Просмотр содержимого документа
«Изучение изотопов.»
| MAVZU: 3-Laboratoriya ishi. Izojarayonlarni o’rganish. |
| Laboratoriya mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
| Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30 nafar. |
| Mashg’ulot shakli | Amaliy, laboratoriya mashg’uloti. |
| Mashg’ulot tuzilishi | Mavzuga kirish. Tayanch bilimlarni faollashtirish. 3. Ishni bajarish uchun tayyorlash. 4. Guruhlarda laboratoriya ishini bajarishni tashkillashtirish. 5. Guruhlarda ish faoliyatini boshqarish. 6. Hulosa va hisobot tayyorlash |
| O’quv mashg’ulotining maqsadi: Izojarayonlarni o’rganishda laboratoriya jihozlaridan foydalanishning amaliy ko’nikma va malakalarini, shuningdek izlanuvchanlik ko’nikmalarini (kuzatish, (ishni bajarish, taqqoslash, tahlil qilish, bog’liklarni o’rnatish, hulosalar chiqarish va umumlashtirish, mustaqil ravishda izlanish olib brish, natijalarni rasmiylashtirish) shakllantirish. |
| Pedagogik vazifalar: faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirish; bilimlarini chuqurlashtirish; zarur jihozlarni ishlatish bo’yicha tushuntirish; bilimlarini amaliyotda qo’llay olish qobiliyatlarini rivojlantirish; ijodiy faoliyatni amalga oshirish; ko’nikmalarini nazorat qilish; | O’quv faoliyatini natijalari: ishlar bilan tanishadilar; egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar; uchun zarur jihozlarni ishlatish bo’yicha bilimga ega bo’ladilar; bilimlarni yangidan hosil qiladi va ularni yangi holatda qo’llaydi; natijaviy ijodiy faoliyatni amalga oshiradi, laboratoriya ishini mustaqil bajaradilar; layoqatlarini rivojlantiradilar; |
| O’qitish usullari | Laboratoriya usuli, yo’riqnoma berish. |
| O’qitish vositalari | Laboratoriya jihozlari: Teng tirsakli Г shakldagi shisha nay, plastikli vanna, isitkich, termometr,suyuqlik uchun idish, shtativ, ish varaqasi, yo’riqnoma; |
| O’quv faoliyatini tashkil etish shakli | Jihozlar bilan mashg’ulot, guruhlarda ishlash; |
| O’qitish shart-sharoitlari | Fizka fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga moslashgan o’quv xonasi. |
| Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov va yozma hisobot. |
“Izojarayonlarni o’rganish.” mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasi
| Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
| Ta’lim beruvchi | Ta’lim oluvchi |
| 1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | 1.1 Mashg’uotning mavzusi va maqsadi bilan tanishtiradi. (1-Ilova) 1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. (1-Mavzu, 2-Ilovada mavjud) 1.3 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar; Aniqlashtiradilar; Savollar beradi; |
| 2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | Guruhlarning (4 ta kichik guruh) mashg’ulotga tayyorgarligini tekshiradi. Guruhlarga laboratoriya ishi kerakli jihozlarni topishni “Qora quti” usuli asosida tekshiradi. (2-Ilova) “Qora quti” usuli uchun o’quv topshirig’ini tarqatadi, o’quvchilarga izijarayonlarni o’rganish uchunkerakli jihozlarni belgilab, kerak bo’lmagan jihozlarni “Qora quti” ichidan chiqarib tashlashlarini ta’kidlaydi. 2.2 Xar bir guruh uchun tayyorlangan savollarni beradi. Ishni bajarishga tayyorgarligini tekshiradi; (3-Ilova) 2.3. Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha guruhli faoliyatni tashkillashtiradi, “Ishni bajarish tartibi” yo’riqnomasi (4-Ilova) bo’yicha laboratoriya ishini bajarishini aytadi. O’quv topshirig’ini tarqatadi. (5-Ilova) Guruhlarda laboratoriya ishini bajarilish jarayonini nazorat qiladi. 2.4. Laboratoriya ishi natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha o’quvchilar faoliyatini tashkillashtiradi; 2.5. Guruhli ish natijalarining tanlangan taqdimotini tashkillashtiradi; | “Qra quti” usuli bo’yicha o’quv topshirig’ini bajaradilar; Savollarga javob beradilar; Qurilma bilan tanishadilar; Laboaratoriya ishini bajaradilar; Hisoblaydilar, yozadilar; Taqdimot qiladilar; |
| 3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Natijalarni umumlashtirib, yakun yasaydi; 3.2 Mashg’ulotda guruhli ish natijalariga baho beradi. O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va ularning faoliyatini baholaydi; 3.3 Laboratoriya mashg’ulotining natijalarini izohlab beradi; Maqsadga erishganlik darajasini aniqlaydi; 3.4 Uyga vazifa beradi: Vazifa: Bajarilgan 3-laboratoriya ishi bo’yicha hulosa yozish va bajariladigan 4-laboratoriya ishining yo’riqnomasini rasmiylashtirish; | Tinglaydilar, yozadilar; Savollar beradilar; Tinglaydilar, yozadilar; |
Mavzu: Izojarayonlarni o’rganish.
