СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Хоразмшох ва Чингизхон муносабатлари

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого презентации
«1571399284»

Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari 7-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 19-mavzu

Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari

7-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 19-mavzu

O‘zaro elchilik aloqalari. Mo‘g‘ul urug‘ va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155–1227) nomi bilan bog‘liq. Chingizxon

O‘zaro elchilik aloqalari.

Mo‘g‘ul urug‘ va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin

(1155–1227) nomi bilan bog‘liq.

Chingizxon

1206-yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan  mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga  “Chingiz” laqabi beriladi hamda Mo‘g‘ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon

1206-yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga “Chingiz” laqabi beriladi hamda Mo‘g‘ullar davlatiga asos solinadi.

Chingizxon

Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlar Mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi.

Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlar Mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi.

Sulton Muhammad Xorazmshoh Endilikda Mo‘g‘ullar davlatining g‘arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi.

Sulton Muhammad Xorazmshoh

Endilikda Mo‘g‘ullar davlatining g‘arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi.

Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashga harakat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi.

Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashga harakat qilinadi.

Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi.

Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi.

Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi.

Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini Xorazmga yuboradi.  Elchilarga  xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi.

Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini Xorazmga yuboradi.

Elchilarga xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi.

Chingizxon Sulton Muhammadga  1218-yilning o‘zidayoq Xorazmga juda  katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi.

Chingizxon Sulton Muhammadga 1218-yilning o‘zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi.

Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi. XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi.

Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi.

XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha

oshiqroq edi.

Turkon xotun, ya’ni “turklar onasi” nomi bilan shuhrat topgan  Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardasi hisoblangan. Turkon xotun Qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari orqali mahkam bog‘langan edi.

Turkon xotun, ya’ni “turklar onasi” nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardasi hisoblangan.

Turkon xotun

Qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari orqali mahkam bog‘langan edi.

Sulton Muhammad o‘z hukmronligining so‘ngida “Davlat kengashi” ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi.

Sulton Muhammad o‘z hukmronligining so‘ngida “Davlat kengashi” ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi.

Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo‘g‘ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo‘ldi.

Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo‘g‘ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo‘ldi.

Savol va topshiriqlar: 1. Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslanib Mo‘g‘ullar davlati qanday vujudga keldi? Chingizxon qaysi qo‘shni davlatlarni bosib oldi? 2. Chingizxon va Xorazmshohning elchilik aloqalaridan tub maqsadlari nima edi? 3. Chingizxon va Xorazmshoh aloqalari nima uchun keskinlashdi? Bu munosabatlar keskinlashmasligi mumkinmidi? 4. Qanday sabablar Xorazmshohlar davlatini siyosiy inqirozga olib keldi? 5. Xorazmshoh xalqning hamjihatligini ta’minlash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak edi?

Savol va topshiriqlar:

1. Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslanib Mo‘g‘ullar

davlati qanday vujudga keldi? Chingizxon qaysi qo‘shni

davlatlarni bosib oldi?

2. Chingizxon va Xorazmshohning elchilik aloqalaridan tub

maqsadlari nima edi?

3. Chingizxon va Xorazmshoh aloqalari nima uchun keskinlashdi?

Bu munosabatlar keskinlashmasligi mumkinmidi?

4. Qanday sabablar Xorazmshohlar davlatini siyosiy inqirozga

olib keldi?

5. Xorazmshoh xalqning hamjihatligini ta’minlash uchun qanday

ishlarni amalga oshirish kerak edi?