O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NАMАNGАN VILOYAT
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QАYTА TАYYORLАSH VА ULARNING MАLАKАSINI ОSHIRISH
HUDUDIY MARKAZI
ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI
Informatika va Axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari
masofadan malaka oshirish (I-guruh) kursi tinglovchisi
IBRAGIMOVA NAIMANING
Mavzu: Ispring dasturidan foydalanib elektron test savollarini yaratish metodikasi
Kafedra mudiri: M.Mo’minov
Malaka ishi rahbari: D.Vohobov
ANNOTATSIYA
Ushbu malaka ishi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishda yordam beradi.Malaka ishida informatika va axborot texnologiyalari fanidan test sinovi topshiriqlarini tuzish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini baholashning zamonaviy dasturiy vositalaridan foydalanish,informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni tuzish metodikasi,Ispring dasturida test yaratish usullari haqida ma’lumot berilgan.
MUNDARIJA
I.Kirish………………………………………………………………………….4
II.Asosiy qism.
1.Ispring dasturi va uning imkoniyatlari…………………………………………8
2.Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi……………..................10
3.Ispring dasturida elektron testlar yaratish……………………………………….14
4.Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish……………………25
III.Xulosa va takliflar……………………………………………………………29
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………31
V.Ilovalar……………………………………………………………………………………..32
KIRISH
Jahondagi ko‘p mamlakatlarning taraqqiyot darajasi mеzonlaridan biri- bu ta’limning nеchog‘lik rivojlanganligi, yangi innovatsion tеxnologiyalarni ta’lim olish jarayonida qo‘llanilishi bilan o‘lchanishi bеjiz emas. Qaysiki mamlakatda ta’lim davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab - quvvatlansa, o‘sha mamlakatning rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun mustahkam poydеvor shakllanadi. Shuningdеk, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri ham ularning zamonaviy ta’lim tizimini nеchog‘lik rivojlantira olganligiga bog‘liq ekanligi bеjiz emas. Zеro, ta’lim nafaqat zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalarning, balki fuqarolik jamiyati qurishning ham eng asosiy rеsurs - manbalaridan biri hisoblanadi. Muhimi, ta’lim alohida olingan insonning rivojlanishiga, uning har tomonlama barkamol bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning o‘zini-o‘zi anglashida asosiy o‘rin tutadi.
Shuning uchun ham har bir davlatning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsata oladigan omillardan biri ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalardan foydalanish, uni islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri dеb qarash taomilga kirgani bеjiz emas.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi” qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishni huquqiy asoslari belgilab berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-son qaroriga Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti orqali zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv orqali darslarni tashkil etish va unga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar ko’rsatib o’tilgan.
Respublikamizda ta'lim islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan va islohotning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ta'lim muassasalari talabalarida muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma'lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o'rgatish hamda shu asosda ma'suliyatli yechimlar qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish vazifa qilib qo'yilgan.
Davlatimiz tomonidan ta'lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta'lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, litseylar, oily o'quv yurtlarining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga katta e'tibor berib kelinmoqda.
Ta'limning bugungi vazifasi kun sayin oshib borayotgan axborot-ta'lim muhiti sharoitida bilim oluvchilarga axborotlar oqimidan samarali foydalanishni o'rgatish va ularga mustaqil ishlash imkoniyatini yaratib berishdir.
Hozirgi kunda davlatimizda ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning: “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan so’zlari buning yaqqol isbotidir.
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,ularni madaniyat,san’at,jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish,yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish,yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish,xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ilgari surilgan “beshta tashabbus” ham ta’limga bo’lgan e’tibordan darak beradi.
Xususan tashabbusning 3-yo’nalishi yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish yo’nalishida aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish ko’zda tutilgan.
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni ayniqsa, kelajagi uchun g’oyat muhim bo’lgan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI – asr intelektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadigan asr, degan hayotiy haqiqat kelib chiqadi.
A.Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir” degan so’zlari bizning doimiy e’tibor markazimizda turishi zarur.
Jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan , hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish, mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim standartlari asosida ta’lim -tarbiya jarayonini kompetensiyaviy qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda.
Sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. O’qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoiy – siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O’qituvchi mustaqillik g’oyasiga etiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma’lumoti bor, ya’ni o’z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik, uslubiy bilim va malakani egallagan bo’lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o’rganishi va baholay olishi zarur.
Zamonaviy kompyuter tehnologiyalaridan foydalanish, dars jarayonlarida dars o’tishning yangi pedagogik tehnologiyalariga asoslangan holda interfaol usulda darslarni tashkil qilish, dars mobaynida o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lgan kompyuter dasturlariga asoslangan multimediyali va prezentatsion vositalardan foydalanib darslarni tashkil etish zarur.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kеrak. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - intеrfaol uslublar, innovatsion tеxnologiyalarning o‘rni va ahamiyati bеqiyosdir. Innovatsion tеxnologiyalar pеdagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan intеrfaol mеtodlardan foydalaniladi.
Mavzuning dolzarbligi.
Ta’limni kompyuterlashtirish bilan bog’liq muammolarni tadqiq qilishda ko’plab yutuqlarga erishilganligini qayd qilgan holda bu sohada yechimini kutayotgan masalalari ko’p ekanligini ham ta’kidlash joiz. Chunonchi, ta’limni kompyuterlashtirishga bir necha yil oldin kirishilgan va qator ishlar qilingan bo’lsa-da, ko’pchilik uchun bu ta’limni tashkil qilishning yangi, noan’anaviy shakli sifatida taassurot qoldirib kelmoqda. Albatta, kompyuter ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatiga ega, buning uchun sifatli pedagogik dasturlar va mukammal uslubiyotdan foydalanish lozim.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, elektron test,o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Olimlarning o’tkazgan tajribalarining tahlillariga ko’ra ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, ya’ni talaba ko’rib, eshitib va bajarib ko’rish natijasida o’zlashtirish ko’rsatkichi 90% ga ortgani aniqlangan. Hozirda dasturiy vositalar doiymiy rivojlanib bormoqda va yanada yangi, imkoniyatlari kengaytirilgan dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ana shunday dasturlardan biri Ispring dasturidir. Ushbu dastur yordamida juda qulay taqdimotlar yaratish mumkin. Dasturni o’rganish qulayligi shundaki, dastur Power Point negizida ishlaydi. Dastur imkoniyatlaridan yana biri testlar tuzishdir. Testlarni turli shakllarda tuzish mumkindir. Taqdimot tayyorlash jarayonida ovozlarni yozish, videotasvir yozib olish ham mumkin. Tayyor taqdimotlarni flash xolatga o’tkazish imkoniyati mavjud. Yuqoridagilardan ushbu dastur yordamida tez va sifatli elektron ishlanmalar, elektron testlar,turli taqdimotlar yaratish mumkinligi ko’rinib turibdi.
Mavzuning maqsad va vazifalari :
Malaka ishining maqsadi shundan iboratki, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o’quv vositalaridan, o’quvchilar bilimini sinash va mustahkamlash uchun elektron testlardan foydalanish,elektron testlar tuzish,zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni o‘rganish,didaktik materiallardan foydalanib ta’lim jarayoniga tadbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tadbiq qilish va qo‘llash.
XXI asr fan tеxnika ta`lim, mеditsina, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda katta o`zgarishlar olib kirdi. Hayotimizni barcha sohalariga axborot tеxnologiyalarini joriy qilinishi, fan tеxnika sohasidagi yangiliklarni sеkund sayin yaratilishi, dunyoda axborotlarni chеgara bilmay qolganligi insoniyat ongini yana bir daraja ko`tarilib rivojlanishiga sabab bo`lmoqda. E`tibor bеrsak, axborot asri dеb atalmish ushbu asrda tug`ilayotgan farzandlarimiz aql-idrok jihatdan ustunroq ekanligini ko`rishimiz mumkin. Bunday yoshlarga shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda ta`lim-tarbiya bеrish, ularni mustaqil fikrlaydigan, o`z fikrini mustaqil ayta oladigan qilib tarbiyalash, ularni shaxsini rivojlantirish uchun ta`lim sohasida ham o`zgarishlarni talab qilmoqda.
