O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI KATTAQO`RG`ON SHAHAR
XTMFMT va TEB TASARRUFIDAGI
18-UMUMTA`LIM MAKTABINING
JISMONIY TARBIYA FANI O`QITUVCHISI
XALIMOV DAVRONJON DILSHODOVICH
TOMONIDAN TAYYORLANGAN
Fan:
Mavzu: Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish.
Kattaqo`rg`on shahar 2020
ANNOTATSIYA
Mavzu: Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish.
Yengil atletika sport turining ahamiyati, uning o`quvchilar sog`lig`iga foydaliligi, birinchi, ikkinchi: mavzuda yoritiladigan jihatlar quyidagilar: Murakkab mavzu past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganishni soddalashtirib o`quvchi ongiga hamda o`quvchi bu mavzuni to`liq o`zlashtirishi uchun har xil amaliy metodlardan (I-Jamoaviy uslub: o`quvchilar bir birlaridan uyalmasdan ko`nikma hosil qilish maqsadida. II-Guruhli metod: o`quvchilarning soniga qarab ikki yoki to`rt guruhlarga bo`lib harakatlanish. III-Yakka metod: o`quvchilarning dars mashg`ulotlarini o`zlashtirishiga qarab yuklama hajmini oshirish yoki kamaytirish) foydalanish.
Dars jarayonida o`quvchilarni qiziqishlarini oshirish, o`ziga bo`lgan ishonch, ko`nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida: Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda pastki startga turish holatlarini kompiyuter slaydlari orqali multi mediyali namoyish etish, o`quvchilarni yengil atletikaga bo`lgan dunyo qarashini keng shakllantirish maqsadida dunyodagi mashhur yengil atletika sporti bilan shug`illanadigan sportchilarni video va foto lavhalarini, ko`rsatgan natijalarini, darsning nazariy qimida video proyektorlar orqali namoyish etib, dars jarayonini samaradorligini yanada oshishini ta`minlash ko`zda tutilgan.
Har bir o`quvchining jismoniy qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda mavzu soddalashtirib yoki murakkablashtirib mashq harakatlarini o`quvchilarga singdirish amaliy shakllantirish.
Sana:
Sinf: O`quvchi soni: 18 nafar o`g`il bolalar
Fan: Jismoniy tarbiya
Mavzu: Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish.
Darsning maqsadlari: Har bir o`quvchining jismoniy qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda mavzu soddalashtirib yoki murakkablashtirib mashq harakatlarini o`quvchilarga singdirish amaliy shakllantirish, o`quvchilarni jismoniy sifatlarni yanada shakllantrish.
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarda yengil atletika sport turi haqida ularning ongida tushuncha hosil qilish, uning samaradorlikni oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Birinchi navbatda mustaqil fikrlashni qolaversa, o`quvchilar bir-birlarini tushunishni o`rganishlari, yengil atletika mashqlari jarayonidagi muomalani o`rgatish, hamda o`quvchilarni jismoniy qobiliyatlarini, chuqur fikrlash, o`ziga bo`lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Yengil atletika sport turi orqali o`quvchilarda ko`nikma va malakalarni rivojlantirish, ularni o`zlariga bo`lgan ishonchni oshirish hamda kuchlilik chaqqonlik, tezkorlik jismoniy sifatlarini yanada shakllantirish va o`quvchilarni yurak, qon tomir urishlarini, mushaklar faoliyatini to`g`ri shakllantirishni rivojlantirish.
Dars o`tish uslubi: I-Jamoaviy uslub: o`quvchilar bir birlaridan uyalmasdan ko`nikma hosil qilish maqsadida. II-Guruhli metod: o`quvchilarning soniga qarab ikki yoki to`rt guruhlarga bo`lib harakatlanish. III-Yakka metod: o`quvchilarning dars mashg`ulotlarini o`zlashtirishiga qarab yuklama hajmini oshirish yoki kamaytirish.
Kerakli jihozlar: Hushtak yoki signal beruvchi vositalar, oyoq tirgagich (kalotka) lar, sikundamer, natijalarni qayd etish daftari.
Dars o`tish joyi: Yengil atletika maydoni (100 metrli yo`lakcha).
