СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ish reja boshlang`ich sinflarga

Нажмите, чтобы узнать подробности

ish reja boshlang`ich sinflarga

Просмотр содержимого документа
«Ish reja boshlang`ich sinflarga»

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining

2024-yil “23”- avgustdagi 273-son buyrugʻiga

4-ILOVA



Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlang‘ich sinflarda 2024-2025-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar

NAMUNAVIY REJASI (1-4-sinflar)




Tadbir nomi

Sinflar kesimida

Tadbir mazmuni

Sentabr –Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini madh etish oyligi


1-hafta



1.

Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” haftaligi


1-4

Mustaqillik darslarida Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, bunyodkorlik ishlari va ulkan islohotlar toʻgʻrisida tushunchalar berish.

Maktab ichki tartib va odob-ahloq qoidalari bilan tanishtirish.


2 hafta




2.

Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” haftaligi


1-4


Davlat ramzlari bilan tanishtirish (videoroliklar namoyishi).

3-hafta


3.

Teatr- bu ibratxonadir” haftaligi

1-4

Milliy ertak qahramonlarini sahnalashtirish (ertak qahramonlari obrazlarini yaratish).

4-hafta


4.

Jadidlar izidan” haftaligi

1-4

Maʼrifatparvar jadidlar (Maxmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, va b.q.) faoliyati bilan tanishtirish.



5.



Topshiriqlar asosida



1-11

“Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazish (PQ-92 20.01.2022- yil.).Sinf va maktab sardorlari saylovini tashkil etish (PF-6155, 03.02.2021-y.) (vazirlik tomonidan nizom taqdim etiladi).

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini oʻtkazish.


Oktabr Ustoz va murabbiylarni ulugʻlash oyligi


1-hafta


6.

Ustozga ehtirom!” haftaligi

1-4

Maktab va mahalla hamkorligida “Ustozim — oftobim” mavzusida madaniy tadbir tashkil etish.


2-hafta


7.

Qatagʻon qurbonlarini yod etish” haftaligi

1-4

“Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya — Yangi Oʻzbekiston poydevori” shiori ostida xotira va qadrlash mavzusida tadbirlar tashkil etish (PQ-270, 19.07.2024-yil).

3-hafta




8.

Adabiy-maʼrifiy va sport” haftaligi

1-4

Gimnastika boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqalarini tashkil

etish (PQ-449, 23.12.2022-yil).

4-hafta




9.

Tilga eʼtibor – elga eʼtibor” haftaligi

1-4

“Ona tilim – jonu dilim” mavzusida sheʼrxonlik kechasi tashkil qilish.

Noyabr “Bagʻrikenglik”oyligi

1-hafta


11.

Doʻstlik va muruvvat” haftaligi

1-4

“Mehrjon” bayramini oʻtkazish.

2-hafta


12.

Tolerantlik” haftaligi

1-4

Mehr-oqibat, muruvvat haqidagi filmlar namoyishini tashkil

etish (namunaviy ro‘yxat taqdim etiladi).

3-hafta


13.

Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” haftaligi

1-4

“Bayrogʻimiz-gʻururimiz” mavzusida rasmlar tanlovini

oʻtkazish.

4-hafta



14.

Biz zoʻravonlikka qarshimiz” haftaligi

1-4

“Bulling-nima?” mavzusida suhbatlar oʻtkazish.

Dekabr “Huquqiy madaniyatni oshirish” oyligi

1-hafta


15.

Konstitutsiya” haftaligi

1-4

“Konstitutsiya olamiga sayohat” tadbirini tashkil etish.

2-hafta



16.

Madhiyam-faxrim” haftaligi

1-4

10-dekabr Davlat madhiyasi qabul kilingan kun munosabati bilan “Madhiyamni kuylayman” tanlovini oʻtkazish.

3-hafta


17.

Jaholatga qarshi maʼrifat” haftaligi


1-4


“Jaholat va maʼrifat – nima?” mavzusida suhbatlar tashkil etish.

4-hafta



18.

Yangi yilga tayyorgarlik” haftaligi

1-4

Yangi yil bayrami tadbirlarini oʻtkazish (vazirlik tomonidan tavsiyalar taqdim etiladi).


Yanvar Vatanparvarlik oyligi


1-hafta



19.


Qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazish haftaligi



1-4

Oʻquvchilar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan turli yoʻnalishlardagi toʻgaraklar hamda sport seksiyalari faoliyatini sifatli tashkil etish.