An`anaviy o`qitishdan zamonaviy o`qitish, ya`ni yangi pеdagogik tеxnologiyalar, o`qitishning yangi axborot tеxnologiyalari asosida o`qitishga o`tish zamon talabidir. O`quv jarayonini pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish natijasida ta`lim maqsadlari bеlgilanadi yoki loyihalanadi, kutilayotgan natija-ijobiy sifat o`zgarishi kafolatlanadi, o`quv jarayonining takrorlanuvchi sikli yaratiladi.
Didaktlarni fikri va amaliyotning ko`rsatishicha, o`quv maqsadlarining, erishiladigan natijasi aniq va osonroq ifodalaydigan shakllardan biri-tеst topshiriqlaridir. testlarni kompyuter yordamida avtomatlashtirilgan holda o’tkazish uning asosiy afzalliklaridandir. Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o’quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to’plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi.Ispring dasturida tuzilgan testlar orqali o’quvchilarni fanlardan o’zlashtirgan bilim,ko’nikma,malakalarini baholash mumkin.
Malaka ishining vazifasi Ispring dasturida informatika fanidan testlar tuzish metodikasi haqida ma’lumotlar beradi.
Asosiy qism
1.Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.
Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi.Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring QuizMarker, iSpring PRO va iSpring Kinetics kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.
iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional vosita hisoblanadi. iSpring dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin:
a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish;
b) Audio va video fayllarni birlashritish;
c) Interaktiv testlar yaratish;
d) Interaktiv bloklar yaratish;
e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash.
iSpring Suite dasturi o‘zida iSpring Pro, iSpring QuizMaker va iSpring Kinetics dasturlarini jamlagan. iSpring dasturini uskunalari PowerPiont dasturining menyular satriga sozlanadi. iSpringning o’rnatilishi muvofaqqiyatli bajarilgandan so’ng, Power Pointga iSpring insturimental qatori qo’shiladi. iSpringning funksiyalaridan tayyorlangan fayli Flash formatga o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi. Audio va videolar bilan Flahda tayyorlangan fayl yaxshiroq bo’ladi. Eslatma, aytish kerakki iSpring Proga qo’shiladigan xar bir ma’lumot Windows uchun o’ziga xoss ahamiyatga ega.
iSpring Pro yordamida:
-
Windowsda Flashni muomilaga chiqarish;
-
Prezentatsiyani tadqiq etish;
-
Window bilan bog’lanish;
-
Windowni taqdim etish;
-
Windowda audio yozish;
-
Windowda vidio yozish;
-
Windowda sinxron qilish;
-
Windowga so’rovlar qo’yish;
-
Windowni Flashga kiritish mumkin.
tugmasini bir marta bosish orqali yuqori darajadagi Flash movie o’rnatiladi. iSpring Quick Publishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri taqdim etiladigan prezentatsiyada ortiqcha o’zgarishlarga yo’l qo’ymaydi. iSpring Pro 180 dan ortiq effektlarga ega. Bu ko’rsatkich Power Point 2007 dagi barcha effektlar kombinatsiyasidan iboratligi, ko’plab harakatlarni o’z ichiga olganligi hamda shu ko’rsatkich bo’yicha harakatlarni mukammallashtirganligi bilan tasvirlanadi.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
-
tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
-
taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
-
taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
-
video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
-
elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
-
masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
-
taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
-
videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
-
YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
Elektron axborot ta’lim resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.
iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
-
birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy,
-
ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;
-
vaqt shkalasini yaratish;
-
3 o‘lchovli kitob yaratish;
-
FAQ yaratish mumkin.
Elektron axborot ta’lim resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
-
tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni
-
yaratish) imkoniyati;
-
ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri,
-
ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
-
bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
-
ochiq test topshiriqlari;
-
o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
-
to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati
2.Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga qo‘yiladiladigan asosiy talablar. O‘qituvchilar pedagogik faoliyatida vujudga kelayotgan mazkur qiyinchiliklar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash va ularni baholash uchun foydalaniladigan nazorat topshiriqlarini xilma-xillashtirish jarayonida vujudga kelayotganligi sababli, shu muammoni malaka ishida yoritish lozim deb topildi.