Dars davomiyligi: 45 daqiqa
Yengil atletika va o`quvchi bu nima ?
Yengil atletika bu hayotimizning har bir qirrasida, davomida uchraydigan harakatlar majmuyidir: chunki insonlarning hayoti davomida amalga oshirilayotgan ish, o`qish va hz harakatlar bo`limlari orqali amalga oshiriladi. Masalan oddiy yurish faoliyati, deyarli har minutda amalga oshiriladi.
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING BO`LIMLARI
-Yurish -Yugurish
-Sakrash -uloqtirish
-Ko`p kurash
Dars qismlari | Darsning mazmuni | Dars miqdori | Uslubiy ko`rsatmalar |
Tayyorlov qism | Umumiy saflanish hamda navbatchidan yoki sinf sardoridan sinf to`g`risidagi ma`lumotni (raport) qabul qilish, o`quvchilar bilan salomlashish so`ng o`quvchilar sog`lig`ini so`rash, o`quvchilarning spot kiyimlarini bir qator ko`zdan kechirish. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Mavzu: Yengil atletika: 1000-1500 metrga natijaga yugurish. Nazariy savollar: bu orqali o`quvchining onigiga qanchalik o`tilgan mavzu singganini aniqlaymiz. 1) Yugurishda necha xil masofalar mavjud ? (qisqa, o`rta, yuqori) masofalar. 2) 1000-1500 metr masofada yugurganda nafas olish tizimini qanday yo`lga qo`yamiz ? (burundan nafas olib og`izdan chiqarish). 3) Uzoq masofalarga qanday masofalar kiradi ? (1800 dan yuqori) masofalar. Amaliy tarzda 1500 metr masofadagi harakatlar (qo`llar harakati, nafas olib chiqarish)ni turgan joyida 20 sekund davomida ko`rsatib berish. Ma`naviy daqiqa: Yil davomida eng yaxshi natijalarni ko`rsatgan sportchilar haqida, jahonda yuz berayotgan yangiliklar hamda sportchilarning intizomi o`zini tutish qoidalari muomala madaniyati haqida. Yurtimizdagi sport sohasida olib borilayotgan islohatlar. O`quvchilarni sportdagi ma`naviy yetukligini shakllantirish: Birinchi Prezidentimiz ta`kidlaganidek "Mashhur insonlarni ham sport tarbiyalaydi" I.Karimov | 1 Daqiqa 2 Daqiqa 1 Daqiqa | Umumiy saflanganda o`quvchilarning sport formasiga e`tibor qaratish. O`quvchilarning bo`yma bo`y saflanishlariga e`tibor qaratish. O`uvchilarning gigiyenik holatlarini bir qator ko`zdan kechirish. |
Tayyorlov qism | Yangi dars mavzusi: Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish. Haqida nazariy tushuntirish tushuncha berish: Dastlab starga turish yoki chiqish holatlari: 1-pastki starga turish, 2-yuqori starga turish holatlari haqida nazariy tushunchalar. 100 m masofaga yugurganda pastki startga turish, oyoqlar oyoq tirgagichga (kalotkaga) to`g`ri qo`yilishi oyoqning kuchiga qarab, kuchli oyoq orqaga qo`yiladi, qo`llar start chizig`i oldida, bosh to`g`rig` qaragan holda turishini nazariy tushuntirish hamda o`quvchilarga zamon bilan hamnafas ta`lim va jismoniy ko`nikmalar berish maqsadida yangi pedagogik texnalogiyadan foydalanamiz. Kompiyuter slaydlardan foydalanib takomillashtirilib o`quvchilar ongiga mavzu mazmunini yetkazish darsning amaliy qismini samaradorligini yanada oshirish maqsadida: Video lavhalar orqali startga turish, masofa bo`ylab yugurish, finishga yetib kelib kesib o`tishlar ko`rsatiladi Kalotkaning amaliy vazifalari bir qator aytib o`tiladi. (startdan tez chiqish, tezlanishni oshirish). Umum rivojlantiruvchi mashqlar: 1) Maydon bo`ylab qo`llar belda oyoq uchlarida yengil yurish yarim aylana. 2) Qo`llar belda oyoqning tovon qismida yurish yarim aylana. 3) Qo`llar belda oyoqning tashqi tomonlari bilan yurish yarim aylana. 4) Qo`llar belda oyoqning ichki tomonlari bilan yurish yarim aylana (krug). | 3 Daqiqa 1 Daqiqa | O`quvchilarni ongini shakllantirish maqsadida nazariy bilimlarni to`liq va to`g`ri yetkazish. O`quvchilar mashqlarni to`g`ri bajarayotganliklarini nazorat qilish. |
