Mavzu: Olmosh so`z turkumi va uning tasnifi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: olmosh so`z turkumi, uning mustaqil ma`noli so`zlar o`rnida qo`llanilishi haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: o`zaro hurmat va do`stlik munosabatlarini singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning musraqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o`z fikrlarini erkin bayon qila olish malakalarini hosil qilish, chiroyli va xatosiz yozishlariga erishish.
Asosiy tushuncha va atamalar: ismlar, so`z birikmasi va gap o`rnida qo`llanuvchi so`zlar, olmoshning ma`nosiga ko`ra turlari.
Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.
Dars uslubi: Noan’anaviy, aralash.
Dars jihozi: Plakatlar, tarqatmalar, olmosh so`z turkumi haqidagi jadval, axborot kommunikatsiya tehnologiyalari.
Darsning rejasi:
Olmosh haqida ma`lumot.
Olmoshlarning ma`nosi.
Olmoshga doir mashqlar bajarish.
Guruhlar musobaqasi.
DARSNING BORISHI
Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi bildirgisini olish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorlash. O’quvchilar o`rtasida siyosiy va ma`naviy daqiqa o`tkazish.
O’tgan mavzuni takrorlash.
O’quvchilarni ikki guruhga bo`lib topshiriqlar beriladi.
guruh “so`z turkumlari haqida” nomli matn, hikoya yoki she`r yarating.
guruh test tuzing. So`z turkumlari haqidagi ma`lumotlar qamrab olinadi.
guruh tuzgan matn
So`z turkumlari deb nomlangan saltanat bo`lar ekan. Uning podshosi ot vazirlari son va sifatlarni chaqirib: “El yurt oldida saltanatni shunday boshqaraylikki, bizning adolatli harakatimiz hammaga o`rnak bo`lsin”, debdi.
guruh tuzgan test materiali
Gapdagi atoqli ot so`z turkumini toping.
Nargiza topshiriqni bajardi.
Musaffo osmon.
Tortinchoq bola.
To`rtko`z it vovulladi.
Rang-tusni bildirgan sifatlarni aniqlang.
Go`zal qiz. b) A`lochi o`quvchi. c) Qizg`ish ko`ylak. d) Musaffo osmon.
Javoblar tahlil qilinib, umumlashtiriladi va guruh a`zolari rag`batlantiriladi.
Yangi mavzuni tushuntirish.
O`qituvchi o`zi tuzgan so`zlari orqali olmoshlarga misollar aytadi: men, bu, kun, madh etayin, istiqlol, o`zbek, elin.
Ot, sifat, son va boshqa so`zlar o`rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi so`zlar olmosh hisoblanadi. Yangi mavzuga doir olmosh va uning turlari haqidagi jadvallar o`quvchilarga tarqatiladi.
o`quvchi: Sondan ulug`,
Otdan yosh.
Uning nomidir-
Olmosh.
Men, se, u, biz, siz, ular-
Kishilik olmosh bular.
2-o`quvchi: Bir olmoosh bor o`ziga,
O`zi juda yoqadi.
Ko`zoynakdek har doim
“O`z” so`zini taqadi.
“O`zimda-yu”, “o`zimni”
“O`zim” deydi, o`z so`zlik,
Juda maqtanchoq olmosh,
Uning nomidir-O`zlik.
3-o`quvchi: Kimdir, nimalarnidir,
Allakim juda yomon,
Noaniqlik kiritar
Fitnachi olmosh-Gumon.
4-o`quvchi: Qiyos qilinsa agar,
Odamlarga olmoshlar.
Bir olmoshni eslatar,
Doim chayqalgan boshi
Hech kim, hech narsa deydi,
Chimirilgan qoshlari
Bo`lishsizlik deydilar.
5-o`quvchi: Bu turkum olmoshlarni
Qo`lni qilib bigizdek.
Erta-yu kech, yoz-u qish,
Ana, mana, o`sha deb
Aytgan olmosh-Ko`rsatish.
6-o`quvchi: Yana bitta olmosh bor,
Har narsani belgilar.
Hamma, barcha o`qisin,
Der u aytgan belgilar.
Demak, ushbu olmoshning
Nomi ekan-Belgilash.
7-o`quvchi: Olmosh buncha ko`p deya,
Dangasaning ko`ngli g`ash.
Ey, dangasa ko`nglingni,
Endi cho`ktirma, biroq,
Kim?, nima? deb so`ragan,
So`nggi olmoshdir-So`roq.
“Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asaridan misollar yordamida tushuntiriladi.
Arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilm, fanning ko`plab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmu Zamaxshariy bobomiz bor. U o`zining jismoniy nogironligiga qaramay, dunyoning ko`plab mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o`quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsligi sifatida o`qitib kelinmoqda. Bu dunyo miqyosida “Meditsina”, “Sog`lom turmush” degan tushunchalarga fundamental asos bo`lganini ahglatadi.
Tariximizning qaysi davrini olmaylik, o`sha paytda ham ilm-u ma`rifat, yuksak ma`naviyat borligiga guvoh bo`lamiz.
slayd orqali ta`rif va tavsiflar ko`rsatiladi.
Olmoshlar gapda so`zlarni o`rinsiz (kelishdan) takrorlashdan qutqaradi, fikrni ixcham, qisqa qilib ifodalashga yordam beradi. Olmosh o`zining shaxsiy sintaktik belgisi yo`q. Olmoshlar yordamida boshqa so`z turkumlari hosil bo`ladi. Olmoshning aniq atash ma`nosi yo`q.
O`zlik, sensirama, menbop, o`zicha-bularning asosi olmosh.
O
so`roq
kishilik
o`zlik
OLMOSH
ko`rsatish
belgilash

lmoshning yettita ma`naviy guruhi mavjud.
gumon
bo`lishsizlik
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Topshiriq:
Olmosh so`z turkumiga oid so`zlarni yozish. Darslikdagi mashqlar bajariladi.
“Fikrlar testi” o`tkaziladi.
Olmosh mustaqil so`z turkumiga kiradi. (ha)
Olmosh turlanadi. ( ha)
Olmosh ot, sifat, son so`z turkumlaridan yasaladi. ( ha)
Olmosh atash ma`nosiga ega ( ha)
Ishora qilish olmosh uchun xos. ( ha)
Olmosh ismlar guruhiga kiradi. ( ha)
Yangi mavzuni mustahkamlashda “O’yla, izla, top!” o’yinidan foydalaniladi.
Baholash.
Darsda qatnashgan o’quvchilar baholanadi va “Eng falo o`quvchi”, “Eng bilimdon o`quvchi” nominatsiyalarini olgan o`quvchilar aniqlanib, rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: 45-mashqni bajarish.