1-Ilova
Ishning maqsadi:
Gaz bosimining temperaturaga bog‘liqligini o‘rganish
2-Ilova
Asbob va jihozlar
Teng tirsakli Г shakli- Plastikli vanna Shtativ Laboratoriya universal
dagi shisha turubka qisqichi bilan ta’minlash manba
Termometr Isitkich Idish, suv uchun
Shtangensirkul Massasi aniq bo’lgan Chizg’ich
ilgakli yuklar
“Qora quti” usuli uchun o’quv topshirig’i:
3-Ilova
Mashg’ulotga tayyorgarlikni tekshirish uchun savollar:
1-Guruh uchun: Laboratoriya ishining mavzusi, maqsadi va kerakli jihozlarning nomlarini ayting. Mavzu bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarining qaysilariga rioya qilish kerak? (Izoh: Yo’riqnomada va adabiyotlarda “Texnika xavfsizligi qoidalari” barcha laboratoriya mashg’ulotlari uchun berilgan)
2-Guruh uchun: Laboratoriya ishini bajarish uchun muhim bo’lgan nazariy asoslarini ayting.
3-Guruh uchun: Ishni bajarish tartibini ayting.
4-Guruh uchun: Laboratoriya ishida natijaga erishish uchun hisoblash formulalarini yozing va izohlang.
4-Ilova
Ishni bajarish bo’yicha yo’riqnoma
Raqamli termometr laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarni ta’minlovchi maхsus 8V li tarmog’iga ulanadi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi tok tarmog’iga ulanadi. Raqamli termometr ish holatiga keltirib qo‘yiladi. Nayning gorizontal o‘rnatiladigan uchi rezina tiqin bilan berkitiladi. Nayning vertical o‘rnatiladigan ikkinchi uchidan ozgina rangli suyuqlik quyiladi. Nayning vertikal o‘rnatiladigan uchi rezina tiqin bilan berkitiladi. Nay vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. Nayning o‘ng chetidan suyuqlikkacha bo‘lgan havo qatlamining uzunligi qayd etiladi (l1). Хona harorati o‘lchanadi (t1). Shtativning qisqichi bo‘shatilib, nayning gorizontal qismi plastikli vannadagi isitilgan suvga to‘liq botguncha tushiriladi. Raqamli termometr indikatori suv ichiga tushiriladi. 3 – 5 min. atrofida kutib, suvning temperaturasi o‘lchanadi (t2). Nayning o‘ng chetidan suyuqlikkacha bo‘lgan isitilgan havo qatlamining uzunligi qayd etiladi (l2). Olingan natijalar asosida (7) ifodaga ko‘ra gaz hajmi kengayishining termik koeffitsiyenti hisoblanadi. Plastikli vannadagi suv temperaturasini ko‘tarib, tajriba yuqoridagidek takrorlanadi. |
5-Ilova
Guruhlar uchun o’quv topshirig’i
O’quv topshirig’i
1-Topshiriq mazmuni: Izojarayonlarni o’rganish uchun qurilmaning ishlash prinsipini o’rganing.
2-Topshiriq mazmuni: Izojarayonlarni o’rganish uchun qurilmani ish holatiga tayyorlang.
3-Topshiriq mazmuni: Yo’riqnoma asosida ishni bajaring. Olingan natijalarni
“Ishchi daftarga” yozing.
4-Topshiriq mazmuni: Olingan natijalar asosida ma’lumotlarni 1-jadvalga
kiriting.
Eslatma: Qurilmani laboratoriya ishlari qo’llanmasidan foydalanib, qurilma tuzilishi bilan solishtiring. 14-betga qarang.
5.1-Ilova
1-jadval