Tayyorlov qism | 5) Yengil maydon bo`ylab yugurish 2 aylana. 6) O`tirgan holda qo`llar boshda yurish 1 aylana (krug). 7) 1 Bir aylana yurish chuqur nafas olib chiqargan holda. 8) Umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun 5 ta (qator) kalonnaga saflanish. 9) Qo`llar belda oyoqlar yelka kengligida boshni to`rt marta chapga to`r marta o`nga aylantirish harakatlantirish. 4 marta bajarish. 10) Qo`llar belda oyoqlar yelka kengligida boshni ikki marta oldinga ikki marta orqaga ikki marta chapga ikki marta o`nga siltash mashqi. 3 marta bajarish. 11) Qo`llar yelkada oyoqlar yelka kengligida yelkalarni oldinga orqaga aylantirish to`rt martadan. 4 marta bajarish. 12) Qo`llar ko`krak oldida har ikki sanoqga oldinga, chapga,o`nga yozish mashqlari. 3 marta bajarish. 13) Qo`llar belda belni to`rt marta chapga to`rt marta o`nga aylantirish mashqni chap tomondan boshlaymiz. 4 marta bajarish. 14) Oyoqlar yelka kengligida kattaroq yarim engashgan holatda qo`llar bir biriga qovushtirilib tizzalarni bukmagan holda bir chap oyoqga tekkizish ikki o`rtaga uch o`ng oyoqga tekkizish to`rt turish 3 marta bajarish. 15) Tizzalarni ichkariga tashqariga to`rt martadan aylantirish 4 marta bajarish. 16) Tizzalarni juft holatda chapga o`nga aylantirish mashqni chap tomondan boshlaymiz 4 marotaba bajarish. | 4 Daqiqa | O`quvchilar mashqlarni to`g`ri bajarayotganliklarini nazorat qilish. O`qituvchi o`quvchilarni o`ziga qarata olgan holatda mashqlarni to`liq bajartirishi. (o`qituvchi boshchiligida) |
Tayyorlov qism | 17) Qo`llar oldinda turgan joyida o`tirib turish mashqini 10 marta bajarish. 18) Yerga tayangan holatda qo`llarda tayanib tushib ko`tarilish mashqi 10 marta bajarish. 19) Qo`llar oyoqlar kistlarini aylantirish 6-8 martadan. 20) Qo`l tirsaklarini ichkariga tashqariga aylantirish 4-6 martadan. | 2 Daqiqa | O`quvchilarni qo`llar harakatini nazorat qilish |
Asosiy qism | Yengil atletikaning maxsus mashqlari: (Hamma mashq usullar dastlab o`qituvchi tomonidan ko`rsatilib beriladi). -Tizzalarni baland ko`tarib ikki qo`llarning kaftlariga tekkizib o`rtacha tezlikda yugurish maydon bo`ylab 1 aylana. (krug) - Kiyikcha yugurish qo`llar va oyoqlar holati, havoda ma`lum vaqt uchish fazasi hosil bo`lganda qo`l o`yoqlarni to`xtatib-to`xtatib harakatlanib yugurish yarim aylana. (40 metr) -Bedanacha yurish qo`llarni pastga tashlagan holatda oyoq uchlarida tez va ohista harakatlanib mushaklar faoliyatini normallashtirish. 1 aylana Asosiy yuklama: O`quvchining organizmi to`liq asosiy yuklama bajarishga tayyor holatga kelgandan so`ng. Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish. Dastlab pastki startga turish holati o`qituvchi tomonidan ko`rsatib beriladi. Startda qo`yilgan oyoq tirgagich (kalotka) ga startda vaqtida tez chiqishni ta`minlash uchun birinchi kuchli oyoq orqa tirgagichga qo`yiladi, so`ng kuchi kamroq oyoq masalan chap oyoq oldingi tirgagichga qo`yiladi. | 5 Daqiqa 2 Daqiqa | Maxsus yengil atletika mashqlarini to`liq hamda to`g`ri bajarilishini har bir o`quvchi misolida nazorat qilish. |
