СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Frederik Shopen ijodi.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Kopmozitor Frederik Shopen  hayoti va ijodi haqida ushbu taqdimotda bayon etilgan, shuningdek kompozitorning yaratgan asarlari, ularning tarixiy ahamiyati haqida ham bayon etilgan.

Просмотр содержимого документа
«Frederik Shopen ijodi.»

Frederik Shopen ijodi
  • Frederik Shopen ijodi

Frederik Shopen 1810-yil 1-martda Polsha poytaxti Varshavadan unchalik uzoq bo‘lmagan Jelyazova-Volyada dunyoga keladi. Shopenning oilasi graf Skarbekning imeniyesida yashashgan. Otasi bu xonadonda uy o‘qituvchisi vazifasida ishlagan. O‘g‘li tug‘ilganidan keyin butun oila poytaxtga ko‘chib o‘tadi. Kichkina Frederik musiqa qurshovida ulg‘ayadi. Frederik besh yoshgayoq katta opasi Ludvika rahbarligida o‘rgangan murakkab bo‘lmagan pyesalarni ijro etardi. Tez orada Voysex Jivniy unga ustozlik qila boshlaydi. Yetti yoshida Varshavada konsert berdi va katta olqishlarga sazovor bo`ldi. Boladagi ijrochilik qobiliyati shu darajada tez o‘sib boradiki, natijada Jivniy unga ustozlik qila olmasligini aytadi.

 U o‘n uch yoshida litseyga o‘qishga kiradi hamda uch yildan keyin uni muvaffaqiyatli tamomlaydi. Bolaligidan boshlab, Shopenda xalq musiqasiga muhabbat namoyon bo‘ladi. 1826-yilda Shopen Varshava konservato-riyasiga o‘qishga kiradi. 1826-1828-yillar mobaynida yaratilgan asarlari orasida Rondo, a-moll mazurkasidagi milliy ruh va koloritning yangiligi bilan ajralib turadi. 1829-1830-yillarda orkestr va fortepiano uchun ikkita konsert yozdi. 1829-yilda Shopen Varshavadan Venaga keladi. Uning konsertlari katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tadi.

U o‘n uch yoshida litseyga o‘qishga kiradi hamda uch yildan keyin uni muvaffaqiyatli tamomlaydi. Bolaligidan boshlab, Shopenda xalq musiqasiga muhabbat namoyon bo‘ladi. 1826-yilda Shopen Varshava konservato-riyasiga o‘qishga kiradi. 1826-1828-yillar mobaynida yaratilgan asarlari orasida Rondo, a-moll mazurkasidagi milliy ruh va koloritning yangiligi bilan ajralib turadi. 1829-1830-yillarda orkestr va fortepiano uchun ikkita konsert yozdi.

1829-yilda Shopen Varshavadan Venaga keladi. Uning konsertlari katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tadi.

U 1830-yil kuzida do‘sti Titus Voysexovskiy bilan birgalikda ikkinchi marta Venaga jo‘nab ketadi. Xayrlashuv oldidan do‘stlari unga polyak tuprog‘i to‘ldirilgan ko‘zachani sovg‘a qilishadi. Kuchli taraddudga qaramay, u mustaqil konsert berishni uddalay olmaydi, noshirlar esa uning asarlarini bepul bosib berishga rozi bo‘lishadi.  Kutilmaganda yurtidan tashvishli xabar keladi, rus samoderjaviyasiga qarshi polyak vatanparvarlari qo‘zg‘olon ko‘taradi, qo‘zg‘olon shafqatsiz  ravishda bostiriladi.

U 1830-yil kuzida do‘sti Titus Voysexovskiy bilan birgalikda ikkinchi marta Venaga jo‘nab ketadi. Xayrlashuv oldidan do‘stlari unga polyak tuprog‘i to‘ldirilgan ko‘zachani sovg‘a qilishadi. Kuchli taraddudga qaramay, u mustaqil konsert berishni uddalay olmaydi, noshirlar esa uning asarlarini bepul bosib berishga rozi bo‘lishadi. Kutilmaganda yurtidan tashvishli xabar keladi, rus samoderjaviyasiga qarshi polyak vatanparvarlari qo‘zg‘olon ko‘taradi, qo‘zg‘olon shafqatsiz

ravishda bostiriladi.

1831-yilning kuzida Shopen Parijga keladi. Vatanning fojiali taqdiri haqidagi fikrlar bilan bog‘liq holda u Parijda «Inqilobiy» deb nom olgan etyud yaratadi. Shopen Parijni dastlab pianinochi sifatida faoliyat ko`rsatadi va katta shuxrat qozonadi. Konsertlarda Shopen, asosan, o‘zi yozgan asarlarni: orkestr bilan birgalikda fortepiano uchun konsert, konsert rondolari, mazurkalar, etudlar, noktyurnlarni ijro etardi.

1831-yilning kuzida Shopen Parijga keladi. Vatanning fojiali taqdiri haqidagi fikrlar bilan bog‘liq holda u Parijda «Inqilobiy» deb nom olgan etyud yaratadi.

Shopen Parijni dastlab pianinochi sifatida faoliyat ko`rsatadi va katta shuxrat qozonadi. Konsertlarda

Shopen, asosan, o‘zi yozgan asarlarni: orkestr bilan birgalikda

fortepiano uchun konsert, konsert rondolari, mazurkalar, etudlar, noktyurnlarni ijro etardi.

Bu yerda ham Shopen asarlari bepul bosildi, Shuning uchun ham besh-olti soatlab musiqadan dars berishga majbur bo‘ladi. Ko‘p yillar mobaynida u o‘z hayotini Jorj Sand taxallusi bilan ijod qilgan mashhur fransuz adibasi Avrora Dudevan bilan bog‘ladi. 1838-yil kuzida Shopen Jorj Sand va uning bolalari bilan Mayorka oroliga sayohat qilishadi hamda uning asosiy shahri Palmada to‘xtashadi.  Mayorkada Shopen yigirma to‘rt preludiyadan iborat turkumni, F-dur ikkinchi balladasini, or.40 polonezlarini, cis-moll uchinchi skersosini yaratadi.

Bu yerda ham Shopen asarlari bepul bosildi, Shuning uchun ham besh-olti soatlab musiqadan dars berishga majbur bo‘ladi. Ko‘p yillar mobaynida u o‘z hayotini Jorj Sand taxallusi bilan ijod qilgan mashhur fransuz adibasi Avrora Dudevan bilan bog‘ladi. 1838-yil kuzida Shopen Jorj

Sand va uning bolalari bilan Mayorka oroliga sayohat qilishadi hamda uning asosiy shahri Palmada to‘xtashadi. Mayorkada Shopen yigirma to‘rt preludiyadan iborat turkumni, F-dur ikkinchi balladasini, or.40 polonezlarini, cis-moll uchinchi skersosini yaratadi.

XIX asrning 30 va 40-yillari Shopen ijodida eng samarali bo‘ldi. Bu davr mazmunan eng teran va ahamiyatli asarlar: ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi balladalar, b-moll va h-moll sonatalari, polonezlar, ikkinchi,uchinchi, to‘rtinchi skerso va boshqa ko‘pgina asarlar yaratilgan  davr bo‘ldi.  O‘z xalqining fikr va tuyg‘ularini, zamonning yuksak ideallarini  aks ettirar ekan, Shopen xalq san’atining ko‘p asrlik tajribasi  hamda klassiklarning realistik an’analariga tayanadi

Shopenning Parijdagi hayoti baxtli kechmagan bo‘lsa-da, uning ijod qilishi uchun qulay bo‘ldi. Do‘sti Yan Matushinskiy, undan keyin esa jon-u dildan yaxshi ko‘rgan otasi vafot etishadi. Jorj Sand bilan bo‘lgan bahs va ayriliqlar uni mutlaqo yakkalab qo‘yadi. Buning ustiga Shopenni bolaligidan qiynab kelgan o‘pka shamollashining xuruji kuchayadi. Oxirgi ikki yil davomida bastakor deyarli hech narsa yozmaydi. O‘zining og‘ir moddiy ahvolini tuzatish uchun u angliyalik do‘stlari taklifini qabul qilgan holda Londonga yo‘l oladi. Oxirgi kuchini to‘plab, kasal holida u yerda konsertlar uyushtiradi, darslar beradi. Hayajonli kutib olishlar dastlab uni xursand qiladi, unga tetiklik bag‘ishlaydi. Biroq Angliyaning nam iqlimi tezda o‘zining halokatli ta’sirini o‘tkaza boshlaydi. Shifokorlar maslahatiga ko‘ra u shoshilinch tarzda Parijga qaytadi. Uning iltimosiga ko‘ra, Polshadan katta opasi Ludvika keladi. Shopen  1849 yil 17 oktyabrda Parijda   opasining qo‘lida jon beradi.

Fortepiano uchun — Mazurkalar (80 ga yaqin). — Polonezlar (20 ga yaqin). — Noktyurnlar (20 ga yaqin). — Etudlar (hammasi 27 ta). — Ekspromtlar (hammasi 4 ta). — Valslar (hammasi 15 ta). — Preludiyalar (hammasi 25 ta). — 24 ta preludiyalar op. 28. — Preludiya cis-moll op. 45. — Skerso (hammasi 4 ta). — Balladalar (hammasi 4 ta). — Sonatalar (hammasi 3 ta). KONSERTLAR — Op. 21 f-moll. — Op. 11 e-moll. — Op. 14-rondo (1825). — Op. 13 Polsha mavzulariga katta fantaziya (1829—1830). — Op. 22 Katta mohirona polonez (1830—1843). — «Don Juan» operasi mavzusiga variatsiyalar» op. 2 (1827).

Fortepiano uchun

— Mazurkalar (80 ga yaqin).

— Polonezlar (20 ga yaqin).

— Noktyurnlar (20 ga yaqin).

— Etudlar (hammasi 27 ta).

— Ekspromtlar (hammasi 4 ta).

— Valslar (hammasi 15 ta).

— Preludiyalar (hammasi 25 ta).

— 24 ta preludiyalar op. 28.

— Preludiya cis-moll op. 45.

— Skerso (hammasi 4 ta).

— Balladalar (hammasi 4 ta).

— Sonatalar (hammasi 3 ta).

KONSERTLAR

— Op. 21 f-moll.

— Op. 11 e-moll.

— Op. 14-rondo (1825).

— Op. 13 Polsha mavzulariga katta fantaziya (1829—1830).

— Op. 22 Katta mohirona polonez (1830—1843).

— «Don Juan» operasi mavzusiga variatsiyalar» op. 2 (1827).

SHOPEN POLSHADA TUG`ILGAN UYI

SHOPEN POLSHADA TUG`ILGAN UYI

VARSHAVADAGI MUZEY

VARSHAVADAGI MUZEY