СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ishqoriy metallar

Категория: Химия

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Ishqoriy metallar»

Tasdiqlayman

Chilonzor tumani

202-maktab rahbari

______ S.B.Shodiyeva




Toshkent shahar Chilonzor tuman

202-maktab kimyo fani o’qituvchisi

Saparniyazova Mashxuraning

Ishqoriy metallar.Natriy va kaliyning birikmalari,

biologik ahamiyati, ishlatilishi”

mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi

Metod birlashma raisi: M.Suyunova

O’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: X.Musurmonova


2021-2022 o’quv yili

Sana:______________

Mavzu : Ishqoriy metallar.Ularning birikmalari, biologik ahamiyati, ishlatilishi

Darsni maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib, ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish;

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarda kimyoviy madaniyatni, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularda sinfda, guruhlarda ishlashda bir-biriga ko’mak berish, boshqalar fikrini eshitish, hurmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish;

3.Rivojlantiruvchi maqsad:Ilmni texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Dars tipi: Yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi.

Dars uslubi:Kichik guruhlarda ishlash, yakka tartibda ishlash.

Dars usuli:Interfaol metodlar (“Topqirlik mashqi”, “Xotira mashqi” , “Muammoli vaziyat”metodi, “Mantiqiy fikrlash” metodi , “Pisa topshiriqlari namunasi”, “Juftliklarda ishlash” ).

Darsning jihozlari:AKT,kimyoviy moddalardan namunalar ( Oksidlar, ishqoriy metall tuzlari ), kimyoviy jihozlar , tarqatma materiallar

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi :

I. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashishiladi. Shior aytiladi:

O’qib organ kimyoni, Sirin ochar dunyoni”

O’quvchilar davomatini aniqlash, o’quv qurollari, darsga tayyorgarlik ko’rish, ma’naviy va ekologik daqiqa.

Dars shiori: “Bilganim daryo, bilmaganim dengiz”

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi:

I-Guruh

Kimyoviy elementlar

Tizimin kim yaratgan

Kimyodan boshqa yana

Nimada dong taratgan? Mendeleyev

II-Guruh:

Massalarning saqlanish

Qonunini kim ochgan

Qonunni aytib bering

Sizda but bo’lsa ilm? Lomonosov

III-Guruh:

Alkolloidshunoslar

M aktabin kim yaratgan?

Necha ming o’simlikni

O’rgangandir bu olim? Yunusov

II. O’tilgan mavzuni so’rash

’’Xotira mashqi’’

O’quvchilar o’zlari yoqtirgan raqamdagi metallarni zanjirni uzmasdan aytishadi. ’’Topqirlik mashqi’’

1.Eng yengil metall ? (Litiy)

2.Eng og’ir metall ? (Osmiy)

3.Silikat sanoati qanday turlarga bo’linadi ? (shisha, sement, keramika)

4. Metallar korroziyasi nima? (Yemirilish, zanglash)

5.Davriy sistemada nechta guruh bor ? (8 ta)

6.Qaysi metall suyuq ? (Simob)

7.Metallarni olish usullari? (pirometallurgiya, gidrometallurgiya, elektrometallurgiya)

8.Davriy jadvalni kim yaratdi ? (Mendeleev)

9.Eliktroliz qonunlarini o’rgangan olim ? (Faradey)

III. Yangi mavzuni bayoni: (AKT asosida)

Ishqoriy metallar davriy jadvalning 1-guruhida joylashgan bo’lib,

Li, Na. K, Rb, Cs, Fr elementlarini o’z ichiga oladi



Atom yadrolarining zaryadi ortib borishi bilan ularda elektron qobiqlar soni va atom radiusi ortib boradi, tashqi elektronlarning yadroga tortilish kuchi va ionlanish energiyasi kamayib boradi, metallarning faolligi kuchayadi. Fransiy tabiatda uchramaydigan sun’iy radioaktiv element.



