СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Конфигурации планет и условия их появления. Сидерический и синодический периоды планет.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Законы Кеплера. Определить расстояние и массы до тел Солнечной системы.

Просмотр содержимого документа
«Конфигурации планет и условия их появления. Сидерический и синодический периоды планет.»

MAVZU: Planetalarning konfiguratsiyalari va ko’rinish shartlari. Planetalarning siderik va sinodik davrlari. Kepler qonunlari. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofa va massalarini aniqlash.

Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar

Mashg’ulot shakli

Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti

Mashg’ulot rejasi

  1. Planetalarning konfiguratsiyalari va ko'rinish shartlari

  2. Planetalarning Quyosh atrofida harakatlari. Ularning davrlari.

  3. Kepler qonunlari

  4. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Planetalarning konfiguratsiyalari va ko’rinish shartlari. Planetalarning siderik va sinodik davrlari. Kepler qonunlari haqidagi bilimlarni shakllantirish. Kepler qonunlari tadbiq etish malakalarini shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Planetalarning konfiguratsiyalari va ko'rinish shartlari haqida tushuncha berish;

  • Planetalarning Quyosh atrofida harakatlari va ularning davrlarini yoritish.

  • Kepler qonunlarini tushuntirish;

  • Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash, solishtirish, farqlash va hulosa chiqarishga o’rgatish;

  • Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Mavzuning maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rni haqida tushunchaga ega bo’ladilar;

  • Planetalarning Quyosh atrofida harakatlari va ularning davrlarini yoritib beradilar;

  • Kepler qonunlari haqida bilimga ega bo’ladilar;

  • Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash bir-biridan farqlaydilar va formula asosida keltirib chiqaradilar;

  • Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar.

O’qitish usullari

“Klaster” va “Venna diagrammasi” grafik organayzerlari; Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, o’quv topshiriqlari.

O’qitish shakli

Kichik guruhlarda ishlash

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida

Planetalarning konfiguratsiyalari va ko’rinish shartlari. Planetalarning siderik va sinodik davrlari. Kepler qonunlari. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofa va massalarini aniqlash” mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 minut)

    1. Mavzuning nomini, maqsadini, rejasini

e’lon qiladi. (1-Ilova)

    1. O’quvchilarni faollashtirish uchun

intelektual mashq o’tkazadi. (2-Ilova) Intellekyual mashq savolarini o’qiydi va o’quvchilarning javob berishlarini tashkillashtirai.

Tinglaydilar;

Yozadilar;


Javob beradilar;



Tinglaydilar;

2-bosqich

Asosiy

(60 minut)

2.1 O’tigan mavzuni “Klaster” tuzish usuli orqali tekshiradi. Guruhlarga (4 ta kichik guruh) “Klaster” uchun kalit so’zini beradi. “Klaster” tuzish uchun A4 formatli oq qog’oz bilan ta’minlaydi; “Klaster” tuzish qoidasini eslatadi;(3-Ilova)

2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (4-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.3 Mavzuni “Venna diagrammasi” usuli yordamida mustahkamlahini aytadi. “Venna” diagrammasi bo’yicha ishlash qoidasi bilan tanishtiradi. O’quv topshirig’ini tarqatadi. (5-Ilova) Guruhlarning taqdimotini tashkillashtiradi;

Individual ishlaydilar; Taqdimot qiladilar;


Munozara olib borishadi;



Eshitadilar, yozib oladilar;





Guruhlarda ishlaydilar; Taqdimot qiladilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 minut)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 O’quvchilarning faoliyatini baholaydi;

3.3 O’quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi;

Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha asosiy tushuncha va formulalarni yozish va o’rganish, (6-Ilova) Ilova bo’yicha vazifani bajarish.

Tinglaydilar





Masalani yozib oladilar

MAVZU: Planetalarning konfiguratsiyalari va ko’rinish shartlari. Planetalarning siderik va sinodik davrlari. Kepler qonunlari. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofa va massalarini aniqlash

1-Ilova

REJA:

  1. Planetalarning konfiguratsiyalari va ko'rinish shartlari

  2. Planetalarning Quyosh atrofida harakatlari. Ularning davrlari.

  3. Kepler qonunlari

  4. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash.


Tayanch tushunchalar:

Konfiguratsiya, sideriki, sinodik davrlar, Kepler qonunlari, bazis, parallaks burchagi, Quyosh sistemasi jismlari







Kirish so’zi:

e.aVI asrda planetalarning harakatlarini kuzatib, ularning o'rinlarini aniq belgilashda daniyalik olim Tixo Brage (1546— 1601) katta yutuqlarni qo'lga kiritdi. U o'zining astronomik aniq kuzatish asboblari yordamida yoritgichlarning osmondagi o'rin­larini juda katta aniqlikda belgilashga erishdi. Bu aniqlik ±2' ni tashkil etib, 17 metr masofada 1 sm uzunlikdagi jism shunday burchak ostida ko'rinadi. Umrining oxirgi yillarini Pragada o'tka-zayotgan Brage shogirdlikka talantli nemis astronomi Keplerni tanladi. Va bu ishni Keрler davom ettirdi.












Intellektual mashq uchun savollar:

1. “Astronomiya” so’zining ma’nosi? (“Astron”-Yulduz, “nomos”-qonun)

2. Uzoq muddatlarni hisoblash sistemasi (Kalendarlar)

3. Yerdan keyingi sayyoraning nomi nima? ( Mars)

4. Quyosh diametri Yer diametridan qancha katta? (110 marta)

5. Geliosentrik nazariyaning asosi? (Olamning markazida Quyosh)

6. Sayyoralardan tashqari Quyosh atrofida aylanuvchi jismlar? (Meteor)

7. Vaqt virliklari? (Sekund, minut, soat, kun, hafta, yil)

8. Oy Yerning atrofida qanday davr bilan aylanadi? (27,32 sutka)


2-Ilova











3-Ilova

Klasterni tuzish qoidasi:

  • Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalarni sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing;

  • Xatni to’xtatadigan imlo xatolariga e’tibor bermang.

  • Ajratilgan vaqt tugaguncha, yozishni to’xtatmang, agar aqlingizda g’oyalar kelishi birdan tugagasa, u holda qachonki, yangi g’oyalar kelmaguncha, qog’ozga rasm chizib turing!



















“Klaster” tuzish uchun namuna va “Kalit so’zi”:











Quyosh sistemasi



















4-Ilova

1-Slayd

Quyosh atrofida harakatlanayotgan planetalarning yulduzlar fonidagi vaziyatlari, harakatlanayotgan Yerdan kuzatilganligi tufayli murakkab ko'rinishga ega bo'ladi. Planetalarning Yerdan qaraganda Quyoshga nisbatan egallagan vaziyatlari ularning konfiguratsiyalari deyiladi.





2-Slayt





2-Slayd

1-Rasm. Planetalarning konfiguratsiyalari va ko’rinish shartlari























Quyosh atrofida Yer bilan birga aylana-yotgan ikkita planetaning orbitasi aks ettirilgan.











3-Slayd

Planetalarning Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlari ularning siderik yoki yulduz davri deyiladi. Planetaning siderik davri (Tp]) deb, uning Quyosh atrofida ma'lum bir yulduzga nis­batan to'la aylanib chiqishi uchun ketgan vaqtga aytiladi.







Planetaning sinodik davri (Spl) deb, uning bir xil konfiguratsion vaziyatlarining, ya'ni planetaning Quyosh va Yerga nisbatan qabul qilingan ma'him vaziyatlarining (planetalarning qo'shilishi, elongatsiyalari yoxud qarama-qarshi turishlari) biridan ikki marta ketma-ket o'tishi uchun zarur bo'lgan vaqt oralig'iga aytiladi.
















4-Slayd

Kepler planetalar harakatiga tegishli quyidagi uchta qonunni kashf etdi:

  1. Har bir planeta Quyosh atrofida ellips bo'ylab aylanadi va mazkur ellipsning fokuslaridan birida Quyosh yotadi.

  2. Planetalarning radius-vektorlari (planetani Quyosh bilan tu­tashtiruvchi kesma) teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi (2- rasm).

2-Rasm

  1. Ixtiyoriy ikki planetaning Quyosh atrofida aylanish siderik (haqiqiy) davrlari kvadratlarining nisbati ularning orbitalari katta yarim o'qlarining kublari nisbatiga teng bo'ladi.






























5-Slayd

Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlargacha (planetalar, Oy, mayda planetalar va hokazo) masofalar trigonometrik yo'l bilan sutkalik parallaks deyiluvchi metod yordamida topiladi.









Osmon jismidan (A), kuzatuvchi (K) dan o'tgan Yer radiusi uchlariga tortilgan to'g'ri chiziqlar orasidagi burchak mazkur osmon jismining (yoritkich)ning sutkalik parallaks burchagi deyiladi.

6-Slayd







Agar yoritkich kuzatuvchiga nisbatan gorizontda joylashgan (M0 nuqtada) bo'lsa, uning parallaksi sutkalik gorizontal parallaks (p0) deyiladi.

Quyoshgacha bo'lgan masofa (1 astronomik birlik= 149598500 km) juda katta aniqlik bilan topilgan.



7-Slayd













Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni to’ldiradilar

VENNA DIAGRAMMASI

2 va 3 jihatlarni, hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-arshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi

5-Ilova







Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagarmmmalrini taqqoslaydilar vato’ldiradilar.





Doiralarni kesishgan joyiga ikki, uch doiralar uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi







VENNA” tuzish qoidasi:

1-Doiraga: “Yuqori kul’minatsiya” ga oid tushunchalarni, 2-Doiraga “Quyi kul’minatsiya” ga oid tushunchalarni, Doiralar kesishgan joyiga “Yuqori kul’minatsiya” va “Quyi kul’minatsiya” uchun xos bo’lgan umumiy tomonlarini yozing.

Topshiriq uchun “Ekspert varag’i”:









6-Ilova

Uyga vazifa uchun vazifalar

1-Qator o’quvchilari uchun:

  1. Рlanetalarning davrlari bo’yicha tushunchalaringizni yozing.

  2. Konfiguratsiya nima?



2-Qator o’quvchilari uchun:

  1. Keрler qonunlarini yozing

  2. Radiolokatsion metod asosida osmon jismlarigacha masofalar qanday aniqlanadi?