“Yangi yilda – Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat” tadbirini uyushtirish (PQ-232, 30.04.2022-yil).

2-hafta


20.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash haftaligi

1-4

“Bizning armiya” mavzusida maket va rasmlar tanlovini oʻtkazish.

3-hafta


21.

Mening armiyam mening faxrim” haftaligi

1-4

“Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni!” mavzusida zaxiradagi zobitlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, poligon va harbiy qismlarga ekskursiyalar uyushtirish.

4-hafta



22.

Yoshlar turizmi” haftaligi

1-4

Hududdagi diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar uyushtirish


Fevral Buyuk allomalar oyligi

1-hafta


23.


Adabiyot” haftaligi

1-4

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bagʻishlangan gʻazalxonlik, baxru-bayt adabiy- badiiy kechalar tashkil etish.

2-hafta



24.

Uchinchi Renessans– yoshlar nigohida” haftaligi

1-4

“Renessans – nima?” mavzusida suhbatlar oʻtkazish.

3-hafta


25.

Turon” maktab teatri haftaligi

1-4

Sinflar oʻrtasida teatr tanlovining saralash bosqichini oʻtkazish, ota-onalar uchun teatr tomoshalari tashkil etish.

4-hafta


26.

Muzeylar tarix koʻzgusi” haftaligi

1-4

Muzeylarda ochiq darslar tashkil etish, tarix va geografiya mavzulari boʻyicha suhbatlar oʻtkazish (haftaning seshanba, juma kunlari).


Mart Milliy qadriyatlar oyligi

1-hafta



27.

Yosharish va yangilanish” haftaligi

1-4

Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya (Zulfiya Isroilova) tavalludi hamda 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

2-hafta




28.


Kasbim – faxrim” haftaligi

1-4

Kasblar bayramini nishonlash ( PQ-53-son, 02.02.2024-yil).


“Men tanlagan kasb!” boʻyicha taqdimot oʻtkazish. Bunda oʻquvchi oʻzi tanlagan kasb boʻyicha taqdimotni sinfdoshlari oldida himoya qiladi.


3-hafta




29.

21-mart – “Navroʻz” umumxalq bayrami haftaligi

1-4

“Xush kelibsan, Navroʻzim” mavzusida turkum maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

4-hafta




30.


Bahorgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish haftaligi

1-4

Oʻquvchilar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan turli yoʻnalishlardagi toʻgaraklar hamda sport seksiyalari faoliyatini sifatli tashkil etish.


“Doʻstlik poyezdi”da ishtirok etish uchun taqdimotlar tashkil etish.

Aprel “Buyuk ajdodlar merosini oʻrganish oyligi”

1-hafta


31.

Kitobxonlik – baxtli hayot omili” haftaligi

1-4

“Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyasini uyushtirish.

“Kitobim oftobim!” kitob taqdimotlarini tashkil etish.

2-hafta



32.


Amir Temur” haftaligi

1-4

“Buyuk sarkarda-hayotiga chizgilar” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

3-hafta



33.

Milliy urf-odatlar” haftaligi

1-4

“Belda belbogʻim – boshimda doʻppim”, “Libos-inson ziynati”, “Xon atlas sehri” kabi mavzularda chellenj va fleshmoblar oʻtkazish.

4-hafta



34.

Sanʼat va hunarmandchilik” haftaligi

1-4

Milliy hunarmandchilik sirlari toʻgʻrisida tushunchalar

berish.

35.

Topshiriqlar asosida

4-11

“Yil sardori” koʻrik-tanlovini oʻtkazish (PF-6155, 03.02.2021-yil).


May Xotira va qadrlash oyligi


1-hafta


36.

Xotira va qadrlash kuni” haftaligi

1-4

Faxriylar xonadonlariga tashriflar uyushtirish.

2-hafta


37.

Qahramonlik, burch va fidoiylik” haftaligi

1-4

Madaniyat maskanlari va muzeylarga ekskursiyalar

uyushtirish.



3-hafta

38.

Xalqaro oila kuni”ni nishonlash haftaligi

1-4

“Mening otam - mening qahramonim” mavzusida suhbatlar oʻtkazish.

4-hafta


39.

Oʻquv yilini muvaffaqiyatli tugatish” haftaligi

1-4

Oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazish.

Yakuniy attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish.