Mavzu: Informatika o’qitishning qiziqtiruvchi va interfaol usullari . Mustaqil ta’limni tashkil qilish mexaanizmlari va o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari.
Reja:
1. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
2. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
3. “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi.
4. “Bumerang” texnologiyasi.
5. Xulosa.
Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga bog’liq.
Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter – o’zaro”, “akt – ish ko’rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi.
Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi. Interfaol o’qitish tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
- guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib etishi;
- boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;
- o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim.
Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz:
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.
2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.
3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi.
4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
5. O`quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering.
6. O`quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat qiling.
7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing.
Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz:
“Aqliy xujum” metodi.
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. Mashg’ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi.
1. Mashg’ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir ta'lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g’oyalarning tuzilishiga olib keladi.
3. Har bir ta'lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g’oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g’oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg’ulotlar jarayonida ta'lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g’oya)lari baholanib, boriladigan bo’lsa, ta'lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
“Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi.
Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi).
Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma'lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi.
Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar.
“Bumerang” texnologiyasi.
Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan.[e4].
Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish.
Metodning qo‘llanishi: Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
• o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
• o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
• o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
• berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
• har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi;
• yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar;
• berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
• yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
• darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;
• savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi:
• har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi;
• guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
• guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
• guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
• darsni yakunlash, uyga vazifa berish.
Informatika darslarida ushbu metodni quyidagicha qo‘llash mumkin:
1.4.“Zinama-zina” texnologiyasi.
Ushbu metod o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu metod o‘quvchilar bilan yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil kilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzular soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
• o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul);
• o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga kog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;
• o‘qituvchi a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida kog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
• guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yokio‘quvchizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.
• tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;
o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Venn diagrammasi.
Venn diagramma-grafik ko’rinishda bo’lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (ko’rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish va o’rganishda qo’llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo’ladi.
Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich. O’quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to’ldiradilar, har bir doiraga ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o’tiladi.
2-bosqich. O’quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib, diagrammalarni taqqoslaymiz va to’ldiramiz.
3-bosqich. Kichik guruh o’quvchilariga bu tushunchalarning (predmet, ko’rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz.
4-bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o’ziga xos tomonlarini o’qiydi. Boshqalar zarurat bo’lganda uni javobini to’ldiradilar.
5-bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy) xususiyatlarni o’qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo’lganda bu javoblarni to’ldiradilar.
“T-sxema” metodi. T- sxema metodida bahs davomida javoblarni (haG`yo’q, tarafdorG`qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo’lib xizmat qiladi.
Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so’ng, quyidagi ko’rinishdagi T- sxemani tuzish kerak:
Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh minut davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan bo’lsa, shuncha kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh minutda o’quvchilar sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida o’quvchilar o’zlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar.
“Klaster” metodi.
Klasterlarga ajratish – o’quvchilarga biror mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir.
Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klasterlarga ajratish metodini qo’llash quyidagicha amalga oshiriladi:
- tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so’z yoziladi;
- o’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq xayollariga kelgan so’z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar;
- so’zlarni yozish jarayoni o’qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so’z va qoidalar tugaguncha davom etadi.
Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
4. G`oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, informatika fanlarini o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradi va informatika fanlarini o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Interfaol metodlarni o’quvchilarni guruhlarga bo’lib o’qitishda ham qo’llash orqali ularning o’quv – biluv faoliyatini yuksaltirish va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekan. Bu metodlarni informatika darslarida qo’llash uchun esa fanning o’qitish hususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Ya’ni har qanday informatika o’qituvchisi o’z mutahassisligi bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lganidan so’ng, shu fanni o’qitish hususiyatlarini – kursni o’qitishning dolzarbligini, fanning o’qitilish sabablarini, o’qitish uslubiyotini va usullarini, o’qitish texnologiyasini, darslarda ma’ruza, seminar, amaliyot mashg’ulotlarini qanday tashkil etish kabi malakalarni yaxshi egallagan bo’lishi lozim.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jaraeniga tadbiq kilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…».
Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari quydagilardan iborat:
Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;
Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;
bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish;
bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha
yaratilgan kurslarni o’rganish.
0‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar mustaqil ishlarining tutgan o‘rni. Mustaqil ta’Iimga alohida diqqat qaratilishi
Resurslarning cheklanganligi bizni har bir qadamimizda tanlov zaruriyatini qo'yadi u o‘z navbatida turli variantlar orasidan eng maqbulini tanlay olish uchun bilim, mahorat talab qiladi. Ikkinchi- dan, bozor iqtisodiyotiga noaniqlik yoidosh. Har bir tanlov risk bilan bog‘liq. Uchinchidan, hozirgi paytda axborot oqimi nihoyatda katta. Texnika, texnologiyadagi yangiliklarni anglab ulgurib bo'lmaydi. Bularning hammasi yoshlarimizni har jihatdan barka- mol bo'lishlari uchun o‘z ustilarida mustaqil ravishda tinmay ishlash va izlanish ko‘nikmasini hosi! qilishni talab qiladi.
0‘quvchi-talaba mustaqil ishlash ko'nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib yetisha olmaydi, chunki, talabaning o‘qish yillari davomida olgan bilimlarining ko‘p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko'pgina bilimlar esa unutiladi. Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo‘lgan hozirgi davrda mustaqil o‘qishga, o‘z ustida tinmay ishlash, izla- nishga o‘rganish har bir mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Taniqli olim G. Spenser tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoniga katta o'rin berilmog‘i lozimligini ta’kidlab, insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etganini ko'rsatgan. Ma’lumki, o'qitishning asosiy shakllari — ma’ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi sinf, auditoriyada o'tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi da- rajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko'ra awaldan rejalashtiri- ladi, o‘quv soatlari ajratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti auditori- yadan tashqarida o‘tkazilsa-da, unga ham awaldan soatlar belgila- nadi. Hozirgi taraqqiyot darajasi, uning nihoyatda tezlashuvi nati- jasida belgilangan soatlar mobaynida qo‘yilgan maqsadga yetish, barcha axborotni o‘quvchi-talabalar ongiga etkazish tobora qi- yinlashib boradi. Bu muammoni yechishning asosiy yo'li yoshlarimizni o‘z ustilarida mustaqil ishlashga o'rgatishdir.
Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish o'quvchi-talabalar dunyoqarashini shakllantirishda o'quvchi-talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashi alohida muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham hozirgi kunda respublikamiz ta’lim tizimida o‘quvchi-talabalarning mustaqil ta’limiga alohida diqqat qaratilmoqda.
0‘quvchi-talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish Oliy va o'rta ta’lim vazirligining maxsus buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi: Talaba mustaqil ishi 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli buyrugM bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risidagi Nizom»ga asosan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida esa 0‘MKHT markazining 2005-yil 17-avgustdagi 192-sonli buyrug‘iga muvofiq jshlab chiqilgan «0‘quvchining mustaqil ishini tashkil etish», to‘g‘risida muvaqqat Nizom asosida tashkil etiladi.
U Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash qo- biliyatlarini, ijodiy va ijtimoiy faollikka, kasbga bo‘lgan qiziqish- larini shakllantirishda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida* qonun qabul qilishdan maqsad, raqobatbardosh mutaxassis va talabga javob beradigan, yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlashdir. Bu maqsadni amalga oshirishda o'quvchi-talabalarni o'quv-tarbiyaviy, ilmiy faoliyati, must; qii ishlash vaqt budjeti, tadqiqot obyekti alohida ahamiyatga ega.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda ba- jarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi: yangi bilimlami mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish; kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
1.axborot manbalaridan samarali foydalanish;
2.an’anaviy o'quv va ilmiy'adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
3.elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
4.internet tarmog'idan samarali foydalanish;
5.berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;
6.ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
7.topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
8.natijalami muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchilik- larni qayta ishlash;
9.ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutax- assislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
§. Mustaqil ishni tashkil qilishning xususiyatlari va tamoyillari
Talabalaming mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo'lib, ulami bir qismi o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan. Uni har bir o‘quvchi-talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya’ni talabalar o‘z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin. Mustaqil ishlarini tashkil etish o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi: Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyati, uni o‘quvchi-taIabaning o‘zi tashkil qiladi. Muvafaqqiyatga erishish uchun uning o‘zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo'rqmay o‘z ustida ishlashi kerak. Buni esa o‘quvchi-talabaning o‘zi rejalashti- radi va amalga oshiradi. Mustaqil ishlash jarayonida bilimlami egallash bilan birga, ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi. Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo'lishini ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak:
1.mustaqil ish - o'qishning, aqliy mehnatning alohida turi;
2. axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengayadi.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalami, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash o‘qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas'uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qitish emas, balki ularni mustaqil o‘qishga o‘rgatishdir. Demak, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mustaqil ta’Hm olish malakasini shakllantirishda, muhim omil hisoblanadi. 0‘quvchi-talabalar mustaqil ishlash vaqtini ham mustaqil ravishda o‘zlari belgilaydi. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasi- dagi muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlari- ning tarkibiy qismi bo'lib, u dars jarayonini tashkil etishdan katta farq qiladi, ya'ni uni bajarish vaqtini o‘quvchi-talabaning o'zi imkoniyatidan kelib chiqib belgilaydi. Mustaqil ishlash vaqtdan to‘g‘ri foydalanishni, uni tejash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Har bir o'quvchi-talaba individual tarzda vaqtini fanlar bo‘yicha tabaqalashtirgan holda rejalashtirishi kerak. Undan kelib chiqib, talaba o‘z haftalik rejasini kunlar bo‘yicha tuzadi. Mustaqil ishlarni rejalashtirish yuzaki qaraganda o‘quvchi-talabaga hech narsa bermayotganday, hech qanaqa yordami yo‘qday tuyuladi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, a’lochilar o‘z vaqtlarini aniq re- jalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar. 0‘zIashtirish bo‘yicha fakultet muvaffaqiyatini ham talabalar- ning o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, uni bajarishi bilan bog‘lash mumkin.