Testologiya – (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, test - sinov), yunoncha logos - bilim) so‘zlari birikmasidan iborat. Testologiya fanlararo fan bo‘lib, ilmiy asoslangan va sifatli diagnostik o‘lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi.
Psixologiyada testologiyaning mazmuni asosan tabaqalashtirilgan psixometriyaning mazmuniga mos keladi. Testologiyaning prinsiplari va metodlari psixologiyaning chegarasidan chiqib, hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish metodikasi, samaradorlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim. Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda.
Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-
Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi;
-
Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi;
-
Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi;
-
Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi;
-
Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi;
-
Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi;
-
Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi;
-
Ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi.
Bundan tashqari test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablarga javob berishi lozim. Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o‘rinni egallaydi, shu sababli o‘quv kursi mazmunidagi bilimlarni aniqlash va ularga mos o‘quv maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq.
Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari:
-
Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi;
-
Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;
-
Tahsil oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini oladi.
-
Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy statistik tahlilini o‘tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan.
Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar bo‘yicha tahlil qilinadi:
1.Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotgan ob’ektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u tahsil oluvchilar tomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra:
Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilarning tomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi.
Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.
Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarning xususiyatlarini boshqa ob’ektga ko‘chirish, mazkur ob’ektlarni taqqoslab, keyingi ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi.
Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida tahsil oluvchilar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashni talab etadi. Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv fan bo‘yicha tasdiqlangan DTSning minimal darajasiga, qismanizlanishli va ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSning maksimal darajasiga mos tuzilishi zarur.
2. Test topshiriqlarining tabaqalashtirish mezoni. Tahsil oluvchilar tomonidan qiyinchilik darajasi va mazmunan bir xil test topshiriqlarni bajarish orqali olingan natijalariga muvofiq tabaqalashtirish mezoni ularni kuchli, o‘rta va kuchsiz guruhlarga ajratish mumkin. Mazkur tabaqalashtirish orqali tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalardagi tipik kamchiliklar va bo‘shliqlarni aniqlash, ularga barham berish yo‘llarini topish imkonini beradi.
Pedagogik testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga imkon beradigan topshiriqlar tizimi sanaladi. Topshiriqlar tizimi deyilganda, muayyan mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan va tizim hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan tanlangan topshiriqlar majmuasi tushuniladi. Test topshiriqlarining o‘ziga xos shakli oddiy savol-javobdan farq qilib, test topshirig‘i savollari va javoblari qisqa va lo‘nda bo‘lishi bilan izohlanadi. Test topshiriqlarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi mezoni o‘zida savol va topshiriqlarning mantiqiy ketma-ketlikda aks ettirilishi tushuniladi. Test topshiriqlari mantiqiy tuzilishiga ko‘ra: induktiv yoki deduktiv bo‘lishi mumkin. Test topshiriqlarining javoblari mazmunga mos, qisqa fikrli, aniq, lo‘nda, to‘g‘ri va noto‘g‘ri jumlalardan iborat bo‘ladi. Test topshiriqlaridagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning tarkibidagi so‘zlar birikmasi va soni bir xil bo‘lishi talab etiladi. Tahsil oluvchilarning bilim darajasi test topshiriqlari orqali nazorat qilingan va olingan natijalarni tahlil etish orqali ularning mazkur kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasi aniqlanadi. Shuni qayd etish kerakki, test topshiriqlarida bilimlar strukturasining ketma-ketligi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning mantiqiy yo‘nalishda talab darajasida berilishi lozim. Talab darajasida tuzilgan test topshiriqlarining natijalari, ya’ni tahsil oluvchilarning to‘plagan ballari va ko‘rsatkichlari mazkur kurs bo‘yicha o‘quv jarayonining maqsadga muvofiq tashkil etilganligi, ta’limning individuallashtirilganligi, tabaqalashtirilgan yondoshuvning mavjudligi, pedagogning pedagogik mahorati, nazoratning haqqoniyligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi muayyan kurs bo‘yicha tahsil oluvchilarning shu kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun test topshiriqlarini tuzishda avvalo asosiy e’tiborni, DTS mazmunini qamrab olinishi, ya’ni mazmuni va shakliga, test topshiriqlari o‘rtasida uzviylik va izchillikka qaratishi lozim. Test topshiriqlariga qo‘yiladigan asosiy talab, har bir test muayyan mazmun, tarkib, yaxlitlik va strukturaga ega bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutgan holda, u topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi zarur.
Test topshiriqlarining yaxlitligi u bir mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini qamrab, ularni nazorat qilish imkoniyatiga ega ekanligida ko‘zga tashlanadi. Har bir test topshirig‘i yaxlit topshiriqning bir bo‘lagi sifatida muayyan mazmunni qamrab oladi va ma’lum bir vazifani bajaradi, shu sababli ularning birortasini olib tashlash bilimlarni aniqlash jarayoni va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Test topshiriqlarining strukturasiga topshiriqning o‘zaro aloqadorligini amalga oshirish orqali erishiladi. Asosan, har bir test topshirig‘i bir-biri bilan umumiy mazmun va erishilishi nazarda tutilgan natijalarning umumiy variatsiyasi orqali bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Standart pedagogik testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra: gomogen va geterogen testlarga ajratiladi. Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mo‘ljallangan bitta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi. Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mo‘ljallangan bir nechta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi. Nostandart testlar. Standart testlar mazmuni bo‘yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan test topshirig‘i savoli va to‘g‘ri xamda noto‘g‘ri javoblardan iborat bo‘lsa, nostandart testlar o‘zining mazmuni, tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi. Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Integrativ testlar;
2. Adaptiv testlar;
3. Mezonli-mo‘ljal olish testlari.
Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchisining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.
Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, tahsil oluvchilarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi. Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, qo‘llanish maqsadiga ko‘ra: o‘rtacha og‘irlikdagi, tahsil oluvchining tanlashiga ko‘ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo‘lishi mumkin. Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modulkredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo‘lim, kurs mazmuni bo‘yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari tahsil oluvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur kursning o‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o‘quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi, ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o‘tkaziladi, pirovard natijada tahsil oluvchilarning shu kursni o‘zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi. Mezonli-mo‘ljal olish test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlaridagi bo‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
3.Ispring dasturida elektron testlar yaratish.
Hozirgi vaqtda elektron test yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlar juda ko‘p. Bulardan iSpring Suite dasturlar paketi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan “Все программы” bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada oyna paydo bo‘ladi.
ISpring modulining ilk interfeysi dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
-
dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;
-
juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
-
maxsus bilimlar talab etilmaydi;
-
testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;
-
test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
-
test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi;
-
dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
Kompyuterga Ispring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.
Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, xujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi etarli.
Bu oynadan Создать новый тест bo’limini tanlasak
testlarni tuzish uchun oyna ochiladi.
Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo’limidan test yaratish amali boshlanadi.
Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
1. Bitta javobli test:
bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha “добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
2. Ko‘p javobli test:
bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test:
bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;
4. Yopiq test:
bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;
5. O‘zaro moslik o‘rnatish:
bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi;
6. Javoblarni tartiblash:
savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;
7. Sonni kiriting:
savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;
8. Bo‘sh joylarni to‘ldiring:
matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;
9. Javoblari keltirilgan savol:
savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
10. So‘zlar banki:
Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
11. Faol hududni aniqlovchi savol:
Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.
Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega.
Buning uchun Ispring dasturining yuqori chap tomonida joylashgan “Настройка” tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.
Bu oyna ro‘yxatining birinchi bandi “Основные“ deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin. Testga “Informatika fanidan test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib turishi belgilanib qo‘yildi.
“Основные” bandini sozlashlarni bajarish “Навигация” bandi yordamida test savollariga javob berish usullari sozlanadi.
Bunda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi savollar to‘plamiga javob berish, har bir savolga to‘gri yoki noto‘g‘riligi haqida ma’lumot berish, javob berilmagan test savollari mavjud bo‘lsada testni yakunlash imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini foydalanuvchiga ko‘rsatib ketish mumkin. Yoki test topshiruvchi bu xabarni testning oxirida olishi ham mumkin.
“Результаты” bandi yordamida test natijasiga tegishli ma’lumotlarni sozlash imkoniyatini beradi.
Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki etarli ball to‘play olmasa, qanday xabar chiqishi, javoblarni qog‘ozga chop qilish imkoniyatini sozlash mumkin. Bundan tashqari test javoblarini test topshiruvchining elektron pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud.
“Настройка плеера” bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi aniqlanadi.
Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida joylashgan “Публиковать” tugmasi bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi.
Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni (bizning misolimizda ish stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolimizda Informatikadan test savollari), fayl tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin.
Fayl tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. Shuning uchun bu elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.So‘ngra “Публиковать” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga saqlaydi.
Dasturning “Публиковать” bandida sozlashlarni bajarish:
Ishchi stolda yaratilgan ushbu faylni ishga tushirib, test topshirig‘ini topshirish mumkin.
4.Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish.
Yuqorida Ispring dasturida tuzilgan testdan ko’rinib turibdiki, bu test an'naviy testlarga qaraganda bu testda bir xillik bo’lmaydi va talabalarga bir muncha qiziqarliroq tarzda testlar beriladi. Undan tashqari bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida testlarni tuzish imkoniyati mavjudligi ularni yanada
qiziqarli va qolaversa o’quvchini katta intuziazm bilan ishlashga chorlaydi.
Oddiy testlardan chegaralangan yo’nalishlardan foydalanib test nazorati o’tkazish
mumkin edi, misol uchun musiqa yo’nalishi talabalari uchun faqat nazariyadan
savollar berish mumkin edi, bu dasturda esa ovozlar qo’yish yordamida test tuzish
imkoniyati borligi biror bir musiqadan parcha qo’yib savollar tuzish
imkoniyatini yaratadi. Boshqa yo’nalishdagi fanlar : matematika, fizika,
biologiya, geografiya va h.k. lar uchun ham juda qiziqarli, interaktiv testlar
tuzish imkoniyati mavjud.Undan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o’tkazish imkoniyati va elektron pochta orqali yo’llab yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi zamonaviy ta'lim talablariga ham javob bera oladi.
Yuqorida keltirilgan imkoniyatlardan ushbu dasturdan elektron darslik,
elektron vositalar yaratishda foydalanish qulayligi ko’rinib turibdi.Elektron testlar orqali o’quvchilarni mavzularning ma’lum bobi tugaganda yoki yangi mavzuni mustahkamlashda qo’llash yaxshi samara beradi.Ispring dasturidan barcha fan o’qituvchilari foydalanishi mumkin.Test dasturi orqali bir vaqtda sinf o’quvchilarining barchasi baholanadi.Vaqtdan yutiladi.O’quvchilar yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini bilib oladilar.Quyida Ispring dasturi yordamida tuzilgan testlardan namunalar keltirilgan.Bizning misolimizda Ispring Suite 8 dan foydalanilgan. Quyida test dasturini tuzish va ishlash prinsiplari keltirilgan.
Xulosa va takliflar
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda ,Informatika fanidan ispring dasturi yordamida testlar yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash darslarning samaradorligini oshiradi. O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi,ularning mantiqiy fikrlashlari faollashadi,bilishga intilishi va ijobiy qobiliyati rivojlanadi,o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi,bilishga bo’lgan qiziqishi rivojlanadi,darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish ko’nikma va malakalari shakllanadi,o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltiradi.
Men ushbu malakaviy ishini bajarish davomida o’zim uchun qimmatli
bo’lgan juda qiziqarli va o’rganish uchun loyiq bo’lgan ko’plab ma’lumotlarni
to’pladim.
iSpring QuizMaker dasturida Informatika fanidan tеstlar komplеksini ishlab chiqish va uni umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga qo`llash natijasida ularga bilim bеrish uchun elеktron qo`llanmalardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishga erishish mumkinligini o`z ishimni bajarish jarayonida ko`rib o`tdim.
Shuningdеk, o’quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda elеktron tеstlar komplеkslarini yaratish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish lozimligi, shuningdеk testlar saviyasini yanada takomillashtirish va yangi loyihalarini yaratish bo`yicha zaruriy tasavvurlarni oldim. Kеlgusida bu ishlarimni davom ettirib, zamonaviy yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida o`quvchilarga bilim bеrish uchun albatta o’z fanim bo’yicha electron testlar, turli xil elеktron sahifalar, elеktron qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar yaratib,o’quvchilarning bilimini yanada mustahkam bo`lishida o`zimni olgan bilimlarim bilan javob
bеrishga harakat qilaman .
