СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Kasrni_bolish_5_sinf

Категория: Математика

Нажмите, чтобы узнать подробности

kasrni_bolish_5_sinf    kasrni_bolish_5_sinf

Просмотр содержимого документа
«Kasrni_bolish_5_sinf»





Mavzu:O`nli kasrga bo`lish

Darsning ta`limiy maqsadlari:

1.Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarda o`nli kasrlar yechishga oid bilim va ko`nikma hosil qilish

2.Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish aqliy rivojlantirishga yordam berish.

3.Amaliy rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqillik topqirlik xislatlarini o`stirish.

Darsning turi: Noananaviy dars

Darsning uslubi: Musobaqa o`yin

Darsning jihozi: Matematik abak,tarqatma,matematik klas,ko`pxonali sonlar yozilgan plakatlar.

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism

O`qituvchi: Sozlarning eng shirini

Ochiq aytay sirini

Odob bo`g`in sharbatin

Qalb gavharin qimmatin

Qo`l berib shu so`z bilan

Dillar qulfin ochamiz

Aql nurin sochamiz

Qaysi shirin so`z ekan?
O`quvchi: Assalom_u alaykum.

O`qituvchi: Bir haftada yetti kun

Yeti kun_u yetti tun

To`g`ri ayting bolalar

Ayting bu kun qaysi kun?

O`quvchi: Juma

O`qituvchi: Qani bolajonlarim

Mehri qaynoq buloqlarim

Bugun hamma sog`lommi?

Darsga hamma tayyormi?

O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz

Darsimizga tayyormiz

O`qituvchi: Bizning shiorimiz

O`quvchi: Matematika kerak

Har bir o`g`il va qizga

Aqlni va fikrni

Soladi yaxshi izga

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar siz o`tmishni buyuk xalqning farzandisiz,ota-bobolaringiz bilan faxrlaningiz,ularni dunyo ma`rifatiga qo`shgan javohirlari bilan g`ururlansangiz arziydi.

Matematika fanini rivojlanishiga hissalarini qo`shgan allomalardan kimlarini bilasiz?

O`quvchi: al-Xorazmiy,al-Beruniy,al-Farg`oniy.Mirzo Ulug`bek

II. Uyga vazifani tahlili: O`tilgan mavzuni so`rash.Uyga berilgan misollarni yechilishini tekshirish va ular bilan birga tahlil qilish.

III. Darsning bayoni: Yangi mavzuni e`lon qilib mavzuni yozuv taxtasiga yozib qo`yaman.Keyin mavzuni o`quvchilarga tushuntiraman.

1.Mavzu bayoni.

Sonni o’nli kasrga bo’lish uchun

. bo’luvchida verguldan keyin nechta raqam bo’lsa, bo’linuvchida ham bo’luvchida ham vergul o’shancha xona o’ngga suriladi ;

. so’ng bo’lish o’nli kasrni natural songa bo’lgan kabi amalga oshiriladi.


1-misol. 19.376ni 3.46 ga bo’laylik .

Bo’luvchi 3.46 da verguldan keyin 2 ta raqam bor. Shuning uchun bo’luvchi 19.376da ham, bo’luvchi 3.46 da ham vergulni o’ngga 2 honaga suramiz. Natijada, 1937,6 va 346 sonlarini hosil qilamiz. O’nli natural songa bo’lish holiga keldik . Bo’lishni bajarib 1937,6/346=5.6 ekanligini topamiz.Demak 19.376 ning 3.46 ga bo`linmasi ham 5.6 ga teng bo`ladi: 19.376/3.46=5.6 javob:5.6

2-misol. 5.248 ni 0.01 ga bo`laylik.

Bo`linuvchi 55.248 da ham, bo`luvchi 0.01 da ham vergulni 2 hona o`nga surib,524.8/1=524.8 ni hosil qilamiz.Demak, 5.248/0.01=524.8 javob 524.8 bundan quyidagi qoidaga kelamiz.

O`nli kasr hamda 0.1;0.01;0.001. va hokazo (bir nechta nollar va birdan iborat) sonlarning bo`linmasini toppish uchun o`nli kasrdagi vergulni bu sonlarda birdan oldin nechta nol turgan bo`lsa,o`shancha xona o`nga surish kifoya.

Agar nollar yetishmasa oldin o`nli kasr oxirigacha keragicha nollarni yozish kerak bo`ladi.Masalan,39.12/0.0001=39.1200/0.0001=391200.

O`nli kasrni 0.1; 0.01; 0.001; va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda 10.100.1000 va hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir va aksincha, o`nli kasrni 10,100,1000 va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda 0.1; 0.01; 0.001 va hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir.


3-misol Bo`lishni bajaring:

a) 17.4 /0.6=

b) 30.6/0.9=

d) 17.28/7.2=

e)4.95/1.5=

f)0.343/0.7=

g)1.624/5.6=



Sinfdagi o`quvchilarni 3 guruhga ajrataman va darsni musobaqa qilib o`tkazaman.

1-guruh Epchillar

2-guruh Zukkolar

3-guruh Bilimdonlar


1-shart.Darslikda berilgan 3 misolga har guruhdan bitta o`quvchilarni chiqarib bittadan misol yechtiraman.Qaysi guruh a`zosi oldin va to`g`ri ishlasa o`z guruhidan 2-o`quvchini chiqaradi 2ta misolni to`g`ri va oldin ishlasa o`z guruhidan 2-o`quvchini chiqaradi.2ta misolni to`g`ri va oldin bajarsa guruhiga rag`batlantiruvchi geometrik shakllarni beraman.

1-bo`lgan guruhga beshburchak

2-bo`lgan guruhga to`rtburchak

3-bo`lgan guruhga uchburchak

2-shart.Dam olish daqiqasi

Bu shartda “Klaster” usulidan foydalanaman.Bunda 3 ta guruhning har biriga turli o`lchov birliklarini topib qo`yishi so`raladi.


Shart bajarilgandan keyin o`quvchilarni rag`batlantiraman.

Har bir guruhning yig`gan ballarini hisoblab g`olib guruhni aniqlayman.

Keyin o`quvchilarni baholab quyidagi misralarni keltiraman.

Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,

Bo`limlari hilma-hil, qay birini aytayin.

Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on,

Kompitur savodi quloch yoymoqda chunon.

Matematika fani go`zallikka boy juda,

Go`zal yechim,go`zal son,go`zal chizma serjilo.

Boshqotirgich hammani aqlini peshlasa gar,

Topishmoqli misollar o`ylashga majbur etar.

IV.Dars yakuni Uyga vazifa: 6-misol.