Asosiy qism | -Oyoq tirgagichda turgan vaqtda o`ziga bo`lgan ishonchni o`quvchida orttirish maqsadida: Ularni o`qituvchi yonida guruhli metoddan foydalangan holda 2 guruhga bo`lib masalan: 8 nafardan saflab start kalotkalariga turishni ko`rsatish shunda o`quvchi osonroq ko`rib qabul qilish tezlashadi, bajarishda samaradorlik oshadi. -Har bir o`quvchi pastki startga turish holatini mustaqil ravishda navbat bilan turib bajarib ko`rishadi. -O`quvchilarga signaldan yoki hushtakdan so`ng startdan chiqish holati o`qituvchi tomonidan ko`rsatib beriladi. -Bunda o`quvchilarni diqqatlilik sifatlari alohida ta`kidlab o`tiladi. Signal bo`lgandan so`ng bor kuchni orqa kuchli oyoqga berib u oyoq zarbni kalotkaga berib katta tezlikda startdan chiqish ko`rsatiladi va har bir o`quvchi ushbu mashq usulni yakka metoddan foydalanib o`zi mustaqil bajarib o`zida ko`nikma hosil qiladi. -O`qituvchi 100 metr masofa bo`ylab yugurishni ko`rsatib beradi: Unda bosh qism 50 gradus pastga qaragan holda sababi (shamol qarshiligini yengib tezlikni maksimal darajaga ko`tarish). keyingi harakat qo`llar harakati barmoqlar yarim bukilgan yoki to`g`ri holatda tirsaklarni harakatlanganda oxirigacha yozmasdan (tashlamasdan) tirsak yarim bukilgan holatda yugurish. Oyoqlar dastlab startdan chiqayotganda ma`lum darajada maydalashadi (qisqaradi) masofaning 15-20 metri bosib o`tilgandan so`ng to`liq katta qadamlarda yugurish. | 8 Daqiqa 5 Daqiqa | Dars jarayonini sust o`zlashtirayotgan o`quvchilarga alohida e`tibor qaratish. Starga har bir o`quvchini to`g`ri turishini ta`minlash. |
Asosiy qism | -Marra (finish) ga yaqinlashganda tezlik darajasini tashlamas (sekinlashtirmas) dan marra chizig`idan o`tish: o`tganda dastlab bosh qism oldinroqqa ya`ni tananing bosh qismi asosiy qism hisoblanadi. Shundan so`ng juftlik metodidan foydalanilgan holda har bir o`quvchilar o`z juftlari bilan turishadi va birinchi juftlik ko`rsatilganidek start chizig`i oldidagi oyoq tirgagichlar (kalotkalar) ga joylashadi, hamda o`qituvchining ishorasi, signali yoki hushtak ovozidan so`ng startdan chiqilib, masofa bo`ylab yuguriladi hamda marrani kesib o`tiladi. | 5 Daqiqa | |
Yakuniy qism | Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o`quvchilar o`z juftlari mustaqil ravishda 100 metr masofa bo`ylab yugurishni nazariy tomonlarini aytib berishaddi va 4 nafar o`quvchi ko`rsatib beradi. O`quvchilar qanchalik berilgan mashqlarni yaxshi mustahkamlasa ularda shunchalik ko`nikma va malaka hosil bo`ladi. Qayta saflanish: -Yengil sport zal bo`ylab yugurish 2 aylana. - Asta sekinlik bilan yurishga o`tish 1 aylana. - Chuqur nafas olib chiqarish qo`llarni yuqoridan pastga harakatlantirgan holatda yurish mashqlari 1 aylana. - Qayta besh kalonnaga saflanish. Organizmni dastlabgi holatga qaytarish mashqlarini ketma ketlikda bajarish. -Qo`llar harakat mashqlari 10 sanoqda yuqori o`rta past holatlarda bajariladi. - Tirsaklar harakati ichkariga tashqariga aylantirish. | 3 Daqiqa | |
Yakuniy qism | - Oyoq tizzalarin ichkariga tashqariga aylantirish qo`llar bilan tizzalarni ushlab 4-6 marta bajarish. - Tik turgan holda qo`llar yuqoridan pastga harakatlantiriladi hamda chuqur nafas olib chiqariladi. -Nafas olishlar o`pka va qo`rin qismga navbat bilan olinadi. Qayta besh kalonnadan bir sherengaga saflanish: Dars jarayonida faol qatnashga ishtirok etgan usullarni to`liq bajargan hamdan taktik tayyorgarlikda faol bo`lgan o`quvchilarni baholash. Uyga vazifa (topshiriq) berish: O`quvchilarni jismoniy sifatlari ikoniyatlariga qarab topshiriqlar beriladi. Dars jarayonida sustkashtlik qilgan o`quvchilarga bedanacha yurish va pastki startga turish holatlarini uyda 5-6 marotabadan bajarish. Dars jarayonida faol qatnashgan o`quvchilarga jismoniy sifatlari yaxshi rivojlangan o`quvchilarga alohida mashqlar ya`ni pastki starga turish, startdan chiqish, masofa bo`ylab yugurib finishni kesib o`tish topshiriqlari beriladi hamda kiyikcha yugurishlar 3-4 martadan bajarish sababi: 1-jismoniy sifatlari hisobga olinib 2-kuchli o`quvchilarni O`zbekiston Respublikasida joriy etilga 3 bosqichli sport musoboqalarining birinchi bosqichi yani "Umid nihollari" ga zahira yaratish. | 3 Daqiqa | O`quvchi organizmini to`liq dastlabgi holatga qaytishini nazorat qilish |
PULSANAMETRIK O`LCHOV
O`quvchining F.I.SH. Rustamov Humoyun | 145 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
140 | | | | | | | | | | | | | | | 128 | | | | | | | | | | | |
135 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
130 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
125 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
120 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
115 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
110 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
105 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 100 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
95 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
90 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
85 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
80 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
75 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | 75 |
70 | 72 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
65 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
60 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
55 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
50 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Dars jarayonida o`quvchining yurak urishining taqsimoti | | | |
Tayyorlov qism | Asosiy qism | Yakuniy qism |
| 2- Daqiqa | 3- Daqiqa | 4- Daqiqa | 5- Daqiqa | 6- Daqiqa | 7- Daqiqa | 9- Daqiqa | 11- Daqiqa | 14- Daqiqa | 15- Daqiqa | 16- Daqiqa | 19- Daqiqa | 21- Daqiqa | 23- Daqiqa | 25- Daqiqa | 27- Daqiqa | 28 - Daqiqa | 29- Daqiqa | 30- Daqiqa | 31- Daqiqa | 32- Daqiqa | 33- Daqiqa | 35 - Daqiqa | 37 - Daqiqa | 40 - Daqiqa | 42 - Daqiqa | 45 - Daqiqa |
SOG`LIG`IDAN SHIKOYATI BOR O`QUVCHILARNING ALOHIDA PULSANAMETRIK O`LCHOVI
Masalan: Semizroq o`quvchilar uchun
O`quvchining F.I.SH. Rahmatullayev Azim | 145 | | | | | | | | | | | | | | | 1 43 | | | | | | | | | | | |
140 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
135 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
130 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
125 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
120 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
115 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
110 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
105 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 100 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
95 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | 88 |
90 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
85 | 83 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
80 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
75 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
70 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
65 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
60 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
55 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
50 | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Dars jarayonida o`quvchining yurak urishining taqsimoti | | | |
Tayyorlov qism | Asosiy qism | Yakuniy qism |
| 2- Daqiqa | 3- Daqiqa | 4- Daqiqa | 5- Daqiqa | 6- Daqiqa | 7- Daqiqa | 9- Daqiqa | 11- Daqiqa | 14- Daqiqa | 15- Daqiqa | 16- Daqiqa | 19- Daqiqa | 21- Daqiqa | 23- Daqiqa | 25- Daqiqa | 27- Daqiqa | 28 - Daqiqa | 29- Daqiqa | 30- Daqiqa | 31- Daqiqa | 32- Daqiqa | 33- Daqiqa | 35 - Daqiqa | 37 - Daqiqa | 40 - Daqiqa | 42 - Daqiqa | 45 - Daqiqa |