Biologik ahamiyati: Li- stimulyatorlik xossasiga ega metal, va unda teratogen (Homilaning rivojlanishida mayib- majruhlik yoki turli xil anomal holatlarni keltirib chiqaruvchi) , antidepressantlik xususiyatlari xam bor. Har kungi ovqat tarkibida 0,1-2 mg bo’lishi kerak.Zaharli dozasi 92-200 mg,

Na- Har kungi ovqat tarkibida 5 gr bo’lishi kerak, zaharli emas, 70 kg inson tanasida o’rtacha 70 gr miqdorida bo’ladi.

K- har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 gr bo’lishi kerak. Zaharli dozasi 6 gr. 70 kg inson tanasida 250 gr miqdorda bo’ladi.

Rb- stimulyator xossaga ega,har kungi ovqat tarkibida 1,5-6 mg bo’lishi kerak.Zaharliligi kam. 70 kg inson tanasida 680 mg miqdorida bo’ladi.

Cs- har kungi ovqat tarkibida 0,004-0,03 mg bo’lishi kerak. Zaharli emas


IV.Mavzuni mustahkamlash.

’’Mantiqiy fikrlash ’’ mashqi:

Bechora А ga uyida juda noqulay:

Y uqoridagi qo’shnisi B uyingni yoqaman deb qo’rqizsa O’ng tomondagi qo’shnisi C zaharlayman deb qo’rqitadi. Chap tomondagi qo’shnisi D esa og’ir-bosiq bo’lib, onda-sonda janjal ko’taradi. Lekin bunday paytda undan har narsa kutsa bo’ladi, yoki uyga o’t qo’yadi, yoki zaharlaydi (chunki gugurt tarkibida bor).

Lekin u tinchisa o’zidan och yashil nur taratib hammani xursand qiladi.

А va uning qo’shnilari kim?


Inson tanasida Na va K ning % miqdorini bilgan holda tananggizdagi Na va K miqdorini hisoblab toping. miqdorini hisoblab toping.



PISA topshiriqlari” KISLOTALI YOMG‘IRLAR

Quyida keltirilgan rasmda 2500 yil avval Afinadagi Akropolda barpo etilib, Kariatidalar deb nomlangan haykallar tasvirlangan. Bu haykallar marmar degan tog‘ jinsidan yasalgan. Marmar tarkibiga kalsiy karbonat kiradi.1980 yilda asl haykallar Akropol muzeyiga ko‘chirilib , ularning nusxalari bilan almashtirildi. Asl haykallar kislotali yomg‘irlar ta’sirida yemirilgan edi


Savol:Oddiy yomg‘ir biroz kislotalidir, chunki u havodan kam miqdorda karbonat angidridni yutib oladi. Oddiy yomg‘irga nisbatan kislotali yomg‘irlarning kislotaliligi yuqori, chunki u karbonat angidriddan tashqari oltingugurt oksidi va azot oksidlarini ham yutadi.Havoga oltingugurt oksidi va azot oksidlari qayerdan keladi?

BILIB QO`YGAN YAXSHI. Zang dog`ini tozalash.

Birinchi usul. Dog` ustini limon shirasi bilan ho`llab ustiga yupqaroq qatlam qilib osh tuzi sepiladi va 20 soatcha qoldiriladi. So`ngra suv bilan yuviladi.

Kofe, kakao, shokolad va choy dog`ini tozalash.

Dog` bo`lgan joyni 2 hajm suv bilan bir hajm novshadil spirt aralashmasida ho`llangan latta bilan artiladi. Gazlama yupqa bo`lsa, lattaga 2—3 tomchi glitserin tomiziladi. Deyarli hamma jun gazlamalar bir chelak suvga bir osh qoshiq gorchitsa qo`shilgan eritma bilan yuviladi.

Dars xulosasi:

Mendeleyev” guruhi

Si – xa,   Ar – na,   Ne – gan,   F – tu,   Cr – na,   Cl –dir, Li – bi,   Sc – zi,   N – lim,   Na – mas.

“Lomonosov” guruhi


Al-ti, Na-kel, C-lim, F- baxt, S-rar, Li-bi

Yunusov” guruhi


Fe-mat, P-lat, N-lim, Mg- dav, Cl-dan, K- qim, H- bi,


Dars hikmati:

I.Bilim – tuganmas xazinadir.

II. Bilim baxt keltirar.

III. Bilim davlatdan qimmat.


V.Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa Takrorlash. Mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlar to’plash