Takliflar.
Prеzidеntimiz alohida ta’kidlaganlaridеk, "...biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nеchog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak". Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kеngaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tеvarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Bu mas’ulyatli vazifani amalga oshirishda pedagoglarga katta vazifalar yuklatiladi, ular o’z o’quvchilarining programma hajmida bilim olishlariga mas’uldirlar. Bu vazifani amalga oshirish o’z – o’zidan bo’lmaydi, buning uchun muallim tinmay izlanishda bo’lishi, o’quvchilarni o’ta jiddiy, murakkab shu bilan birga juda qiziqarli bo’lgan informatika va AT faniga qiziqishlarni, turli yo’llar bilan, orttirishga erishishlari lozim.
O’quvchilarning informatika va AT fanidan namunali bilimga ega bo’lishlari uchun birgina darslarda berilgan ma’lumotlar kamlik qiladi, buning uchun sinfdan tashqari ishlar,to’garaklarni namunali tashkil etish zarurdir.
Informatika va AT fani o‘qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda, turli kеchalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi, faoliyatiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Bular bilan bir qatorda o‘qituvchi dars vaqtida, mavzuga bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning fanga kiritilishi ularning rivojlanib borishi va bu sohadagi qomusiy olimlarning hissalarini tushuntirishi lozim.
Malaka ishimizda keltirilgan Ispring dasturida electron testlarni,electron o’quv qo’llanmalarni yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash orqali o’quvchilarni mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantiriladi,ularni fandan o’zlashtirishlari aniqlanadi.Ispring dasturidan ta’lim muassasalarining barcha fan o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.1997-yil 29-avgust
2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori.2017-yil,6-aprel.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta talim to’g’risida ”gi 140-son qarori,2017-yil,15-mart.
4.Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon ,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. “O’zbekiston” nashriyoti,2016-yil.
5.Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”,”O’zbekiston”nashriyoti,2017-yil.
6.M.Aripov “Informatika”,Universitet nashriyoti,2001-yil.
7. А.А.Абдуқодиров, Р.Ишмухамедов, А.Пардаев. Таълимда инновацион
технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар).-Т.:Истеъдод, 2008.-180 бет.
8. Muhammadiyev J.O’. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash.
O’quv uslubiy qo’llanma TDYI- 2003 yil.
9. Razzoqov Sh.I. , Yo’ldoshev Sh.S. , Ibragimov U.M. “Kompyuter grafikasi”
Kasb- hunar kollejlari uchun “NOSHIR”- TOSHKENT-2013 yil.
10.J.F.Yo’ldoshev, S.Usmonov “Ilg’or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. “O’qituvchi” 2004 y
11.T. Madumarov, M. Kamoldinov “Innovasion pеdagogik tеxnologiya
asoslari va uni ta`lim tarbiya jaraѐnida qo`llash”, T. “Talqin”, 2012yil.
12. A. Abduqodirov, A. Pardaеv “Masofali ta`lim nazariyasi va amaliѐti”, T.
2010y, 136 B.
13. A.R.Maraximov, S. I. Raxmonqulova «Intеrnеt va undan foydalanish asoslari». Toshkеnt-2001. O`quv qo`llanma.
14.“Uchеbniki i spravochno`y matеrial po wеb-tеxnologiyam”. Elеktroniy uchеbnik.
Elektron ta’lim resurslari:
1. http://www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portal.
2. http://www.uzedu.uz – O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi veb sayti.
3. http://www.eduportal.uz - O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portal.
4. http://www.bimm.uz - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi sayti.
5. http://www. tami.uz – Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha foydali ta’lim resurslari.
6. http://www.ziyonet.uz. – Ziyonet Axborot ta’lim portal.
7. http://www.informatika.ru- Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishidagi ta’lim sayti.
8. http://www.infojournal.ru- “Informatika olami” jurnali
9.http://www.ispring.ru;
19