Shuning uchun uni rejalashtirish, vaqtini ratsional taqsim- lashda o‘quvchi-talabaga yordam lozim. Mustaqil ishni bajarish uchun o‘quvchi-ta!aba o‘zini-o‘zi majbur qilishi kerak. Bunda ham subyektiv omil asosiy o‘rinda turadi. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etishda o‘qishni boshqa shakllariga o'xshab, umumiy prinsiplar mavjud. Mustaqil ishni shu prinsiplar asosida tashkil qilish kerak. Mustaqil ishni tashkil etishda oddiy elementar prinsiplami o'zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega va ana shu murakkab jarayonni to‘laligicha qamrab oladi. Har bir talaba mustaqil ishni tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Unga qanday maqsad qo'yiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalanilishini aniq ko‘i oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas. 0‘quvchi-talabalaming mustaqil ishini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari uni tashkil etishning tamoyillari bilan uZviy bog'liq bo‘lib, ular quyidagilar: Mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning muntazamligidir, ya’ni doimiy, uzluksiz ravishda amalga oshirishdir. Ma’lumki, o‘quv jarayonini tashkil etishda qat’iy ketma-ketlik, uzviylikni muntazam olib borish talab qilinadi. Talaba auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash, shu bilan birga - navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirish uchun har kuni mustaqil ravishda tayyorgarlik ko'rishi kerak. Bugungi o'tiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va o'zlashtirishi uchun o‘tilganlarni o‘z qobiliyati va olgan bilimi darajasini yanada chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi, o‘rganishi zarur. Chunki ma’ruzada talabaga yo'llanma beriladi. Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollami muhokama qilib bo‘lmaydi. Uning iloji yo‘q, ma’ruzada o‘tilgan, muhokama qilingan masalalami psixologlaming tadqiqoti natijalariga ko‘ra, atigi 5 foizi talabalar yodida qolar ekan. 0‘zi o‘qib o‘rgangani, o'rganganlarini boshqalaiga o‘rgatishi esa bir necha baravar ko'p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, tala- baning o'zini mustaqil tayyorlanib o‘qishi fanni o‘rganishda, uni asosiy mazmunini tushunish va o‘zlashtirishida, tahlil qilishi, o‘z fikrini ifodalashida muhim rol o‘ynaydi. Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha davom etishi mumkin emasligi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 17—25 yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, awalgiday ishlay olmaydi. Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda sinf, auditoriyada o'tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo'ladigan bo'Isa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘proq, agarda ko‘p,bo‘lsa, kamroq tarzda rejalashtirish kerak. Oliy o‘quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22—24 soat atrofida bo'ladi. 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassa- salarida o'quvchilarning haftalik mustaqil ishlarining umumiy hajmi 16 soatni tashkil etadi. Albatta, bu vaqt o'quvchi-talabani normal tarzda diqqat- e’tibor, g'ayrat qilib ishJashini mo'ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda sobir talaba o'zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, predmetni o'rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchin- chisi esa, umuman dars tayyorlagisi kelmaydi. Bunga qator obyek- tiv va subyektiv sabablarni keltirish mumkin. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega ekanligi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa, semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda, bajar- magan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda, talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa o‘quvchi-talabaning o‘ziga ham bog‘liq. Masalan doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tay- yorlanishga har haftada ma’lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.
Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari
Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Dars o‘tilgandan so'ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini bajarishda darslik, o‘quv qo'llanmalari bilan ishlash, konspekt tayyorlash. Tipik topshiriqlami yechish. Bunda talaba awalgi bilimlarini xotirasida qayta tiklaydi va qisman qayta o'zgartirib, aniq top- shiriqlarda qo'llaydi. Masalan:
1.masala, mashq yechish;
2.0‘rganilgan bilimlami tipik boMmagan sharoitda qo‘llash. ’ Talaba o'rgangan bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoit- larda ma’lum umumiylik bo‘lishi mumkin.
3.Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o‘rganilayotgan sohaning mohiyatiga tushunadi, uning yangi munosabat, bogianishlarini aniqlaydi, g'oyalar va tushunchalami yangi shar- oitga bog'laydi.
4.Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko‘- nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o'rgatilmasa, u ma’lum mavzuga oid materiallarni turli man- balardan ko‘chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi ham la o‘zi mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.
Mustaqil ishlarni individual - didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ham 4 guruhga ajratish mumkin:
Bilimlami dastlabki shakllanishiga, idrok qilishga undaydi- gan vazifalar. Bunda o'quvchi-talabalar maqsadga erishishi uchun nima talab qilinishini bilishi lozim. Vazifalar — axborotlarni, ma’lumotlarni o‘zlashtirishga qaratilgan boMadi. O'zlashtirishga axborot, ma’lumotlarni xotirada saqlash va qayta jonlantirish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar. Bunda, awal egallangan bilimlami faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tatbiq etish talab qilinadigan vazifalar. Avval o‘zlashtirilgan, qolipga tushgan, tajriba to‘planishi natijasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalarga yangicha nuqtayi nazar- dan yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar. Ularda masalaning mohiyatini izlash, yangicha yechimlar topish, yangicha g‘oya, fikrlar bilan ifodalashni talab etiladigan vazifalar. Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar. Bunda, yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsa-da, ungacha bosh- qacha nuqtayi nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya’ni axborotlar to'plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi. Mustaqil ishlarning ajralmas qismi bu mustaqil tahsildir. 0‘quvchi, talabalaming mustaqil tahsili ularni o‘z bilimlarini ken- gaytirish, chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalami tako- millashtirish hamda ularning yangilarini o'zlashtirishga bo‘lgan intilishidir.
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalarni shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirishda o‘z ustida ishlash ustunligidir. Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ish- lashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng zarur axborotni topish unga baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs) ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. I.A. Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" - Toshkent, Ma'naviyat 2008 - 61 bet..
2. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Amalga islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyat qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. Toshkent – “O‘zbekiston” - 2013
3. “Aхborot tехnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”. “Qishloq hayoti ” gazеtasi 03.06.05 y.
4. Farberman. B.L . “Ilg’orpedagogiktexnologiyalar”. T: 2001 y.
5. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo. Ucheb.posobie.- Toshkent. TDPU 2003. - 192 s. http://www.aci.uz/uz/news/uzaaa/article/110/.
6. Informatika o’qituvchisi Xaytullayeva Nafisa Sahobiddinova blogi.
7. O`quv jarayonida ilg`or pеdagogik va aхborot tехnologi yalarini qo`llash yo`llari. Uslubiy qo`llanma. Akadеmik S.S.G`ulomov umumiy rahbarligi ostida. − T.; TDIU 2005. 90 b,105 b.
8. Ismatilla Isoqov, Sindorqul Ibragimovich Qulmamatov. “Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar”. Ma’ruza matnlari.
9. Ta'lim jarayonidagi noan'anaviy shakllari (Metodik qo’llanmalar. Tuzuvchilar: Tolipova J. G’ofurov A.T.) T, 1994 yil., 28-bet.
10. Mamarajabov Mirsalim. Interfaol ta’lim metodlari asosida informatika darslarini loyihalash va rejalashtirish amaliyoti.Informatika va uni o‘qitish metodikasi dotsenti.TDPU.
11. Saidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo’llash namunalari.-Toshkent : RTM 2000 yil.
12. Muradova N.K., Majidov R.R., Хayitmatov U.T., Maхmudova B.A. Kasbiy ta`lim uslubiyoti: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2006. - 360b.
13. Novosardova S.A., Gaynutdinova F.Х., Otajonov U.A. Mеtodika prеpodavaniyakursa “Informatika”: Uchеbnoе posobi е. − T.: TGEU, 2003.
14. Farbеrman V.L., Musina R.G., Jumaboеva F.A. Oliy o`quv yurtlarida o`qiti-shning zamonaviy usullari . − T., 2002. 118-157 b.