumkin bo’ladi.