XRANAMETRIK O`LCHOV
T/r | Daqiqalar | Yuklama | Izoh |
1 | 1-Daqiqa | Raport qabul qilish, salomlashish | |
2 | 2-Daqiqa | Ma`naviy daqiqa | |
3 | 3-Daqiqa | O`tilgan mavzuni takrorlash so`rash | |
4 | 4-Daqiqa | Yangi mavzu haqida nazariy ma`lumot va tushunchalar | |
5 | 5-Daqiqa | Maydon bo`ylab yugurish hamda mashqlar uchun saflanish | |
6 | 6-Daqiqa | Umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish ketma-ketlikda | |
7 | 7-Daqiqa | Shu qatorda uyga vazifa umum rivojlantiruvchi mashqlarni o`quvchining o`zi mustaqil ravishda qolgan o`quvchilarga bajarib ko`rsatishi hamda o`zi bajarishi. | |
8 | 8-Daqiqa | Yengil atletikaning maxsus mashqlar yuriqnomasi | |
9 | 9-Daqiqa | 1-Maxsus mashq tizzalarni baland ko`tarib yugurish kiyikcha yugurish o`qituvchi tomonidan so`ng o`quvchilar | |
10 | 10-Daqiqa | Kiyikcha yugurish | |
11 | 11-Daqiqa | Turli yugurishlar | |
12 | 12-Daqiqa | Bedanacha yurish | |
13 | 13-Daqiqa | Qo`llar, oyoq tizzalarini qizdirish | |
14 | 14-Daqiqa | Startga turish holatlari | |
15 | 15-Daqiqa | Kalotkaga turish startdan chiqish yugurishni ko`rsatish | |
16 | 16-Daqiqa | Kalotkaga turish startdan chiqish yugurishni ko`rsatish | |
17 | 17-Daqiqa | Kalotkaga turish startdan chiqish yugurishni ko`rsatish | |
18 | 18-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
19 | 19-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
20 | 20-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
21 | 21-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
22 | 22-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
23 | 23-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
24 | 24-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
25 | 25-Daqiqa | O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi | |
26 | 26-Daqiqa | Xatolarni tuzatish hamda to`g`ri yuruq berish | |
27 | 27-Daqiqa | Oquvchilarni diqqatliligini oshirish | |
28 | 28-Daqiqa | O`quvchilar juft holatda bu ko`rsatilgan masofa bo`ylab 100 m masofaga yugurishni bajarish | |
29 | 29-Daqiqa | O`quvchilar juft holatda bu ko`rsatilgan masofa bo`ylab 100 m masofaga yugurishni bajarish | |
30 | 30-Daqiqa | O`quvchilar juft holatda bu ko`rsatilgan masofa bo`ylab 100 m masofaga yugurishni bajarish | |
31 | 31-Daqiqa | Psixalogik ta`sir o`tkazish o`quvchilarga | |
32 | 32-Daqiqa | Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish | |
33 | 33-Daqiqa | Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish | |
34 | 34-Daqiqa | Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish | |
35 | 35-Daqiqa | Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish | |
36 | 36-Daqiqa | Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish | |
37 | 37-Daqiqa | Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish | |
38 | 38-Daqiqa | Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish | |
39 | 39-Daqiqa | O`tilgan mavzuni mustahkamlash | |
40 | 40-Daqiqa | O`tilgan mavzuni mustahkamlash | |
41 | 41-Daqiqa | Maydon bo`ylab yengil 2 aylana yugurish | |
42 | 42-Daqiqa | 1 aylana chuqur nafas olib chiqargan holatda yurish | |
43 | 43-Daqiqa | Qayta saflanish | |
44 | 44-Daqiqa | Dars jarayoniga faol qatnashgan o`quvchilarni baholash | |
45 | 45-Daqiqa | Uyga vazifa topshiriqlar berish. | |
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
H.T.Rafiyev Yengil atletika va uni o`qitish metodikasi "Noshir" Toshkent 2014 yil.
Yengil atletika bo`yicha sport to`garak mashg`ulotlarini tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar. Toshkent 2013 yil.
Shaxsiy ko`nikma va malaka bilimlar.